12.07.2019 yildagi 576-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorakoʻl tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportning olimpiya va milliy turlarini yanada rivojlantirish hamda mamlakat milliy terma jamoalarining ishonchli zaxiralarini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Buxoro viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatini (keyingi oʻrinlarda maktab-internat deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internat oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 2-iyundagi 410-son qarori asosida amalga oshiruvchi olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internatga oʻquvchilarni qabul qilish 2019/2020 oʻquv yilidan 5-sinfdan boshlab tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maktab-internatning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va yutuqlar asosida sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat taʼlim standartlari, oʻquv reja va dasturlari talablari asosida oʻquvchilarning taʼlim tayyorgarligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda olimpiya sport turlari boʻyicha xorijiy trenerlar va mutaxassislarni taklif qilgan holda ilgʻor ilmiy-metodik tavsiyalar asosida yosh sportchilarni tayyorlash borasida oʻquv-mashq jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligi va texnik-taktik koʻnikmalarini takomillashtirish, professional fazilatlarini rivojlantirish, shuningdek sportni rivojlantirish xalqaro talablariga muvofiq holda Oʻzbekiston milliy terma jamoalari zaxirasini tayyorlash darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi-sportchilar va trenerlar tarkibining professional mahoratini oshirish uchun xorijiy sport maktablari va klublari bilan tajriba almashish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Buxoro viloyati hokimligi Qorakoʻl tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatini Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani, “Tojikent” MFY, Tojikent qishlogʻida joylashgan Buxoro viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasining boʻsh turgan bino va inshootlariga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda maktab-internatning ustavi tasdiqlanishi, shuningdek, uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internatni zamonaviy pedagogik texnologiyalarini egallagan malakali pedagog kadrlar hamda trenerlar bilan toʻldirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda 2020 — 2025-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari doirasida maktab-internatning bino va inshootlarini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda, 2019-yilda maktab-internatni taʼminlash xarajatlari uchun “Taʼlim” sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida ajratilishini taʼminlasin, 2020-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
576-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/576/3417-son)