Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSINING ShAXS OʻXShAShLIGI RAQAMINI (ShAXSIY KODINI) ANIQLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 23-dekabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ilova qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining shaxs oʻxshashligi raqamini (shaxsiy kodini) aniqlash tartibi tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 31-may,
200-son
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining shaxs oʻxshashligi raqamini (shaxsiy kodini) aniqlash
Keyingi tahrirga qarang.
TARTIBI
1. Shaxs oʻxshashligi raqami, mashinada hisoblanadigan hujjatlar uchun ISAO xalqaro standarti talablariga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari pasportlarida va boshqa hujjatlarda foydalanish uchun zarurdir.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining shaxs oʻxshashligi raqami (shaxsiy kodi) — quyidagi tartibda joylashgan oʻn toʻrtta oʻn raqamidan iborat boʻladi:
Keyingi tahrirga qarang.
2.1. guruh: Jinsi va tugʻilgan asri indeksi
1 — 1800.1.01. — 1899.31.12 da tugʻilgan erkaklar;
2 — 1800.1.01 — 1899.31.12 da tugʻilgan ayollar;
3 — 1900.1.01 — 1999.31.12 da tugʻilgan erkaklar;
4 — 1900.1.01 — 1999.31.12 da tugʻilgan ayollar;
5 — 2000.1.01 — 2099.31.12 da tugʻilgan erkaklar;
6 — 2000.1.01 — 2099.31.12 da tugʻilgan ayollar.
2.2. guruh: Formatdagi tugʻilgan sana: YYOOKK (yil, oy, kun).
2.3. guruh: Tuman, shahar kodi.
2.4. guruh: Ushbu kunda tugʻilgan va ushbu tumanda, shaharda pasport olgan fuqaroning tartib raqami.
Tartib raqami pasportlarni olish navbatiga muvofiq hisoblagich boʻyicha hosil boʻladi.
2.5. guruh: Kontrol raqami.
Kontrol raqami (14-pozitsiya) 10 moduli boʻyicha doimiy ravishda takrorlanuvchi 731 731... salmoq funksiyasi bilan quyidagi tarzda hisoblanadi:
Raqamli maʼlumotlarning tegishli elementi raqami tegishli muntazam pozitsiyada turgan salmoq koʻrsatkichiga chapdan oʻnga koʻpaytiriladi.
Har bir koʻpaytirish natijalari jamlanadi.
Hosil boʻlgan yigʻindi 10 (modul)ga boʻlinadi.
Boʻlishda qolgan qoldiq kontrol raqami hisoblanadi.
Kodning haqiqiyligi tekshiriladi.
1-misol.
1963-yil 12-oktabrda tugʻilgan, 024 tartib raqami berilgan erkak uchun hisoblangan kontrol raqami.
| 3 | 12 | 10 | 63 | 204 | 024 |
| 7 | 31 | 73 | 17 | 317 | 317 |
| _____________________________________________________ | |||||
| 21 | 32 | 70 | 621 | 6028 | 0228 |
Hosil boʻlgan raqamlar jamlanadi:
21+3+2+7+0+6+21+6+0+28+0+2+28=124
Natija 10 ga boʻlinadi: 124/10—12 (qoldiq — 4), shunday qilib kontrol raqami 4 ga teng, fuqaroning kodi esa:
3 121063 204 024 4
2-misol.
1940-yil 2-yanvarda tugʻilgan, 001 tartib raqami berilgan ayol uchun hisoblangan kontrol raqami.
| 4 | 02 | 01 | 40 | 205 | 001 |
| 7 | 31 | 73 | 17 | 317 | 317 |
| ____________________________________________________ | |||||
| 28 | 02 | 03 | 40 | 6035 | 007 |
Hosil boʻlgan raqamlar jamlanadi:
28+0+2+0+3+4+0+6+0+35+0+0+7+=85
Natija 10 ga boʻlinadi: 85/10=8 (qoldiq — 5), shunday qilib kontrol raqami 5 ga teng, fuqaroning kodi esa:
4 020140 205 001 5