Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025 04.12.1995 yildagi 448-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025
Hujjat 12.03.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AYRIM KORXONALAR VA MOL-MULKNI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISHNING BAʼZI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli “Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning baʼzi masalalari toʻgʻrisida” 1995-yil 31-avgustdagi 119-1-son qarorini bajarish hamda davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jarayonlarini chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan, xususiylashtirilmaydigan va sotib olinmaydigan korxonalar, obyektlar, davlat mol-mulki guruhlari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalar, obyektlar, davlat mol-mulki guruhlari roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan 1996-yilda davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalar, obyektlar, davlat mol-mulki guruhlari roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalar boʻyicha obyektlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish hamda ulardan tushadigan mablagʻlar yuzasidan 1996-yilgi topshiriqlar 5 va 6-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika viloyatlari boʻyicha kimoshdi savdolari va tanlovlarda qurilishi tugallanmagan obyektlarni sotish yuzasidan 1996-yilgi topshiriqlar 7-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yilda Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi obyektlarini kimoshdi savdolari va tanlovlarda sotish boʻyicha topshiriqlar 8-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hamda ularni kimoshdi savdosi, tanlovlar va birja savdolarida sotish chogʻida Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-iyuldagi 273-f-son Farmoyishi bilan belgilangan mablagʻlarni toʻlash, taqsimlash, hisobga olish va ularning tushumi va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilishning umumiy qabul qilingan tartiblariga qatʼiy rioya etilsin. Aralash mulk obyektlarini kimoshdi savdolari, tanlovlar va birja savdolarida sotish chogʻida davlatga qarashli boʻlmagan mulk obyektlari uchun mablagʻlarni taqsimlashning qayd etib oʻtilgan Farmoyishda nazarda tutilgan sxemasiga amal qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 1996-yilda ilgari xususiylashtirilgan savdo, maishiy xizmat koʻrsatish, matlubot kooperatsiyasi obyektlari joylashgan yer uchastkalarini ularning egalari buyurtmanomalariga binoan 9-ilovaga* muvofiq sotishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika viloyatlari boʻyicha 1996-yilda kimoshdi savdosi asosida yer maydonlarini fuqarolarga meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun sotish topshiriqlari 10-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer maydonlarini kimoshdi savdosida haqini bir yildan koʻp boʻlmagan muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash yoʻli bilan sotib olishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mintaqalarning 1996-yilda 11-ilovaga* muvofiq kichik va xususiy korxonalar tashkil etish toʻgʻrisida takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mintaqalar va xalq xoʻjaligi tarmoqlari boʻyicha 1996-yilda aksionerlik jamiyatlariga aylantirilayotgan davlat korxonalari aksiyalarini chiqarish jadvali 12 va 13-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga 4 — 13-ilovalarga* muvofiq roʻyxatlarga tuzatish kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2 — 13-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Hukumat qarori qabul qilinishini talab etuvchi masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorni asos qilib olgan holda 1996-yilda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning mintaqaviy dasturlarini 20 kun muddatda ishlab chiqsinlar va Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, davlatga tegishli aksiyalar boʻyicha dividendlar 1996-yilda rivojlantirish va texnik qayta jihozlash uchun korxonalar hamda tashkilotlarga yoʻnaltiriladi. Davlatga tegishli dividendlardan belgilangan maqsadda foydalanilishini nazorat qilish mulkning davlat ulushlarini boshqarish huquqi berilgan tegishli vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalarga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi mablagʻlardan nooʻrin foydalanish hollarini aniqlaganda, ular Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan qonunchilik bilan belgilangan tartibda undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorning bajarilishi yilning birinchi choragi, yarim yili, 9 oyi va umuman 1996-yil yakunlari boʻyicha Davlat mulki qoʻmitasi (V.A.Chjen) tomonidan taqdim etilgan materiallarga binoan Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 4-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
448-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 4-dekabrdagi 448-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH, XUSUSIYLASHTIRISH VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASH JARAYONLARINI CHUQURLASHTIRISHNING ASOSIY YOʻNALISHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. 1994-1995-yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish boʻyicha ilgari qabul qilingan dasturlarning qanday amalga oshirilayotganligi natijalarining tahlili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yilda 1994-1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish dasturi bilan belgilangan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni oʻtkazish koʻlamlarini kengaytirish, monopolistik ishlab chiqarish-xoʻjalik tuzilmalarini kichiklashtirish va raqobat bozori muhitini yaratish, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida respublikaning keng aholi qatlamlarining, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning ishtirok etishlarini taʼminlashga oid maqsadlarni amalga oshirish davom ettirildi. Xususiylashtirilgan korxonalarga ish sharoitlari yaratish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, nodavlat sektorlarini yanada kengaytirish, qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, xorijiy investorlarni jalb qilish masalalariga alohida eʼtibor berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada 3800 dan ortiq davlat korxonalari negizida ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari tashkil etildi. Respublikada 17000 dan ortiq dehqon va fermer xoʻjaliklari paydo boʻldi, aksionerlik jamiyatlari “Oʻzmaishiyxizmatuyushma”, “Oʻzbeksavdo”, “Oʻzmontajmaxsusqurilish” va boshqalarni kichiklashtirish, Toshkent shahar Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlari tajribasi boʻyicha savdo va aholiga maishiy xizmat koʻrsatishdagi monopol tuzilmalarni tugatishga oid ishlar olib borildi, hozirgi vaqtda 5230 obyekt aksionerlik jamiyatlari tarkibidan chiqdi, mingdan ortiq aksionerlik jamiyatlari yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlaridan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk va qimmatli qogʻozlar bozorlari infrastrukturalarini yaratishga asos solindi. Respublika fond birjasi, koʻchmas mulk birjasi, Milliy depozitariylar, investitsiya fondlari tashkil etildi. Axborot-telekommunikatsiya tizimlarini qurish dasturi tuzildi, brokerlik idoralari va fond doʻkonlari tarmoqlari shakllantirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil oxirigacha Respublika fond birjasi, depozitariysi, Respublika koʻchmas mulk birjasi va Respublika tovar-xom ashyo birjasining hududiy filiallari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil oktabrida fond birjasi aʼzo sifatida Yevro-Osiyo fond birjalari federatsiyasiga qabul qilindi, bu esa Oʻzbekiston qimmatli qogʻozlarining Federatsiya aʼzolari boʻlgan mamlakatlarga chiqishiga imkon berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk birjasida yil boshidan buyon 900 dan ortiq kimoshdi savdolari, tanlovlar va birja savdolari oʻtkazildi. Qurilishi tugallanmagan 600 obyekt, xizmat koʻrsatish va savdo sohasi obyektlari uchun — 2 ming, yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun — 2 ming, avtomobilga yonilgʻi quyish stansiyalari uchun 152 va avtotransport vositalari uchun mingtadan ortiq yer uchastkalari sotildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozorini tashkil etishning birinchi bosqichida aholi keng qatlamlariga, yuridik shaxslarga va xorijiy investorlarga sotish nazarda tutilgan qimmatli qogʻozlar hajmi oʻrtacha davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish hisobiga yuzaga keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investorlar tomonidan qimmatli qogʻozlarga mablagʻlar qoʻyish amalga oshirildi, aksiyalarning toʻxtatib qoʻyilgan davlat ulushini sotish oʻtkazildi, yaʼni ular fond birjasida va fond doʻkonlarida qayta sotila boshlandi. Korxonalar negizida yangidan tashkil etilgan aksionerlik jamiyatlaridagi davlat va mehnat jamoasining ulushi ustav sarmoyasining jami 49 foizidan oshmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada milliy investitsiya fondi tashkil etilgan. U taʼsischilar va aholi oʻrtasida tarqatilgan 4 mln soʻmlik birinchi emissiyani chiqarishni amalga oshirib boʻldi. 10 mln soʻmlik ikkinchi emissiyani roʻyxatdan oʻtkazish va uni chiqarish amalga oshirildi. Investfond huzurida tashkil etilgan fond doʻkonlari orqali aholiga naqd pulga 232 ming soʻmlik 1160 aksiya sotildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkil etilganidan buyon Milliy depozitariy tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi, jumladan, ustav fondining umumiy hajmi 8 mlrd soʻm boʻlgan 3352 aksionerlik jamiyati emissiyasi tarqatildi va roʻyxatdan oʻtkazildi, ulardan 4 mlrd soʻmi saqlab qoʻyish uchun qabul qilib olindi. Aksiya egalari tomonidan 150 ming hisob-kitob schyotlari ochildi, ularning 145 mingi jismoniy shaxslarga tegishlidir. Aksiya egalariga aksiyalarning 965 ming sertifikati berildi. Respublika fond birjasining birja savdolari orqali jami 700 mln soʻmdan ortiq qimmatli qogʻozlar sotildi. Fond doʻkonlari orqali aholiga 22 mln soʻmlik aksiya sotildi. Aksiyani sotishning opsion (tanlov) tizimi tashkil etildi, natijada 20,5 mln soʻmlik mablagʻ olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada qiymatli qogʻozlar bozorini yanada faollashtirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar chuqur tahlil qilindi, natijada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki boʻlgan korxonalarni aksionerlashtirishni jadallashtirish va qimmatli qogʻozlar bozorini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 12-iyundagi PF-1164-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “Davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishga oid tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 15-iyundagi 221-son qarori qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus investitsiya loyihalarini sotishga oid xorijiy sarmoyani jalb qilishga alohida eʼtibor berilgan iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qulay investitsiya muhiti yaratish boʻyicha ham maqsadli siyosat boshlab yuborildi. Oldindan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida xorijiy investorlarning Oʻzbekistondagi bozor islohotlari jarayonlariga ishtirok etishga qiziqishlari bir muncha oshdi. 1995-yilda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni 1500 tadan oshib ketdi. Qoʻshma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi jiddiy ravishda koʻpaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zavod – mahalla” tamoyili rivojlanishida ishlab chiqarish va mahalla qoʻmitalari oʻzaro hamkorligining yangi-yangi shakllari paydo boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Asosiy maqsadlar va ustuvorliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jarayonlarini chuqurlashtirishga oid asosiy yoʻnalishlarning bosh maqsadlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xalq xoʻjaligini isloh qilish sababli boʻshab qolgan odamlarni ish bilan taʼminlash uchun yangi ishchi oʻrinlari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— bozor munosabatlarini va bozor infrastrukturasini jadal rivojlantirish, raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ayniqsa, bank, auditorlik, konsalting, vositachilik faoliyati bilan bogʻliq koʻp bilim talab qiladigan xizmat koʻrsatish hajmlarini keskin koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xoʻjalik yuritish samaradorligini oshirishni, ichki bozorni tovar bilan toʻldirishni, eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishni taʼminlovchi uncha katta boʻlmagan ishlab chiqarishlar, kichik va xususiy korxonalarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— respublikaning barcha mintaqalarida bozor makonini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jarayonlarini chuqurlashtirishga oid asosiy yoʻnalishlarni yanada amalga oshirishning asosiy ustuvorliklari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yirik va oʻrtacha korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirishni yanada rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— tadbirkorlik va uni davlat tomonidan butun choralar bilan qoʻllab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xalq xoʻjaligi tarmoqlarini boshqarish tuzilmasini yanada isloh qilish va uni bozor iqtisodi sharoitlariga muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— iqtisodiy islohotlarni rivojlantirish jarayonlarini amalga oshirishda hududlarning rolini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qishloq xoʻjaligida iqtisodiy munosabatlarni tubdan oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xorijiy investorlar ishtirokidagi ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihalarini shakllantirish, eksport imkoniyatlarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarida xorijiy investorlarning bevosita ishtirok etishlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida aholini ijtimoiy kafolatlashni va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— kichik biznes va xususiy tadbirkorlik infrastrukturalarini tashkil etishda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha koʻmaklashish: ulgurji-vositachilik tuzilmalarini va tovar-xom ashyo birjasi filiallarini rivojlantirish, agroxizmatlar bozorini rivojlantirish, ijtimoiy-maishiy xizmatlar bozorini rivojlantirish, qishloqda tadbirkorlar savdo palatalarini, biznes-markazlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— axborot va konsalting firmalari tarmoqlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— lizing korxonalar tashkil etishda koʻmaklashish va ularni ham oʻzimizdagi, ham xorijdagi texnika hamda uskunalar, shuningdek, texnologiyalar toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— koʻchmas mulk, qimmatli qogʻozlar va depozitar tarmoqlar va uning infrastrukturalarini quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha yanada shakllantirish va rivojlantirish: investitsiya institutlari, investitsiya kompaniyalari, investitsiya fondlari, trast kompaniyalari, fond doʻkonlari tashkil etish va brokerlik idoralari tarmoqlarini kengaytirish, respublika hududida xorijiy emitentlar qimmatli qogʻozlari bozorini tashkil etish va Oʻzbekiston Respublikasi emitentlari aksiyalarini xorijiy investorlarga sotish, qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini tashkil etish, qimmatli qogʻozlar bilan qilinadigan operatsiyalar boʻyicha hisob-kitob-kliring markazini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasi hududida yer kadastrini, maʼlumotlar bazalarini tuzish va davlat va nodavlat mulki mavjudligi va uning harakatini hisobga olishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jarayonlarini chuqurlashtirishga oid asosiy yoʻnalishlarni amalga oshirish usullari va mexanizmlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. 1. Oʻzbekiston Respublikasidagi xususiylashtirish jarayonining ilgari qabul qilingan modelini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistondagi islohotlarning eng muhim oʻziga xos xususiyatlaridan biri xususiylashtirishga sektor boʻyicha yondashishni qoʻllash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirishni sektor boʻyicha amalga oshirish va takomillashtirish uchun Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan har bir tarmoqdagi ishlab turgan tuzilmalarni tahlil qilish oʻtkaziladi, yaʼni xususiylashtirilayotgan davrda alohida korxonalarning, yangidan tashkil etilgan bozor tuzilmalarining moliya-xoʻjalik faoliyatlari, ularning moliyaviy ahvollari, tarmoqdagi va bozordagi oʻrinlari va rollari oʻrganiladi. Toʻplangan axborotlar negizida xususiylashtirishning ilgari qabul qilingan tarmoq tamoyili takomillashtiriladi, bu tarmoqni yanada qayta qurish, yaʼni uning ichki bozor infrastrukturasini yanada rivojlantirish, tarmoqning bozor sharoitlarida faoliyat koʻrsatishini prognozlash, nodavlat asosida boshqaruvning tarmoq tuzilmalarini tashkil etish (masalan, xolding kompaniyalari yoki moliya-sanoat guruhlari va boshqalar), respublika iqtisodini yanada qayta oʻzgartirishni jadallashtirish maqsadida aholi oʻrtasida normativ-huquqiy bazalarni takomillashtirish ishlarini olib borish, mafkuraviy ishlarni oʻtkazish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirishning mintaqaviy jarayonlari respublika tuman-shaharlari darajasida chuqurlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻyilgan vazifalarni bajarish maqsadida tahlil qilish va bozor jarayonlarini prognozlashtirish hamda bozor konyunkturasini tartibga solish usullari toʻgʻrisida takliflar tayyorlash uchun Davlat mulki qoʻmitasi tuzilmasida tahlil qilish boshqaruvini tashkil etish koʻzda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. 2. Yirik va oʻrtacha davlat korxonalarini qayta oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish dasturi bilan qoʻyilgan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish miqyoslarini kengaytirish, monopol ishlab chiqarish-xoʻjalik tuzilmalarini kichiklashtirish va raqobat bozor muhitini yaratish, davlat tasarrufidan chiqarishda respublika aholisining keng qatlamlari, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning ishtirok etishlarini taʼminlovchi xususiylashtirish mexanizmini takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligiga koʻproq erishish maqsadlarini amalga oshirish davom ettiriladi. Xususiylashtirishdan keyingi davrda ish sharoitlari yaratish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, nodavlat sektorini yanada kengaytirish, qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, xorijiy investorlarni jalb qilish masalalariga alohida eʼtibor beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyati asosan yirik va oʻrtacha korxonalarni ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish asosida iqtisodiyotda yanada tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirishni taʼminlashga qaratiladi. Yirik korxonalarni ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishga, xorijiy investorlarga aksiyalar paketini sotish yoʻli bilan bu aksionerlik jamiyatlariga xorijiy sarmoyani jalb qilishga katta eʼtibor beriladi. Xorijiy investorlarga taklif qilinadigan mulkchilik shakli oʻzgartirilgan korxonalar maʼlumotlarining maxsus bazasi shakllantiriladi va chet ellarda reklama qilish tashkil etiladi. Chet ellarda Oʻzbekiston Respublikasining bozor tuzilmalariga ularning chet ellardagi koʻchmas mulk va qimmatli qogʻozlar bozorlarida oʻz faoliyatlarini amalga oshirishda yordam berishga, shuningdek, xorijiy investorlarni Oʻzbekiston iqtisodiga jalb qilish uchun koʻmaklashishga daʼvat etilgan vakolatxonalari ochiladi. Qurilish, transport va sanoatdagi ayrim korxonalarni ulardan chiqarish yoʻli bilan monopol aksionerlik jamiyatlarini bosqichma-bosqich kichiklashtirish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksionerlik jamiyatlarining normal faoliyat koʻrsatishlarini taʼminlash uchun trast kompaniyalariga boshqarish huquqini berish amaliyoti qoʻllaniladi va normativ-huquqiy baza, namunaviy nizomlar yaratiladi, mavjud organlardan trastlarga boshqaruv mexanizmini berish tashkil etiladi. Trast kompaniyalari ishida, trast kompaniyalarini amaliy tashkil etishda qatnasha oladigan va ularda qatnashishni xohlaydigan mutaxassislar toʻgʻrisidagi bank va bazalar tashkil etishga koʻmaklashiladi. Trast kompaniyalari ishida qatnashish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ragʻbatlantiriladi, shuningdek, trast boshqarmasidagi korxonalarni tanlov asosida tanlov gʻoliblari boʻlgan xorijiy kompaniyalarga berish mumkinligi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. 3. Moliya-sanoat guruhlarini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SSSR parchalanib ketgandan soʻng ilgari uzilib qolgan samarali xoʻjalik aloqalarini yangi iqtisodiy asoslarda tiklash maqsadida bir-biriga yaqin korxonalarni, ularga xorijiy korxonalarni ham qoʻshib, kooperatsiyalash yoʻli bilan koʻplab ilm va mehnat talab qiladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun moliya-sanoat guruhlari tashkil etish ragʻbatlantiriladi. Shu maqsadda xomashyo, materiallar va tannarx narxlari boʻyicha alohida komponentli buyumlar almashish va foydani moliya-sanoat guruhlari oʻrtasida taqsimlash masalalarini hal etish uchun normativ-huquqiy baza ishlab chiqiladi. Iqtisodiyotning samolyot va avtomobilsozlik, elektronika vositalari ishlab chiqarish, energiyaning noanʼanaviy manbalarini tayyorlash kabi ustuvor tarmoqlarida moliya-sanoat guruhlari tashkil etishga koʻmaklashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish maqsadida va jismoniy shaxslarning MDH mamlakatlarining fond bozorlariga va koʻchmas mulk bozorlariga erkin kirib chiqishlarini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar majmui amalga oshiriladi. MDH mamlakatlari boʻlgan sheriklarning nuqtai-nazarlarini yaqinlashtirish maqsadida boj, soliq, moliya qonunchiligini soddalashtirish siyosati davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. 4. Xolding kompaniyalari tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya resurslarini markazlashtirishning yuqori darajasiga erishish va ulardan foydalanishdan koʻp foyda olish, xolding qatnashchilarining boshqaruv, fan-texnika va tijoratchilik xizmati koʻrsatishlarining samaradorligini oshirish maqsadida ularning nazorat aksiyalari paketlarini sotib olish yoʻli bilan tashkil qilinadigan aksionerlik jamiyatlari birlashmasi hisoblanadigan xolding kompaniyalarini barpo etish koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkchilikning har xil: davlat, jamoa va xususiy, shuningdek, aralash sarmoya shakllari uygʻunlashishi xolding faoliyat koʻrsatishining iqtisodiy asosi boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkchilikning turli xil shakllaridagi xoʻjalik subyektlarini xolding doirasida birlashtirish xoʻjalik, tijorat va yuridik mustaqillikni saqlashda xolding tomonidan olinadigan foyda (daromad)ni maksimallashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Respublika hududida yoki uning tashqarisida faoliyat koʻrsatadigan mulkchilikning har qanday shaklidagi tashkilotlar va korxonalar, transmilliy kompaniyalar, ixtiyoriylik asosida birlashadigan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar xolding qatnashchilari boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan faoliyatning moliyaviy, ishlab chiqarish, taʼsis, investitsiya, innovatsiya va tijorat turlari, shuningdek, faoliyatning boshqa turlari xolding faoliyatining asosiy shakllari boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyat shakllariga qarab xolding quyidagi funksiyalarni amalga oshirishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— sarmoyaning bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa oʻtishini yengillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ishlab chiqarish qatnashchilarining barqaror daromad olishlarini taʼminlovchi sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qatnashchilarning ustav fondidagi badallari miqdorida ularning moliyaviy resurslarini bir joyga toʻplash, ulardan samarali foydalanish strategiyasini va eng maqbul shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ishlab chiqarish dasturlarini oʻzgartirishda, bozorlarni diversifikatsiyalashda va investitsiya siyosatini oʻtkazishda xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— shartnomalar loyihalarini ishlab chiqish va tayyorlash, ularni qatnashchilar bilan kelishib olish va shartnomalar tuzilishini va bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar chiqarish hamda ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— boshqa aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini va boshqa qimmatli qogʻozlarini almashtirish va oldi-sotdisini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— aksiyalarning davlat ulushiga ega boʻlgan aksionerlik jamiyatlaridagi aksiyalarning davlat paketlarini boshqarishda davlat organlarining vositachisi yoki ishonchli shaxsi boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ishlab chiqarish, tijorat va ilmiy-texnika faoliyatida investitsiyalashni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qatnashuvchi korxonalarni sanatsiya qilish zaruriyati boʻlganda moliya yordami koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xolding korxonalari ishlab chiqarish dasturining, bozor konyunkturasining balansliligini oʻrganish va tahlil qilish, marketing faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ilmiy-texnik ishlanmalar, standartlashtirish, mahsulotni bir xil qilish, ishlab chiqarish ekologiyasi va xolding qatnashchilari boʻlgan mehnat jamoalarining ijtimoiy dasturlar sohasidagi strategiya va taktikani shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ishlab chiqarish rentabelligini, ichki va tashqi bozorlarda mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshliligini oshirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yangi ishlab chiqarish, tovar, injiring, moliya-kreditga oid tashkiliy tuzilmalar va ularning uygʻunlashuvini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— korxonalarni texnik rivojlantirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash yoʻnalishlarini tanlash yuzasidan kafolat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— majburiy sugʻurta faoliyatini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa xil faoliyatni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. 5. Monopoliyadan chiqarish va qulay raqobat muhitini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida xususiylashtirish jarayonida monopoliyaga qarshi prinsiplardan keng foydalanish. Obyektlarni yirik korxonalar tarkibidan ajratish imkoniyatlaridan foydalanish. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning texnologik zanjirini buzmasdan yirik korxonalarni bir-biriga bogʻliq boʻlmagan raqobatlashuvchi yonma-yon korxonalarga aylantirish imkoniyatlarini aniqlagan holda ularni xususiylashtirishga alohida-alohida holda aniq yondashish. Yirik obyektlarni xususiylashtirish davomida mol-mulkni sotib olish huquqi bilan yoki bunday huquqsiz alohida sexlar, uchastkalarga ijaraga berish va korxonaning boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda iqtisodiy munosabatlar tizimini shakllantirishni amaliyotda qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirish raqobat muhitini keltirib chiqarishi kerak. Buning uchun xususiylashtirish jarayonida tadbirkor uchun hayotiy muhim boʻlgan moddiy resurslarni olish, bozor infrastrukturasini barpo etish, mahsulotlar sotiladigan bozorlarni shakllantirish vazifalari hal etilishi zarurdir. Mana shu maqsadda omborxonalar, saqlash joylari va sovutgichlar, yuk avtotransporti birinchi navbatda xususiylashtirilishi kerak. Eksportni rivojlantirish, birinchi navbatda qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlari eksport qilinishini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston fuqarolari va yuridik shaxslar tomonidan chet ellarda va MDH mamlakatlarida ombor xoʻjaligi obyektlari va doʻkonlar mulk sifatida olinishiga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. 6. Bankrot boʻlgan korxonalarni xususiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun zarar koʻrib ishlovchi korxonalarni sanatsiya qilishni, shuningdek xoʻjalik sudining qaroriga koʻra ularni tugatishni amalga oshira oladigan kompaniyalar tashkil etishga koʻmaklashish zarur. Korxonalarni sunʼiy ravishda bankrotlik holatiga keltirish hisobiga foyda olish imkoniyatini istisno qilish maqsadida bankrotlikni baholash mezonlarini belgilash, qasddan qilingan bankrotlik uchun javobgarlikning qonuniy chora-tadbirlarini ishlab chiqish zarurdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. 7. Koʻchmas mulk va qimmatli qogʻozlar bozorlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk va qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish davom ettiriladi. Asosiy eʼtibor ikkilamchi bozorlar tashkil etishga qaratiladi. Koʻchmas mulk va qimmatli qogʻozlarning ikkilamchi bozorlarini barpo etishda sifat jihatidan yangi jarayonlarning rivojlantirilishi kutilmoqda. Koʻchmas mulkni birjalar, kimoshdi savdolari, tanlovlar orqali sotish hajmi oshadi. Brokerlik idoralari tarmogʻi kengayadi. Tugatilgan va tugatiladigan korxonalarning, shu jumladan, bankrotga uchragan korxonalarning mol-mulki (aktivlari) kimoshdi savdolarida sotiladi. Qarzdor korxonalar tanlov asosida sotiladi. Qurilishi tugallanmagan obyektlarni sotadigan tanlovlar rivojlantiriladi. Koʻchmas mulkni baholaydigan mutaxassislarni tayyorlash tizimi takomillashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni belgilangan tartibda koʻchmas mulk yagona davlat reyestrida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tizimini amaliyotga joriy etish moʻljallanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tasarrufidan chiqarish surʼatlarining tezlashishi, ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari tashkil etilishi korxonalar aksiyalarining fond bozoriga ommaviy ravishda tushishi uchun shart-sharoit yaratadi. Shu munosabat bilan qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini rivojlantirish va koʻplab investorlar bilan ishlash maqsadida fond bozori infrastrukturasi bitimlar, kliring tuzish, qimmatli qogʻozlarni berish va ularni saqlash masalalari bilan shugʻullanuvchi yuqori ixtisoslashgan tashkilotlardan tashkil topgan boʻlishi kerak. Shu sababli qimmatli qogʻozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish depozitariy, kliring va agentlik tarmogʻini, shu jumladan, reklama agentliklari reyestrni yuritish xizmatlarini bajaruvchi professional roʻyxatga oluvchilar tarmogʻini ildam rivojlantirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya muassasalari tarmogʻini rivojlantirish investitsiya jamgʻarmalari, xususiylashtirilgan investitsiya fondlari (ularga xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarining 30 foizgachasi sotiladi), shuningdek, xususiy investitsiya kompaniyalari, fond doʻkonlari, konsalting firmalari (investitsiya maslahatchilari) tashkil etish yoʻli bilan taʼminlanadi. Sugʻurta kompaniyalari va davlatga qarashli boʻlmagan pensiya fondlari tashkil etish yoʻli bilan institutsional investorlar tarmogʻi rivojlantiriladi. Ushbu tuzilmalarning tuzilishi mayda investorlarga tanlash erkinligi sharoitlarini yaratishga, tavakkalchilik va ehtimol tutilgan samarasiz qoʻyilmalardan koʻriladigan yoʻqotishlar darajasini kamaytirishga qaratilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond bozorida brokerlik idoralari va fond doʻkonlarining faoliyatini muvofiqlashtiradigan Birja brokerlik palatasini yaratish. Ularni huquqiy muhofaza qilish, Vazirlar Mahkamasi orqali Oliy Majlisga qonunchilik tashabbusi bilan chiqish. Iqtisodiy va huquqiy tusdagi maslahat xizmatlari va boshqa zarur axborot xizmatlari koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond bozori bozor tuzilmalarining ishini normallashtirish va moliya ishlariga umumiy metodologik yondashish maqsadida Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda quyidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— aksionerlik jamiyatlaridagi buxgalteriya hisob-kitobi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— fond bozorida qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning buxgalteriya hisob-kitobi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— investitsiya fondlari va birjalarda moliyaviy operatsiyalarning buxgalteriya hisob-kitobi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— auditorlik tekshirishlarning namunaviy standartlarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. 8. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik infrastrukturasini tashkil etish hamda davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor infrastrukturasini jadal tashkil etish jarayonlarini uyushtirish va boshqarish hamda uni jahon iqtisodiyoti talablariga moslashtirish maqsadida respublika mintaqalarida bozorni qayta tashkil etishlarni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashga, samarali bozor infrastrukturasi tizimini shakllantirishga, respublika ichki va tashqi iqtisodiy xoʻjalik aloqalarini muvofiqlashtirish va rivojlantirishga daʼvat etilgan tadbirkorlik departamentlari tashkil etiladi. Kichik va xususiy korxonalarga tadbirkorlik tavakkalchiligidan sugʻurta qilish bilan imtiyozli shartlarda kreditlar berish, toʻlanmagan kreditlar uchun qarz beruvchilarning javobgarligini sugʻurtalash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga yoʻnaltirilayotgan xorijiy investitsiyalarning sugʻurta himoyasini taʼminlash.
(8-kichik boʻlimning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz manfaatlarini jamoa boʻlib himoya qilishga daʼvat etilgan faoliyat turlari boʻyicha mayda ishlab chiqaruvchilar uyushmalari tashkil etilishiga, xoʻjalik yuritishning ilgʻor usullarini yoyishga koʻmak beriladi. Kredit muassasalarini rivojlantirish, kichik va xususiy tadbirkorlik sohasida investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun ixtisoslashtirilgan tijorat banklari tarmoqlari, shu jumladan, xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklar tarmoqlarini kengaytirish davom ettiriladi, savdo uylari, investitsiya kompaniyalari, investitsiya vositachilari, fond doʻkonlari, kliring va agentlik tarmoqlari faoliyati kengayadi. Bozor konyunkturasini oʻrganuvchi, bozor imkoniyatlariga axborot xizmati koʻrsatishni taklif etuvchi kichik va xususiy korxonalarni, xususiy firmalar ishini axborot bilan taʼminlashga yordam beriladi. Qishloq xoʻjaligi xom ashyosini va ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish, dehqon (fermer) xoʻjaliklarini yuqori navli qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari va koʻchatlari bilan oʻz vaqtida taʼminlash uchun birja savdosi va ulgurji yarmarkalarning hududiy tarmogʻi tashkil etiladi. Qishloqda tadbirkorlarga tuzatish-tiklash, agrokimyo, zooveterinariya va xizmatlarning boshqa turlarini koʻrsatish uchun agroservis korxonalari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalar bilan taʼminlashda, texnoparklar tarmoqlari, lizing korxonalar, biznes-inkubatorlar, ishlab chiqarish-texnologiya markazlari tashkil etishda davlat organlari orqali koʻmaklashadi, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun ishlab chiqarishni joylashtirish va ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalar va mahsulotlarning boshqa turlarini yetkazib berish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ularning faoliyatini, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari mahsulotlari sotiladigan ixtisoslashtirilgan ulgurji bozorlar, yarmarkalar tashkil etishda, shu jumladan, davlat mulki boʻlgan binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, ishlab chiqarish va xizmat joylari, boshqa mol-mulkni berish yoʻli bilan koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloqda mahalliy aholiga tegishli boʻlgan davlat mulki obyektlarini kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ustun darajada berish maqsadida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chogʻida davlat mulkini sotish boʻyicha yopiq tanlovlar oʻtkaziladi. Konservatsiya qilingan va foydalanilmayotgan asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlarini, shuningdek, ijtimoiy infrastruktura obyektlarini kichik va xususiy tadbirkorlarga sotish tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor talablarini hisobga olgan holda korxonalarning ularni moliyaviy imkoniyatlarini baholashni, texnik, texnologik va tashkiliy iqtisodiy oʻzgartirilishi rejalarini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi xususiylashtirishdan keyingi davrda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xoʻjalik subyektlarning barqarorligini taʼminlash uchun korxonalarni qayta tuzish va rekonstruksiya qilishni investitsiyaviy qoʻllab-quvvatlash tartiblari joriy etiladi. Keyinchalik ishlab chiqarishga joriy etish uchun asbob-uskunalar texnologiyalarning, shu jumladan, xorijiy asbob-uskunalar va kichik texnologiyalarning doimiy ishlovchi koʻrgazmalari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport-import operatsiyalarida ishtirok etishlarini kengaytirish, shuningdek, ushbu subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda, xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishlari yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Xususiy va kichik tadbirkorlikka investitsiya loyihalari, chet elda reklama tashkil etish asosida xorijiy sarmoya jalb etiladi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida ochiq tender asosida va maxsus investitsiya savdolari orqali, shuningdek boshqa muassasalar va mexanizmlar vositasida xorijiy investitsiyalar talab etilgan holda texnikaviy koʻmaklashish dasturlari doirasida pilot loyihalar amalga oshiriladi, yangi ilmiy-texnikaviy infrastruktura, shu jumladan, fanga va firmalar, kompaniyalar, markazlarning ilmiy ishlab chiqarishiga xizmat koʻrsatuvchi yordamchi, funksional, ilmiy-ishlab chiqarish infrastrukturasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. 9. Xususiylashtirish jarayoniga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni tezlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida xorijiy investorlarni faol qatnashtirish, shuning asosida xalq xoʻjaligining zamonaviy tuzilmasini tashkil etish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni, jumladan quyidagilarni amalga oshirish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
—Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qimmatli qogʻozlar milliy bozorida xorijiy investorlar faoliyatini boshqarish tartibini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— investitsiya savdolarini oʻtkazish haqidagi nizomni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xorijiy investorlarga sotish koʻzda tutilgan obyekt qiymatini xorijiy valyutada baholash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moʻljallangan maqsadlarga erishish uchun xorijiy sarmoyani jalb etishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ehtimol tutilgan xorijiy investorlarning eng yaxshilarini jalb etishga qaratilgan muzokaralar olib borish yoʻli bilan xususiy firmalarni jalb etgan holda sarmoyani joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— davlat korxonalari negizida xorijiy investor ishtirokida aksionerlik jamiyatlari tashkil etish. Xorijiy investor ushbu korxonani texnikaviy qayta tashkil etishi va texnika bilan qayta jihozlashi, shuningdek, boshqaruv sohasida oʻz tajribasini oʻrgatishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xorijiy investorlar ham erkin sotib olishi uchun aksiyalarni ochiq tarqatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. 10. Qishloq xoʻjaligini isloh qilish va xususiylashtirishda yer munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkka egalik qilish huquqini beruvchi davlat orderi berilgan holda davlat xoʻjaliklari va jamoa xoʻjaliklarini xoʻjalik yuritishning boshqa shakllariga aylantirib xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish yoʻli bilan qishloq xoʻjaligini isloh qilish chuqurlashtiriladi. Mol-mulkni kimoshdi savdosi va tanlovda sotish rivojlantiriladi. Dehqonchilik sanoati majmuining qayta ishlash tarmoqlarida kichik biznes tashkil etish ustun darajada rivojlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarining yer maydonlarini sotish davom ettiriladi. Shaharlarda xorijiy yuridik shaxslarga uzoq muddatga ijaraga berish uchun yer maydonlari ajratilmoqda. Qishloq xoʻjaligi yerlarini meros qilib qoldirish huquqi bilan muddatsiz foydalanishga berish boʻyicha kimoshdi savdosi va tanlovlar tashkil etilmoqda. “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yer osti boyliklarini iqtisodiy baholash tizimi joriy etilmoqda, yer osti boyliklarini qazib olganlik uchun konsessiyalar berish masalalari ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kadastri tizimi takomillashtiriladi, yer munosabatlari va kadastr boʻyicha yangi boshqaruv organi tashkil etiladi, ushbu organ sotish uchun moʻljallangan yer maydonlarining haqiqiy bozor qiymatini aniqlash uchun zarur boʻlgan axborot bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. 11. Xususiylashtirishning normativ-huquqiy asoslarini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirishning normativ-huquqiy asoslarini rivojlantirish quyidagi talablarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning xalqaro qonun hujjatlari normalari va asoslariga butun choralar bilan rioya qilish, bu xorijiy investorlarga qulay muhitni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— bozorga bosqichma-bosqich oʻtishni, bozor iqtisodiyoti shakllanishi davri xususiyatlarini hisobga olish. Ishlab chiqilayotgan qonun hujjatlari respublika aholisining onglilik darajasini, uning boʻlajak oʻzgartirishlarga tayyorligini, uning zarur ekanligini tushunib yetishni hisobga olish zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yangi mulkdorlarning, mulkka boʻlgan huquqlarini tasdiq hujjat berilgan paytdan boshlab, ularning huquqlarini himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdorning ruxsatisiz uning mulki sohasiga kirishni taqiqlovchi qonunchilik mexanizmi hamda mulkdorning huquqlarini sud himoya qilish mexanizmi puxta ishlab chiqilishi kerak. Shu bir qatorda jamiyatning boshqa aʼzolari tomonidan mulkdan notoʻgʻri foydalanish natijasida yetkazilgan zarar uchun mulkdorlarning javobgarligi normalari yaratilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. 12. Aholini himoya qilish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoya qilish tizimidan ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy qoʻllab quvvatlash masalalarini aniq farqlashni nazarda tutuvchi — yangi tizimga oʻtish maqsadida amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritiladi. Bunda darajalar (korxona, hudud, respublika) boʻyicha tabaqalashtirilgan ijtimoiy kafolatlar fuqarolarga, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik bilan band boʻlgan fuqarolarga zarur minimumda berilishi belgilanadi. Ijtimoiy kafolatlarning tarkibi, tuzilmasi va miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi. Darajalar boʻyicha tabaqalashtirilgan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, birinchidan, muayyan muddatga beriladi; ikkinchidan, tegishli budjetning holati bilan toʻliq bogʻliq boʻladi; uchinchidan, iqtisodiy islohotning u yoki bu bosqichida shakllangan sharoitlarga bogʻliq boʻladi Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash ham qonun hujjatlari bilan, ham davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlarining, mulkdorlar rahbarlarining qarorlari bilan amalga oshirilishi mumkin. “Korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy kafolatlarning kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ijro etilishi ustidan samarali nazorat taʼminlanadi. Majburiy tibbiy sugʻurta masalalariga alohida eʼtibor beriladi. “Majburiy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqiladi va Oliy Majlisga kiritiladi. Davlat budjetida sogʻliqni saqlashga xarajatlar tarkibi sogʻliqni saqlash obyektlarini xususiylashtirishdan olingan mablagʻlar tushumi hisobga olingan holda qayta koʻrib chiqiladi va, tegishlicha, ularni rivojlantirishga imtiyozli kreditlar ajratish imkoniyati koʻrib chiqiladi. Qishloqda aholining ish bilan bandligi muammolariga alohida eʼtibor beriladi. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqiladi va koʻrib chiqish uchun Oliy Majlisga kiritiladi. Ushbu Qonun ishlab chiqarishning tashkil etilishi natijasida boʻshab qolgan xodimlarning ijtimoiy kafolatlarini taʼminlashni, aholining ish bilan taʼminlanganligi holatiga bogʻliq ravishda muayyan hududlarda qisqartirilgan ish vaqtini joriy etish imkoniyatlarini, yangi ish joylari tashkil etish boʻyicha ish bilan taʼminlovchilarning chiqimlarini xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan qisman qoplashni va ishdan boʻshatilishi kerak boʻlgan shaxslarni qayta oʻqitish uchun oʻquv tuzilmalari tashkil etishni koʻzda tutadi. “Davlat xizmatchilari toʻgʻrisida”gi Qonun ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. 13. Telekommunikatsiya tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk va qimmatli qogʻozlarning Yevropa va jahon bozorlariga chiqishini nazarda tutuvchi zamonaviy kompyuterlashtirilgan tarmoqlarni tashkil etish, shuningdek xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida telekommunikatsiya tizimi izchil joriy etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston umumdavlat axborot-telekommunikatsiya tizimini shakllantirish koʻzda tutilgan. Ushbu tizim elektron aloqa yordamida respublikaning barcha viloyatlarini, yirik shaharlar, tumanlarni bir-biri bilan bogʻlashi kerak. Bu tizim foydalanuvchining birinchi talabi bilan batafsil axborot beradi. Ushbu tizim qimmatli qogʻozlarning tez oʻtadigan (sotiladigan) bozorini taʼminlashi kerak, emitentlarga qisqa muddatlarda samarali ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zarur mablagʻlarni jalb etish, investorlarga esa oʻz mablagʻlarini foydali qoʻyish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. 14. Reklama-axborot va noshirlik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida tadbirkorlarni marketing axboroti bilan taʼminlash, bozor konyukturasini va aholi talabini oʻrganish, bozor imkoniyatlarini oʻrganish masalalari boʻyicha axborot xizmati koʻrsatishni taklif etuvchi xususiy firmalar ishini kengaytirish va muvofiqlashtirish bilan shugʻullanuvchi mavjud ilmiy tadqiqot muassasalari va ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar ishini qayta qurish, tarmoqlararo bank maʼlumotlari tashkil etish masalalari bilan bogʻliq muammolarni tizimli kompleks hal etishga qaratilgan bir qancha tadbirlarni amalga oshirish zarur. Ularga quyidagilar ham tegishlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ixtisoslashtirilgan maslahat berish firmalari va axborot tizimlari tashkil etishga koʻmaklashish. Axborot tizimi axborotni qayta ishlash va uzatishning zamonaviy tizimidan foydalanishga asoslanuvchi, uning tezkorligi va ishonchliligini taʼminlovchi umumrespublika, mintaqalararo va mahalliy axborot tizimlarini oʻz ichiga olishi kerak. Tizim quyidagi funksiyalarni bajarishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— bank-kredit sohasi, moliyaviy muassasalar, qimmatli qogʻozlar va koʻchmas mulk bozorlarining ahvoli, aksiyalar kotirovkasi, chet el valyutasi qiymati va boshqalar toʻgʻrisida axborot tayyorlash va berish. Ushbu axborot tizimlariga qoʻyiladigan talablar tovar axboroti tizimiga qoʻyiladigan talablar bilan bir xildir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tizim tadbirkorlik faoliyatining tadrijiy oʻsishini qanday tahlil qilish va yangi korxonalarni shakllantirish imkoniyatini, shuningdek kredit kontragentlari, shu jumladan xorijiy firmalar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni berishi kerak.