14.07.2019 yildagi 584-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.07.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmonini ijro etish yuzasidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil deb ataladi) faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoni bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilishga masʼul boʻlgan oʻrinbosarlariga biriktirilgan transport vositalari, shuningdek, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatining xodimlari hududlarda faoliyatni samarali amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan kompyuter texnikasi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilga berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019-yilda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatiga transport vositalari, idora mebeli, kompyuter texnikasi, tashkiliy texnika, shuningdek, boshqa tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarni joriy saqlash va sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha 1,7 mlrd soʻm mablagʻ ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatiga navbatchi avtotransport vositalari sifatida foydalanish uchun 2 ta yengil xizmat avtomobilini saqlash uchun qoʻshimcha limit ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatiga va uning hududlarda faoliyat yurituvchi xodimlariga belgilangan normativlarga muvofiq texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning qoʻshimcha shtat birliklarini ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatini joriy saqlashga mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparati moliya sektorining buxgalteri va moddiy buxgalteri (kassir)ga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh buxgalteri va bosh buxgalterning oʻrinbosari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Transport boʻlimining xizmatchilari va haydovchilari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatining navbatchi transport vositalarini Toshkent shahrida saqlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Transport boʻlimi tomonidan, hududlarda esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bepul asosda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparati avtotransport vositalarini rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish va davlat raqami belgilarini berishda davlat bojlari va yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatiga avtotransport vositalarini rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish va davlat raqami belgilari berilishida koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparati buyurtmanomasi boʻyicha belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparati aloqaning zarur turlari, shu jumladan, Hukumat aloqasi bilan jihozlanishini, shuningdek, Internet axborot tarmogʻidan keng polosali foydalanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimi takomillashtirilishi va uning uzluksiz ishlashi qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
584-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 09/19/584/3430-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2023-y., 09/23/6/0010-son)