12.07.2019 yildagi 583-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.08.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga respublika oliy sport mahorati maktablari va maktab-internatlarining faoliyatini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi respublika oliy sport mahorati maktablari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
583-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-yil, 9-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari toʻgʻrisidagi nizomning 41-bandi birinchi xatboshidagi “oʻquv yili 2-sentabrdan” soʻzlari “oʻquv yili 2-sentabrdan, respublika oliy sport mahorati maktablarida 1-yanvardan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyuldagi 214-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 23-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini yoki ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxirasi maktab-internatlarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplomlarga ega boʻlgan shaxslar koʻrsatib oʻtilgan taʼlim muassasalarini tamomlagandan keyin tegishli sport turlari boʻyicha uch yil mobaynida attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichidan oʻtgan deb hisoblanadilar.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“boshqa oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport fakultetlarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplomlarga ega boʻlgan shaxslar koʻrsatib oʻtilgan taʼlim muassasalarini tamomlagandan keyin uch yil mobaynida attestatsiyaning birinchi bosqichidan oʻtgan deb hisoblanadilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 2-iyundagi 410-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshidagi “(futboldan tashqari)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-bandning “v” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “hamda maktab-internatga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“respublika akademiyasi, hududiy akademiyalar hamda maktab-internatlar oʻquvchilari uchun jihozlar, sport anjomlari va inventarlar, shuningdek, sport kiyim-boshi bilan taʼminlash meʼyorlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son; 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son)