13.08.2019 yildagi 671-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ishlab chiqarish quvvatlarini zarur muhandislik-kommunikatsiya va infratuzilmaga ega boʻlgan hududlarda joylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Buxoro viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Buxoro viloyati Kogon shahri va Kogon tumanidan 200 gektar qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan boʻsh turgan yer uchastkalarini ajratish hisobiga “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi bilan birgalikda Kogon shahri va Kogon tumani hududini, shuningdek, “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchilarining ishlab chiqarish maydonlarini tashqi yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan kafolatli taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasining Kogon shahri va Kogon tumani hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda har yili Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturining parametrlarini shakllantirishda “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasining tasdiqlangan bosh rejasi asosida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi maʼmuriy binosini qurish uchun kapital qoʻyilmalar limitlarini hamda zarur markazlashtirilgan investitsiyalar ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasining bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK” DUK — buyurtmachi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov asosida aniqlangan loyiha tashkiloti — bosh loyiha tashkiloti etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatining mahalliy budjeti mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Buxoro viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining maʼmuriy kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda:

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Buxoro viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-xomashyo, qishloq xoʻjaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan holda, “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallarva butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududida oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning muntazam ravishda tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlarni olib borish, shuningdek, “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashish boʻyicha tegishli choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi toʻgʻrisida axborot Vazirlar Mahkamasiga 2019-yil 15-oktabr va 2020-yil 15-yanvarga qadar berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Buxoro viloyati hokimligi “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zona direksiyasi uchun Kogon shahar hokimligi maʼmuriy binosidan tekin foydalanish huquqi bilan zarur inventarlar bilan jihozlangan xizmat xonalari ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatinitashkil etish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Buxoro viloyati hokimi Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 13-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
671-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 671-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 1-ilovasining II boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“II. “Gʻijduvon” EIZga kiruvchi hududlar roʻyxati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanidagi Gʻijduvon shahri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kogon tumani “Beklar” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shimoliy tomondan — Kogon shahridagi aholi punkti, Kogon tumanidagi Zirabot toʻliq shirkati yerlari, “Edgar Real Plyus” fermer xoʻjaligiga qarashli yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sharqiy tomondan — Kogon shahri temir yoʻllari bilan Buxoro-Qarshi temir yoʻl tarmogʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
janubiy tomondan — Kogon tumanidagi “Yusuf ota” fermer xoʻjaligiga qarashli, 39004-son harbiy qism va “Qosimbobo” fermer xoʻjaligiga qarashli yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻarbiy tomondan — Kogon tumanidagi zaxira yerlari va va kollektor (zaxkash).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kogon shahri yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shimoliy tomondan — Kogon shahridagi aholi punklari ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sharqiy tomondan — Kogon shahardagi ichki yoʻl orqali aholi punkti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
janubiy tomondan — Kogon tumani zaxirasidagi yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻarbiy tomondan — Kogon shahridagi aholi punklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami: 267,5 gektar”
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 09/19/671/3553-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)