Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 3-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1602-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/7-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3428, 20.04.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 15-iyundagi 13/6-son qarori (roʻyxat raqami 1602, 2006-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-iyun,
13/12-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/12-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
2. 2-banddagi “16309 — “Kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar” degan soʻzlar 16309 — “Kreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 3 va 31-bandlardagi “10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot (operatsion) kassalardagi naqd pullar” degan soʻzlar “10111 — Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Quyidagi mazmundagi 411 — 414-bandlar bilan toʻldirilsin:
“411. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida Online-inkassatsiya operatsiyalari amalga oshirilganda:
a) agar mijozga ushbu bank filialida xizmat koʻrsatilsa:
Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Kredit 202XX — “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”
Kredit 45294 — “Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda)
b) agar mijozga ushbu bankning boshqa filialida xizmat koʻrsatilsa:

Kredit 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”

Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”

v) agar mijozga boshqa bank filialida xizmat koʻrsatilsa:

Kredit 202XX — “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”.
412. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi plastik kartalariga naqd pullar kirim qilinganda:
a) agar mijozga ushbu bank filialida xizmat koʻrsatilsa:
Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Kredit 23116 — “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Kredit 45294 — “Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda)
Debet 23116 — “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Kredit 22617 — “Pensionerlarning plastik kartalari boʻyicha majburiyatlar” yoki 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalari boʻyicha majburiyatlar”
b) agar mijozga ushbu bankning boshqa filialida xizmat koʻrsatilsa:
Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Kredit 22214 — “Bosh ofis/filiallarga plastik kartalardan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”
Kredit 45294 — “Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda)
Debet 16113 — “Bosh ofis/filialdan plastik kartalardan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Kredit 23116 — “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Debet 23116 — “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Kredit 22617 — “Pensionerlarning plastik kartalari boʻyicha majburiyatlar” yoki 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalari boʻyicha majburiyatlar”
Debet 22214 — “Bosh ofis/filiallarga plastik kartalardan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”
Kredit 16113 — “Bosh ofis/filialdan plastik kartalardan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
v) agar mijozga boshqa bank filialida xizmat koʻrsatilsa:
Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Kredit 21014 — “Plastik kartalardan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha boshqa banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Kredit 45294 — “Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda)
Debet 10513 — “Plastik kartalardan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Kredit 23116 — “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Debet 23116 — “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Kredit 22617 — “Pensionerlarning plastik kartalari boʻyicha majburiyatlar” yoki 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalari boʻyicha majburiyatlar”
Debet 21014 — “Plastik kartalardan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha boshqa banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Kredit 10513 — “Plastik kartalardan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”.
413. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida jismoniy shaxslarning kreditlari toʻlanganda:
a) agar mijozga ushbu bank filialida xizmat koʻrsatilsa:
Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Kredit 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” yoki 22812 — “Kelgusi davr foizli daromadlari”
Debet 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”
Kredit mijozning ssuda hisobvaragʻi yoki 16309 — “Kreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar” yoxud 16377 — “Shartnoma boʻyicha hisoblab yozilgan, biroq muddatida toʻlanmagan olinishi lozim boʻlgan foizlar”
Debet 22812 — “Kelgusi davr foizli daromadlari”
Kredit 4XXXX — Tegishli daromadlar hisobvaragʻi
b) agar mijozga ushbu bankning boshqa filialida xizmat koʻrsatilsa:
Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Kredit 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”
Debet 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”
Kredit 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (kredit olingan filial)
Debet 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (kredit olingan filial)
Kredit mijozning ssuda hisobvaragʻi yoki 16309 — “Kreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar” yoxud 16377 — “Shartnoma boʻyicha hisoblab yozilgan, biroq muddatida toʻlanmagan olinishi lozim boʻlgan foizlar” yoki 22812 — “Kelgusi davr foizli daromadlari”
Debet 22812 — “Kelgusi davr foizli daromadlari”
Kredit 4XXXX — Tegishli daromadlar hisobvaragʻi.
414. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida boshqa toʻlovlar amalga oshirilsa:
Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Kredit 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”
Debet 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”
Kredit Toʻlovlarni oluvchilarning hisobvaraqlari.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/1602-3/3370-son)