O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining
buyrug‘i
Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 8-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3127-2]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2022-yil 14-iyuldagi 32-sonli “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3380, 15.08.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 21-yanvardagi 16-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3127, 2019-yil 22-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2019-y., 10/19/3127/2525-son) bilan tasdiqlangan Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 8-bandining “a” kichik bandidagi “eng kam oylik ish haqining” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlariga almashtirilsin.
2. Ushbu buyruq 2019-yil 1-sentabrdan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor D. LI
Toshkent sh.,
2019-yil 19-iyun,
111-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3127-2/3389-son)