Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.07.2022 17.07.2019 yildagi 596-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.07.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi va maxsus unvonga ega xodimlarining jamoat tartibini saqlash va qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlashdagi faoliyatining tezkorligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish hamda Milliy gvardiyaning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari va maxsus unvonga ega xodimlariga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalari sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berilishini tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (keyingi o‘rinlarda Milliy gvardiya deb ataladi), “O‘zavtosanoat” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Milliy gvardiyaning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda o‘rnak ko‘rsatgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi (keyingi o‘rinlarda harbiy xizmatchi deb ataladi) va maxsus unvonga ega xodimlariga (keyingi o‘rinlarda xodimlar deb ataladi) mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini (keyingi o‘rinlarda avtotransport vositalari deb ataladi) sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Milliy gvardiya tomonidan beriladigan taqdimnomalarga muvofiq Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlariga yiliga 300 tagacha avtotransport vositalarini sotib olish uchun quyidagi shartlarda imtiyozli kreditlar ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit muddati — 5 yilgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki badal — sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining kamida 20 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit bo‘yicha foiz stavkasi — 2019-yil 31-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit berish sanasida amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasi plyus 2 (ikki) foiz miqdorida. 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil belgilanadigan stavkalarda beriladi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit bo‘yicha ta’minot — kredit bo‘yicha sotib olinadigan avtotransport vositasini garovga qo‘yish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditning boshqa shartlari mazkur bankning kredit siyosati va amaldagi qonunchilikka asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zavtosanoat” AJga Milliy gvardiyaning taqdimnomalari bo‘yicha Milliy gvardiyaning avtotransport vositalarini sotib olishni xohlovchi harbiy xizmatchilari va xodimlariga banklarning kreditlari hisobiga ushbu avtotransport vositalarini sotib olishda ko‘maklashish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kredit olishga tavsiya etiladigan harbiy xizmatchi va xodimlarni tanlab olish hamda taqdimnomalar berish mezonlarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘rtasida kreditlarni olish shartlari va tartibi to‘g‘risida keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri D.A. Kuchkarov va Milliy gvardiya qo‘mondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 17-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
596-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2019-y., 09/19/596/3442-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)