17.08.2019 yildagi 687-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va sanʼat muassasalarida vasiylik kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va sanʼat sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-avgustdagi PQ-3920-son qaroriga muvofiq moliyalashtirishning budjetdan tashqari manbalarini jalb etish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, madaniyat va sanʼat muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish va ularga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Madaniyat va sanʼat muassasalarining vasiylik kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi uch oy muddatda madaniyat va sanʼat muassasalari orasida vasiylik kengashlarini tashkil etish va ularning faoliyatini taʼminlash maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida axborot-tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 17-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
687-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 687-son qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va sanʼat muassasalarida vasiylik kengashlari toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat muassasalarida vasiylik Vasiylik kengashilarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vasiylik kengashi — madaniyat va sanʼat muassasalarining vazifalari va muammolarini hal etishga jamoatchilikni jalb etish, budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etishda ularga koʻmaklashish, shuningdek, pulli xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etish maqsadida madaniyat va sanʼat muassasalarida tashkil etiladigan jamoatchilik-maslahat organi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va sanʼat muassasasiga teatrlar, sirklar, filarmoniyalar, konsert tashkilotlari (professional ijodiy jamoalar, musiqa jamoalari, ansambllar va shu kabilar), madaniy-maʼrifiy muassasalar (madaniyat markazlari, muzeylar, badiiy galereyalar (koʻrgazmalar), koʻrgazma zallari, tarixiy madaniy qoʻriqxonalar, madaniyat va dam olish istirohat bogʻlari, klub muassasalari, saroylar va madaniyat uylari, madaniyat va sanʼat sohasidagi taʼlim muassasalari va shu kabilar, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar moddiy madaniy meros obyektlari va arxitektura yodgorliklari kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vasiylik kengashi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda korporativ qoidaga muvofiq amalga oshiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Vasiylik kengashini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vasiylik kengashi har bir madaniyat va sanʼat muassasasida yuridik shaxs tashkil etmasdan tuziladi va jamoatchilik asosida ish koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vasiylik kengashi madaniyat va sanʼat muassasasi rahbarining tegishli buyrugʻi asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vasiylik kengashi tarkibi madaniyat va sanʼat muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi tarkibiga davlat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar vakillari, shuningdek, madaniyat va sanʼat muassasasi faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishdan manfaatdor boʻlgan boshqa jismoniy shaxslar kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Vasiylik kengashining vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Vasiylik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnika bazani mustahkamlash, shu jumladan, infratuzilmani yaxshilash, madaniyat va sanʼat muassasalari binolari va hududini obodonlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat muassasasi faoliyati sifati va samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat muassasasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha dasturlarni moliyalashtirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat muassasasi faoliyatini takomillashtirishga malakali mutaxassislarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat muassasasi faoliyatini rivojlantirishni taʼminlash uchun donorlarni jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Vasiylik kengashi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat muassasasining va ish rejalari, tadbirlar rejalari, dasturlari va boshqa hujjatlarini muhokama qilishda ishtirok etish, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat muassasasi rahbariga madaniyat muassasasi faoliyatini takomillashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda madaniyat va sanʼat muassasasidan olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat muassasasi faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha takliflar bilan davlat organlariga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashining moliyaviy rejasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashining mablagʻlarini taqsimlash tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi mablagʻlarini sarflashning moliyaviy rejasi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlardan va boshqa jalb etilgan koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini tekshirish uchun moliyaviy nazoratning vakolatli organini tayinlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi qonunchilikka, ichki nizomga va madaniyat va sanʼat muassasasining nizomiga (ustaviga) muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(8-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vasiylik kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu nizomda belgilangan asosiy vazifalar bajarilishini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlardan va boshqa jalb etilgan koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini taʼminlashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Vasiylik kengashi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vasiylik kengashi oʻz faoliyatini Vasiylik kengashi vakolatiga tegishli masalalarni hal etishda uning barcha aʼzolarining ixtiyoriy ishtirok etishi va teng huquqliligi prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vasiylik kengashi, qoidaga koʻra, rais, raisning oʻrinbosari, Vasiylik kengashining kotibi va aʼzolari tarkibida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashining son tarkibi, agar uning nizomida oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, reglamentlashtirilmaydi. Vasiylik kengashi tarkibi va rahbariyatidagi oʻzgarishlar, qoidaga koʻra, bir yilda bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va sanʼat muassasasi rahbari Vasiylik kengashi aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vasiylik kengashiga rais boshchilik qiladi. Raisning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi majlisi kun tartibini belgilash va uni chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi qarorlarini tasdiqlash va ular ijrosi nazorat qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashining yillik ish rejasini tasdiqlash, shuningdek, Vasiylik kengashiga uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi aʼzolariga yuklangan vazifalar ijrosi boʻyicha ularning ishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashini davlat organlari va boshqa tashkilotlarda ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashining samarali faoliyatini taʼminlash uchun boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vasiylik kengashi raisi va uning oʻrinbosari birinchi tashkiliy majlisda saylanadilar. Vasiylik kengashi raisi va uning oʻrinbosari Vasiylik kengashi aʼzolaridan saylanadi. Vasiylik kengashi aʼzolari faoliyati muddatlari, Vasiylik kengashi raisi va uning oʻrinbosarini qayta saylash uning nizomida belgilanadi. Vasiylik kengashi oʻz vakolatlarini madaniyat va sanʼat muassasasi rahbariga berishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosarining vakolatlari Vasiylik kengashining qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vasiylik kengashi aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat muassasalarini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha Vasiylik kengashiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha xulosalar taqdim etish huquqiga egadir;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi aʼzolari majlisda shaxsan, yoxud qonunchilikka muvofiq Vasiylik kengashi aʼzosi nomidan ish koʻrish vakolati berilgan oʻzining vakili orqali qatnashishi kerak.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi aʼzosi majlisda ishtirok etish imkoni boʻlmaganda majlis kun tartibi boʻyicha oʻz fikrini Vasiylik kengashiga yozma ravishda yuborish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vasiylik kengashi oʻz ishini oʻzi tomonidan tasdiqlangan rejalar asosida quradi va oʻz majlislarini zaruratga koʻra, biroq yarim yilda kamida bir marta oʻtkazadi. Vasiylik kengashi raisi Vasiylik kengashi aʼzolarining yozma iltimosnomalari asosida navbatdan tashqari majlislar chaqirishi mumkin. Vasiylik kengashi aʼzolarining iltimosnomasida navbatdan tashqari majlisni oʻtkazishning sabablari va asoslari bayon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vasiylik kengashi majlisini Vasiylik kengashi raisi olib boradi, u boʻlmagan taqdirda — Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashida uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, u huquqiy vakolatli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlisni oʻtkazish uchun kvorum yoki rais va uning oʻrinbosari boʻlmaganda Vasiylik kengashi majlisini oʻtkazishning yangi sanasi eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vasiylik kengashi majlisida koʻrib chiqilayotgan masalalarning xususiyatiga bogʻliq ravishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari, madaniyat va sanʼat muassasalari xodimlari, alohida jismoniy shaxslar taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vasiylik kengashi kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha zarur hujjatlar Vasiylik kengashi majlisiga oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majlisni oʻtkazish muddati va joyini Vasiylik kengashi raisi bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibidagi masalalar boʻyicha Vasiylik kengashi majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni majlis oʻtkaziladigan sana, kun tartibi loyihasi, vaqt va joy toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Vasiylik kengashi aʼzolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi hujjatlari saqlanishini, shuningdek, Vasiylik kengashining faoliyati toʻgʻrisidagi axborot madaniyat va sanʼat muassasasining veb-saytida joylashtirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi kotibi Vasiylik kengashi aʼzosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Vasiylik kengashi tomonidan qarorlar qabul qilinishi va ularning ijrosini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vasiylik kengashining qarori majlisda ishtirok etayotgan Vasiylik kengashi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda Vasiylik kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻlar tushumi va xarajatlarning yillik moliyaviy rejasini tasdiqlash, shuningdek, Vasiylik kengashi mablagʻlaridan foydalanish masalalari boʻyicha qaror majlisda hozir boʻlgan Vasiylik kengashi aʼzolarining uchdan ikki qismining ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vasiylik kengashi qarorlari Vasiylik kengashi majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Vasiylik kengashi majlisining bayonnomasi Vasiylik kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Vasiylik kengashi aʼzolariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi majlisi bayonnomasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni mobaynida Vasiylik kengashining kotibi madaniyat va sanʼat muassasasining veb-saytida bayonnomaning elektron versiyasi eʼlon qilinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vasiylik kengashi bayonnomasining asl nusxasi va unga materiallar madaniyat va sanʼat muassasasida saqlanadi. Madaniyat va sanʼat muassasasi rahbari Vasiylik kengashining bayonnomalari va boshqa hujjatlari saqlanishini taʼminlashda hamda Vasiylik kengashi majlisi toʻgʻrisidagi axborot madaniyat va sanʼat muassasasining veb-saytida joylashtirishda Vasiylik kengashi kotibiga koʻmaklashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vasiylik kengashi kotibi Vasiylik kengashi aʼzolari koʻmagida Vasiylik kengashi qarorlari bajarilishini muntazam ravishda oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zarurat boʻlganda, Vasiylik kengashi raisiga tegishli takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vasiylik kengashi bir yilda kamida bir marta madaniyat va sanʼat muassasasi rahbarining qabul qilingan qarorlar ijrosi holati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vasiylik kengashining ish tartibi Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan reglamentda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Jalb etilgan mablagʻlar va boshqa koʻmaklashish mablagʻlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Jalb etilgan mablagʻlardan va boshqa koʻmaklashish mablagʻlaridan Vasiylik kengashining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Pul mablagʻlari shaklidagi jalb etilgan koʻmaklashish mablagʻlari madaniyat va sanʼat muassasasining budjetdan tashqari hisob raqamida jamlanadi, madaniyat va sanʼat muassasasining daromadlari va xarajatlari smetasiga kiritiladi hamda ushbu Nizomda va qonunchilikda belgilangan tartibda foydalaniladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar, ishlar/xizmatlarni bajarish, madaniyat va sanʼat muassasasi bilan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi shartnomalarda belgilangan shartnoma majburiyatlari bajarilishini huquqi hamda boshqa moddiy va nomoddiy boyliklar tarzidagi jalb etilgan koʻmaklashish mablagʻlaridan foydalanish tartibi va shartlari Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Jalb etilgan mablagʻlar va boshqa koʻmaklashish mablagʻlari daromadlari va xarajatlari hajmlari kelgusi yilga Vasiylik kengashining majlisida tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar moliyaviy rejasiga muvofiq madaniyat va sanʼat muassasasining daromadlari va xarajatlari smetasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻlarning daromadlari va xarajatlari moliyaviy rejasiga madaniyat va sanʼat muassasasida Vasiylik kengashi faoliyati bilan bogʻliq joriy xarajatlar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jalb etilgan mablagʻlarning daromadlari va xarajatlari smetasi Vasiylik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi. Zarurat boʻlganda jalb etilgan mablagʻlarning daromadlari va xarajatlari smetasiga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Jalb etilgan mablagʻlar va boshqa koʻmaklashish mablagʻlarining buxgalteriya hisobi toʻgʻri yuritilishi, ularning zarur tarzda rasmiylashtirilishi va ulardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish uchun madaniyat va sanʼat muassasasining rahbari va bosh buxgalteri javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilda foydalanilmagan pul mablagʻlari qoldigʻi olib qoʻyilmaydi va keyingi yilga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Vasiylik kengashi jalb etilgan mablagʻlar va boshqa koʻmaklashish mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish uchun Vasiylik kengashi Vasiylik kengashining moliyaviy taftishchisi yoki nazorat-taftish komissiyasi shaklida Vasiylik kengashining moliyaviy nazorati vakolatli organini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy nazoratning vakolatli organini, Vasiylik kengashi nazorat-taftish komissiyasi raisi va aʼzolarini tayinlash tartibi, ularning vakolatlari muddatlari va taftishlarni oʻtkazish davriyligi Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi moliyaviy nazoratni amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotini jalb etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Vasiylik kengashining moliyaviy nazorati vakolatli organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yilda kamida bir marta hisob-kitoblarning toʻgʻriligini tekshiradi, Vasiylik kengashining mablagʻlari va boshqa koʻmaklashish mablagʻlarining sarflangan xarajatlarini, shuningdek, ulardan moddiy va nomoddiy aktivlar tarzida foydalanish samaradorligini taftish qiladi, yillik hisobotlar va balans boʻyicha xulosa tayyorlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobot toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqlik va uni tuzish asoslanganligi yuzasidan kelgusi yilga daromadlar va xarajatlar moliyaviy rejasini koʻrib chiqadi;
(32-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb etilgan mablagʻlar va boshqa koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi toʻgʻrisida Vasiylik kengashi oldida hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kelgusi yilga daromadlar va xarajatlarning moliyaviy rejasi Vasiylik kengashi moliyaviy nazoratining vakolatli organi tomonidan koʻrib chiqilganidan va maʼqullanganidan keyin Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Vasiylik kengashining moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Vasiylik kengashi faoliyatini toʻxtatish Vasiylik kengashining qarori asosida amalga oshiriladi. Vasiylik kengashi faoliyati toʻxtatilgan taqdirda uning jalb etilgan mablagʻlar va boshqa koʻmaklashish mablagʻlarini boshqarish boʻyicha vakolatlari Vasiylik kengashining yangi tarkibi taynlanguniga qadar madaniyat va sanʼat muassasasi rahbariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu Nizom qoʻllanilishi munosabati bilan yuzaga keladigan nizolar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/687/3580-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)