1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrovini kengaytirish, oliy taʼlim sifatini va yuqori malakali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish | ||||
|
1. |
Yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish. |
1. Yangi oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan xorijiy oliy taʼlim muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yangi oliy taʼlim muassasalarini tashkil etish orqali yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish. 2. Hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma fakultetlar va ikki tomonlama diplom berish dasturlarini tashkil etish. 3. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning joriy va istiqbolli rivojlanish dasturlarining talab-ehtiyojlari asosida, birinchi navbatda, yuqori va innovatsion texnologiyalar sohasida yangi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. |
doimiy |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozorining oʻzgaruvchan talablari hamda kadr isteʼmolchilarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari oʻquv reja va fan dasturlarini takomillashtirib borish. |
1. Kadr buyurtmachilari bilan hamkorlikda oʻquv dasturlarini chuqur tahlil qilish. |
har yili mart-aprel oylari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Yangilangan oʻquv dasturlarini belgilangan tartibda tasdiqlash va taʼlim jarayoniga tatbiq etish. |
har yili avgust oyi | |||
|
3. |
Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari fanlari boʻyicha zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlar yaratish samaradorligini oshirish. |
1. Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari fanlari boʻyicha xorijiy oliy taʼlim muassasalari amaliyotiga joriy etilgan oʻquv adabiyotlarini xarid qilish va zamonaviylarini yaratish. 2. Yaratilgan adabiyotlarning tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarida taʼlim olayotgan talabalar hamda dars berayotgan professor-oʻqituvchilar ishtirokida taqdimotlarini oʻtkazish. |
doimiy |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
4. |
Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida oliy taʼlim muassasalarining oʻquv rejalarini kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich oʻtkazish mexanizmlarini ishlab chiqish. |
1. Ilgʻor xorijiy va mahalliy tajribalar asosida kredit-modul tizimini tahlil qilish va kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich oʻtkazish mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil qilish. |
2019-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Ilgʻor xorijiy va mahalliy tajribalar asosida kredit-modul tizimini tahlil qilish. |
2019-yil sentabr | |||
|
3. Oliy taʼlim muassasalari oʻquv rejalarini kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich oʻtkazish mexanizmlarini ishlab chiqish. |
2019-yil oktabr | |||
|
4. Oliy taʼlim muassasalari oʻquv rejalarini kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich oʻtkazish. |
tasdiqlangan grafik asosida | |||
|
5. |
Oliy taʼlim muassasalari pedagog va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari, shuningdek taʼlim muassasalari hamda jismoniy shaxslarning ehtiyojlariga muvofiq kadrlarni tezkor qayta tayyorlash kurslarini toʻlov-shartnoma asosida, shaxsiy reja, masofaviy, guruhlarda oʻqitish dasturlarini joriy etish orqali tashkil etish. |
1. Iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari, shuningdek taʼlim muassasalari hamda jismoniy shaxslarning ehtiyojlariga muvofiq kadrlarni tezkor qayta tayyorlash kurslarining meʼyoriy hujjatlarini ishlab chiqish va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda mustaqil tasdiqlash. |
2019-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Qayta tayyorlash kurslari muddatlaridan kelib chiqqan holda toʻlov miqdorlarini belgilash va shartnomalarni rasmiylashtirish. |
Doimiy | |||
|
6. |
Kasb-hunar kollejlari rahbar, pedagog kadrlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirish. |
Kasb-hunar kollejlari rahbar, pedagog kadrlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi hujjat ishlab chiqish va unda quyidagilarni inobatga olish: mustaqil ish natijalari, oʻz ustida ishlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarini bilish darajasi, turli tanlovlarda ishtirok etish va boshqa kasbiy faoliyatida erishgan yutuqlarini oʻzida aks ettirgan elektron portfolio tizimini malaka oshirish oʻquv jarayonlariga joriy etish; malaka oshirish jarayonlarini tashkil etishda masofaviy taʼlim va vebinar texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish; kasb-hunar kollejlari rahbar, pedagog kadrlarining malakasini oshirish hamda kasbiy faoliyati natijalari monitoringini olib borishning elektron tizimini yuritish. |
2019-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) |
|
7. |
Respublika oliy taʼlim muassasalari taʼlim xizmatlari eksporti hamda investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro hamkorlik boʻyicha axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish. |
1. Respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlari va imkoniyatlari haqida xorijda taqdimotlar va axborotlarni |
har yili yanvar — may oylari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Eng koʻp xorijiy fuqarolar tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasalari yotoqxonalarini xatlovdan oʻtkazish. |
2019-yil sentabr | |||
|
3. Xatlov natijalariga koʻra qoʻshimcha joylashtirish vositasiga ehtiyoji yuqori boʻlgan oliy taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2019-yil oktabr | |||
|
II. Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, samarali boshqaruv tizimini joriy etish | ||||
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) |
|
9. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparati boʻlinmalari, vazirlik huzuridagi tashkilotlar, hududiy boshqarmalar faoliyatini belgilovchi hujjatlarni ishlab chiqish |
1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparati boʻlinmalari nizomlari, faoliyati 2. Pedagogik innovatsiyalar va kasb-hunar taʼlimi oʻqituvchilari malakasini oshirish instituti, Oʻquv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati faoliyati yangi tashkil etilganligi munosabati bilan qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) |
|
10. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri vakolatiga kiruvchi rahbar va xodimlarni lavozimga tayinlash hamda lavozimidan ozod etishning samarali va shaffof tizimini joriy etish. |
1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi rahbar va xodimlarni lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) |
|
2. Yangi tuzilmalarga muvofiq Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparati, tizimdagi tashkilotlar, hududiy boshqarmalar va taʼlim muassasalarini zamonaviy bilimlarga ega malakali mutaxassislar bilan toʻldirib borish. |
doimiy | |||
|
11. |
Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririni bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish. |
1. Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va mazkur nizomda oliy taʼlim muassasalari turlarini farqlovchi aniq mezonlarni belgilash. 2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil noyabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
12. |
Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibini takomillashtirish. |
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini takomillashtirish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish: pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish jarayonini soddalashtirish; pedagog xodimlar lavozimi uchun belgilangan besh yillik muddatni qayta koʻrib chiqish. |
2019-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev) |
|
2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil oktabr | |||
|
13. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi faoliyatini takomillashtirish. |
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish: Markaz boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish; Markazni joylashtirish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. |
2019-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Markaz nizomini (ustavini) ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil oktabr | |||
|
14. |
Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririni bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish. |
1. Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. 2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil noyabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
15. |
Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi xodimlari mehnatini munosib ragʻbatlantirish tizimini yaratish. |
1. “Oliy taʼlim fidoyisi” hamda “Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishonlarini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. |
2019-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil oktabr | |||
|
III. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, sportni keng targʻib qilish va rivojlantirish | ||||
|
16. |
Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida tarbiyaviy ahamiyatni kuchaytirish, talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, mamlakatimiz tarixi va milliy qadriyatlarga hurmat, yot gʻoyalarga qarshi turish, diniy bagʻrikenglik va insoniylik tuygʻularini shakllantirish choralarini koʻrish. |
Talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, mamlakat tarixi va milliy qadriyatlarga hurmat, yot gʻoyalarga qarshi turish, diniy bagʻrikenglik va insoniylik tuygʻularini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
17. |
Talaba-yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni keng targʻib qilish hamda sport musobaqalarini ommalashtirish va rivojlantirish. |
1. Sport musobaqalari final bosqichlarini tashkil etish va oʻtkazishni nazarda tutuvchi meʼyorlarni takomillashtirish. |
2019-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
|
2. Sportning ommaviy turlari boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari musobaqalarini tashkil etib, ular oʻrtasida chempionatlar oʻtkazib borish. |
doimiy | |||
|
18. |
Talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularda yuksak axloqiy sifatlarni shakllantirish, kasbiy kompetentlik bilan insoniy fazilatlarni uygʻunlashtirish, professor-oʻqituvchilarning tarbiyaviy masʼuliyatini oshirish, taʼlim va tarbiya uygʻunligini amalda taʼminlashga qaratilgan Talaba-yoshlarning maʼnaviy-axloqiy ongini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish. |
1. Konsepsiyani tayyorlash boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish, konsepsiya loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil iyul-avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Konsepsiyani amaliyotga tatbiq etish va targʻib qilish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar dasturini tasdiqlash. |
2019-yil sentabr | |||
|
3. Oliy taʼlim muassasalarida mazkur Konsepsiya asosida ishlarni tashkil etish va monitoringini yoʻlga qoʻyish. |
doimiy | |||
|
19. |
Oʻquvchi-talabalarni turli axborot xurujlari, radikal gʻoyalar va yot mafkuralardan himoya qilish, ularni Vatan manfaati yoʻlida birlashtirish maqsadida talaba-yoshlardan iborat tarkibda “Blogerlar klubi”ni tashkil etish. |
1. Ishchi guruh tuzish, klub nizomi va chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2019-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Klub faoliyatini yoʻlga qoʻyish, uning moddiy-texnik bazasini shakllantirish. |
2019-yil sentabr | |||
|
3. Klubni doimiy faoliyat yurituvchi malakali mutaxassislar bilan taʼminlash. |
2019-yil oktabr | |||
|
4. Blogerlar bilan davra suhbatlari oʻtkazish reja-grafigini tasdiqlash va oʻtkazib borish. |
doimiy | |||
|
20. |
Oliy taʼlim muassasalari talabalari, kollej va akademik litsey oʻquvchilari hamda keng jamoatchilikni dunyoda, Oʻzbekistonda roʻy berayotgan ijtimoiy-siyosiy, yoshlar, xususan talabalar hayotiga oid voqealar, taʼlim tizimidagi yangiliklar va qiziqarli faktlardan tezkor va toʻgʻri xabardor qiluvchi, zamonaviy, qulay va yoshlarbop tarzda yetkazib beruvchi hamda talaba-yoshlarning Internet jahon axborot tarmogʻidagi vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etishga moʻljallangan virtual maydoncha — veb-sayt yaratish. |
1. Veb-sayt yaratish (dasturlash, dizaynini ishlab chiqish va boshqalar). |
2019-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Veb-saytni ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish. |
2019-yil sentabr | |||
|
3. Oliy taʼlim muassasalari talabalari, kollej va akademik litsey oʻquvchilari bilan veb-sayt oʻrtasida ijodiy hamkorlik oʻrnatish. |
2019-yil oktabr | |||
|
4. Oʻzbekistonda oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida hamda boshqa sohalarda roʻy berayotgan ijtimoiy-siyosiy yangiliklarni yoritib borish, islohotlarni targʻib qilish. |
doimiy | |||
|
IV. Ilmiy salohiyatni oshirish, fan, taʼlim, ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish va innovatsion faoliyatni rivojlantirish | ||||
|
21. |
Doktorlik (tayanch doktorlik) ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoyalar tizimini joriy qilish. |
Doktorlik dissertatsiya tadqiqotlari natijalarini amaliyotga tezkor joriy etilishini taʼminlash, yoshlarning ilmiy faoliyatga qiziqishlarini oshirish va ragʻbatlantirish, ilmiy faoliyat nufuzini koʻtarish maqsadida doktorlik (tayanch doktorlik) ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoyalar tizimini joriy etish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
2019-yil sentabr |
Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) |
|
22. |
Oliy taʼlim muassasalari ilm-fan faoliyati moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va axborot-metodik taʼminotini yaxshilash. |
1. Xalqaro darajada ilmiy tajriba sinovlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan noyob ilmiy-texnikaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 7 ta jamoaviy foydalaniladigan laboratoriyalar faoliyatini tashkil etish. |
2019 — 2021-yillar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) |
|
2. Jahon banki mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilayotgan akademik innovatsiyalar fondi loyihalari doirasida oliy taʼlim muassasalari ilmiy laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. |
2020-yildan boshlab doimiy | |||
|
3. Ilmiy nashrlarning soni, iqtiboslilik indeksi, xalqaro konferensiya va seminarlardagi faolligi koʻrsatkichlari boʻyicha ilgʻor oliy taʼlim muassasalarini QS, TNE kabi jahonning nufuzli reyting agentliklari roʻyxatiga kirishlarini qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish. |
2019-2020-yillar | |||
|
4. Fan va texnikaning zamonaviy yutuqlari toʻgʻrisidagi toʻliq va zamonaviy axborotlar bilan taʼminlash uchun xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidan foydalanishni taʼminlash, yuqori reytingli xalqaro ilmiy nashrlarda ilmiy ishlarni chop etganligi uchun mualliflar va oliy taʼlim muassasalarini ragʻbatlantirish tizimini yaratish. |
2019-yil dekabr | |||
|
5. Xalqaro talablarga javob beradigan respublika ilmiy jurnallarini bosqichma-bosqich xalqaro tan olingan ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalarida qayd etilishi va indeksatsiyalanishini taʼminlash. |
2020-yildan boshlab doimiy | |||
|
23. |
Oliy taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasini rivojlantirish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash. |
1. Xalqaro va respublika miqyosidagi turli innovatsiya loyihalari tanlovlari, start-aplar, ilmiy konferensiyalar, seminarlar tashkil etish. |
2019-yildan boshlab doimiy |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Yetakchi oliy taʼlim muassasalari tarkibida iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining innovatsion rivojlanishini ilmiy-texnologik prognozlashtirishni taʼminlash uchun forsayt markazlarini tashkil etish. |
2020 — 2022-yillar | |||
|
3. Oliy taʼlim muassasalarining innovatsion infratuzilmasini (tijoratlashtirish boʻlimlari, innovatsion jamgʻarmalar, texnoparklar, transfer texnologiyalar markazlari, akseleratorlar va boshqalar) rivojlantirish. |
2020 — 2022-yillar | |||
|
4. Ishlab chiqarish korxonalari va xorijiy yetakchi ilmiy markazlar va universitetlar bilan hamkorlikdagi ishlab chiqarish ilmiy-oʻquv klasterlarini tashkil etish. |
2020 — 2022-yillar | |||
|
24. |
Yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibining ilmiy salohiyatini oshirish, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash faoliyatini rivojlantirish. |
1. Iqtidorli yoshlarda innovatsion fikrlashni rivojlantirish boʻyicha maxsus dasturlar ishlab chiqish (matematik modellashtirish, sunʼiy intellekt usullaridan foydalanish va kommunikativ koʻnikmalarga ega boʻlish, xorijiy tillarni bilish) hamda real iqtisodiyotda mavjud muammolarni hal etish boʻyicha muayyan ilmiy-texnikaviy loyihalarni ishlab chiqishda ularning ishtirokini taʼminlash. |
2019-yildan boshlab doimiy |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Xorijda doktoranturada tahsil olishni tashkillashtirish hisobiga yoshlarni doktoranturada oʻqish imkoniyatini kengaytirish. |
2019-yildan boshlab doimiy | |||
|
3. Jahon miqyosida tan olingan ilmiy va taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilar, doktorantlarning ilmiy stajirovkalarini tashkil etish. |
2019-yildan boshlab doimiy | |||
|
4. Yoshlarni ilmiy-tadqiqotning zamonaviy metodlari bilan tanishtirish, ularga xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar va ilmiy adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish, ularning ilmiy faoliyatini metodik qoʻllab-quvvatlash maqsadida oliy taʼlim muassasalarida “doktorantura maktablari”ni tashkil etish. |
2019-yil dekabr | |||
|
25. |
Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining kasbiy bilim va malakalarini oshirishda xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish. |
1. Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining oʻquv jarayonlariga xorijiy mutaxassislar, olimlar va oʻqituvchilarni tizimli ravishda jalb qilish rejalarini ishlab chiqish. 2. Rivojlangan davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida har yili respublika oliy taʼlim muassasalarining salohiyati va ilmiy-pedagog kadrlari soniga muvofiq yoshlarni magistraturada va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda oʻqitish yoki ilmiy ishlar himoyalarini oʻtkazish boʻyicha aniq manzilli dastur ishlab chiqish. |
2019-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
3. Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida dars berayotgan professor-oʻqituvchilarning rivojlangan xorijiy davlatlar yetakchi oliy taʼlim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish reja-grafiklarini oʻquv yili uchun ishlab chiqish. |
har yili avgust oyida | |||
|
26. |
Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimi, muqobil shakllarini, jumladan masofaviy taʼlim texnologiyalariga asoslangan axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish. |
Oliy taʼlim muassasalarining pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimi, muqobil shakllarini, jumladan masofaviy taʼlim texnologiyalariga asoslangan axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. Muqobil shakllarni, jumladan masofaviy taʼlim texnologiyalariga asoslangan tizim joriy etish boʻyicha axborot-metodik va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish. |
2019-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) |
|
V. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, oliy taʼlim jarayonlarini axborotlashtirish | ||||
|
27. |
Oliy taʼlim tizimida maʼlumotlar ochiqligini taʼminlash, sohada hamda oliy taʼlim muassasalarida yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida jamoatchilikni, jumladan xalqaro miqyosda xabardor qilish maqsadida internet tarmogʻida Respublika oliy taʼlim muassasalari rasmiy veb-saytlarini takomillashtirish. |
1. Oliy taʼlim muassasalari rasmiy veb-saytlarini “Webometrics” xalqaro universitetlar veb-saytlari reytingi talablarini inobatga olgan holda oliy taʼlim muassasalari reytingini oshirish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish. |
2019-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Oliy taʼlim muassasalari rasmiy veb-saytlarini “Webometrics” xalqaro universitetlar veb-saytlari reytingi talablari asosida qayta ishlab chiqish va maʼlumotlar bilan boyitish. |
2019-yil sentabr | |||
|
28. |
Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimini ishlab chiqish. |
1. Oliy taʼlim muassasalarida axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini shakllantirish hamda ularni bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2019-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Oliy taʼlim tizimi xodimlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash, xususan oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimidan foydalanish boʻyicha malakalarini oshirishga qaratilgan seminarlar tashkil etish. |
2019-yil sentabr | |||
|
29. |
Taʼlim jarayoniga “Bulutli texnologiyalar”ni joriy etish. |
1. “Bulutli texnologiyalar”ni tatbiq etish sohasida xorijiy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribalarini oʻrganish. |
2019-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Taʼlim jarayoniga “Bulutli texnologiyalar”ni bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2019-yil | |||
|
3. Oliy taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirokida “Bulutli texnologiyalar”dan taʼlim jarayonida foydalanish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish. |
2019-yil | |||
|
VI. Oliy taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish, moliyaviy barqarorlikni taʼminlash, mehnatga haq toʻlash tizimini takomillashtirish, moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash | ||||
|
30. |
Xorijiy tajribani oʻrganish asosida salohiyatli oliy taʼlim muassasalarini tanlab, bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish tartibini joriy qilish. |
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish: oliy taʼlim muassasalarini oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish bosqichlari; oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkaziladigan oliy taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash uchun davlat buyurtmalarini (grant oʻrinlarini ajratish) joylashtirish va ularni tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlarini ajratish tartibi; oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkaziladigan oliy taʼlim muassasalariga kadrlar tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan maqsadli mablagʻ yoʻnaltirish tartibi; oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkaziladigan oliy taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlashni monitoring va sifatini nazorat qilish tartibi. 2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
31. |
Oliy taʼlim muassasalari, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari oshirilishini taʼminlash. |
1. Oliy taʼlim muassasalari, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2019-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil oktabr | |||
|
32. |
Oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya toʻplamlari bilan jihozlash. |
1. Jahon banki loyihasi doirasida oliy taʼlim muassasalari uchun oʻquv-laboratoriya toʻplamlarini xarid qilish va oʻrnatish. |
2019-yil avgust — dekabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalaridan foydalanish boʻyicha oʻquv-seminarlarni tashkil etish. |
2020-yil fevral | |||
|
33. |
Faoliyati tugatilayotgan akademik litseylar bino va inshootlaridan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash. |
Faoliyati tugatilayotgan akademik litseylar bino va inshootlaridan samarali foydalanish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish. |
2019-yil iyul |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev) |
|
34. |
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagog, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari boʻyicha taklif kiritish. |
1. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagog, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
2019-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev) |
|
2. Ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil oktabr | |||