Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-iyundagi 364-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Haj va Umra safariga boruvchi fuqarolarning safaroldi tibbiy tayyorgarligini taʼminlash, tibbiy koʻrikdan sifatli oʻtkazilishini tashkil qilish hamda bu borada ularga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 3-iyul,
551-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 551-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-iyundagi 364-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning barcha bosqichlari (ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil, sil kasalliklari yuzasidan tibbiy koʻrik, emlash va boshqalarni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalarining markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalarida, shuningdek, murakkab va ziddiyatli holatlarda hududiy sogʻliqni saqlash boshqaruv organi tomonidan belgilanadigan markaziy poliklinikalaridan birida bepul amalga oshirishni taʼminlasin”.
2. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Saudiya Arabistoni Haj ishlari vazirligi tomonidan qoʻyilgan tibbiy talablarni va Saudiya Arabistonining iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, ziyoratchilarni oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, emlash va Saudiya Arabistoni Sogʻliqni saqlash vazirligi talablaridan kelib chiqib, ziyoratchilarga emlanganlik toʻgʻrisida tibbiy sertifikatlar taqdim etilishini taʼminlash. Bunda ziyoratchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning barcha bosqichlari (ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil, sil kasalliklari yuzasidan tibbiy koʻrik, emlash va boshqalarni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalarining markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalarida, shuningdek, murakkab va ziddiyatli holatlarda hududiy sogʻliqni saqlash boshqaruv organi tomonidan belgilanadigan markaziy poliklinikalaridan birida bepul amalga oshirilishini taʼminlash”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 09/19/551/3369-son)