11.07.2019 yildagi PQ-4391-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.12.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PF-5763-son “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim sohasida zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarini chuqur oʻzlashtirgan kadrlarni tayyorlashning yuqori darajasi va sifatini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansubligidan qatʼi nazar barcha oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, oʻquv-pedagogik va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, mutaxassislar tayyorlash sifati, taʼlim mazmuni va darajasini davlat taʼlim standartlari va malaka talablariga mosligini taʼminlash;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlimning yangi pedagogik texnologiyalari va oʻqitish uslublarini joriy etishning xalqaro amaliyotga muvofiq taʼlim jarayonini tashkil etish, oʻquv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, oʻqitishning zamonaviy shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini joriy etgan holda oʻquv jarayonini sifat jihatidan yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari, fan va ijtimoiy sohani rivojlantirish ehtiyojlarini hisobga olgan holda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, ishlab chiqarish va boshqa korxonalarda talabalar amaliyotini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlimning maʼnaviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, yoshlarni mustaqillik gʻoyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak maʼnaviy gʻoyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yot gʻoya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarishning oʻzaro mustahkam integratsiyasini taʼminlash, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish hamda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarini zimmasiga yuklangan vazifalarni yuqori professional darajada bajarishga qodir rahbar va pedagog kadrlar bilan taʼminlash, ularni tizimli ragʻbatlantirish choralarini koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimini tashkil etish va takomillashtirish, ularning kasbiy mahorati sifati va darajasini muntazam oshirib borishi uchun sharoitlar yaratish, xorijiy davlatlarda malaka oshirish va stajirovka oʻtashni tashkil etish;
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali talabalar, oʻqituvchilar va yosh tadqiqotchilarning jahon taʼlim resurslari, ilmiy adabiyotlar elektron katalogi va maʼlumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, hamkorlikdagi qoʻshma oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim dasturlarini amalga oshirish, sohada erishilgan yutuqlarni xalqaro miqyosda keng yoritish;
(1-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflari, ilgʻor xorijiy tajriba, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy oʻzgarishlarni hisobga olgan holda professional taʼlim muassasalarida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash uchun oʻquv rejalari va dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
(1-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv va ilmiy laboratoriya bazalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy asbob uskunalar bilan jihozlash, sport sogʻlomlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tugatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi huzuridagi Kasb-hunar taʼlimi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi huzuridagi Metrologik nazorat xizmati negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oʻquv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-fevraldagi PQ-4593-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2020-y., 07/20/4593/0174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 119 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sifatini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, shuningdek idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar tuzilmasiga belgilangan shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish tashkilotlari, shuningdek xalqaro va xorijiy kompaniyalar yuqori malakali mutaxassis va ekspertlarini konsultant sifatida ishga jalb etish, ularning mehnatiga haq toʻlash va boshqa toʻlovlari miqdorlarini shartnoma asosida mustaqil belgilash huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oliy taʼlim muassasalarining tuzilmalari tegishli oliy taʼlim muassasalari rektorlari (mahalliy oliy taʼlim muassasalari filiallari direktorlari) tomonidan oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat va davlat ulushi mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasasining rektori (xorijiy oliy taʼlim muassasasi filialining mahalliy rektori yoki direktori, ijrochi direktori) boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora rahbarining tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat va davlat ulushi mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasasining prorektorlari (mahalliy oliy taʼlim muassasasining filiali direktori, uning oʻrinbosarlari, xorijiy oliy taʼlim muassasasi direktori oʻrinbosarlari) oliy taʼlim muassasasi rektorining tavsiyasiga asosan boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari) lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor (filial direktorining birinchi oʻrinbosari) lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi;
(7-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari) lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oliy taʼlim muassasalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlari, boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy taʼlim muassasasining rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fakultet dekanlari oliy taʼlim muassasasining rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek Vazirlikka idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar rahbarlari oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) professional taʼlim muassasalari:
(7-bandining “e” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direktorlari boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direktorining oʻrinbosarlari boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda professional taʼlim muassasalari direktori tomonidan, shuningdek akademik litsey direktori oʻrinbosarlari oliy taʼlim muassasasi rektori bilan kelishilgan holda akademik litsey direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(7-bandining “e” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlari moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qaroriga asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2020-yildan boshlab taʼlim xizmatlari bozorida oliy taʼlim muassasalarining ayrim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga talab yuqoriligi va moliyaviy barqarorligini inobatga olib, ularni bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda oliy taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish tartibini 2019-yil 1-sentabrga qadar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy taʼlim muassasalariga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini oshirish maqsadida xodimlarga ustamalar va moddiy ragʻbatlantirishning boshqa turlari miqdorlarini mustaqil belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) iqtidorli, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan boʻlgan talabalarni moddiy ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) saqlash xarajatlari, vazifa va majburiyatlarni bajarish, oʻqitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy etish hamda xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, dasturiy taʼminotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, oʻquv va ilmiy laboratoriyalar hamda sarflanadigan laboratoriya materiallarini (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa obyektlar), shu jumladan kitoblar, jurnallar, oʻquv adabiyotlari xarid qilish va chop ettirish uchun mablagʻlarni mustaqil sarflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oliy taʼlim muassasasi infratuzilmasiga servis xizmatlari koʻrsatishning alohida turlari, jumladan bino va inshootlar, talabalar turar joylari, sport obyektlaridan foydalanish, ularni tozalash, taʼmirlash, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya tarmoqlarini saqlash va yuridik xizmatlar koʻrsatishni autsorsing shartlarida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati, uning moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini inobatga olib, talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarini belgilash, yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasini oʻzini oʻzi toʻliq moliyaviy taʼminlash miqdoridan kelib chiqib, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini belgilash.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, shuningdek, davlat oliy taʼlim muassasalariga ularning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xalqaro eʼtirof etilgan reyting tashkilotlari (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) bilan oliy taʼlim muassasasini xalqaro reytingga kiritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Vazirlik hamda tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda har bir oliy taʼlim muassasasining yoʻnalishi va xususiyatidan kelib chiqqan holda ularning jihozlanishi alohida yondashuvni talab etayotganligini inobatga olib, Investitsiya dasturlari doirasida oʻquv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya vositalari va boshqa texnikalar bilan jihozlash uchun ajratiladigan mablagʻlarni toʻgʻridan-toʻgʻri oliy taʼlim muassasalariga moliyalashtirish orqali ular tomonidan oʻrnatilgan tartibda xaridlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar uchun kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddatlari oliy taʼlim muassasasi rektori (mahalliy oliy taʼlim muassasasining filiali direktori) tomonidan uzaytiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahalliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro kelishuvi doirasida amalga oshirilayotgan qoʻshma taʼlim dasturlari, jumladan qoʻshma fakultetlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarni qabul qilish tartibi, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati hamda mahalliy va xorijiy professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash miqdorlari hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan kelishuv asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqishga qabul qilish parametrlari, taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini tasdiqlash hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari, boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda oliy taʼlim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) talaba-yoshlar oʻrtasida sport musobaqalarini keng ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida oliy taʼlim muassasalari sport klublarini saqlash, sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ishtirokchilarni kiyim-kechak bilan taʼminlashni moliyalashtirish oliy taʼlim muassasalarining toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat-xususiy sheriklik boʻyicha oliy taʼlim muassasalarida talabalar turar joylarini barpo etish loyihalari tadbirkorlik subyektining toʻliq oʻz mablagʻlari hisobidan belgilangan shartlar asosida moliyalashtirilgan hollarda qurilgan bino va inshootlarning (bundan yer maydoni, bino va inshootlarning umumiy foydalanishga moʻljallangan kommunikatsiya tarmoqlari egallagan qismi mustasno) 20 foizidan oshmagan qismi qonunchilikda taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun mahalliy xususiy sherikka mulk huquqi asosida oʻtkaziladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/208/0311-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 2025-yil 1-yanvarga qadar:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha tibbiyot yoʻnalishidagi oʻquv simulyatsion asbob-uskunalar, shuningdek, oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar doirasida oliy taʼlim muassasalari va ular huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini taʼminlash uchun olib kelinadigan kitoblar, jurnallar, oʻquv adabiyotlari, dasturiy taʼminotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, oʻquv va ilmiy laboratoriyalar hamda sarflanadigan laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa obyektlar) bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
(12-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-283-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/283/0537-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro kelishuv boʻyicha qoʻshma dasturlar (fakultetlar va akademik dasturlar) hamda filiallar (markazlar) shaklida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻygan chet el oliy taʼlim muassasalari ularning Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirayotgan oliy taʼlim faoliyati doirasida olingan daromadlari boʻyicha barcha turdagi soliqlar, shuningdek chet ellik xodimlarning mehnatiga haq toʻlash fondi qismi boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlov toʻlashdan ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 11-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4391-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Davlat oliy taʼlim muassasalari

Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi

1. Andijon davlat pedagogika instituti

2. Andijon davlat universiteti

3. Andijon davlat chet tillari instituti

4. Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti

5. Andijon mashinasozlik instituti

6. Buxoro davlat pedagogika instituti

7. Buxoro davlat universiteti

8. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

9. Guliston davlat universiteti

10. Guliston davlat pedagogika instituti

11. Jizzax davlat pedagogika universiteti

12. Jizzax politexnika instituti

13. Qarshi davlat universiteti

14. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

15. Qoraqalpoq davlat universiteti

16. Qoʻqon davlat pedagogika instituti

17. Navoiy davlat pedagogika instituti

18. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

19. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti

20. Namangan davlat universiteti

21. Namangan davlat pedagogika instituti

22. Namangan davlat chet tillari instituti

23. Namangan muhandislik-qurilish instituti

24. Namangan muhandislik-texnologiya instituti

25. Namangan toʻqimachilik sanoati instituti

26. Nukus davlat pedagogika instituti

27. Samarqand davlat universiteti

28. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti

29. Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

30. Samarqand davlat universitetining Kattaqoʻrgʻon filiali

31. Samarqand davlat chet tillar instituti

32. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

33. Termiz davlat pedagogika instituti

34. Termiz davlat universiteti

35. Termiz muhandislik-texnologiya instituti

36. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

37. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

38. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali

39. Toshkent davlat texnika universiteti

40. Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali

41. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali

42. Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

43. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

44. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti

45. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

46. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

47. Toshkent kimyo-texnologiya instituti

48. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

49. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

50. Toshkent moliya instituti

51. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti

52. Oʻzbekiston Milliy universiteti

53. Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

54. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

55. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

56. Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti

57. Urganch davlat universiteti

58. Urganch davlat pedagogika instituti

59. Fargʻona davlat universiteti

60. Fargʻona politexnika instituti

61. Chirchiq davlat pedagogika universiteti

62. Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi

Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Pedagogik innovatsiyalar, professional taʼlim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Oʻquv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari

 

Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi

Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi

Professional taʼlim muassasalari

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

 

Vazirlik hayʼati

Vazir

Vazir yordamchisi

Vazirning birinchi oʻrinbosari

Vazirning professional taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Vazirning fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari

Vazirning yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchi

Ijro apparati

2

Taʼlim standartlari va normativ taʼminoti departamenti

1

Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi

1

Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish

boshqarmasi

4

Professional taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti*

Iqtisodiyot boshqarmasi

1

Oliy va professional taʼlim integratsiyasini taʼminlash boʻlimi

2

Taʼlim jarayonini tashkil etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi

1

Oliy taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti

1

Ilmiy va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish boʻlimi

3

Moliyalashtirish, iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish boʻlimi

3

Axborot xizmati

3

Oʻquv-normativ hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish boʻlimi

4

Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi

1

Oliy taʼlimning meʼyoriy-uslubiy taʼminoti boʻlimi

2

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirish boʻlimi

3

Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini tashkil etish boshqarmasi

3

Oʻquv-metodik taʼminotni tashkil etish boʻlimi

3

Texnik taʼminot va ekspluatatsiya boʻlimi

2

Iqtidorli yoshlarni saralash, akademik litseylar va ixtisoslashgan taʼlim muassasalari boʻlimi

3

Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi

2

Malaka oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish boshqarmasi

3

Kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish boshqarmasi

1

Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va taʼlim xizmatlari bozorini tahlil qilish boʻlimi

2

Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi

4

Ijro intizomi va tahlil boʻlimi

3

Xalqaro aloqalar boshqarmasi

4

Taʼlim sifatini baholash va monitoring qilish boʻlimi

3

Raqamli rivojlanish

boshqarmasi

4

Devonxona

1

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi

2

Akademik mobillik, talabalar amaliyoti va bitiruvchilar monitoringi boʻlimi

3

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi

1

Pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish boʻlimi

3

Yuridik boshqarma

2

Ichki audit xizmati

18

Mehnat bozori tahlili va amaliyotni tashkil etish boshqarmasi

1

Xorijiy talabalar va taʼlim dasturlari boʻlimi

2

Investitsiya loyihalarini shakllantirish boʻlimi

3

Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi

1

Ishlab chiqarish va mehnat bozori ehtiyojlari monitoringi boʻlimi

3

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻlimi**

3

Maxfiy-safarbarlik boʻlimi

1

Ish beruvchi korxonalar bilan hamkorlik va amaliyotni tashkil etish boʻlimi

3

 

Maʼnaviy-maʼrifiy

ishlar boshqarmasi

5

Dual taʼlimni tashkil etish va moddiy-texnik bazani takomillashtirish boshqarmasi

1

 

Moddiy-texnik bazani rivojlantirish boʻlimi

3

Dual taʼlimni rivojlantirish boʻlimi

3

Ishlar boshqarmasi

2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlari umumiy soni — 134 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining professional taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida Professional taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Oliy taʼlim muassasalarining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/284/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarining namunaviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Boshqarma boshligʻi

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

Bosh yuriskonsult

1

Ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish va dual taʼlimni rivojlantirish boʻlimi

3-4

Bosh hisobchi

1

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha mutaxassis

1

Taʼlim muassasalarini oʻquv-metodik taʼminlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi

1 — 3

Kadrlar boʻyicha inspektor

1

Professional taʼlim muassasalariga metodik koʻmaklashish boʻyicha maslahatchilar — metodistlar xizmati

4 — 6

Texnik taʼminot va ekspluatatsiya boʻyicha mutaxassis

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami — 15 — 20 nafar, shundan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 10 — 12 nafar, ishlab chiqarish xodimlari — 4 — 6 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 204 nafar, shundan boshqaruv xodimlari soni — 140 nafar.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/284/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sifatini oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks chora-tadbirlar rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Masʼul ijrochilar

I. Yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrovini kengaytirish, oliy taʼlim sifatini va yuqori malakali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish

1.

Yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish.

1. Yangi oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan xorijiy oliy taʼlim muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yangi oliy taʼlim muassasalarini tashkil etish orqali yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish.

2. Hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma fakultetlar va ikki tomonlama diplom berish dasturlarini tashkil etish.

3. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning joriy va istiqbolli rivojlanish dasturlarining talab-ehtiyojlari asosida, birinchi navbatda, yuqori va innovatsion texnologiyalar sohasida yangi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozorining oʻzgaruvchan talablari hamda kadr isteʼmolchilarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari oʻquv reja va fan dasturlarini takomillashtirib borish.

1. Kadr buyurtmachilari bilan hamkorlikda oʻquv dasturlarini chuqur tahlil qilish.

har yili

mart-aprel oylari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Yangilangan oʻquv dasturlarini belgilangan tartibda tasdiqlash va taʼlim jarayoniga tatbiq etish.

har yili avgust oyi

3.

Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari fanlari boʻyicha zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlar yaratish samaradorligini oshirish.

1. Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari fanlari boʻyicha xorijiy oliy taʼlim muassasalari amaliyotiga joriy etilgan oʻquv adabiyotlarini xarid qilish va zamonaviylarini yaratish.

2. Yaratilgan adabiyotlarning tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarida taʼlim olayotgan talabalar hamda dars berayotgan professor-oʻqituvchilar ishtirokida taqdimotlarini oʻtkazish.

doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

4.

Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida oliy taʼlim muassasalarining oʻquv rejalarini kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich oʻtkazish mexanizmlarini ishlab chiqish.

1. Ilgʻor xorijiy va mahalliy tajribalar asosida kredit-modul tizimini tahlil qilish va kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich oʻtkazish mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil qilish.

2019-yil

avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Ilgʻor xorijiy va mahalliy tajribalar asosida kredit-modul tizimini tahlil qilish.

2019-yil sentabr

3. Oliy taʼlim muassasalari oʻquv rejalarini kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich oʻtkazish mexanizmlarini ishlab chiqish.

2019-yil oktabr

4. Oliy taʼlim muassasalari oʻquv rejalarini kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich oʻtkazish.

tasdiqlangan grafik asosida

5.

Oliy taʼlim muassasalari pedagog va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari, shuningdek taʼlim muassasalari hamda jismoniy shaxslarning ehtiyojlariga muvofiq kadrlarni tezkor qayta tayyorlash kurslarini toʻlov-shartnoma asosida, shaxsiy reja, masofaviy, guruhlarda oʻqitish dasturlarini joriy etish orqali tashkil etish.

1. Iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari, shuningdek taʼlim muassasalari hamda jismoniy shaxslarning ehtiyojlariga muvofiq kadrlarni tezkor qayta tayyorlash kurslarining meʼyoriy hujjatlarini ishlab chiqish va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda mustaqil tasdiqlash.

2019-yil sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik

va idoralar

2. Qayta tayyorlash kurslari muddatlaridan kelib chiqqan holda toʻlov miqdorlarini belgilash va shartnomalarni rasmiylashtirish.

Doimiy

6.

Kasb-hunar kollejlari rahbar, pedagog kadrlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirish.

Kasb-hunar kollejlari rahbar, pedagog kadrlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi hujjat ishlab chiqish va unda quyidagilarni inobatga olish:

mustaqil ish natijalari, oʻz ustida ishlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarini bilish darajasi, turli tanlovlarda ishtirok etish va boshqa kasbiy faoliyatida erishgan yutuqlarini oʻzida aks ettirgan elektron portfolio tizimini malaka oshirish oʻquv jarayonlariga joriy etish;

malaka oshirish jarayonlarini tashkil etishda masofaviy taʼlim va vebinar texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish;

kasb-hunar kollejlari rahbar, pedagog kadrlarining malakasini oshirish hamda kasbiy faoliyati natijalari monitoringini olib borishning elektron tizimini yuritish.

2019-yil

sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov)

7.

Respublika oliy taʼlim muassasalari taʼlim xizmatlari eksporti hamda investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro hamkorlik boʻyicha axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

1. Respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlari va imkoniyatlari haqida xorijda taqdimotlar va axborotlarni
namoyish etish orqali xorijiy fuqarolarni
jalb qilish.

har yili

yanvar — may oylari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi

(A. Komilov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Eng koʻp xorijiy fuqarolar tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasalari yotoqxonalarini xatlovdan oʻtkazish.

2019-yil sentabr

3. Xatlov natijalariga koʻra qoʻshimcha joylashtirish vositasiga ehtiyoji yuqori boʻlgan oliy taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish.

2019-yil oktabr

II. Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, samarali boshqaruv tizimini joriy etish

8.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov)

9.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparati boʻlinmalari, vazirlik huzuridagi tashkilotlar, hududiy boshqarmalar faoliyatini belgilovchi hujjatlarni ishlab chiqish
va tasdiqlash.

1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparati boʻlinmalari nizomlari, faoliyati
qayta tashkil etilgan vazirlik huzuridagi tashkilotlar va hududiy boshqarmalarning ustavlari, lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish va tasdiqlanishini taʼminlash.

2. Pedagogik innovatsiyalar va kasb-hunar taʼlimi oʻqituvchilari malakasini oshirish instituti, Oʻquv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati faoliyati yangi tashkil etilganligi munosabati bilan qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

10.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri vakolatiga kiruvchi rahbar va xodimlarni lavozimga tayinlash hamda lavozimidan ozod etishning samarali va shaffof tizimini joriy etish.

1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi rahbar va xodimlarni lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

2. Yangi tuzilmalarga muvofiq Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparati, tizimdagi tashkilotlar, hududiy boshqarmalar va taʼlim muassasalarini zamonaviy bilimlarga ega malakali mutaxassislar bilan toʻldirib borish.

doimiy

11.

Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririni bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish.

1. Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va mazkur nizomda oliy taʼlim muassasalari turlarini farqlovchi aniq mezonlarni belgilash.

2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil noyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibini takomillashtirish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini takomillashtirish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:

pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish jarayonini soddalashtirish;

pedagog xodimlar lavozimi uchun belgilangan besh yillik muddatni qayta koʻrib chiqish.

2019-yil

sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev)

2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil

oktabr

13.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi faoliyatini takomillashtirish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Markaz boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish;

Markazni joylashtirish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

2019-yil sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Markaz nizomini (ustavini) ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil oktabr

14.

Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririni bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish.

1. Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil noyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi xodimlari mehnatini munosib ragʻbatlantirish tizimini yaratish.

1. “Oliy taʼlim fidoyisi” hamda “Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishonlarini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)

2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil oktabr

III. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, sportni keng targʻib qilish va rivojlantirish

16.

Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida tarbiyaviy ahamiyatni kuchaytirish, talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, mamlakatimiz tarixi va milliy qadriyatlarga hurmat, yot gʻoyalarga qarshi turish, diniy bagʻrikenglik va insoniylik tuygʻularini shakllantirish choralarini koʻrish.

Talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, mamlakat tarixi va milliy qadriyatlarga hurmat, yot gʻoyalarga qarshi turish, diniy bagʻrikenglik va insoniylik tuygʻularini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil

avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

17.

Talaba-yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni keng targʻib qilish hamda sport musobaqalarini ommalashtirish va rivojlantirish.

1. Sport musobaqalari final bosqichlarini tashkil etish va oʻtkazishni nazarda tutuvchi meʼyorlarni takomillashtirish.

2019-yil sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

2. Sportning ommaviy turlari boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari musobaqalarini tashkil etib, ular oʻrtasida chempionatlar oʻtkazib borish.

doimiy

18.

Talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularda yuksak axloqiy sifatlarni shakllantirish, kasbiy kompetentlik bilan insoniy fazilatlarni uygʻunlashtirish, professor-oʻqituvchilarning tarbiyaviy masʼuliyatini oshirish, taʼlim va tarbiya uygʻunligini amalda taʼminlashga qaratilgan Talaba-yoshlarning maʼnaviy-axloqiy ongini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

1. Konsepsiyani tayyorlash boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish, konsepsiya loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil

iyul-avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Konsepsiyani amaliyotga tatbiq etish va targʻib qilish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar dasturini tasdiqlash.

2019-yil

sentabr

3. Oliy taʼlim muassasalarida mazkur Konsepsiya asosida ishlarni tashkil etish va monitoringini yoʻlga qoʻyish.

doimiy

19.

Oʻquvchi-talabalarni turli axborot xurujlari, radikal gʻoyalar va yot mafkuralardan himoya qilish, ularni Vatan manfaati yoʻlida birlashtirish maqsadida talaba-yoshlardan iborat tarkibda “Blogerlar klubi”ni tashkil etish.

1. Ishchi guruh tuzish, klub nizomi va chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2019-yil

avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Klub faoliyatini yoʻlga qoʻyish, uning moddiy-texnik bazasini shakllantirish.

2019-yil

sentabr

3. Klubni doimiy faoliyat yurituvchi malakali mutaxassislar bilan taʼminlash.

2019-yil oktabr

4. Blogerlar bilan davra suhbatlari oʻtkazish reja-grafigini tasdiqlash va oʻtkazib borish.

doimiy

20.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari, kollej va akademik litsey oʻquvchilari hamda keng jamoatchilikni dunyoda, Oʻzbekistonda roʻy berayotgan ijtimoiy-siyosiy, yoshlar, xususan talabalar hayotiga oid voqealar, taʼlim tizimidagi yangiliklar va qiziqarli faktlardan tezkor va toʻgʻri xabardor qiluvchi, zamonaviy, qulay va yoshlarbop tarzda yetkazib beruvchi hamda talaba-yoshlarning Internet jahon axborot tarmogʻidagi vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etishga moʻljallangan virtual maydoncha — veb-sayt yaratish.

1. Veb-sayt yaratish (dasturlash, dizaynini ishlab chiqish va boshqalar).

2019-yil avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Veb-saytni ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish.

2019-yil sentabr

3. Oliy taʼlim muassasalari talabalari, kollej va akademik litsey oʻquvchilari bilan veb-sayt oʻrtasida ijodiy hamkorlik oʻrnatish.

2019-yil oktabr

4. Oʻzbekistonda oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida hamda boshqa sohalarda roʻy berayotgan ijtimoiy-siyosiy yangiliklarni yoritib borish, islohotlarni targʻib qilish.

doimiy

IV. Ilmiy salohiyatni oshirish, fan, taʼlim, ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish va innovatsion faoliyatni rivojlantirish

21.

Doktorlik (tayanch doktorlik) ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoyalar tizimini joriy qilish.

Doktorlik dissertatsiya tadqiqotlari natijalarini amaliyotga tezkor joriy etilishini taʼminlash, yoshlarning ilmiy faoliyatga qiziqishlarini oshirish va ragʻbatlantirish, ilmiy faoliyat nufuzini koʻtarish maqsadida doktorlik (tayanch doktorlik) ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoyalar tizimini joriy etish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2019-yil

sentabr

Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

22.

Oliy taʼlim muassasalari ilm-fan faoliyati moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va axborot-metodik taʼminotini yaxshilash.

1. Xalqaro darajada ilmiy tajriba sinovlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan noyob ilmiy-texnikaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 7 ta jamoaviy foydalaniladigan laboratoriyalar faoliyatini tashkil etish.

2019 — 2021-yillar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

2. Jahon banki mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilayotgan akademik innovatsiyalar fondi loyihalari doirasida oliy taʼlim muassasalari ilmiy laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

2020-yildan boshlab

doimiy

3. Ilmiy nashrlarning soni, iqtiboslilik indeksi, xalqaro konferensiya va seminarlardagi faolligi koʻrsatkichlari boʻyicha ilgʻor oliy taʼlim muassasalarini QS, TNE kabi jahonning nufuzli reyting agentliklari roʻyxatiga kirishlarini qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish.

2019-2020-yillar

4. Fan va texnikaning zamonaviy yutuqlari toʻgʻrisidagi toʻliq va zamonaviy axborotlar bilan taʼminlash uchun xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidan foydalanishni taʼminlash, yuqori reytingli xalqaro ilmiy nashrlarda ilmiy ishlarni chop etganligi uchun mualliflar va oliy taʼlim muassasalarini ragʻbatlantirish tizimini yaratish.

2019-yil dekabr

5. Xalqaro talablarga javob beradigan respublika ilmiy jurnallarini bosqichma-bosqich xalqaro tan olingan ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalarida qayd etilishi va indeksatsiyalanishini taʼminlash.

2020-yildan boshlab doimiy

23.

Oliy taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasini rivojlantirish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash.

1. Xalqaro va respublika miqyosidagi turli innovatsiya loyihalari tanlovlari, start-aplar, ilmiy konferensiyalar, seminarlar tashkil etish.

2019-yildan boshlab doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Yetakchi oliy taʼlim muassasalari tarkibida iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining innovatsion rivojlanishini ilmiy-texnologik prognozlashtirishni taʼminlash uchun forsayt markazlarini tashkil etish.

2020 — 2022-yillar

3. Oliy taʼlim muassasalarining innovatsion infratuzilmasini (tijoratlashtirish boʻlimlari, innovatsion jamgʻarmalar, texnoparklar, transfer texnologiyalar markazlari, akseleratorlar va boshqalar) rivojlantirish.

2020 — 2022-yillar

4. Ishlab chiqarish korxonalari va xorijiy yetakchi ilmiy markazlar va universitetlar bilan hamkorlikdagi ishlab chiqarish ilmiy-oʻquv klasterlarini tashkil etish.

2020 — 2022-yillar

24.

Yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibining ilmiy salohiyatini oshirish, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash faoliyatini rivojlantirish.

1. Iqtidorli yoshlarda innovatsion fikrlashni rivojlantirish boʻyicha maxsus dasturlar ishlab chiqish (matematik modellashtirish, sunʼiy intellekt usullaridan foydalanish va kommunikativ koʻnikmalarga ega boʻlish, xorijiy tillarni bilish) hamda real iqtisodiyotda mavjud muammolarni hal etish boʻyicha muayyan ilmiy-texnikaviy loyihalarni ishlab chiqishda ularning ishtirokini taʼminlash.

2019-yildan boshlab doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Xorijda doktoranturada tahsil olishni tashkillashtirish hisobiga yoshlarni doktoranturada oʻqish imkoniyatini kengaytirish.

2019-yildan boshlab doimiy

3. Jahon miqyosida tan olingan ilmiy va taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilar, doktorantlarning ilmiy stajirovkalarini tashkil etish.

2019-yildan boshlab

doimiy

4. Yoshlarni ilmiy-tadqiqotning zamonaviy metodlari bilan tanishtirish, ularga xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar va ilmiy adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish, ularning ilmiy faoliyatini metodik qoʻllab-quvvatlash maqsadida oliy taʼlim muassasalarida “doktorantura maktablari”ni tashkil etish.

2019-yil

dekabr

25.

Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining kasbiy bilim va malakalarini oshirishda xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish.

1. Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining oʻquv jarayonlariga xorijiy mutaxassislar, olimlar va oʻqituvchilarni tizimli ravishda jalb qilish rejalarini ishlab chiqish.

2. Rivojlangan davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida har yili respublika oliy taʼlim muassasalarining salohiyati va ilmiy-pedagog kadrlari soniga muvofiq yoshlarni magistraturada va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda oʻqitish yoki ilmiy ishlar himoyalarini oʻtkazish boʻyicha aniq manzilli dastur ishlab chiqish.

2019-yil sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

3. Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida dars berayotgan professor-oʻqituvchilarning rivojlangan xorijiy davlatlar yetakchi oliy taʼlim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish reja-grafiklarini oʻquv yili uchun ishlab chiqish.

har yili

avgust oyida

26.

Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimi, muqobil shakllarini, jumladan masofaviy taʼlim texnologiyalariga asoslangan axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish.

Oliy taʼlim muassasalarining pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimi, muqobil shakllarini, jumladan masofaviy taʼlim texnologiyalariga asoslangan axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Muqobil shakllarni, jumladan masofaviy taʼlim texnologiyalariga asoslangan tizim joriy etish boʻyicha axborot-metodik va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish.

2019-yil

avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

V. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, oliy taʼlim jarayonlarini axborotlashtirish

27.

Oliy taʼlim tizimida maʼlumotlar ochiqligini taʼminlash, sohada hamda oliy taʼlim muassasalarida yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida jamoatchilikni, jumladan xalqaro miqyosda xabardor qilish maqsadida internet tarmogʻida Respublika oliy taʼlim muassasalari rasmiy veb-saytlarini takomillashtirish.

1. Oliy taʼlim muassasalari rasmiy veb-saytlarini “Webometrics” xalqaro universitetlar veb-saytlari reytingi talablarini inobatga olgan holda oliy taʼlim muassasalari reytingini oshirish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2019-yil

avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Oliy taʼlim muassasalari rasmiy veb-saytlarini “Webometrics” xalqaro universitetlar veb-saytlari reytingi talablari asosida qayta ishlab chiqish va maʼlumotlar bilan boyitish.

2019-yil

sentabr

28.

Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimini ishlab chiqish.

1. Oliy taʼlim muassasalarida axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini shakllantirish hamda ularni bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2019-yil

avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Oliy taʼlim tizimi xodimlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash, xususan oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimidan foydalanish boʻyicha malakalarini oshirishga qaratilgan seminarlar tashkil etish.

2019-yil

sentabr

29.

Taʼlim jarayoniga “Bulutli texnologiyalar”ni joriy etish.

1. “Bulutli texnologiyalar”ni tatbiq etish sohasida xorijiy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribalarini oʻrganish.

2019-yil

avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Taʼlim jarayoniga “Bulutli texnologiyalar”ni bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2019-yil
sentabr

3. Oliy taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirokida “Bulutli texnologiyalar”dan taʼlim jarayonida foydalanish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish.

2019-yil
oktabr

VI. Oliy taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish, moliyaviy barqarorlikni taʼminlash, mehnatga haq toʻlash tizimini takomillashtirish, moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash

30.

Xorijiy tajribani oʻrganish asosida salohiyatli oliy taʼlim muassasalarini tanlab, bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish tartibini joriy qilish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish:

oliy taʼlim muassasalarini oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish bosqichlari;

oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkaziladigan oliy taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash uchun davlat buyurtmalarini (grant oʻrinlarini ajratish) joylashtirish va ularni tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlarini ajratish tartibi;

oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkaziladigan oliy taʼlim muassasalariga kadrlar tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan maqsadli mablagʻ yoʻnaltirish tartibi;

oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkaziladigan oliy taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlashni monitoring va sifatini nazorat qilish tartibi.

2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

31.

Oliy taʼlim muassasalari, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari oshirilishini taʼminlash.

1. Oliy taʼlim muassasalari, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2019-yil

sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil

oktabr

32.

Oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya toʻplamlari bilan jihozlash.

1. Jahon banki loyihasi doirasida oliy taʼlim muassasalari uchun oʻquv-laboratoriya toʻplamlarini xarid qilish va oʻrnatish.

2019-yil

avgust — dekabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalaridan foydalanish boʻyicha oʻquv-seminarlarni tashkil etish.

2020-yil fevral

33.

Faoliyati tugatilayotgan akademik litseylar bino va inshootlaridan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash.

Faoliyati tugatilayotgan akademik litseylar bino va inshootlaridan samarali foydalanish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish.

2019-yil

iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev)

34.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagog, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari boʻyicha taklif kiritish.

1. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagog, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2019-yil

sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev)

2. Ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil

oktabr

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2019-y., 07/19/4391/3411-son; 11.02.2020-y., 07/20/4593/0174-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 03.12.2021-y., 07/21/30/1125-son, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 15.04.2022-y., 07/22/208/0311-son; 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son; 16.06.2022-y., 07/22/283/0537-son; 16.06.2022-y., 07/22/284/0536-son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 28.10.2025-y., 06/25/190/0985-son; 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)