O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazini tashkil etish to‘g‘risida
Mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, raqobatbardosh va eksport uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar hamda xizmatlarning mahalliy ishlab chiqarilishini rivojlantirish, yangi axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 475-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir hafta muddatda O‘zbekiston Milliy universitetining (keyingi o‘rinlarda Universitet deb ataladi) budjetdan tashqari (to‘lov-kontrakt mablag‘lari) manbalari hisobiga saqlanadigan Universitet rektorining ilmiy konsultanti lavozimini joriy etsin.
Belgilansinki, Universitet rektorining ilmiy konsultanti mehnatiga haq to‘lash miqdori mos ravishda Universitet prorektorlari mehnatiga haq to‘lash bazaviy lavozim maoshi miqdorlariga tenglashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4 — 10-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 475-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son)
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-iyul,
603-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 475-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2019-y., 09/19/603/3453-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son)