20.08.2019 yildagi PF-5785-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.01.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʼzolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga joʻnab ketayotgan fuqarolarning (keyingi oʻrinlarda — mehnat migrantlari) huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, ularga zarur huquqiy, ijtimoiy, axborot-maslahat yordami koʻrsatish va moddiy qoʻllab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari uchun ishonchli, shu jumladan uy-joy va maishiy sharoitlarni yaxshilash, moliyaviy yordam, hayoti va sogʻligʻini himoya qilish masalalarida ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yaratishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, mehnat migrantlari va ular oila aʼzolarining yashashi va mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish uchun vakolatli idoralar bilan respublikaning hamda xorijiy davlatlar mahalliy hokimiyat organlarining rahbarlari oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda muvofiqlashgan faoliyatni taʼminlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, davlat tomonidan ularning kundalik ehtiyojlari va orzu-umidlari toʻgʻrisida har tomonlama gʻamxoʻrlik qilish, mamlakat hududida ham, uning tashqarisida ham ishonchli ijtimoiy va huquqiy himoya kafolatlarini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining takliflarini hisobga olib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020-yilda uy-joy qurilishi boʻyicha davlat dasturlarining ijrosi doirasida koʻp kvartirali uylardan 3 462 ta xonadonni 1-ilovaga muvofiq ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat migrantlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan kredit toʻlovlarini “Aziya invest bank” aksiyadorlik jamiyati va Rossiyadagi boshqa hamkor-banklar orqali Rossiya rublida, shu jumladan elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish mexanizmini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasidan ketgan mehnat migrantlari koʻproq yigʻilgan Rossiya Federatsiyasi hududlarida “Aziya invest bank” aksiyadorlik jamiyatining bank infratuzilmasini va mijozlarga xizmat koʻrsatishning masofaviy kanallarini kengaytirish choralarini koʻrish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2019-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi hamda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat migrantlariga — xorijda ishga joylashish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash uchun bir bank kuni davomida tez rasmiylashtirilgan holda eng kam talab qilinadigan hujjatlar (pasport, ariza va mehnat organining iltimosnomasi) asosida 2 mln. soʻm miqdorida bir yil muddatga 2019-yilda taqdim etilayotgan kredit foiz stavkasining 50 foizi miqdoridagi tijorat bankining marjasini oʻz ichiga olgan holda 10 foizlik stavkada 2020-yil 1-yanvardan — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda mikroqarzlar berish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta kompaniyalariga — yiliga bir marotaba xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida fuqarolar hayoti va sogʻligʻini hamda boshqa tavakkalchiliklarni sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofoti summasini qoplash uchun sugʻurtalangan har bir mehnat migranti uchun 50 ming soʻm miqdorida bir martalik subsidiyalar taqdim etish amaliyoti joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida fuqarolar hayoti va sogʻligʻini hamda boshqa tavakkalchiliklarni sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofoti summasini qoplash uchun bir martalik subsidiyalar taqdim etish tartibini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning uyushgan mehnat migratsiyasi, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, ularni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish, mazkur sohadagi milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, mehnat migrantlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro shartnomalarga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi (ratifikatsiya qilishi) boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga boʻlgan huquqlarini roʻyobga chiqarishda koʻmaklashish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini, shuningdek, Vatanga qaytganlaridan soʻng jamiyatga qoʻshilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining tashqi mehnat migratsiyasi sohasida qilingan ishlar boʻyicha hisobotlarini tinglash, shu asosda ularni ragʻbatlantirish yoki javobgarlikka tortish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi ishlarning ahvolini tizimli tahlil va monitoring qilish hamda uning yakunlari boʻyicha mehnat migrantlariga huquqiy, moliyaviy va moddiy koʻmaklashish vositalarining samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, vakolatli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari har olti oyda kamida bir marta mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Respublika komissiyasiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining cheklangan soni 8 shtat birligidan iborat Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) tashkil etilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-yanvardagi PF-5903-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2020-y., 06/20/5903/0039-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Departamentning shtatlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi muassasalarning 8 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamentining mudiri lavozimi kiritilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-yanvardagi PF-5903-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2020-y., 06/20/5903/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya jarayonlarini kompleks tahlil qilish, tashqi mehnat migratsiyasi sabablari va omillarini, mehnat migrantlarining huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, shuningdek, ularning xorijda boʻlish shart-sharoitlarini yaxshilash bilan bogʻliq tizimli muammolarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda xorijda ishga joylashtirishni taʼminlash boʻyicha yillik rejalar va dasturlarni, mehnat migrantlarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, ularning xorijda mehnat, maishiy va yashash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalarni hal etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar (“yoʻl xaritalari”) ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda vaqtincha ishga joylashtirish va ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlarning, shu jumladan Agentlikning xorijiy vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalari tomonidan mehnat migrantlari murojaatlarini koʻrib chiqish, ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqot oʻrnatish boʻyicha samarali faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-maishiy masalalarni hal qilish, uy-joy sharoitini yaxshilash, mehnatga layoqatli oila aʼzolarini, ayniqsa ayollarni ish bilan taʼminlash va mehnat migrantlarining bolalarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash orqali mehnat migrantlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi oila aʼzolari daromadlari va turmush darajasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki kasbiy tayyorgarlik, moslashuv tadbirlarini amalga oshirish, mehnat migrantlarini xorijda ishga joylashtirish, ularga, shu jumladan oʻz Vataniga qaytib kelganidan soʻng huquqiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish jarayonlarini samarali monitoring va nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari xorijiy mamlakatlarning mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari bilan mehnat migrantlarining mehnat faoliyatini amalga oshirish va istiqomat qilishi uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish, ishga qabul qilishda ularning mehnat huquqlariga rioya etilishi, mehnat migrantlari uchun munosib yashash va maishiy shart-sharoitlarni yaratish, sogʻliqni saqlash va taʼlim muassasalari xizmatlaridan foydalanish, shuningdek, mehnat migrantlarining xorijda boʻlishi bilan bogʻliq ehtimoliy muammolarni hal qilish masalalari boʻyicha doimiy asosda yaqin hamkorlik munosabatlarini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shunday tartib amaliyotga joriy etilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik oʻzida mavjud maʼlumotlar hamda xususiy bandlik agentliklari va Agentlikning xorijdagi vakolatxonalaridan olingan maʼlumotlar asosida har oyning 5-sanasiga qadar tashqi mehnat migratsiyasi sohasida qilingan ishlar va aniqlangan muammolar toʻgʻrisidagi axborotni, ularni hal etish boʻyicha aniq takliflar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda har oyning 10-sanasiga qadar tashqi mehnat migratsiyasi holati, mehnat migrantlarini koʻllab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida yigʻma-tahliliy maʼlumotni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot berish va Respublika komissiyasi majlislarida koʻrib chiqish uchun Departamentga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ishlab chiqilayotgan “Yagona milliy mehnat tizimi” axborot tizimi doirasida, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “labor-migration” dasturiy majmuasini 2019-yil 1-oktabrga qadar joriy etsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarga ish beruvchi mamlakatda boʻlish qoidalari, mehnat, ijtimoiy, uy-joy va maishiy taʼminot sharoitlari, xorijiy ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalarini tuzishning huquqiy jihatlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy yordam choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni onlayn tarzda taqdim qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va xususiy bandlik agentliklari faoliyati toʻgʻrisida, shu jumladan ular koʻrsatadigan xizmatlarning turlari va narxlari, xorijiy ish beruvchilarda mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlari, shuningdek, ushbu ish oʻrinlariga ishga joylashish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyati monitoringi, shu jumladan kasbiy taʼlim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, taqdim etilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari, koʻrsatilgan huquqiy va ijtimoiy yordam, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet elda ogʻir vaziyatga tushib qolgan va yordamga muhtoj mehnat migrantlari tomonidan masofadan turib murojaat yoʻllash imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat migrantlari, ishga joylashish geografiyasi, ularning faoliyat yoʻnalishlari va turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu Farmonda nazarda tutilgan kreditlar, subsidiyalar, mikroqarzlar va koʻp kvartirali uylardagi xonadonlar “labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan mehnat migrantlariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi va Qurilish vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019-yil 1-oktabrga qadar quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun 2020-yilda uy-joylar qurish parametrlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi toʻgʻrisida, shu jumladan ipoteka kreditlari olish huquqiga ega talabgorlarni saralab olish tartibini koʻzda tutuvchi nizomni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yil va keyingi yillarda uy-joylar qurish parametrlarini shakllantirishda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun koʻp kvartirali uylardan xonadonlar kiritilishini belgilangan tartibda nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, ishtirokchi tijorat banklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mehnat migrantlari uchun koʻp kvartirali uylarda uy-joy qurish boʻyicha davlat dasturida nazarda tutilganidan ortiq miqdorda xonadonlar qurilishiga xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish, uning uyushgan shakllarini tubdan kengaytirish, respublikadan tashqariga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va boshqa huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini tadbirkorlik va mehnat faoliyatiga jalb etish Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri birinchi oʻrinbosarining asosiy vazifasi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mehnat migrantlarining ishlash va yashash sharoitlari bilan tanishish va ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Departament mudiri boshchiligidagi vakolatli vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbariyati va vakillaridan tarkib topgan delegatsiyalarning xorijiy davlatlarga, eng avvalo Rossiya Federatsiyasiga tizimli ravishda safar qilishi amaliyoti joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari mansabdor shaxslari va masʼul xodimlari mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlashda, ayniqsa kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrishni talab qiluvchi masalalarda va ularga zarur yordam koʻrsatish borasida sovuqqonlik, buyruqbozlik va sansalorlikka yoʻl qoʻyganlik uchun shaxsan javobgar ekanligi toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad va vazifalari keng miqyosda yoritilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Farmonda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 20-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5785-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020-yilda ajratiladigan koʻp kvartirali uylardagi xonadonlar soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

xonadonlar soni

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

210

2.

Andijon viloyati

420

3.

Buxoro viloyati

240

4.

Jizzax viloyati

120

5.

Qashqadaryo viloyati

300

6.

Navoiy viloyati

60

7.

Namangan viloyati

300

8.

Samarqand viloyati

450

9.

Surxondaryo viloyati

270

10.

Sirdaryo viloyati

90

11.

Toshkent viloyati

180

12.

Fargʻona viloyati

420

13.

Xorazm viloyati

240

14.

Toshkent shahri

162

Jami:

3462

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi

2.

P.R. Bobojonov

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari

3.

K.K. Kuranbayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

4.

kelishuv asosida

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari

5.

E.I. Basitxanova

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

6.

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti mudiri

7.

Sh.D. Kudbiyev

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

8.

A.K. Shadmanov

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri

9.

I.T. Neʼmatov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

B.I. Zakirov

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari

11.

B.B. Ashrafxanov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

12.

U.N. Muxammadiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)

13.

A.X. Saidov

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori

14.

Sh.S. Javlonov

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

15.

K.M. Rafikov

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

16.

lavozim boʻyicha

Vazirlar Mahkamasi Departamenti mudirining xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Respublika komissiyasi masʼul kotibi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-yanvardagi PF-5903-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2020-y., 06/20/5903/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-yanvardagi PF-5903-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2020-y., 06/20/5903/0039-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 06/19/5785/3605-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 11.01.2020-y., 06/20/5903/0039-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)