13.08.2019 yildagi 669-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida pulli xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlashning samarali tizimini joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlashning samarali tizimini joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xavfsiz turizmni taʼminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalariga shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni, shu jumladan, avtotransportda harakatlanish vaqtida kuzatib borish hamda moddiy madaniy meros obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan pulli xizmatlar koʻrsatish tariflarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda turistik faoliyat subyektlari hamda fuqarolar orasida ushbu qarorning mazmuni va mohiyati, amaliy ahamiyatini tushuntirish borasida tegishli tadbirlarni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 13-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
669-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 669-son qaroriga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni (keyingi oʻrinlarda turistlar deb ataladi) kuzatib borish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Turistlarni shartnoma asosida kuzatib borish xizmati (keyingi oʻrinlarda kuzatuv xizmati deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xavfsiz turizmni taʼminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan turistlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida piyoda va (yoki) maxsus avtotransport vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kuzatuv xizmati turistlarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkini turli tajovuzlardan himoya qilish hamda ular transport vositalarida harakatlanishlari davomida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turistlar transport vositalarida harakatlanayotgan paytda kuzatuv xizmati maxsus jihozlangan transport vositalaridan yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda foydalanadi, bunda harakatlanish davomida maxsus tovush signallari va chiroq-mayoqchalardan faqatgina istisno holatlarda foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kuzatuv xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan tariflarga muvofiq toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kuzatuv xizmatini koʻrsatish uchun murojaat qilish va uni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kuzatuv xizmatini koʻrsatish uchun jismoniy yoki yuridik shaxs tegishli hududiy ichki ishlar organining Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda XTTB deb ataladi) yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Murojaatda jismoniy yoki yuridik shaxs (keyingi oʻrinlarda buyurtmachi deb ataladi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, turistlar va transport vositalarining soni, ularni kuzatib borish vaqti va qatnov yoʻli koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Murojaat XTTB tomonidan qabul qilingan kunning oʻzida koʻrib chiqiladi va natijasi haqida buyurtmachiga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Murojaatni koʻrib chiqishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistlarning shaxsiga oid maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektining murojaati boʻyicha uning bunday faoliyatni olib borishi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli ruxsatnomasi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari va haydovchilarning hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatib borish qatnov yoʻli va tashrif rejalashtirilgan hududlarning xavfsizlik talablariga javob berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv xizmatini amalga oshirish uchun yetarli kuch va vositalarning mavjudligi kabi masalalar oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan maʼlumotlar buyurtmachi tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Murojaatni koʻrib chiqish natijasida kuzatuv xizmatini koʻrsatish uchun toʻsqinlik qiluvchi holatlar aniqlanmasa, XTTB va buyurtmachi oʻrtasida uch ish kunidan kechiktirmasdan turistlar yoki turistik guruhlarni kuzatib borish toʻgʻrisida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlari buyurtma talablaridan kelib chiqqan holda kuzatuv xizmatini koʻrsatishning belgilangan tariflari asosida hamda qonun hujjatlari talablariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv xizmati uchun toʻlov summasini hisoblashda maxsus avtotransport vositasida kuzatib borish va XTTBga tegishli transport vositalarida turistlarni tashish masofasi, xizmat koʻrsatish uchun zarur xodimlar soni, ularni jalb qilish vaqti va boshqa xarajatlar inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv xizmati shartnoma summasi oldindan toʻliq toʻlangandan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 7-bandi hamda 9-bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan maʼlumotlar buyurtmachi tomonidan toʻliq taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni oʻrganish natijalariga koʻra qonun hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv xizmatini koʻrsatish qatnov yoʻli va tashrif rejalashtirilgan hududlar xavfsizlik talablariga javob bermaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv xizmatini amalga oshirish uchun yetarli kuch va vositalarni jalb qilish imkoni boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomada nazarda tutilgan toʻlov buyurtmachi tomonidan toʻliq amalga oshirilmaganda kuzatuv xizmatini koʻrsatish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Murojaatni koʻrib chiqish yakuniga koʻra kuzatuv xizmatini koʻrsatish rad etilganda, bu haqda sabablari koʻrsatilgan holda buyurtmachiga yozma yoki elektron ravishda xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kuzatuv xizmatini koʻrsatishning asosiy shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kuzatuv xizmatini koʻrsatish davomida XTTB xodimlari qonun hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv xizmatini tashkil etishda turistlar hamda boshqa shaxslarning huquq va erkinliklari poymol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kuzatuv xizmatini koʻrsatishdan oldin XTTB tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistlarga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik talablari va umumeʼtirof etilgan axloq qoidalariga rioya etishlari hamda xavfsizlik talablari boʻyicha tushuntirish oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuvi amalga oshiriladigan turistlarning shaxsi va soni shartnomaga muvofiqligi tekshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatib boriladigan transport vositasining texnik sozligi koʻzdan kechiriladi, haydovchida zarur hujjatlar mavjudligi tekshiriladi hamda u bilan yoʻl harakati qoidalariga rioya etish va kuzatib borish qatnov yoʻli boʻyicha tegishli yoʻriqnoma oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kuzatuv xizmatini koʻrsatish yakunida XTTB va buyurtmachi oʻrtasida koʻrsatilgan xizmatlarning haqiqiy hajmi boʻyicha uch ish kuni mobaynida dalolatnoma tuziladi va uning asosida shartnoma summasi belgilangan tariflar boʻyicha qayta hisoblanib, oʻzaro hisob-kitob amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kuzatuv xizmatini koʻrsatish shartnomada belgilangan asoslarda va tartibda toʻxtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kuzatuv xizmatini koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizmni taʼminlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Shartnomada nazarda tutilmagan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizom talablarining buzilishi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish toʻgʻrisida

NAMUNAVIY SHARTNOMA

‎‎20____y. “___” ________________

‎‎__________-son

‎‎___________________________sh.

‎‎___________________________________________________________________________ (Ichki ishlar organining toʻliq nomi)

‎‎nomidan____________________________________________________________________

‎‎(lavozimi, F.I.O.)

‎‎Nizom asosida faoliyat yurituvchi (keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi) bir tomondan hamda ______________________________________________________________

‎‎___________________________________________________________________________ (toʻliq nomi)

‎‎nomidan____________________________________________________________________

‎‎(lavozimi, F.I.O.)

‎‎asosida faoliyat yurituvchi _____________________________________________________

‎‎(keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan (birgalikda “Tomonlar” deb yuritiladi) ushbu Shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:

‎‎1. Shartnoma predmeti

‎‎1.1. Ijrochi turistlar va turistik guruhlarni Buyurtmachi tomonidan belgilangan hududlarda piyoda va/yoki avtotransport vositasida kuzatib borish hamda kuzatuv davomida ularning xavfsizligini taʼminlash majburiyatini, Buyurtmachi esa shartnoma shartlariga asosan koʻrsatiladigan xizmat uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish majburiyatini oladi.

2. Umumiy shartlar

2.1. Ijrochi Buyurtmachi tomonidan belgilangan ____________________________________

‎‎___________________________________________________________________________ (kuzatuv xizmati piyoda va/yoki avtotransportda amalga oshirilishi, turistlar soni, kuzatuv

___________________________________________________________________________
‎‎‎qatnov yoʻli, manzillari va masofasi, xizmat koʻrsatish vaqti, kuzatib boriladigan transport

‎‎___________________________________________________________________________ vositalari soni va parametrlari koʻrsatiladi)

‎‎_____________________________________________ shartlarda kuzatuv xizmati koʻrsatadi.

‎‎2.2. Shartnoma imzolanib, oldindan toʻlovlar toʻlanganidan soʻng Ijrochi turistlar/turistik guruhlar va kuzatib boriladigan avtotransport vositalarining haydovchilari bilan yoʻriqnoma oʻtkazib, xavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlaydi.
‎2.3. Shartnoma tuzilganidan soʻng Ijrochi tomonidan kuzatib boriladigan transport vositasi texnik nosozligi yoki uning haydovchisida zarur hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan taqdirda, kuzatuv xizmati ushbu kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar koʻrsatilmaydi.

3. Toʻlov tartibi va narxi

3.1. Shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar narxi belgilangan tariflarga muvofiq, xizmat koʻrsatishning har bir soatiga ________________________ soʻmni va/yoki har bir kilometriga _____________________ soʻmni, jami ____________________ soʻmni tashkil etadi.
3.2. Koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov Buyurtmachi tomonidan Ijrochining hisob raqamiga oldindan yuz foiz miqdorda amalga oshiriladi.
‎3.3. Kuzatuv xizmatini koʻrsatish yakunida Tomonlar oʻrtasida koʻrsatilgan xizmatlarning haqiqiy hajmi boʻyicha dalolatnoma tuziladi va uning asosida shartnoma summasi belgilangan tariflar boʻyicha qayta hisoblanib, oʻzaro hisob-kitob amalga oshiriladi.

4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

4.1. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
‎a) kuzatib boruvchilar tomonidan shartnoma shartlariga muvofiq xizmat koʻrsatilishini talab qilish;
‎b) kuzatib borish qatnov yoʻli va manzillariga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish boʻyicha Ijrochiga murojaat qilish;
‎v) kuzatuv xizmatini koʻrsatish yakunida Tomonlar oʻrtasida koʻrsatilgan xizmatlarning haqiqiy hajmi boʻyicha tuzilgan dalolatnomaga muvofiq Ijrochidan koʻrsatilmagan xizmatlar uchun amalga oshirilgan toʻlovni qaytarishni talab qilish;
‎g) Ijrochi tomonidan xizmatlar lozim darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararni undirish.
‎4.2. Buyurtmachining majburiyatlari:
‎a) kuzatib boriladigan transport vositalarining xavfsizlik talablariga javob berishini taʼminlash;
‎b) kuzatib boriladigan turistlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya etilishini taʼminlash;
‎v) kuzatuv xizmatini koʻrsatish yakunida Tomonlar oʻrtasida koʻrsatilgan xizmatlarning haqiqiy hajmi boʻyicha dalolatnoma tuzilgan kunning oʻzida yoki keyingi ish kunida Ijrochiga koʻrsatilgan qoʻshimcha xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish.
‎4.3. Ijrochining huquqlari:
‎a) kuzatib boriladigan turistlar hamda transport vositalarining haydovchilaridan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya etilishini talab qilish;
‎b) kuzatuv xizmatini koʻrsatish yakunida Tomonlar oʻrtasida koʻrsatilgan xizmatlarning haqiqiy hajmi boʻyicha dalolatnoma tuzilgan kunning oʻzida Buyurtmachidan koʻrsatilgan qoʻshimcha xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirishni talab qilish.
‎4.4. Ijrochining majburiyatlari:
‎a) shartnoma ijrosini taʼminlash uchun zarur kuch va vositalarni ajratish;
‎b) kuzatuv xizmatini koʻrsatishda xodimlarning oʻz vazifalarini lozim darajada bajarishlarini taʼminlash;
‎v) kuzatuvi amalga oshirilayotgan turistlarga nisbatan huquqbuzarliklar sodir etilishi va ularning xavfsizligiga tahdid qiluvchi boshqa holatlarning oldini olish;
‎g) favqulodda holatlarda turistlarning xavfsizligini taʼminlash uchun evakuatsiya, qutqaruv va boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
‎d) kuzatuv xizmatini koʻrsatish yakunida Tomonlar oʻrtasida koʻrsatilgan xizmatlarning haqiqiy hajmi boʻyicha dalolatnoma tuzilgan kunning oʻzida yoki keyingi ish kunida Buyurtmachiga koʻrsatilmagan xizmatlar uchun amalga oshirilgan toʻlovni qaytarish.

5. Tomonlarning javobgarligi

5.1. Tomonlar shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganligi natijasida yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar boʻladi.
‎5.2. Shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlik uchun belgilangan neustoykani (jarima, penya) toʻlash hamda zararni qoplash Tomonlarni majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.

6. Nizolarni hal qilish tartibi

‎‎6.1. Shartnomani ijro etish, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda uni bekor qilishda yuzaga keladigan nizolar Buyurtmachi va Ijrochi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

‎‎7. Fors-major

‎‎7.1. Tomonlar shartnoma boʻyicha majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajarmaganligi uchun, agar ushbu bajarmaslik shartnoma tuzilgandan soʻng paydo boʻlgan, yengib boʻlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar oqibati hisoblansa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
‎7.2. Fors-major holatlari va ularning oqibatlari yuzaga kelganda Ijrochi va Buyurtmachi shartnomani davom ettirishning maqsadga muvofiqligini muhokama qiladilar va Tomonlar kelishilgan yechimga kelmasalar, har bir Tomonga hech qanday talablarsiz shartnomani bekor qilish huquqi beriladi.

‎‎8. Yakunlovchi qoidalar

‎‎8.1. Shartnomaning tuzilgan vaqti Tomonlarning imzolagan sanasidan belgilanadi.
‎8.2. Shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yozma shaklda tuzilganda hamda Tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangan taqdirdagina haqiqiy hisoblanib, uning ajralmas qismi hisoblanadi.
‎8.3. Shartnomaning amal qilish muddati Tomonlar imzolagandan soʻng va barcha majburiyatlar toʻliq bajarilgunga qadar belgilanadi.
‎8.4. Shartnoma tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra yoki ulardan biri tomonidan shartnoma shartlarini boshqa tomon jiddiy buzgan taqdirda bekor qilinishi mumkin.
‎8.5. Taraflarning yuridik manzillari, telefon, faks, bank rekvizitlari oʻzgargan taqdirda, ular bir kun muddatda bir-birlarini bu haqda xabardor qilishlari shart.
‎8.6. Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega ikki nusxada rasmiylashtiriladi.

‎‎9. Tomonlarning manzili va rekvizitlari

‎‎Ijrochi

‎‎Buyurtmachi

_____________________________________ (toʻliq nomi)

‎‎_____________________________________ (tashkilot nomi)

‎‎Yuridik manzili:_______________________

‎‎Yuridik manzili:_______________________

‎‎_____________________________________

‎_____________________________________

‎‎Bank rekvizitlari:______________________

Bank rekvizitlari:______________________

_____________________________________

_____________________________________‎‎

‎‎MFO:________________________________ STIR:________________________________ XXTUT:______________________________

‎‎MFO:________________________________ STIR:________________________________ XXTUT:______________________________

_____________________________________ (lavozimi, F.I.O.)

‎‎_____________________________________ (lavozimi, F.I.O.)

‎‎____________________________________ (imzo, muhr)

____________________________________ (imzo, muhr)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 669-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar shartnoma asosida ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan turizm namoyish obyekti unga mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan turistik faoliyatni tashkil etishga vakolatli yuridik yoki jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda vakolatli shaxs deb ataladi) bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tariflari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Turizm namoyishi obyektida jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Turizm namoyishi obyektida jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) vakolatli shaxsning hududiy ichki ishlar organining Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda XTTB deb ataladi) qilgan murojaati asosida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Murojaat tushgan kundan boshlab oʻn besh kunlik muddatda XTTB tomonidan oʻrganib chiqiladi va natijasi haqida murojaat muallifiga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Murojaatni koʻrib chiqish davomida yuridik shaxsning vakili yoki jismoniy shaxs bilan birgalikda turizm namoyishi obyektining hududi koʻzdan kechiriladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada obyekt hududining chegarasi, obyektda jamoat tartibini saqlash faoliyatini tashkil etish uchun talab etiladigan XTTB xodimlari soni va xizmat xonalari, xizmat olib borish tartibi, hududi va patrullik yoʻnalishlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shartnoma tuzish va unga muvofiq XTTBga qoʻshimcha shtat birliklari ajratish toʻgʻrisida hududiy ichki ishlar organi tomonidan murojaat tushgan kundan boshlab besh kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga taqdimnoma kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taqdimnomani tushgan kundan boshlab besh kun muddatda koʻrib chiqadi va qoʻshimcha shtat birliklari ajratish yoki ajratmaslik haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha shtat birliklari ajratilgan taqdirda, tuzilgan dalolatnoma asosida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda XTTB va vakolatli shaxs oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma bir yil muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm namoyishi obyektining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda dalolatnoma va shartnoma loyihasida jamoat tartibini saqlash faoliyatini tashkil etishning alohida shartlari koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shartnomada belgilangan XTTB majburiyatlari qoʻshimcha shtat birliklari ajratilgan va jamlangandan soʻng bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash xizmatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash xizmati XTTB naryadlarining faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli hujjatlarida belgilangan talablar asosida tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamoat tartibini saqlash xizmatini koʻrsatish davomida XTTB xodimlari qonun hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shartnoma asosida xizmat olib borayotgan XTTB xodimlarining faoliyatini moliyalashtirish va ularni moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlash shartnomalardan tushgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Turizm namoyishi obyektida XTTB xodimlarining xizmat olib borish tartibi, hududi va patrullik yoʻnalishlari XTTB boshligʻi tomonidan vakolatli shaxs bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shartnoma asosida joriy etilgan shtat birliklari lavozimlariga XTTB xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan kadrlarni tanlash, jamlash va mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. XTTBning shartnomalar asosida kiritilgan shtat birliklari belgilangan tartibda qisqartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Shartnoma asosida xizmat koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizmni taʼminlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Shartnomada nazarda tutilmagan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizom talablarining buzilishi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turizm namoyishi obyektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Turizm namoyishi obyektida jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida
NAMUNAVIY SHARTNOMA

‎‎20____y. “___” ________________

‎‎__________-son

‎‎___________________________sh.

‎‎___________________________________________________________________________ (Ichki ishlar organining toʻliq nomi)

‎‎nomidan____________________________________________________________________

‎‎(lavozimi, F.I.O.)

‎‎Nizom asosida faoliyat yurituvchi (keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi) bir tomondan hamda ______________________________________________________________

‎‎___________________________________________________________________________ (toʻliq nomi)

‎‎nomidan____________________________________________________________________

‎‎(lavozimi, F.I.O.)

‎‎asosida faoliyat yurituvchi _____________________________________________________

‎‎(keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan (birgalikda “Tomonlar” deb yuritiladi) ushbu Shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:

‎‎1. Shartnoma predmeti

1.1. Ijrochi javobgarlik hududlari va patrullik yoʻnalishlarida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatini koʻrsatish majburiyatini, Buyurtmachi esa shartnoma shartlariga asosan koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish majburiyatini oladi.

2. Umumiy shartlar

2.1. Ijrochi bir yil muddat davomida Buyurtmachiga qarashli__________________________

‎‎___________________________________________________________________________(turizm namoyishi obyektining (keyingi oʻrinlarda obyekt deb yuritiladi) nomlanishi, manzili)

___________________________________________________________________________

____________________________ da haftaning ______________________________ kunlari soat ____ dan ____ ga qadar jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmatni amalga oshiradi.

2.2. Ijrochi tomonidan jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmat shartnomaga ilovaga muvofiq belgilangan obyektning hududi va patrullik yoʻnalishlarida olib boriladi.
‎2.3. Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasidan obyektda jamoat tartibini saqlash xizmatini koʻrsatish uchun jami ____ nafar xodim ushbu shartnoma imzolangan kundan boshlab ____ ish kuni ichida jalb qilinadi.
‎2.4. Obyektni muhandislik-texnik va xavfsizlik tizimlari bilan jihozlash hamda jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan xodimlar uchun xizmat xonalarini ajratish va ularni jihozlash Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.

3. Toʻlov tartibi va narxi

3.1. Shartnoma asosida jamoat tartibini saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar narxi belgilangan tariflarga muvofiq bir oy uchun _______________ soʻmni, bir yil uchun _______________ soʻmni tashkil etadi.
‎3.2. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov Buyurtmachi tomonidan Ijrochining hisob raqamiga har oy, oylik toʻlovning yuz foizi miqdorida keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin amalga oshiriladi.
‎3.3. Xizmatlar turiga yangi tariflar tasdiqlangan hollarda Ijrochi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov miqdori qayta koʻrib chiqilib, qonun hujjatlariga muvofiq oʻzgartirishlar kiritiladi.

4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

4.1. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
‎a) xizmat koʻrsatish jarayonida shartnoma shartlariga muvofiq xizmat koʻrsatilishini talab qilish;
‎b) Ijrochining xizmatni tashkil qilish va amalga oshirishini nazorat qilish;
‎v) Ijrochi tomonidan intizom va shartnoma shartlari buzilishi holatlari boʻyicha tegishli choralar koʻrish maqsadida Ijrochining vakili ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish; g) Ijrochi tomonidan xizmatlar lozim darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararni undirish;
‎4.2. Buyurtmachining majburiyatlari:
‎a) ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan 20___ yil “___” __________ dagi koʻzdan kechirish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga asosan obyektning muhandislik-texnik mustahkamligi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish va Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlariga xizmat olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
‎b) obyektning muhandislik-texnik, yongʻinga qarshi, kommunikatsiya tizimlari va inshootlarining xavfsizlik talablariga javob berishini taʼminlash;
‎v) bino va inshootlarda rejalashtirilayotgan kapital taʼmirlash ishlari, obyektlarni qayta jihozlash, shuningdek, xizmat koʻrsatish va patrullik yoʻnalishlariga oʻzgartirishlar kiritish yoki xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha muhandislik-texnik vositalarni oʻrnatish zarurati yuzaga kelganda, Ijrochini bunday ishlar boshlanishidan kamida ______ kun oldin ogohlantirish;
‎g) obyektda jamoat tartibini saqlash uchun jalb etilgan xodimlar soni, xizmatni tashkil etish tartiblari, patrullik yoʻnalishlarining joylashishi, xavfsizlikni taʼminlovchi muhandislik-texnik tizimlarning joylashuvi, shuningdek, obyektda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni oshkor qilmaslik;
‎d) Ijrochi vakillarini obyektdagi ichki tartib va texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish;
‎4.3. Ijrochining huquqlari:
‎a) Buyurtmachidan obyektda belgilangan ichki rejim tartibiga rioya qilinishini talab qilish; b) obyektni koʻzdan kechirish dalolatnomasi asosida tatbiq etilishi zarur boʻlgan xavfsizlikni taʼminlovchi muhandislik-texnik vositalar bilan obyektni jihozlash yuzasidan Buyurtmachiga tavsiyalar berish;
‎4.4. Ijrochining majburiyatlari:
‎a) shartnomada belgilangan shaxsiy tarkib sonini ajratish, obyektda naryadlarni patrullik yoʻnalishlari joylashishiga muvofiq joylashtirish;
‎b) shartnoma va uning ilovalariga muvofiq xodimlarning oʻz vazifalarini toʻlaqonli bajarishlarini taʼminlash;
‎v) obyekt hududida patrullikni amalga oshirish, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan harakatlarning oldini olish, ularni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni ushlash choralarini koʻrish;
‎g) obyektda yongʻin xavfsizligi, sanitariya qoidalari va normalarini taʼminlashga qaratilgan ishlarni olib borish;
‎d) favqulodda holatlar sodir boʻlganda zudlik bilan hududiy ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari hamda Buyurtmachi vakilini xabardor qilish, shuningdek, maxsus boʻlinmalar yetib kelgunga qadar obyektni birlamchi toʻsib olish va qoʻriqlash boʻyicha zarur choralarni koʻrish, evakuatsiya, qutqaruv va boshqa tadbirlarni amalga oshirish.

5. Tomonlarning javobgarligi

5.1. Shartnoma summasi Buyurtmachi tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmaganida, Buyurtmachi Ijrochiga har bir kechiktirilgan kun uchun toʻlov summasining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning miqdori muddati oʻtgan toʻlov summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.
‎5.2. Ijrochi shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganligi natijasida Buyurtmachiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar boʻladi.
‎5.3. Shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlik uchun belgilangan neustoykani (jarima, penya) toʻlash hamda zararni qoplash Tomonlarni shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.

6. Nizolarni hal qilish tartibi

6.1. Shartnomani ijro etish, unga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish hamda uni bekor qilishda yuzaga keladigan nizolar Buyurtmachi va Ijrochi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

‎‎7. Fors-major

7.1. Tomonlar shartnoma boʻyicha majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajarmaganligi uchun, agar ushbu bajarmaslik shartnoma tuzilgandan soʻng paydo boʻlgan, yengib boʻlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar oqibati hisoblansa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
‎7.2. Fors-major holatlari va ularning oqibatlari yuzaga kelganda Ijrochi va Buyurtmachi shartnomani davom ettirishning maqsadga muvofiqligini muhokama qiladilar va Tomonlar kelishilgan yechimga kelmasalar, har bir Tomonga hech qanday talablarsiz shartnomani bekor qilish huquqi beriladi.
‎7.3. Shartnomada koʻrsatilgan vaziyatlarga koʻra oʻz majburiyatini bajara olmaydigan Tomon yengib boʻlmaydigan kuch yuzasidan boshqa Tomonni holat boshlangan kundan boshlab besh kun muddatda yozma ravishda xabardor qiladi.

‎‎8. Yakunlovchi qoidalar

8.1. Shartnoma qayd etilgan barcha kamchiliklar Buyurtmachi tomonidan bartaraf etilganligi toʻgʻrisida koʻzdan kechirish dalolatnomasi tuzilganidan soʻng kuchga kiradi. Shartnomaning tuzilgan vaqti Tomonlarning imzolagan sanasidan belgilanadi.
‎8.2. Shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yozma shaklda tuzilganda hamda Tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangan taqdirdagina haqiqiy hisoblanib, uning ajralmas qismi hisoblanadi.
‎8.3. Shartnoma bir yil muddatga tuziladi. Shartnomaning amal qilish muddati tugash vaqtidan kamida 30 kun oldin Tomonlardan birortasi uni bekor qilish haqida maʼlum qilmagan taqdirda, ushbu Shartnomaning amal qilishi xuddi shu muddat va shartlarda uzaytirilgan hisoblanadi.
‎8‎.4. Ushbu Shartnomani bekor qilishdan manfaatdor boʻlgan Tomon boshqa Tomonni istalgan muddatdan bir oy oldin yozma ravishda xabardor qiladi.
‎8.5. Agar xavfsizlikni taʼminlovchi texnika vositalari ishdan chiqib, taʼmirlashni talab qilsa, biroq Buyurtmachi ushbu kamchiliklarni bartaraf etishni rad etsa, unda Ijrochi yetti kun oldin Buyurtmachini yozma ravishda ogohlantirib, shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqlidir.
‎8.6. Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
‎8.7. Obyektning xususiyatidan kelib chiqib Tomonlar oʻzaro kelishuvi boʻyicha ushbu Shartnomaga qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshimchalar kiritishga haqli.

‎‎9. Tomonlarning manzili va rekvizitlari

‎‎Ijrochi

‎‎Buyurtmachi

_____________________________________ (toʻliq nomi)

‎‎_____________________________________ (tashkilot nomi)

‎‎Yuridik manzili:_______________________

‎‎Yuridik manzili:_______________________

‎‎_____________________________________

‎_____________________________________

‎‎Bank rekvizitlari:______________________

Bank rekvizitlari:______________________

_____________________________________

_____________________________________‎‎

‎‎MFO:________________________________ STIR:________________________________ XXTUT:______________________________

‎‎MFO:________________________________ STIR:________________________________ XXTUT:______________________________

_____________________________________ (lavozimi, F.I.O.)

‎‎_____________________________________ (lavozimi, F.I.O.)

‎‎____________________________________ (imzo, muhr)

____________________________________ (imzo, muhr)

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 09/19/669/3570-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 31.01.2023-y., 09/23/37/0063-son)