19.08.2019 yildagi PQ-4421-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.02.2025 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligi sohasida hududlarni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda yuqori malakali kadrlar tayyorlash, sohaga xalqaro taʼlim standartlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan islohotlar oʻquv-tarbiyaviy jarayon sifatini oshirish, uni innovatsion mazmun bilan toʻldirish, talabalarda mustaqil ravishda yangi bilimlarni egallash koʻnikmasini shakllantirishga imkon yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, fan, taʼlim va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasi, kadrlar tayyorlashda agrar soha tarmoqlari bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini targʻib va joriy qilish tizimini tubdan takomillashtirish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-son “Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining ijrosini taʼminlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi sohasi va tarmoqlarida malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, fan, taʼlim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent davlat agrar universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) va uning filiallarida qishloq xoʻjaligi taʼlimi va ilm-fanini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligida innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni qoʻllash, “aqlli qishloq xoʻjaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish boʻyicha zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash, fan dasturlarida soha boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli va resurstejamkor ilgʻor texnologiyalar sohasidagi bilimlarni shakllantirishga qaratilgan vazifalarni aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oshirish va stajirovkalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot institutlari, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar hamkorligida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet va uning filiallari axborot-maslahat markazlari orqali qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidagi tizimli muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha “axborot — maslahat markazi — kafedra — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisi” tizimini joriy etish;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar va talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligi va moddiy manfaatdorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv mashgʻulotlari, malakaviy amaliyotlarni oʻtishda talabalarni innovatsion va yangicha fikrlashga yoʻnaltiradigan yangi oʻqitish texnologiyalari hamda interfaol uslublarni, shu jumladan talabalarning mustaqil izlanishini taʼminlovchi mexanizmlarni keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi va uning tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashning uzviy tizimini yaratish, biriktirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari taʼlim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat agrar universiteti, uning filiallari va Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat agrar universiteti, uning filiallari va Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutidagi taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklariga biriktirilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligi sohasida fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiyalash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy boʻysunishidan qatʼiy nazar qishloq xoʻjaligi sohasi hamda uning tarmoqlari boʻyicha izlanishlar olib borayotgan, kadrlar tayyorlovchi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi sohasidagi talab va ilgʻor xorijiy tajribalar asosida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida Davlat taʼlim standartlari, oʻquv reja va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Universitet qishloq xoʻjaligi sohasida yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hamda Qishloq xoʻjaligi sohasida fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiyalash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov tariqasida Universitetning 5411500 — Oʻsimliklar va qishloq xoʻjalik mahsulotlari karantini bakalavriat taʼlim yoʻnalishida taʼlimning kredit tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning 2-bosqich talabalari orasidan saralab olingan iqtidorli talabalar uchun taʼlimning alohida dasturlari asosida oʻqitiladigan maxsus guruhlar tashkil etish. Bunda davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlari xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligida agrotexnik tadbirlarning mavsumiyligini inobatga olib, dissertatsiyalarda ikki yillik ilmiy-amaliy dala tajribasi natijalarining qamrab olinishini taʼminlash maqsadida qishloq xoʻjaligi sohasidagi magistratura mutaxassisliklari oʻquv jarayonini yanvar oyidan boshlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda taʼlimning kredit tizimida talabalar uchun haftada besh kunlik oʻqish hamda haftaning shanba kuni mustaqil oʻzlashtirish kuni deb belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan uning asoslangan takliflari asosida qishloq xoʻjaligi sohasidagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining ishlab chiqilgan Davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini tasdiqlash hamda oʻquv jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet va uning filiallari professor-oʻqituvchilari oʻquv, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy, tashkiliy-metodik ishlardan tashqari vazirlik hamda idoralarning boshqa ishlariga jalb etilmaydi, shartnoma doirasida koʻrsatiladigan xizmatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Toshkent davlat agrar universiteti va Nukus, Andijon, Termiz filiallari tuzilmasini qayta koʻrib chiqib, tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet qoshidagi Qibray akademik litseyi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimiga oʻtkazilayotgan qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejlari negizida oliy taʼlim tizimi bilan integratsiyalashgan texnikumlar tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
(6-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-avgustga qadar texnikumlarni tamomlagan bitiruvchilar uchun bakalavriatning 3 yillik maxsus taʼlim dasturlarini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin;
(6-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet va uning filiallari talabalarining malakaviy amaliyotlarini yetakchi korxona, tashkilot va qishloq xoʻjaligi klasterlarida sifatli oʻtkazilishini taʼminlasin va monitoringini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda agrosanoat majmui tarkibidagi korxona, tashkilot va muassasalarni rahbar kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Universitetda “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishida zaxira kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Universitet va uning filiallarida kirish uchun belgilangan qabul chegarasidan kam ball toʻplagan abituriyentlar uchun oshirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini ikki baravarga kamaytirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, texnikumda:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi darajasida kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida kadrlar tayyorlanadi va oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bilan integratsiyalashgan kichik bakalavrlar (Associate degree) tayyorlash boʻyicha taʼlim dasturlari amaliyotga joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik bakalavr (Associate degree) taʼlim dasturlarini tamomlagan bitiruvchilar 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish sinovlarisiz suhbat oʻtkazish orqali bakalavrlar tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi boʻyicha va oʻqish tugaganidan soʻng taqsimotga muvofiq uch yil davomida uzluksiz ishlab berish majburiyatini olgan holda Universitet va uning filiallariga oʻqishga kirish huquqiga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatni moliyalashtirishning asosiy manbalari etib Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti, vazirlik, idoralar, yirik ish beruvchilar hamda buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari va oʻquvchilarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom va tegishli kasblar boʻyicha belgilangan tartibda razryadlar beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni qabul qilish parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, tashabbuskorlar mablagʻlari hisobiga Universitet va uning filiallarida “Kichik innovatsion korxona”larni tajriba-sinov tariqasida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Universitet:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida sinovdan oʻtgan tajribalarni oʻrgangan holda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab universitetda rahbar kadrlar hamda professor-oʻqituvchilar faoliyati samaradorligining baholash tizimini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Universitetni 2025-yilga qadar dunyoning nufuzli 1000 ta oliy taʼlim muassasalari roʻyxati (QS reyting tizimi)ga kiritish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Universitet va uning filiallari ustavlarini tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda universitetning 5411500 — Oʻsimliklar va qishloq xoʻjalik mahsulotlari karantini taʼlim yoʻnalishida taʼlimning kredit tizimini joriy qilish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tajriba-sinov tariqasida Agrobiologiya fakultetini Toshkent davlat agrar universiteti tarkibida mustaqil faoliyat yuritadigan yuridik shaxs sifatida tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet va uning filiallari huzurida tashkil etiladigan “Kichik innovatsion korxona”lar oʻrtasida tuziladigan shartnomaning namunaviy shaklini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov zimmasiga — qarordagi vazifalarning ijrosi va monitoringi olib borilishini taʼminlashga, maʼmuriy boʻysunishidan qatʼiy nazar ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, Universitet rektori B.A. Sulaymonov zimmasiga — qaror ijrosini bevosita taʼminlash, universitetga zamonaviy taʼlimning kredit tizimini tatbiq etish, ilmiy izlanishlar natijalarini tijoratlashtirish, fan-taʼlim va ishlab chiqarishni uzviy integratsiyalash, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tajriba-sinov tariqasida “Kichik innovatsion korxona”larni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga — taʼlimning kredit tizimidagi va Universitetning 2-bosqich talabalari orasidan saralab olingan iqtidorli talabalar uchun taʼlimning alohida dasturlarini ishlab chiqish hamda Universitet qoshidagi Qibray akademik litseyi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimiga oʻtkazilayotgan qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejlari negizida texnikumlar tashkil etish chora-tadbirlarini koʻrish boʻyicha javobgarlik yuklansin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 19-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4421-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi PQ-4421-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga

oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish, taʼlim sifatini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

1.

Toshkent davlat agrar universiteti (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) va uning Nukus, Andijon, Termiz filiallari tuzilmasini va ustavlarini yangidan tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil sentabr

Universitet va uning filiallari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2.

Universitetni respublikamiz qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha yetakchi oliy taʼlim muassasasiga aylantirish va kelgusida rivojlantirish.

Bunda, quyidagilarni hisobga olgan holda Universitetning 2024 –– 2030-yillarga moʻljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

qishloq xoʻjaligi sohasi uchun yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash;

qishloq xoʻjaligida innovatsion resurs tejamkor texnologiyalarni qoʻllash, “aqlli qishloq xoʻjaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish;

respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos qishloq xoʻjaligi ekinlarining seleksiyasi va urugʻchiligi boʻyicha markazni tashkil etish;

startap-loyihalarni amalga oshirish orqali qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish;

ilgʻor va ilmiy hajmdor texnologiyalarni joriy etish uchun texnoparklar va ilmiy ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish;

ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik i texnologik ishlar natijalarni keng joriy etish uchun amaldagi taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi mexanizmini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil aprel

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Universitet va uning filiallari

3.

Buyurtmachilar talabi va xorijiy tajriba asosida mavjud hamda yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari, oʻquv rejalarini ishlab chiqish va oʻquv jarayoniga tatbiq etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet va uning filiallari

4.

Universitet va uning filiallari axborot-maslahat markazlari (extension center) orqali qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidagi tizimli muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha “axborot-maslahat markazi –– kafedra –– qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisi” tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Universitet va uning filiallari

5.

Taʼlim jarayoni uchun oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va joriy etish hamda axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish. Buning uchun oʻquv, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni tayyorlash, tahrir qilish va nashrdan chiqarish boʻyicha tartibni ishlab chiqish.

Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:

oʻquv, ilmiy, uslubiy adabiyotlar mualliflarini munosib moddiy ragʻbatlantirish va ular uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish;

darslik va oʻquv qoʻllanmalar, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitet va uning filiallari xarajatlari smetasiga muntazam mablagʻ ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Universitet va uning filiallari

6.

Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun ilgʻor badiiy, ilmiy va oʻquv adabiyotlar elektron kataloglaridan hamda jahon taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

Bunda:

xalqaro (RF, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Germaniya, Xitoy va ushbu sohada yetakchi boshqa mamlakatlar) ilgʻor tajribalarni oʻrganish asosida Universitetning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks elektron xizmatlar koʻrsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish;

veb va bulutli texnologiyalar asosida kutubxonaning raqamli resurslarini elektron katalogini yaratish;

RFID texnologiyasi asosidakutubxona fondini roʻyxatga olish, hisobga qoʻyish, tarqatish va himoyalash tizimini yaratish;

kitoblarni hisobga qoʻyish, tarqatish va qaytarish uchun avtomatlashtirilganelektron kiosklarni joriy etish;

kitoblarni tezkor raqamlashtirish texnologiyasini joriy etish;

xorijiy kutubxona resurslaridan erkin foydalanishsharoitlarini yaratish, jumladan respublika oliy taʼlim muassasalari uchun;

elektron va qogʻoz shaklidagi xalqaro ilmiy va oʻquv nashrlariga obuna boʻlishnitashkil qilish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil avgust

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Universitet va uning filiallari

7.

Taʼlim sifatini va ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish maqsadida oliy taʼlim muassasalari va uning filiallarini zamonaviyoʻquv-laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Universitet va uning filiallari

8.

Qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar hisobidan olib kelinadigan qishloq xoʻjalik texnikalari, oʻquv-laboratoriya jihozlari, avtotransport vositalarini bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilish choralarini koʻrish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil yanvar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Toshkent davlat agrar universitetiva uning filiallari

9.

Universitet va uning filiallarida tahsil olayotgan talaba magistrlarni kelishuv asosida Germaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Rossiya kabi rivojlangan davlatlarning oliy taʼlim muassasalari va xalqaro moliya tashkilotlari orqali ishlab chiqarish amaliyotlariga hamda stajirovkalarga yuborish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil fevral

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Universitet va uning filiallari

10.

Taʼlim sifatini va ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish maqsadida universitet va uning filiallarini oʻquv-laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash. Bunda, Universitetning 7 ta oʻquv laboratoriyasini, Andijon filialining 9 ta, Nukus filialining 11 ta, Termiz filialining 10 ta oʻquv laboratoriyalarini jihozlar bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Universitet va uning filiallari

11.

Xorijdagi reytingi yuqori boʻlgan eng yaxshi oliy taʼlim muassasalarining malakali professor-oʻqituvchilari va mutaxassislarini oʻquv jarayoni va malaka oshirish kurslariga jalb etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil fevral

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet va uning filiallari

12.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatish hamda ilmiy-pedagogik faoliyat boʻyicha hamkorlik shartnomalari tuzish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet

13.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan oʻquv jarayoni
va malaka oshirish kurslariga jalb etiladigan pedagog-xodimlar va mutaxassislar roʻyxatini aniqlash hamda ularni belgilangan muddatlarda oʻquv jarayoni va malaka oshirish kurslariga jalb etish, ular ishtirokida onlayn video-seminarlar, vebinarlar oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet va uning filiallari

14.

Masofaviy oʻqitish shaklini joriy etish orqali tinglovchilar va pedagog kadrlarning mustaqil taʼlim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

Universitet tomonidan xalqaro standartlarga asoslangan Yagona integrallashgan masofaviy oʻqitish apparat-dasturiy kompleksini ishlab chiqish. Bunda:

masofaviy taʼlim xizmatlari portali (veb ilova);

onlayn oʻquv smart auditoriyalari;

nazariy va amaliy mashgʻulotlarni masofaviy oʻtkazish uchun virtual kabinet;

Universitetning yetakchi professor-oʻqituvchilari maʼruzalarining audiovizual taʼlim kontentini hamda multimedia taʼlim mahsulotlarini (audiokitoblar, 3D, VR va boshqalar) ishlab chiqaruvchi maxsus studiyalar va mutaxassislar shtati belgilangan media markaz;

2021-yildan boshlab Universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻtkaziladigan mashgʻulotlarni (maʼruza, laboratoriya mashgʻulotlari, seminarlar va boshqalar) markazlashgan katalogini serverlarda shakllantirish va umumiy foydalanish uchun onlayn translyatsiya qilishga moʻljallangan elektron platforma ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Universitet va uning filiallari

15.

Xorijiy yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy adabiyotlar yaratish, xalqaro grant loyihalarida ishtirok etish.

Kompleks chora-tadbirlar

doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Universitet

16.

Universitet va uning filiallari ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida tayanch doktoranturaga ixtisosliklar boʻyicha qabul kvotasini oshirish hamda filiallar uchun maqsadli qabulni tashkil etish yuzasidan Innovatsion rivojlanish vazirligiga asoslangan takliflarni taqdim etish.

Universitet va uning filiallarida ilmiy-pedagog kadrlar tomonidan PhD va DcS dissertatsiyalarini himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda 2025-yilga qadar ilmiy salohiyatini 55 — 60 foizga yetkazish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil noyabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet va uning filiallari

17.

Xalqaro aloqalar oʻrnatilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tor ixtisosliklar boʻyicha maqsadli doktorant va magistrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. Bunda 2019 –– 2021-yillarda 18 nafar PhD, 45 nafar magistratura yoʻnalishiga professor-oʻqituvchilar va talabalarni oʻqishga yuborish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha El-yurt umidi jamgʻarmasi, Universitet

18.

Universitet va uning filiallari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqaruv va statistik maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlash hamda monitoring qilishga moʻljallangan axborot tizimini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil may

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet va uning filiallari

19.

Universitet tomonidan kommunal toʻlovlar (issiq suv, isitish tizimi, ichimlik suv)ni iqtisod qilish, energiya resurslaridan samarali foydalanish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Universitet hududida zamonaviy 7 ta qozonxona hamda 4 ta yer ostidan suv chiqarish inshootlarini qurish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil
fevral –– noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Universitet

II. Toshkent davlat agrar universitetining Nukus, Andijon, Termiz filiallari faoliyatini yanada takomillashtirish, taʼlim sifatini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashsh

20.

Universitetning filiallariga qarashli yer maydonlari va binolarda davlat-xususiy sheriklik asosida “Eco agro indastrius nou hau” MCHJ tomonidan zamonaviy nou-xau texnologiyalarni qoʻllagan holda “Agroekoturizm” bazasini hamda anor, uzum, qulupnay va malina yetishtirish boʻyicha klasterlarni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Eco agro indastrius nou hau” MCHJ, Toshkent viloyati hokimligi, Universitet va uning filiallari

21.

Universitetning Andijon filialida “Tuproq ostidan sugʻorishni qishloq xoʻjaligi ekinlariga qoʻllashni ilmiy asoslash” loyihasini amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Universitetning Andijon filiali, Andijon viloyati hokimligi

22.

Universitetning Andijon filialida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning fondi bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligida qiymat zanjiri loyihasi doirasida intensiv mevali bogʻ tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, Universitetning Andijon filiali

23.

Universitetning Andijon filialida Belorussiya yoʻl-qurilish va qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi “Blyuming” korxonasi bilan hamkorlikda xalqaro zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari namoyishini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 15-sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va
tashqi savdo vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, Universitet

24.

Universitetning Nukus filialida Yaponiyaning OYO korporatsiyasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda choʻlning oldini olish maqsadida koʻkalamzorlashtirish” loyihasini amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

Reja-grafikasosida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Universitetning Nukus filiali

25.

Chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari, meva-sabzavot, moyli ekinlar, dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash, qadoqlash boʻyicha zamonaviy mini sexlarni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja grafik asosida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Universitet va uning filiallari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlar zaruratga qarab oʻzgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki va undan ortiq tadbirlar birlashtirilgan holatlarda ushbu tadbirlar uchun belgilangan eng kechki muddat umumlashtirilgan tadbirning ijro muddati hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida “yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi PQ-4421-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat agrar universiteti, uning filiallari va Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari

1.

Qishloq xoʻjaligida raqamli texnologiyalar

2.

Agroturizm

3.

Qishloq xoʻjaligida kooperativ boshqaruv

4.

Gidrobiologiya

5.

Ixtiologiya

6.

Asalarichilik

7.

Veterinariya meditsinasi (hayvonot turlari boʻyicha)

8.

Zooinjeneriya (qoramolchilik)

9.

Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti

10.

Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish

11.

Agrosanoatda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va texnik servis

12.

Agrobiznes va marketing

II. Magistratura mutaxassisliklari

1.

Agrologistika

2.

Agrobiznes va investitsion faoliyat

3.

Agrosanoatda buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil

4.

Qishloq xoʻjaligida ekologik xavfsizlik

5.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish

6.

Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti

7.

Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi

8.

Oʻsimliklar himoyasida monitoring va bashorat

9.

Subtropik va sitrus meva ekinlari

10.

Qishloq xoʻjaligi biotexnologiyasi

11.

Meva-sabzavot ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi

12.

Klasterlarni boshqarish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi PQ-4421-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat agrar universiteti, uning filiallari va Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutidagi taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklariga biriktirilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Taʼlim yoʻnalishlari va

mutaxassisliklari nomi

Biriktirilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari nomi

1.

5410200 –– Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha)

Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI

5410400 –– Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi

5A410201 –– Agronomiya

5A410401 –– Seleksiya va urugʻchilik (ekin guruhlari boʻyicha)

2.

5410200 –– Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha)

Oʻsimlikshunoslik ITI

5A410202 –– Oʻsimlikshunoslik (ekin guruhlari boʻyicha)

3.

5411600 –– Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI

5411700 –– Issiqxona xoʻjaligini tashkil etish va yuritish

5A411001 –– Sabzavotchilik va polizchilik

5A411004 –– Kartoshkachilik

5A411701 –– Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi

4.

5410200 –– Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha)

Sholichilik ITI

5A410202 –– Oʻsimlikshunoslik (ekin guruhlari boʻyicha)

5.

5410300 ––Oʻsimliklarni himoya qilish (ekin turlari boʻyicha)

Oʻsimliklarni himoya qilish ITI

5411500 –– Oʻsimliklar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari karantini

5A410301 –– Oʻsimliklar himoyasi (usullari boʻyicha)

5A410302 –– Entomologiya

5A410303 –– Fitopatologiya

5A411501 ––Oʻsimliklar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari karantini

6.

5411000 –– Mevachilik va uzumchilik

M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI

5410500 –– Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha)

5A411002 –– Mevachilik

5A411003 –– Uzumchilik va uzumni dastlabki qayta ishlash

5A410501 –– Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari boʻyicha)

7.

5410100 –– Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

Tuproqshunoslik va agrokimyo ITI

5A410101 –– Agrotuproqshunoslik va agrofizika (sohalar boʻyicha)

5A410102 –– Agrokimyo

8.

5410900 –– Ipakchilik va tutchilik

Ipakchilik ITI

5A410901 –– Ipakchilik

5A410902 –– Tutchilik

9.

5410600 –– Zooinjeneriya (baliqchilik)

Baliqchilik ITI

5A410606 –– Baliqchilik

10.

5630300 –– Qishloq xoʻjaligida ekologik xavfsizlik

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ITI

11.

5410400 –– Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi

Genetika va eksperimental biologiya ITI

5A410401 –– Seleksiya va urugʻchilik (ekin guruhlari boʻyicha)

12.

5411900 –– Agrobiotexnologiya

Genomika va bioinformatika ITI

5A411005 –– Meva-sabzavotchilikda biotexnologiya

13.

5410800 –– Oʻrmonchilik

Oʻrmonchilik ITI

5411100 –– Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

5411200 –– Manzarali bogʻdorchilik

5A410801 –– Oʻrmonchilik

5A411101 –– Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi

5A411201 –– Aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish va landshaftli dizayn

5A411202 –– Manzarali bogʻdorchilik

14.

5233100 –– Agrosanoatda buxgalteriya hisobi

Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ITI

5233200 –– Agrologistika

5233300 –– Agrobiznes va investitsion faoliyat

15.

5411800 –– Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish

Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ITI

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi PQ-4421-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi sohasida fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiyalash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

J.A. Xodjayev

Bosh vazir oʻrinbosari, Kengash raisi

2.

J.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Kengash raisining oʻrinbosari

3.

U.Sh. Begimkulov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari

4.

S.Z. Mirzayev

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti

5.

I.Yu. Abduraxmonov

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri

6.

B.Sh. Usmanov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari

7.

A.E. Ravshanov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati mudiri

8.

A.X. Abdullayev

Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi

9.

A.Sh. Xaitov

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

10.

B.T. Norqobilov

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi

11.

N.J. Bakirov

Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi

12.

B.T. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi

13.

B.A. Sulaymonov

Toshkent davlat agrar universiteti rektori

14.

B.Q. Sharipov

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi

15.

O.M. Musayev

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi

16.

N.Z. Faxrutdinov

Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi

17.

E.A. Toshpoʻlatov

Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi raisi

19.

N.E. Najimov

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori

20.

Lavozim boʻyicha

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori oʻrinbosari

21.

A.I. Maksudov

“Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi

23.

F.J. Pulatov

“Oʻzdonmahsulot” AK boshqaruvi raisi

24.

Ya.M. Abdurazzoqov

“Oʻzparrandasanoat” uyushmasi raisi

25.

Sh. Suyarqulov

“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi raisi

27.

Z.O. Fayziyev

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisi

28.

Lavozimi boʻyicha

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori

29.

K. Abdullayev

Yongʻoq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi

30.

R.Oʻ. Mamatkulov

“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi

31.

E.Sh. Toreniyazov

Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori

32.

Lavozim boʻyicha

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori

33.

Ch.R. Begimkulov

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori

34.

D.U. Mamadiyarov

Karyera markazi va talabalar amaliyotini tashkil etish boʻlimi boshligʻi, Kengash kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2019-y., 07/19/4421/3590-son; 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son; 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)