Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 02.07.2019 yildagi 547-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 03.07.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investorlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya imiji va investitsion jozibadorligini yanada yaxshilash, mamlakatning investitsion salohiyatidan xabardorlikni oshirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashni takomillashtirish va ularga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhini (keyingi oʻrinlarda Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi deb ataladi) eksperiment tariqasida (tajriba loyihasi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlarga Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, respublika iqtisodiy siyosatining asosiy yoʻnalishlari va ustuvorliklari, investitsiya muhiti va tashqi savdo rejimi, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida xolisona axborotni yetkazish maqsadida xorijiy investorlar orasida faol axborot-tushuntirish ishlari olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlarni mamlakatda biznesni yuritish shartlari toʻgʻrisida xabardor qilish, xorijiy va qoʻshma korxonalar tuzish va ular faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlarni Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalari toʻgʻrisida xabardor qilish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalari boʻyicha ularga maslahatlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlatning boshqa tashkilotlari bilan samarali oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy masalalar boʻyicha malakali yordam olishda xorijiy investorlarga koʻmaklashish, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlarni protokol-tashkiliy taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, ularning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi dasturlarini ishlab chiqishda, kelishilgan tashrif dasturiga muvofiq tadbirlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidan Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan xorijiy investorlarning roʻyxatini doimiy asosda olish, shuningdek, ularning oʻz vaqtida qabul qilinishi va kuzatib qoʻyilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlarning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish va doimiy ravishda yangilash, ularning hisobini yuritish, oʻzbekistonlik sheriklar bilan oʻzaro hamkorligini nazorat qilish va monitoring olib borish, hisobotlar tuzilishi va taqdim etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar bilan doimiy aloqani taʼminlash, ular orasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini va xorijiy investorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining investitsion jozibadorligi darajasi idrok etilishini aniqlash yuzasidan soʻrovlar oʻtkazish, mamlakatda investitsiya iqlimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi xorijiy investorlardan tushgan murojaatlar kechiktirilmasdan “business.gov.uz” axborot tizimiga kiritilishini taʼminlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati (keyingi oʻrinlarda Kotibiyat deb ataladi) esa oʻrganish asosida ularni koʻrib chiqish va tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun respublika darajasidagi tegishli vakolatli organga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tadbirkorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalariga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, shuningdek, tumanlar va shaharlardagi tadbirkorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari zarurat boʻlganda hokimliklar va Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspeksiyasi, qurilish, davlat kadastri organlari, bank va boshqa tashkilotlarning hududiy organlari vakillari ishtirokida xorijiy investorlarni qabul qiladilar va ularning masalalarini belgilangan tartibda hal etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlarning respublika darajasida hal etilishi kerak boʻlgan murojaatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli organlar rahbarlari ishtirokida Kotibiyat tomonidan koʻrib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika darajasidagi vakolatli organ yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahridagi tadbirkorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida Kotibiyatni xabardor qiladi, Kotibiyat esa Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi orqali xorijiy investorlarga tegishli axborot taqdim etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi xorijiy investorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish va umumlashtirishda oʻz faoliyatini Kotibiyat bilan yaqin oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi xodimlarining umumiy soni ilovaga muvofiq 10 nafarni tashkil etadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi markaziy apparatining xodimlarini doimiy asosda xizmat safariga yuborish hisobiga shakllantiriladi (Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi rahbari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi oʻz faoliyatini Islom Karimov nomidagi Toshkent shahar xalqaro aeroportining maʼmuriy binosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kecha-kunduz rejimida (almashish asosida) jadval boʻyicha amalga oshiradi (har bir smenada ikki nafar xodim). Bunda, Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhining bir qismi (kunduzgi xodimlarning ikki xodimi) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi binosida joylashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi xodimlariga asosiy ish joyi boʻyicha nazarda tutilgan ish haqi, ustamalar, mukofotlar, taqdirlash puli, martaba darajalari uchun qoʻshimcha haqlar saqlanib qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskorlik, xizmat vazifalari halol va namunali ijro etilganligi uchun Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhining tegishli xodimlariga uning rahbarining taqdimnomasi boʻyicha lavozim maoshiga 20 % miqdorida ustama qoʻllanilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhining rahbari Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi va oʻz faoliyatida unga hisobot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhining rahbari Guruh xodimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va Guruhga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi xodimlari Guruhga yuklangan vazifalarni bajarishda Guruh rahbariga boʻysunadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi rahbarlari bir hafta muddatda amaliy ish tajribasiga, yuksak axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, keng dunyoqarashli, chet tillarini va protokol amaliyotini biladigan vakolatli mutaxassislarni belgilangan tartibda Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi ixtiyoriga xizmat safariga yuborsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bir hafta muddatda Islom Karimov nomidagi Toshkent shahar xalqaro aeroportining maʼmuriy binosidan Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi xodimlarini joylashtirish uchun bepul foydalanish huquqi bilan zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan tegishli xonani ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi uchun bitta xizmat avtotransport vositasi ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi uchun ajratilgan Islom Karimov nomidagi Toshkent shahar xalqaro aeroportining maʼmuriy binosidagi xona zarur mebel, kompyuter texnikasi va inventar bilan jihozlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida saqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari bilan oʻzaro aloqa qilish uchun zarur aloqa vositalari taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha boʻlgan muddatda Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
547-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 547-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlari doimiy asosda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi ixtiyoriga xizmat safariga yuboriladigan vazirliklar va idoralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Vazirlik/idoraning nomi

Koʻmaklashish guruhiga xizmat safariga yuboriladigan xodimlar soni

1.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2

2.

Adliya vazirligi

2

3.

Tashqi ishlar vazirligi

1

4.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

1

5.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi

2

6.

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi

2

HAMMASI:

10

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 09/19/547/3371-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)