Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida avtomobil va temir yoʻl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk boʻlimlariga maxsus bojxona plombalari qoʻyish qoidalariga qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 16-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2904-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 18-iyuldagi 01-02/12-24-son qarori (roʻyxat raqami 2904, 2017-yil 27-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 755-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida avtomobil va temir yoʻl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk boʻlimlariga maxsus bojxona plombalari qoʻyish qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-iyul,
01-02/12-45-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 15-iyuldagi 01-02/12-45-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida avtomobil va temir yoʻl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk boʻlimlariga maxsus bojxona plombalari qoʻyish toʻgʻrisidagi qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisi “foydalaniladigan” degan soʻzdan keyin “, shuningdek transport vositalarini boshqarish va nazorat qilishning onlayn mexanizmini nazarda tutadigan navigatsion” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 4-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“xalqaro shartnomalarga muvofiq, bojxona identifikatsiyalash vositalari sifatida tan olingan xorijiy davlatlarning bojxona xizmatlari tomonidan transport vositalari, tovarlar va pochta joʻnatmalariga qoʻyilgan bojxona plombalari, muhr, shtamp izlari va rasmiy belgilar, shuningdek transport, ekspeditorlik tashkilotlari tomonidan transport vositalariga qoʻyilgan plomba, muhr hamda rasmiy belgilar mavjud boʻlgan hollarda;
joʻnatuvchi bojxona postlarida xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan axborot tizimi qoʻllanilgan hollarda, agar transport vositasi va uning yuk boʻlimida bojxona qonun hujjatlari buzilishi xavfining belgilari aniqlanmagan holatlarda (tranzit tovarlar ortilgan transport vositalari hamda xalqaro hujjatlarda koʻrsatilgan hollar bundan mustasno);
tovar sifatidagi avtotransport tashishda foydalaniladigan transport vositasiga;
chegara bojxona postlari hududlariga tutash joylarda joylashgan bojxona terminallariga yuboriladigan avtotransport vositalariga;”;
beshinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 10/19/2904-1/3572-son)