02.08.2019 yildagi 647-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada quyonchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyonchilik sohasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, yangi mahalliy zotlarni takomillashtirish, quyonlar seleksiyasi va genetikasi sohasida raqobatbardosh mahalliy texnologiyalar majmuasining zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, tarmoqni kelgusida rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tizimidagi Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Quyonchilik seleksiyasi va genetika markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyonchilik sohasida seleksiya-naslchilik ishlarini takomillashtirish va raqobatbardosh mahalliy texnologiyalar yaratish, sunʼiy urugʻlantirish ishlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar asosida quyonchilik tarmogʻida innovatsion texnologiyalar va ilgʻor konstruktorlik namunalarini amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyonlarning sermahsul zotlari va duragaylarini koʻpaytirish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan seleksiya-naslchilik konsepsiyasini va tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyonlarning mahalliy zotlarini takomillashtirish va naslini yaxshilash boʻyicha seleksion va genetik ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish hamda quyonchilik tarmogʻini kelgusida rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga ilgʻor xorijiy tajribalar, ilmiy, innovatsion ishlanmalarni joriy qilish hamda genetik tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim, fan va ishlab chiqarishni tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, quyonchilik tarmogʻining yuqori malakali soha mutaxassislariga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Quyonchilik seleksiyasi va genetika markazi xodimlarining umumiy cheklangan soni 16 nafar boʻlgan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar dastlabki ikki yil davomida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaviy asosda faoliyat sohasi boʻyicha ishlar bajarishdan va xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari va kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Markaz xodimlarining malakasini oshirish maqsadida mutaxassislarning yoʻnalishlar ixtisosligiga muvofiq yetakchi xalqaro ilmiy markazlarida qayta tayyorgarlikdan oʻtishini tashkil qilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi quyonlarning yangi zotlarini olish uchun ilmiy-genetik tadqiqotlarni, ilmiy-texnik dasturlarini moliyalashtirish uchun tanlov asosida grantlar ajratilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Markazning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlash va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini tashkil etsin hamda yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy kadrlar bilan toʻldirish boʻyicha zarur choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki bilan birgalikda ikki oy muddatda Markazni zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlarini yakuniga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining buyurtmalariga binoan Markazda ishlash uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan kirish vizasini rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi buyurtmalariga binoan Markazda ishlash uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar belgilangan tartibda berilishi hamda muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Markazning buyurtmalariga asosan belgilangan tartibda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ishtirok etuvchi xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga ruxsatnomalar berilishi (amal qilish muddati uzaytirilishi)ni, shuningdek, xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishi (amal qilish muddatini uzaytirilishi)ni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaz Toshkent viloyati, Qibray tumani, Shalola MFY, OʻzChITI koʻchasida joylashgan Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 2-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
647-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi 647-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Quyonchilik seleksiyasi va genetika markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 16 nafar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2019-y., 09/19/647/3509-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)