Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Madaniy meros obyektlari va sanʼat ashyolarini restavratsiya qilish ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-yilda Luvr muzeyida (Parij shahri) Oʻzbekistonning muzey eksponatlari koʻrgazmasi oʻtkazilishini tashkil etish hamda xorijda Oʻzbekistoning muzey fondlarining samarali namoyish qilinishiga sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 7-martdagi F-5455-son farmoyishining ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Madaniy meros obyektlari va sanʼat ashyolarini restavratsiya qilish ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-yilda Luvr muzeyida (Parij shahri) Oʻzbekistonning muzey eksponatlari koʻrgazmasi oʻtkazilishini tashkil etish hamda xorijda Oʻzbekistoning muzey fondlarining samarali namoyish qilinishiga sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 7-martdagi F-5455-son farmoyishiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzurida Madaniy meros obyektlari va sanʼat ashyolarini restavratsiya qilish ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Madaniy meros obyektlari va sanʼat ashyolarini restavratsiya qilish ilmiy-tadqiqot markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Madaniy meros obyektlari va sanʼat ashyolarini restavratsiya qilish ilmiy-tadqiqot markazining ustavi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Madaniy meros obyektlari va sanʼat ashyolarini restavratsiya qilish ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash razryadlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga, zarurat boʻlganda, boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Markaz tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Markazga ikkita, shu jumladan, shaxsan biriktirilgan bitta yengil avtomobil va bitta yuk avtotransport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga sotib olish va saqlashga limit ajratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Markazni Toshkent shahri, Istiqlol koʻchasi, 47-uy manzildagi Fransiya madaniyat markazining binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi:
Keyingi tahrirga qarang.
yetakchi chet el restavratsiya muassasalarining ilgʻor tajribasini hisobga olgan holda madaniy meros obyektlari va sanʼat ashyolarini restavratsiya qilish uchun zarur laboratoriya asbob-uskunalari va Markazni jihozlash uchun texnika va mebellar roʻyxatini shakllantirsin;
Markaz joylashtiriladigan binoning tegishli xonalarini kapital taʼmirlash uchun texnik-iqtisodiy asoslash va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilishini tashkil qilsin;
Markaz joylashtiriladigan binoning tegishli xonalarini kapital taʼmirlash, zarur laboratoriya asbob-uskunalari, texnika va mebellar bilan jihozlash ishlari bilan bogʻliq xarajatlarni 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturida nazarda tutish uchun ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-iyul,
598-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyuldagi 598-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Madaniy meros obyektlari va sanʼat ashyolarini restavratsiya qilish ilmiy-tadqiqot markazining
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 21 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyuldagi 598-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Madaniy meros obyektlari va sanʼat ashyolarini restavratsiya qilish ilmiy-tadqiqot markazi
USTAVI
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Ustav Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Madaniy meros obyektlari va sanʼat ashyolarini restavratsiya qilish ilmiy-tadqiqot markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni va uning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi, Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaydi hamda xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etadi.
3. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining alohida mulkiga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga, banklarda hisob-kitob va valyuta hisobraqamlariga, oʻzining nomi yozilgan dumaloq muhrga, firma blankalariga hamda shtampga ega boʻladi.
4. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Jamgʻarma qarorlariga amal qiladi.
5. Markaz oʻz faoliyatini Jamgʻarma topshiriqlari va buyurtmalari, vazirliklar, idoralar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buyurtmanomalari asosida amalga oshiradi.
6. Markazning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Madaniy meros obyektlari va sanʼat ashyolarini restavratsiya qilish ilmiy-tadqiqot markazi, qisqartirilgan nomi — Restavratsiya markazi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Research Centre for the Restoration of Cultural Neritage Assets and Artworks under the Arts and Culture Development Foundation under the Ministry of Culture of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Restoration Centre;
Keyingi tahrirga qarang.
v) rus tilida:
toʻliq nomi — Nauchno-issledovatelskiy sentr restavratsii obyektov kulturnogo naslediya i predmetov iskusstva pri Fonde razvitiya kulturi i iskusstva pri Ministerstve kulturi Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Sentr restavratsii;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Markaz Toshkent shahri, Istiqlol koʻchasi, 47-uy manzilida (pochta manzili) joylashgan.
2-bob. Markazning vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
madaniy meros obyektlarini konservatsiya, restavratsiya qilish va asrash boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni va ishlarini amalga oshirish;
shu jumladan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda bu sohada mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish orqali restavratsiya ishlarini rivojlantirish;
moddiy madaniy meros obyektlari va muzey ashyolarini asrash, shuningdek, restavratsiya vaqtida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini vaqtinchalik saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
muzey faoliyati tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish, madaniyat va sanʼat muassasalarida konservatsiya va restavratsiya ishlarini yaxshilash.
9. Markaz unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) madaniy meros obyektlarini konservatsiya, restavratsiya qilish va asrash boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni va ishlarini amalga oshirish sohasida:
madaniy meros obyektlarini muhandislik jihatidan restavratsiya qilishning yangi texnologiyalari va usullarini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish;
restavratsiya qilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqish;
qurilish materiallari va shikastlanishlar holatini kompleks tashxis qilish, laboratoriya kimyo-biologik tadqiqotlarni amalga oshirish;
madaniy meros obyektlarini konservatsiya va restavratsiya qilish, qayta tiklash boʻyicha kompleks ishlarni amalga oshirish;
madaniy meros ashyolarini asrash boʻyicha ilmiy-loyiha faoliyatini bajarish uchun zamonaviy moddiy-texnik bazani yaratish, ilmiy tadqiqotlar olib borish;
muzey ashyolari va kolleksiyalarini ilmiy konservatsiya qilish, restavratsiya qilish va qayta tiklash;
muzey ashyolari va kolleksiyalari eskirishi, saqlanishining holati oʻzgarishi prinsiplarini oʻrganish;
tarix va madaniyat ashyolarini restavratsiya qilish dasturlarini ishlab chiqish;
madaniy meros ashyolari bilan loyiha, restavratsiya, taʼmirlash ishlari va boshqa ishlar ustidan nazorat qilish va texnik tekshirish;
b) shu jumladan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda bu sohada mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish orqali restavratsiya ishlarini rivojlantirish sohasida:
Markaz negizida, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda stajirovkadan oʻtish, mahorat darslari, ixtisoslashtirilgan taʼlim dasturlarini tashkil etish va oʻtkazish, tegishli sertifikatlar berish;
Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida madaniyat va sanʼat sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, shu jumladan, nodavlat tashkilotlar bilan mutaxassislarni ayirboshlashni tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlarini olib borish, shu jumladan, Markazni rivojlantirishning ilmiy konsepsiya va dasturlarini ishlab chiqish;
v) moddiy madaniy meros obyektlari va muzey ashyolarini asrash, shuningdek, restavratsiya vaqtida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini vaqtinchalik saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish sohasida:
Markazga berilgan madaniy meros obyektlarini saqlash, fuqarolarning ular bilan tanishishini taʼminlash, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan obyektlarni oʻrganish;
Markazga restavratsiyaga berilgan madaniy meros obyektlari, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish, ularning restavratsiyaga qadar hamda restavratsiyadan keyingi holatini qayd qilish hamda indentifikatsiyalash;
moddiy madaniy meros obyektlarini va muzey ashyolarini asrash, shuningdek, restavratsiya vaqtida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini vaqtinchalik saqlash uchun maxsus joy (xona) ajratish hamda unda talab etiladigan namlik va yorugʻlik sharoitini taʼminlash, ishonchli qoʻriqlash tizimini yoʻlga qoʻyish;
g) muzey faoliyati tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish, madaniyat va sanʼat muassasalarida konservatsiya va restavratsiya ishlarini yaxshilash sohasida:
madaniyat va sanʼat muassasalarida konservatsiya va restavratsiya qilish sohasida muzey faoliyatini amalga oshirish amaliyotlari toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va oʻrganish;
muzey ashyolari va kolleksiyalari saqlanishi, konservatsiya qilinishi va asralishini taʼminlashning eng yaxshi amaliyotlari boʻyicha tavsiyalar va qoʻllanmalarni ishlab chiqish va tarqatish.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Markazning huquqlari va majburiyatlari
10. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
ushbu Ustavning 6-bobida belgilangan manbalardan tushadigan mablagʻlarni oʻzining gʻazna hisobvaraqlarida jamlash;
oldinga qoʻyilgan maqsadlar va vazifalar bajarilishini taʼminlash uchun shartnomalar tuzish, shu jumladan, xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar tuzish;
shartnoma asosida asosiy faoliyat yoʻnalishi boʻyicha maslahatlar berish, boshqa xizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish;
Markaz faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulkni boshqarish;
konservatsiya va restavratsiya qilish ishi sohasida madaniyat va sanʼatni rivojlantirishning har xil masalalari boʻyicha belgilangan tartibda tashabbus koʻrsatish;
oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish;
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro hamkorlikni Jamgʻarma bilan kelishgan holda amalga oshirish huquqiga egadir.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
11. Markaz:
ushbu Ustavda belgilangan asosiy vazifalar va funksiyalar bajarilishini taʼminlashga;
Markaz daromadlarining istiqbolli koʻrsatkichlari ijrosi natijadorligini tahlil qilishga va mablagʻlar tushishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrishga;
oʻz faoliyati toʻgʻrisida Jamgʻarma ijrochi direktoriga hisobot berishga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
12. Markazga Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri bilan kelishgan holda Jamgʻarma ijrochi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor (keyingi oʻrinlarda direktor deb ataladi) rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Direktor barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda Markazning nomidan ishtirok etadi.
13. Direktor Jamgʻarma ijrochi direktori bilan kelishgan holda Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bir nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Direktor oʻz faoliyatida Jamgʻarma ijrochi direktoriga boʻysunadi va Markaz faoliyati toʻgʻrisida unga har chorakda hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Direktorning asosiy funksional majburiyatlari
14. Direktor:
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
boshqaruv xodimlari soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Markazning shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Markaz xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
har yili 25-dekabrga qadar Jamgʻarmaning ijrochi direktori bilan kelishgan holda kelgusi yilga Markaz tadbirlari kalendar rejasini, tadqiqotlarning mavzuli rejalarini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Markaz boʻlimlari boshliqlarining hisobotini eshitadi;
qonun hujjatlariga muvofiq Markaz xodimlariga ajratilgan mablagʻlar doirasida qoʻshimcha pul, mukofot va boshqa pullarni toʻlash tartibi va shartlarini belgilaydi;
Markazga yuklangan vazifalar uchun shaxsan javob beradi;
Markaz faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha tezkor majlislar oʻtkazadi;
Markaz xodimlarini intizomiy jazoga tortish va ragʻbatlantirish masalalarini hal qiladi;
oʻz oʻrinbosari va Markazning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlaydi, Markazning alohida sohalariga rahbarlik qilishi borasida oʻz oʻrinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsan javobgarligi darajasini belgilaydi;
Markaz tomonidan ilmiy-metodik ishlarni amalga oshirishning tegishli darajasini taʼminlaydi;
belgilangan tartibda Markaz mulkini va mablagʻlarini tasarruf etadi;
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi;
Markaz faoliyatini taʼminlash uchun boshqa masalalarni belgilangan tartibda hal etadi;
qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
6-bob. Markaz faoliyatini moliyalashtirish, mulkini tasarruf etish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish tartibi
15. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Jamgʻarma Kengashi tomonidan belgilangan hajmdagi Markazni saqlash va unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadlari uchun ajratilgan mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya xayriyalari;
xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy tashkilotlarning grantlari va kreditlari;
asosiy faoliyat boʻyicha ishlarni bajarishdan (xizmatlar koʻrsatishdan) tushgan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
16. Markaz mulkini asosiy fondlar (uskunalar, transport vositalari va boshqalar), aylanma vositalar, shuningdek, moliyaviy resurslar va barcha moliyalashtirish manbalari hisobiga sotib olinadigan boshqa moddiy boyliklar tashkil etadi.
Markaz mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
17. Markaz oʻziga biriktirilgan mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
18. Barcha tadqiqot materiallari, shuningdek, tuzilgan shartnomalarga muvofiq Markaz buyurtmasiga binoan boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilgan tadqiqotlar Markaz faoliyatining intellektual mulki obyektlari hisoblanadi.
19. Xoʻjalik, ilmiy-texnik faoliyatdan tushgan daromadlar, shuningdek, xayriya, homiylik mablagʻlari va begʻaraz tushumlar hisobiga sotib olingan mulk va vositalar Markaz mulki hisoblanadi.
20. Markaz direktori Markazning oʻz mablagʻlari hisobidan:
xizmat vazifalari tashabbus koʻrsatib va vijdonan bajarilishini ragʻbatlantirish maqsadida yuqori malakali xodimlarga lavozim maoshining 100 foizgacha miqdorda oylik ustamalar belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Markazning oʻz vazifalarini vijdonan bajaruvchi xodimlarini lavozim maoshining 50 foizi miqdorigacha har chorakda mukofotlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlariga bir oylik haq toʻlash fondi miqdorigacha biryoʻla moddiy yordam berish;
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan belgilangan bayram kunlari munosabati bilan Markaz xodimlarini har bir bayram uchun bir lavozim maoshi miqdorida mukofotlash;
har oyda ovqatlanish va yoʻlkira uchun eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida haq toʻlanishini belgilash huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga mablagʻlar yetishmasligi Jamgʻarma Kengashining qarori boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Jamgʻarma Markazga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi yuzasidan doimiy ravishda Markaz faoliyati monitoringini olib boradi.
22. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
23. Ushbu Ustav talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyundagi 598-son qaroriga
3-ilova
3-ilova
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Madaniy meros obyektlari va sanʼat ashyolarini restavratsiya qilish ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash
RAZRYADLARI
Keyingi tahrirga qarang.
|
Lavozimlar nomi |
Mehnatga haq toʻlash razryadlari |
|
Direktor |
15 |
|
Direktorning oʻrinbosari |
14 |
|
Boʻlim boshligʻi |
13 |
|
Bosh buxgalter |
13 |
|
Bosh yuriskonsult |
14 |
|
Bosh mutaxassis |
11 |
|
Yetakchi mutaxassis |
10 |
|
Mutaxassis |
9 |