Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 936-2]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 1-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. Donni qabul qilish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob qilish boʻyicha yoʻriqnomani (roʻyxat raqami 936, 2000-yil 20-iyun) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2019-yil 31-iyuldagi 02/012-1471-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan 2000-yil 6-iyunda 160-son bilan tasdiqlangan Donni qabul qilish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob qilish boʻyicha yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 936, 2000-yil 20-iyun) hamda “Donni qabul qilish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob tartibi boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyruq (roʻyxat raqami 936-1, 2007-yil 27-fevral) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-avgust,
316-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/936-2/3620-son)