Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi PF-5587-son “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Mamlakatimizda eksport salohiyatini yanada oshirish, ipakchilik tarmogʻidagi eksport qiluvchi tashkilotlarga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda raqobatbardosh eksport mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi PF-5587-son “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga ilovaning pozitsiyasi “TIF TN kodi” ustunidagi “5001 — 5003” raqamlari “5001, 5003 (ipak momigʻidan tashqari)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 31-iyul,
PF-5777-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2019-y., 06/19/5777/3501-son)