12.07.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3172
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.07.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 12-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3172]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 11-iyundagi 2018-52-son “Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3023, 2018-yil 18-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 25-son, 504-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais B. MUSAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 8-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-45-son

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 8-iyuldagi 2019-45-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritish mezonlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom soliq maʼmuriyatchiligini amalga oshirish maqsadida ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan mezonlar asosida aniqlanadigan yirik soliq toʻlovchi yuridik shaxslar toifasiga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha mezonlar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 222-moddasiga asosan soliq toʻlovchilarga soliq solish tartibini tanlash yoki oʻzgartirish huquqini bermaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha soliq maʼmuriyatchiligi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tijorat banklari hamda ularning filiallari, tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” AJ hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻtgan kalendar yil yakuni boʻyicha mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan olingan sof tushumi 100,0 milliard soʻmdan yuqori boʻlgan yuridik shaxslar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yirik soliq toʻlovchilar toifasini belgilashda, mazkur Nizomning 4-bandi “d” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan mezonlar, yuridik shaxslarning oʻtgan kalendar yil yakuni boʻyicha soliq organlariga taqdim etgan soliq va moliyaviy hisobotlaridagi koʻrsatkichlariga asosan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar kalendar yil yakuni bilan mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan mezonlarga javob bermasa, ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlar navbatdagi uch yil mobaynida yirik soliq toʻlovchilar toifasida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Nizom talablari tatbiq etiladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati har yili keyingi soliq davri boshlangunga qadar bir oydan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik soliq toʻlovchilar roʻyxatiga kiritilgan yoki roʻyxatidan chiqarilgan yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida yozma ravishda, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri D. QUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 8-iyul

Iqtisodiyot va sanoat vaziri B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 8-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 8-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2019-y., 10/19/3172/3414-son; 10.01.2020-y., 10/20/3172-1/0045-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 26.10.2021-y., 10/21/3172-2/1005-son; 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son; 02.07.2024-y., 10/24/3172-3/0458-son; 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son)