Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 19-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1345-5]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 16-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarining yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1345, 2004-yil 30-aprel) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019-yil 7-avgustdagi 17-25/367-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 1-martdagi 564-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarining yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1345, 2004-yil 30-aprel);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 26-noyabrdagi 24/13-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1345-1, 2004-yil 31-dekabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 5-iyundagi 21/6-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1345-2, 2010-yil 23-iyun);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/5-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarining yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1345-3, 2012-yil 22-iyun);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 26-avgustdagi 21/3-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarining yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1345-4, 2017-yil 6-sentabr).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-avgust,
348-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2019-y., 10/19/1345-5/3581-son)