Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-iyul,
548-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari roʻyxatida:
a) “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Departament boshligʻi
Departament boshligʻining birinchi oʻrinbosari
Departament boshligʻining oʻrinbosari
Departament boshligʻi yordamchisi
Bosh inspektor
Katta inspektor
Inspektor
Boʻlim boshligʻi
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
Bosh taftishchi
Katta taftishchi
Bosh surishtiruvchi
Katta surishtiruvchi
Maxsus boʻlim katta inspektori
Katta kriminalist
Kriminalist”;
b) “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari
Boshqarma boshligʻi
Boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari
Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari
Boʻlinma boshligʻi
Boʻlim boshligʻi
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
Katta inspektor
Inspektor
Bosh taftishchi
Katta taftishchi
Taftishchi
Bosh surishtiruvchi
Katta surishtiruvchi
Surishtiruvchi
Katta kriminalist
Kriminalist”;
v) “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining tuman (shahar) boʻlimlari” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman (shahar) boʻlimlari
Boʻlim boshligʻi
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
Katta surishtiruvchi
Surishtiruvchi
Katta inspektor
Inspektor”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida:
104-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“104. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan vositachilik savdosi tovarlar bilan vositachilik savdosi qoidalariga muvofiq mazkur Qoidalarning 93-bandiga binoan amalga oshiriladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) 3-bandida:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirdagi birinchi va ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) quyidagi manbalar hisobidan maxsus budjetdan tashqari jamgʻarma tashkil etilishiga ruxsat berilsin:
Departament tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlar natijalari boʻyicha budjetga qoʻshimcha ravishda hisoblangan summalardan ajratmalar va soliq haqidagi qonunlar buzilganligi uchun moliyaviy jazolar hisobiga 40 foiz miqdorida”;
b) quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Departament tomonidan oʻtkazilgan taftishlar va tekshiruvlar natijalari boʻyicha aniqlangan hamda Davlat budjeti va Oʻzbekiston Respublikasining davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadiga undirilgan davlat organlari va tashkilotlari, budjet mablagʻlarini oluvchilar tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy xarajatlarning, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summasining 10 foizi miqdorida”;
v) ikkinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Gerbli guvohnomalar berganlik uchun gerb yigʻimi miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2012-yil 25-apreldagi 119-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 193-modda) 6-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“51 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi va gerbli guvohnomalar va fuqarolik holati yozuvlari blankalarini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga, adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek, FHDY arxivlarining qoʻshimcha shtat birliklarini saqlab turish tadbirlariga;”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 239-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 17-son, 301-modda) bilan tasdiqlangan 2018 — 2020-yillar davrida faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalining 9-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
21-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Ruxsatnoma olish uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi”;
22-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“arizachi ruxsatnoma olish haqidagi arizani Yagona portal orqali berganda — toʻlanadigan yigʻim summasining 10 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga, qolgan mablagʻlar Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasini rivojlantirish Jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi”;
38-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yagona portal orqali — toʻlanadigan yigʻim summasining 10 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga, qolgan mablagʻlar Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasini rivojlantirish Jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi”.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari haqida”gi 2018-yil 31-yanvardagi 70-son qarorida:
2-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablagʻlar, Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari va barcha turdagi yigʻimlar hajmining 20 foizi miqdoridagi mablagʻlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari va barcha turdagi yigʻimlar hajmining 10 foizi miqdoridagi mablagʻlar, mansabdor shaxslar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi buzilganligi uchun qoʻllaniladigan maʼmuriy jarimalar summasi belgilangan tartibda Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi”;
13-bandning 5-kichik bandi oltinchi va yettinchi xatboshilaridagi “davlat organlari va boshqa tashkilotlar” soʻzlaridan keyin “, shu jumladan xoʻjalik boshqaruv organlari, uy-joy kommunal va foydalanish xoʻjaligi tashkilotlari” soʻzlari qoʻshilsin;
471-bandning uchinchi xatboshidagi “qoʻshimcha haq toʻlash,” soʻzlaridan keyin “qoʻshimcha shtat birliklarini saqlab turish,” soʻzlari qoʻshilsin;
48-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablagʻlar, Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari va barcha turdagi yigʻimlar hajmining 20 foizi miqdoridagi mablagʻlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari va barcha turdagi yigʻimlar hajmining 10 foizi miqdoridagi mablagʻlar”;
53-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“FHDY arxivlari mudirlari lavozim maoshlari, lavozim maoshlariga qonun hujjatlarida belgilangan ustamalar (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti) miqdori, mukofotlash va moddiy yordam koʻrsatish shartlari boʻyicha Agentlikning hududiy boshqarmalari boʻlimlari boshliqlariga tenglashtiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-martdagi 238-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Anketaga zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va kiritgandan soʻng arizachi uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin”;
10-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Anketada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi”;
2-ilovadagi “Arizachining elektron raqamli imzosi (ERI)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Anketaga zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va kiritgandan soʻng arizachi uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin”;
13-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Anketada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi”;
2-ilovadagi “Arizachining ERI” soʻzlari chiqarib tashlansin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2018-yil 31-martdagi 256-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/555/0848-son)
b) 2-ilovada:
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Isteʼmolchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq HGKning bank hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq HGKning bank hisob raqamlariga oʻtkaziladi”;
13-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi”;
30-bandga quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin”;
“32. HGK va Byuro soʻrovnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida joyning oʻziga chiqib, tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash ishlarini amalga oshiradi va bu haqda uch nusxada dalolatnoma tuzadi.
Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash qoʻshma tasdiqlangan jadvallar asosida oldindan belgilangan vaqtda amalga oshiriladi.
33. Tabiiy gazni hisobga olish pribori plombalangan kunning oʻzida HGK rasmiylashtirilgan gaz taʼminoti shartnomasini, Byuro tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasini elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi.
34. Davlat xizmatlari markazi rasmiylashtirilgan gaz taʼminoti shartnomasi va plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma kelib tushgandan soʻng bir soat ichida bu haqida isteʼmolchini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi”;
quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Shartnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
1-ilovaning III bobi 5-bosqichidagi “oʻzining ERIsi bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“I. (jismoniy) Isteʼmolchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot”dagi 2, 5 va 8-bandlar, “I. (yuridik) Isteʼmolchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot”dan 2, 4 — 10-bandlar chiqarib tashlansin;
“Isteʼmolchining ERI” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4-ilovadagi “Isteʼmolchining ERI” soʻzlari chiqarib tashlansin.
v) 3-ilovada:
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Isteʼmolchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar teng miqdorda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi va issiqlik taʼminoti korxonasining bank hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;
qolgan mablagʻlar teng miqdorda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi va issiqlik taʼminoti korxonasining bank hisob raqamlariga oʻtkaziladi”;
13-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi”;
34-bandga quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin”;
quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Shartnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
oʻzbek tili matnidagi “III. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash, issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish va issiqlik energiyasini yetkazib berish” soʻzlari “IV. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash, issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish va issiqlik energiyasini yetkazib berish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
IV bobning 5-bosqichidagi “oʻzining ERIsi bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“I. (jismoniy) Isteʼmolchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot”dan 2, 5 va 8-bandlar, “I. (yuridik) Isteʼmolchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot”dagi 2, 4 — 10-bandlar chiqarib tashlansin;
“Isteʼmolchining ERI” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6-ilovadagi “Isteʼmolchining ERI” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 4-ilovada:
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Isteʼmolchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq SQKX tashkilotining bank hisob raqamiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq SQKX tashkilotining bank hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
13-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi”;
30-bandga quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin”;
“32. SQKX tashkiloti va Byuro soʻrovnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida joyning oʻziga chiqib, tabiiy suvni hisobga olish priborini plombalash ishlarini amalga oshiradi va bu haqda uch nusxada dalolatnoma tuzadi.
Suvni hisobga olish priborini plombalash qoʻshma tasdiqlangan jadvallar asosida oldindan belgilangan vaqtda amalga oshiriladi.
33. Suvni hisobga olish pribori plombalangan kunning oʻzida SQKX tashkiloti rasmiylashtirilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani, Byuro suvni hisobga olish priborini plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasini elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi.
34. Davlat xizmatlari markazi rasmiylashtirilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma va plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma kelib tushgandan soʻng bir soat ichida bu haqida isteʼmolchini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi”;
quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Shartnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
1-ilovaning III bobi 5-bosqichidagi “oʻzining ERIsi bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“I. (jismoniy) Isteʼmolchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot”dagi 2, 5 va 8-bandlar, “I. (yuridik) Isteʼmolchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot”dagi 2, 4 — 10-bandlar chiqarib tashlansin;
“Isteʼmolchining ERI” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4-ilovadagi “Isteʼmolchining ERI” soʻzlari chiqarib tashlansin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2018-yil 31-martdagi 255-son qarorida:
a) 1-ilovada:
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Ariza beruvchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin”;
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishida uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar teng miqdorda tumanlar (shaharlar) hokimliklari va Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarining bank hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;
qolgan mablagʻlar teng miqdorda tumanlar (shaharlar) hokimliklari va Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarining bank hisob raqamlariga oʻtkaziladi”;
11-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi”;
2-ilovadagi “Ariza beruvchining ERI” soʻzlari chiqarib tashlansin;
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Ariza beruvchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar tegishlicha Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;
qolgan mablagʻlar tegishlicha Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”;
12-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi”;
2-ilovadagi “Ariza beruvchining ERI” soʻzlari chiqarib tashlansin.
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Ariza beruvchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq vakolatli organning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq vakolatli organning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
12-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi”;
2-ilovadagi “Ariza beruvchining ERI” soʻzlari chiqarib tashlansin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni taʼminlaydigan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq vakolatli organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
b) Yagona portal orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq vakolatli organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
9-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Murojaat etuvchi ERI kalitining sertifikatini olish uchun yigʻim toʻlaydi. ERI kalitining sertifikatini olish uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, ushbu Maʼmuriy reglamentning 5-bandida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning oʻquvchilariga ERI kalitlari sertifikatlari bepul beriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
19. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Litsenziya daʼvogarining arizasini koʻrib chiqish uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Litsenziya olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Litsenziya daʼvogari berilgan arizadan voz kechgan taqdirda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi”;
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻimning 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Yigʻim summasi ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan tartibda taqsimlanadi”;
29-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Litsenziyani berish yoki amal qilish muddatini uzaytirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan davlat bojining 90 foizi undiriladi”;
30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
20 foizi axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalangan holda xizmatlar koʻrsatish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
davlat boji summasining qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
b) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;
25 foizi axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalangan holda xizmatlar koʻrsatish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
davlat boji summasining qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi”.
20. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-iyundagi 461-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida koʻchmas mulklarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi birinchi xatboshidagi “imorat joylashgan hududdagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
21. Vazirlar Mahkamasining “Notarial harakatlar va FHDY organlari xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishda interaktiv xizmatlarni joriy etishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-iyuldagi 540-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshidagi “maxsus kassalari” soʻzlaridan keyin “oʻrnatilgan bankomat, terminal va infokioskalari” soʻzlari qoʻshilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-sentabrdagi 733-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslar ishtirokidagi notarial harakatlarni amalga oshirishda yuridik shaxslar haqida maʼlumotlar olishning maʼmuriy reglamentining 5-bandidagi “yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtgan hududdagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
23. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2018-yil 4-oktabrdagi 797-son qarorida:
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Ariza beruvchi yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini va bolalari) oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, esa, mustaqil ravishda Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi”;
7-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin”;
8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
9-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;
25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi”;
11-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi”;
13-banddagi “ariza beruvchining ERIsi bilan” soʻzlari “ariza beruvchi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-bandga quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Vakolatli organ tomonidan rasmiylashtirilgan maʼlumotnomada notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ariza beruvchi 15 kun ichida yigʻim toʻlamasdan belgilangan tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega”;
quyidagi tahrirdagi 9-band qoʻshilsin:
“9. Maʼlumotnoma tili (oʻzbek, rus):”;
“Ariza beruvchining elektron raqamli imzosi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8-bandga quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin”;
9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
10-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga;
25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi”;
12-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi”;
14-banddagi “ariza beruvchining ERIsi bilan” soʻzlari “ariza beruvchi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovadagi “Ariza beruvchining elektron raqamli imzosi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2018-yil 13-oktabrdagi 823-son qarorida:
a) Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish, ularga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
11-banddagi “ariza beruvchining imzosi bilan” soʻzlari “ariza beruvchi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovadagi “Ariza beruvchining imzosi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
b) Jismoniy shaxs — soliq toʻlovchining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Ariza beruvchi yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini va bolalari) davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi”;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin”;
8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
10-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi”;
12-banddagi “ariza beruvchining ERIsi bilan” soʻzlar “ariza beruvchi tomonidan” soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-ilovadagi “Ariza beruvchining elektron raqamli imzosi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son qarori bilan tasdiqlangan Yer osti boyliklarini qazib olish jarayonida qazib olingan va yoʻqotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi “g” kichik bandining toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandidagi “koʻchmas mulk joylashgan joydan qatʼiy nazar,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/555/0848-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son; 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)