21.08.2019 yildagi 701-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida xorijiy tillarni oʻqitishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston rivojlangan mamlakatlar bilan har tomonlama manfaatli oʻzaro hamkorlikning yangi bosqichga koʻtarilishi jarayonida istiqbolli yoshlarni tayyorlash, yosh avlodning xorijiy tillarni, xususan, nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tillarini chuqur oʻrganishi uchun shart-sharoitlar yaratish, intellektual salohiyatini oshirish, xalqaro maydonda mamlakatning turistik jihatdan nufuzini yuksaltirishga qodir boʻlgan avlodni kamol toptirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tillari oʻquv dasturlarini takomillashtirish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tillariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim muassasalarini (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari asosida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tillarining chuqur oʻrganilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tillarini oʻrganishda oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir oʻquvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tillarini chuqur oʻrganish uchun davlat taʼlim standartlaridan tashqari qoʻshimcha mashgʻulotlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tillaridan mahoratli oʻqituvchilarni jalb etgan holda taʼlim sifatini oshirishga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning iqtidori va isteʼdodini aniqlash hamda kamol toptirish boʻyicha ularni milliy va xalqaro fan olimpiadalari, koʻrik-tanlovlar va boshqa tadbirlarda munosib ishtirok etishga tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tillariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim muassasalari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorga ilovada roʻyxati keltirilgan nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tillariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim muassasalarining ustavlari tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-martga qadar nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tili fanlariga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarining oʻquv rejasini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Germaniyaning Klett nashriyoti tomonidan ishlab chiqilgan nemis tili darsliklari majmuasining xalq taʼlimi tizimida 2018-2019 oʻquv yilida tajriba-sinovdan oʻtkazilganligini inobatga olgan holda umumtaʼlim muassasalariga ushbu darsliklarni xarid qilish boʻyicha loyiha takliflarini ishlab chiqib, xalqaro grantlarni, chet el investorlarini hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim maktablari uchun muqobil darsliklarni yaratish va ulardan foydalanish tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 5-apreldagi 281-son qarori talablariga muvofiq ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tillari boʻyicha muqobil darsliklardan foydalanishni bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga yapon tili boʻyicha oʻqituvchilarni jalb qilish, ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida yapon tili fani oʻqituvchilariga lavozim maoshining ellik foizigacha miqdorida qoʻshimcha haq toʻlash tizimini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yapon tili fani oʻqituvchilarining oylik maoshlari bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimidagi muassasalarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 22-apreldagi 344-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan xalq taʼlimi muassasalarining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga, zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qoplasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tili oʻqituvchilarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborish choralarini koʻrsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan iqtidorli pedagoglarni jalb etishni hamda 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tili mutaxassislarini tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarida, ayniqsa olis va chekka hududlarda nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tili oʻqituvchilariga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, qabul kvotalari oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim muassasalarida ota-onalarning va oʻquvchilarning xohish-istaklaridan kelib chiqib nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys yoki xitoy tili ikkinchi til sifatida joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilarga yanada chuqurroq bilim berish, xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasi va oʻqitish metodikasini singdirish maqsadida ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga xorijiy mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida ishga qabul qilishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilariga xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari bilan birgalikda oʻtkazilgan tanlovlar natijalariga koʻra nemis tilini xorijiy til sifatida bilish darajasi boʻyicha Germaniyaning Test DAF (Test Deutsch als Fremdsprache), fransuz tilidan xalqaro imtihon natijalari boʻyicha Fransiyaning Test DELF (Diplome dʼÉtudes en Langue Française — fransuz tilini oʻrganganligi toʻgʻrisida) va DALF (Diplome Approfondi de Langue Française — fransuz tilini chuqur oʻrganganligi toʻgʻrisida) diplomlarini, Japanese Language Proficiency Test Certificate (JLPT Certificate — yapon tilini chuqur oʻrganganligi toʻgʻrisida) sertifikati berish amaliyoti joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining xorijiy filologiya yoʻnalishlarini tamomlagan mutaxassislarni 2020-2021 oʻquv yili davomida nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tili mutaxassisligi boʻyicha, istisno tariqasida, bepul qayta tayyorlash amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Taʼlim” sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari uchun zarur mablagʻlarni ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 21-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
701-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 701-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tillariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim muassasalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar) nomi

T/r

Taʼlim muassasasi nomi

Fan (yoʻnalish)

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Beruniy tumani

1.

48-son umumtaʼlim maktabi

fransuz tili

Moʻynoq tumani

2.

3-son umumtaʼlim maktabi

yapon tili

Nukus shahar

3.

46-son umumtaʼlim maktabi

xitoy tili

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri

4.

23-son umumtaʼlim maktabi

nemis tili

5.

14-son umumtaʼlim maktabi

yapon tili

6.

13-son umumtaʼlim maktabi

xitoy tili

3.

Buxoro viloyati

Vobkent tumani

7.

23-son umumtaʼlim maktabi

nemis tili

Buxoro shahri

8.

22-son umumtaʼlim maktabi

yapon tili

9.

42-son umumtaʼlim maktabi

koreys tili

4.

Jizzax viloyati

Gʻallaorol tumani

10.

57-son umumtaʼlim maktabi

nemis tili

Zomin tumani

11.

56-son umumtaʼlim maktabi

yapon tili

Mirzachoʻl tuman

12.

18-son umumtaʼlim maktabi

koreys tili

5.

Qashqadaryo viloyati

Yakkabogʻ tumani

13.

42-son umumtaʼlim maktabi

nemis tili

Shahrisabz shahri

14.

14-son umumtaʼlim maktabi

yapon tili

6.

Navoiy viloyati

Nurota tumani

15.

2-son umumtaʼlim maktabi

fransuz tili

Navoiy shahri

16.

8-son umumtaʼlim maktabi

yapon tili

17.

5-son umumtaʼlim maktabi

xitoy tili

7.

Namangan viloyati

Namangan tumani

18.

22-son umumtaʼlim maktabi

koreys tili

Namangan shahri

19.

80-son umumtaʼlim maktabi

fransuz tili

20.

48-son umumtaʼlim maktabi

yapon tili

8.

Samarqand viloyati

Payariq tumani

21.

8-son umumtaʼlim maktabi

nemis tili

Samarqand shahri

22.

8-son umumtaʼlim maktabi

yapon tili,
ispan tili

9.

Surxondaryo viloyati

Termiz tumani

23.

11-son umumtaʼlim maktabi

nemis tili

Termiz shahri

24.

7-son umumtaʼlim maktabi

yapon tili

10.

Sirdaryo viloyati

Sardoba tumani

25.

2-son umumtaʼlim maktabi

fransuz tili

Guliston shahri

26.

7-son umumtaʼlim maktabi

yapon tili

Sirdaryo tumani

27.

27-son umumtaʼlim maktabi

xitoy tili

11.

Toshkent viloyati

Nurafshon shahri

28.

1-son umumtaʼlim maktabi

nemis tili, fransuz tili

Parkent tumani

29.

35-son umumtaʼlim maktabi

yapon tili

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahri

30.

10-son umumtaʼlim maktabi

nemis tili

Rishton tumani

31.

27-son umumtaʼlim maktabi

yapon tili

13.

Xorazm viloyati

Urganch shahri

32.

19-son umumtaʼlim maktabi

nemis tili

Urganch tumani

33.

36-son umumtaʼlim maktabi

yapon tili

Urganch shahri

34.

30-son umumtaʼlim maktabi

koreys tili

14.

Toshkent shahri

Mirzo Ulugʻbek tumani

35.

112-son umumtaʼlim maktabi

fransuz tili, ispan tili

Mirobod tumani

36.

60-son umumtaʼlim maktabi

nemis tili

Olmazor tumani

37.

133-son umumtaʼlim maktabi

yapon tili

Uchtepa tumani

38.

Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi

yapon tili

Shayxontoxur tumani

39.

59-son umumtaʼlim maktabi

koreys tili,

xitoy tili

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 09/19/701/3606-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)