Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 01.07.2019 yildagi O‘RQ-546-son
Кучга кириш санаси
01.09.2019
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 19.02.2024 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni |
Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida | Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida |
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 18-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda maʼqullangan | Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 18-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda maʼqullangan |
1-bob. Umumiy qoidalar | 1-bob. Umumiy qoidalar |
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi |
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi faoliyatini tartibga solishdan iborat. | Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi faoliyatini tartibga solishdan iborat. |
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisidagi qonunchilik | 2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. | Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. |
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining huquqiy maqomi | 3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining huquqiy maqomi |
Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb yuritiladi) davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratining oliy organidir. | Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb yuritiladi) davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratining oliy organidir. |
Hisob palatasi yuridik shaxs boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilida oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi. | Hisob palatasi yuridik shaxs boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilida oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi. |
4-modda. Hisob palatasining asosiy vazifalari | 4-modda. Hisob palatasining asosiy vazifalari |
Hisob palatasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: | Hisob palatasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun (bundan buyon matnda Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun deb yuritiladi) loyihasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarining ekspertizasini hamda oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini oʻtkazish; | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun (bundan buyon matnda Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun deb yuritiladi) loyihasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarining ekspertizasini hamda oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini oʻtkazish; |
qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligi auditini amalga oshirish; | qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligi auditini amalga oshirish; |
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; | davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; |
budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; | budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; |
budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarga mablagʻlar tushumlarining toʻliqligini, shuningdek yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini oʻrganish hamda nazorat qilish; | budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarga mablagʻlar tushumlarining toʻliqligini, shuningdek yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini oʻrganish hamda nazorat qilish; |
budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini aniqlash hamda safarbar qilish; | budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini aniqlash hamda safarbar qilish; |
budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan oʻtkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash; | budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan oʻtkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash; |
budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning maqsadga muvofiqligi, asosliligi hamda samaradorligini baholash; | budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning maqsadga muvofiqligi, asosliligi hamda samaradorligini baholash; |
soliq, bojxona va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda oʻrganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish; | soliq, bojxona va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda oʻrganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish; |
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari oʻrtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar boʻyicha majburiyatlari chegaralanishining toʻgʻriligini baholash, ularning oʻzini oʻzi moliyaviy jihatdan yetarlicha taʼminlashiga doir takliflar ishlab chiqish; | Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari oʻrtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar boʻyicha majburiyatlari chegaralanishining toʻgʻriligini baholash, ularning oʻzini oʻzi moliyaviy jihatdan yetarlicha taʼminlashiga doir takliflar ishlab chiqish; |
oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ijrosi ustidan nazoratni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish; | oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ijrosi ustidan nazoratni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish; |
Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, Oʻzbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan oʻtkazish. | Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, Oʻzbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan oʻtkazish. |
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini joriy qilishga, shuningdek uning samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish. | |
5-modda. Hisob palatasi faoliyatining asosiy prinsiplari | 5-modda. Hisob palatasi faoliyatining asosiy prinsiplari |
Hisob palatasi faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, xolislik, ochiqlik va shaffoflikdan iboratdir. | Hisob palatasi faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, xolislik, ochiqlik va shaffoflikdan iboratdir. |
6-modda. Qonuniylik prinsipi | 6-modda. Qonuniylik prinsipi |
Hisob palatasining mansabdor shaxslari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etishi hamda ularni bajarishi shart. | Hisob palatasining mansabdor shaxslari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etishi hamda ularni bajarishi shart. |
Qonun talablarini aniq bajarishdan va ularga rioya etishdan har qanday tarzda chekinish, buning sabablari qanday boʻlishidan qatʼi nazar, qonuniylikning buzilishidir va u belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi. | Qonun talablarini aniq bajarishdan va ularga rioya etishdan har qanday tarzda chekinish, buning sabablari qanday boʻlishidan qatʼi nazar, qonuniylikning buzilishidir va u belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi. |
7-modda. Mustaqillik prinsipi | 7-modda. Mustaqillik prinsipi |
Hisob palatasi oʻz vakolatlarini har qanday davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan va ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda, faqat qonunga boʻysungan holda amalga oshiradi. | Hisob palatasi oʻz vakolatlarini har qanday davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan va ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda, faqat qonunga boʻysungan holda amalga oshiradi. |
Hisob palatasi faoliyatiga davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining aralashuvi taqiqlanadi. | Hisob palatasi faoliyatiga davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining aralashuvi taqiqlanadi. |
Hisob palatasi faoliyatini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi. | Hisob palatasi faoliyatini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi. |
8-modda. Xolislik prinsipi | 8-modda. Xolislik prinsipi |
Hisob palatasi oʻz faoliyatini ishlarning haqiqiy holatini aniqlash orqali, Hisob palatasining mansabdor shaxslari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga subyektiv fikrlarning taʼsir qilishiga yoʻl qoʻymagan holda amalga oshirishi shart. | Hisob palatasi oʻz faoliyatini ishlarning haqiqiy holatini aniqlash orqali, Hisob palatasining mansabdor shaxslari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga subyektiv fikrlarning taʼsir qilishiga yoʻl qoʻymagan holda amalga oshirishi shart. |
9-modda. Ochiqlik va shaffoflik prinsipi | 9-modda. Ochiqlik va shaffoflik prinsipi |
Hisob palatasi oʻz faoliyatini ochiq va shaffof tarzda, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. | Hisob palatasi oʻz faoliyatini ochiq va shaffof tarzda, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. |
Hisob palatasining faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi shart. | Hisob palatasining faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi shart. |
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot yuzasidan Hisob palatasining xulosalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim. | Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot yuzasidan Hisob palatasining xulosalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim. |
Hisob palatasi moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. | Hisob palatasi moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. |
Hisob palatasi nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ularning bartaraf etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorak yakunlariga koʻra, chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar mustasno. | Hisob palatasi nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ularning bartaraf etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorak yakunlariga koʻra, chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar mustasno. |
Hisob palatasi har chorakda kamida bir marta oʻz faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilik oldida ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirokida hisobot berib boradi. | Hisob palatasi har chorakda kamida bir marta oʻz faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilik oldida ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirokida hisobot berib boradi. |
10-modda. Hisob palatasining boʻysunuvi va hisobdorligi | 10-modda. Hisob palatasining boʻysunuvi va hisobdorligi |
Hisob palatasi oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi, Prezidentga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hisobdordir. | Hisob palatasi oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi, Prezidentga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hisobdordir. |
2-bob. Hisob palatasining tuzilmasi va tarkibi | 2-bob. Hisob palatasining tuzilmasi va tarkibi |
11-modda. Hisob palatasining tuzilmasi va tarkibi | 11-modda. Hisob palatasining tuzilmasi va tarkibi |
Hisob palatasining tuzilmasi va shtatlarining cheklangan soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. | Hisob palatasining tuzilmasi va shtatlarining cheklangan soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. |
Hisob palatasi Hisob palatasining raisi, raisning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlaridan, shuningdek Hisob palatasining shoʻba mudirlari, bosh inspektorlari, yetakchi inspektorlari, inspektorlari yordamchi va texnik xodimlaridan iborat tarkibda tuziladi. | Hisob palatasi Hisob palatasining raisi, raisning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlaridan, shuningdek Hisob palatasining shoʻba mudirlari, bosh inspektorlari, yetakchi inspektorlari, inspektorlari yordamchi va texnik xodimlaridan iborat tarkibda tuziladi. |
12-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini va xodimlarini lavozimga tayinlash hamda lavozimidan ozod qilish | 12-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini va xodimlarini lavozimga tayinlash hamda lavozimidan ozod qilish |
Hisob palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan Hisob palatasining raisi boshchilik qiladi. Hisob palatasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlanadi. | Hisob palatasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. |
Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi. | Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. |
Hisob palatasining shoʻba mudirlari, bosh inspektorlari, yetakchi inspektorlari, inspektorlari, yordamchi va texnik xodimlari Hisob palatasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi. | Hisob palatasining shoʻba mudirlari, bosh inspektorlari, yetakchi inspektorlari, inspektorlari, yordamchi va texnik xodimlari Hisob palatasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi. |
13-modda. Hisob palatasi raisining vakolatlari | 13-modda. Hisob palatasi raisining vakolatlari |
Hisob palatasining raisi: | Hisob palatasining raisi: |
Hisob palatasi ishini tashkil etadi va uning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi; | Hisob palatasi ishini tashkil etadi va uning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga Hisob palatasining faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni taqdim etadi; | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga Hisob palatasining faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni taqdim etadi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Hisob palatasining faoliyati toʻgʻrisidagi, shu jumladan Davlat budjetiga tushumlarning toʻliqligi taʼminlanishiga doir axborotni tizimli asosda taqdim etadi; | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Hisob palatasining faoliyati toʻgʻrisidagi, shu jumladan Davlat budjetiga tushumlarning toʻliqligi taʼminlanishiga doir axborotni tizimli asosda taqdim etadi; |
Hisob palatasi zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida nazoratni tashkil etish toʻgʻrisida farmoyish qabul qiladi; | Hisob palatasi zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida nazoratni tashkil etish toʻgʻrisida farmoyish qabul qiladi; |
Hisob palatasi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi; | Hisob palatasi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning qoʻmitalari, komissiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari majlislarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida Hisob palatasi faoliyatiga taalluqli masalalarning koʻrib chiqilishida ishtirok etadi; | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning qoʻmitalari, komissiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari majlislarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida Hisob palatasi faoliyatiga taalluqli masalalarning koʻrib chiqilishida ishtirok etadi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi, koʻrib chiqish uchun masalalar kiritishi va koʻrilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi mumkin; | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi, koʻrib chiqish uchun masalalar kiritishi va koʻrilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi mumkin; |
chet davlatlarning tegishli tashqi audit va moliyaviy nazorat organlari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning vakolatxonalari bilan hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzadi; | chet davlatlarning tegishli tashqi audit va moliyaviy nazorat organlari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning vakolatxonalari bilan hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzadi; |
Hisob palatasining mansabdor shaxslarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etadi; | Hisob palatasining mansabdor shaxslarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etadi; |
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq Hisob palatasiga xodimlarni ishga qabul qilishni amalga oshiradi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi; | mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq Hisob palatasiga xodimlarni ishga qabul qilishni amalga oshiradi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi; |
buyruqlar chiqaradi va Hisob palatasining tarkibiy tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi; | buyruqlar chiqaradi va Hisob palatasining tarkibiy tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi; |
Hisob palatasining shtat jadvalini tasdiqlaydi. | Hisob palatasining shtat jadvalini tasdiqlaydi. |
14-modda. Hisob palatasi raisi birinchi oʻrinbosarining va oʻrinbosarlarining vakolatlari | 14-modda. Hisob palatasi raisi birinchi oʻrinbosarining va oʻrinbosarlarining vakolatlari |
Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari oʻz vakolatlarini qonunchilikka hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentiga muvofiq amalga oshiradi. | Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari oʻz vakolatlarini qonunchilikka hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentiga muvofiq amalga oshiradi. |
Hisob palatasining raisi yoʻqligida uning vakolatlarini raisning birinchi oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosar ham yoʻqligida esa Hisob palatasi raisining oʻrinbosarlaridan biri amalga oshiradi. | Hisob palatasining raisi yoʻqligida uning vakolatlarini raisning birinchi oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosar ham yoʻqligida esa Hisob palatasi raisining oʻrinbosarlaridan biri amalga oshiradi. |
15-modda. Hisob palatasi mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi | 15-modda. Hisob palatasi mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi |
Hisob palatasining mansabdor shaxslari xizmat majburiyatlarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega: | Hisob palatasining mansabdor shaxslari xizmat majburiyatlarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega: |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning qoʻmitalari, komissiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida, ijro etuvchi hokimiyat organlari hayʼatlarining va boshqa davlat organlarining majlislarida Hisob palatasi faoliyatiga taalluqli masalalar koʻrib chiqilayotganda hozir boʻlish; | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning qoʻmitalari, komissiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida, ijro etuvchi hokimiyat organlari hayʼatlarining va boshqa davlat organlarining majlislarida Hisob palatasi faoliyatiga taalluqli masalalar koʻrib chiqilayotganda hozir boʻlish; |
qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, nazorat obyektlarining hududlari va binolariga moneliksiz kirish, ularning hujjatlari hamda materiallaridan foydalanish, har qanday ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni koʻzdan kechirish; | qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, nazorat obyektlarining hududlari va binolariga moneliksiz kirish, ularning hujjatlari hamda materiallaridan foydalanish, har qanday ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni koʻzdan kechirish; |
qalbakilashtirish, soxtalashtirish, talon-toroj qilish hollari aniqlangan taqdirda hamda mazkur gʻayriqonuniy harakatlarga chek qoʻyish uchun zarur hujjatlar va materiallarni qonunchilikda belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda olib qoʻyish, hujjatlarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish dalolatnomalarini va olib qoʻyilgan hujjatlarning roʻyxatini tuzish hamda zarurat boʻlganda kassani, kassa xonalarini va xizmat xonalarini, omborlarni hamda arxivlarni muhrlash; | qalbakilashtirish, soxtalashtirish, talon-toroj qilish hollari aniqlangan taqdirda hamda mazkur gʻayriqonuniy harakatlarga chek qoʻyish uchun zarur hujjatlar va materiallarni qonunchilikda belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda olib qoʻyish, hujjatlarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish dalolatnomalarini va olib qoʻyilgan hujjatlarning roʻyxatini tuzish hamda zarurat boʻlganda kassani, kassa xonalarini va xizmat xonalarini, omborlarni hamda arxivlarni muhrlash; |
davlat organlarining mansabdor shaxslariga soʻrovlar yuborish; | davlat organlarining mansabdor shaxslariga soʻrovlar yuborish; |
nazorat obyektlarining mansabdor shaxslaridan nazoratni oʻtkazish chogʻida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari yuzasidan yozma tushuntirishlar, shuningdek hujjatlarning zarur boʻlgan tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini talab qilish va olish; | nazorat obyektlarining mansabdor shaxslaridan nazoratni oʻtkazish chogʻida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari yuzasidan yozma tushuntirishlar, shuningdek hujjatlarning zarur boʻlgan tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini talab qilish va olish; |
nazorat obyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatiga taalluqli barcha zarur hujjatlar, shu jumladan davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan hujjatlar bilan tanishish; | nazorat obyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatiga taalluqli barcha zarur hujjatlar, shu jumladan davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan hujjatlar bilan tanishish; |
nazorat natijalarini qayd etish uchun texnik vositalardan, shu jumladan audio-, foto- va video qayd etish vositalaridan foydalanish; | nazorat natijalarini qayd etish uchun texnik vositalardan, shu jumladan audio-, foto- va video qayd etish vositalaridan foydalanish; |
elektron maʼlumotlar bazalariga oid texnik hujjatlar bilan tanishish; | elektron maʼlumotlar bazalariga oid texnik hujjatlar bilan tanishish; |
nazorat natijalari boʻyicha dalolatnomalar, maʼlumotnomalar va xulosalarni rasmiylashtirish, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish. | nazorat natijalari boʻyicha dalolatnomalar, maʼlumotnomalar va xulosalarni rasmiylashtirish, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish. |
Nazorat obyektlarining rahbarlari Hisob palatasining mansabdor shaxslariga ishlash uchun zarur sharoitlar yaratishi shart. | Nazorat obyektlarining rahbarlari Hisob palatasining mansabdor shaxslariga ishlash uchun zarur sharoitlar yaratishi shart. |
Hisob palatasining mansabdor shaxslari nazorat obyektlarining xoʻjalik faoliyatiga aralashishga, shuningdek olingan axborotni Hisob palatasi raisi tomonidan tegishli qaror qabul qilinguniga qadar oshkor etishga haqli emas. | Hisob palatasining mansabdor shaxslari nazorat obyektlarining xoʻjalik faoliyatiga aralashishga, shuningdek olingan axborotni Hisob palatasi raisi tomonidan tegishli qaror qabul qilinguniga qadar oshkor etishga haqli emas. |
Hisob palatasining mansabdor shaxslari nazoratni oʻtkazish chogʻida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni saqlashi, nazoratni xolisona oʻtkazishi hamda uning natijalarini haqqoniy aks ettirishi shart. | Hisob palatasining mansabdor shaxslari nazoratni oʻtkazish chogʻida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni saqlashi, nazoratni xolisona oʻtkazishi hamda uning natijalarini haqqoniy aks ettirishi shart. |
Hisob palatasining mansabdor shaxslari lavozim majburiyatlarini bajarish chogʻida manfaatlar toʻqnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan shaxsiy manfaatdorlik yuzaga kelganligi toʻgʻrisida Hisob palatasi raisiga maʼlum qilishi, shuningdek bunday toʻqnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish choralarini koʻrishi shart. | Hisob palatasining mansabdor shaxslari lavozim majburiyatlarini bajarish chogʻida manfaatlar toʻqnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan shaxsiy manfaatdorlik yuzaga kelganligi toʻgʻrisida Hisob palatasi raisiga maʼlum qilishi, shuningdek bunday toʻqnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish choralarini koʻrishi shart. |
Hisob palatasining mansabdor shaxslari oʻzi oʻtkazgan nazorat natijalarining xolisligi va haqqoniyligi uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi. | Hisob palatasining mansabdor shaxslari oʻzi oʻtkazgan nazorat natijalarining xolisligi va haqqoniyligi uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi. |
16-modda. Hisob palatasi mansabdor shaxslarining faoliyatidagi cheklovlar | 16-modda. Hisob palatasi mansabdor shaxslarining faoliyatidagi cheklovlar |
Hisob palatasining mansabdor shaxslari: | Hisob palatasining mansabdor shaxslari: |
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida, xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida hamda oʻzga tashkilotlarda boshqa lavozimlarni egallashga; | respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida, xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida hamda oʻzga tashkilotlarda boshqa lavozimlarni egallashga; |
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga; | tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga; |
oʻz vakolatlarini amalga oshirish davrida siyosiy partiyaga aʼzo boʻlishga haqli emas. | oʻz vakolatlarini amalga oshirish davrida siyosiy partiyaga aʼzo boʻlishga haqli emas. |
Hisob palatasining mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni, bunday aʼzolik mavjud boʻlgan taqdirda, toʻxtatishi shart. | Hisob palatasining mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni, bunday aʼzolik mavjud boʻlgan taqdirda, toʻxtatishi shart. |
3-bob. Hisob palatasining davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi | 3-bob. Hisob palatasining davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi |
17-modda. Hisob palatasining davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi hamda axborot almashishi | 17-modda. Hisob palatasining davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi hamda axborot almashishi |
Hisob palatasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda axborot, shu jumladan elektron shakldagi axborot almashishni amalga oshiradi. | Hisob palatasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda axborot, shu jumladan elektron shakldagi axborot almashishni amalga oshiradi. |
Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan tartibda budjet va smeta-shtat intizomining, shuningdek davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarining aniqlangan buzilishlari haqidagi maʼlumotlar yuzasidan axborot almashishni amalga oshiradi. | Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan tartibda budjet va smeta-shtat intizomining, shuningdek davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarining aniqlangan buzilishlari haqidagi maʼlumotlar yuzasidan axborot almashishni amalga oshiradi. |
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar Hisob palatasining zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishida unga oʻz vakolatlari doirasida yordam koʻrsatishi shart. | Davlat organlari va boshqa tashkilotlar Hisob palatasining zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishida unga oʻz vakolatlari doirasida yordam koʻrsatishi shart. |
18-modda. Hisob palatasi qonuniy talablarining bajarilishi majburiyligi | 18-modda. Hisob palatasi qonuniy talablarining bajarilishi majburiyligi |
Hisob palatasining qonuniy talablari, shu jumladan qonunchilikka rioya etish, hujjatlarni, nazorat materiallarini va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish, mutaxassislar ajratish, qonunchilikni buzganlik faktlari boʻyicha hozir boʻlish va tushuntirishlar berish toʻgʻrisidagi talablari barcha davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. | Hisob palatasining qonuniy talablari, shu jumladan qonunchilikka rioya etish, hujjatlarni, nazorat materiallarini va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish, mutaxassislar ajratish, qonunchilikni buzganlik faktlari boʻyicha hozir boʻlish va tushuntirishlar berish toʻgʻrisidagi talablari barcha davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. |
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlar tekin taqdim etiladi. | Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlar tekin taqdim etiladi. |
19-modda. Hisob palatasi qarorlarining bajarilishi majburiyligi | 19-modda. Hisob palatasi qarorlarining bajarilishi majburiyligi |
Hisob palatasining oʻziga berilgan vakolatlar doirasida qabul qilingan qarorlari davlat organlari hamda mulkchilik shaklidan va boʻysunuvidan qatʼi nazar boshqa tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiydir. | Hisob palatasining oʻziga berilgan vakolatlar doirasida qabul qilingan qarorlari davlat organlari hamda mulkchilik shaklidan va boʻysunuvidan qatʼi nazar boshqa tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiydir. |
4-bob. Hisob palatasining funksiyalari | 4-bob. Hisob palatasining funksiyalari |
20-modda. Hisob palatasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarining ekspertizasini hamda oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini oʻtkazish sohasidagi funksiyalari | 20-modda. Hisob palatasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarining ekspertizasini hamda oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini oʻtkazish sohasidagi funksiyalari |
Hisob palatasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarining ekspertizasini hamda oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini oʻtkazish sohasida: | Hisob palatasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarining ekspertizasini hamda oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini oʻtkazish sohasida: |
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari loyihasining, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarining shakllantirilishini ularning koʻrsatkichlari asosliligini aniqlash, ularning daromadlarini prognoz qilish hamda xarajatlarini rejalashtirish, qarz siyosati va budjetlararo munosabatlarning sifatiga baho berish maqsadida oʻrganishni va tahlil qilishni amalga oshiradi; | Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari loyihasining, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarining shakllantirilishini ularning koʻrsatkichlari asosliligini aniqlash, ularning daromadlarini prognoz qilish hamda xarajatlarini rejalashtirish, qarz siyosati va budjetlararo munosabatlarning sifatiga baho berish maqsadida oʻrganishni va tahlil qilishni amalga oshiradi; |
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi, Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari boʻyicha xulosa beradi. | Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi, Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari boʻyicha xulosa beradi. |
21-modda. Hisob palatasining qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligi auditini amalga oshirish sohasidagi funksiyalari | 21-modda. Hisob palatasining qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligi auditini amalga oshirish sohasidagi funksiyalari |
Hisob palatasi qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligi auditini amalga oshirish sohasida: | Hisob palatasi qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligi auditini amalga oshirish sohasida: |
qabul qilinayotgan davlat dasturlari va hududiy dasturlar moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligining auditini oʻtkazadi; | qabul qilinayotgan davlat dasturlari va hududiy dasturlar moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligining auditini oʻtkazadi; |
davlat dasturlari va hududiy dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar oʻz vaqtida ajratilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; | davlat dasturlari va hududiy dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar oʻz vaqtida ajratilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; |
davlat dasturlari va hududiy dasturlar amalga oshirilishining toʻliqligi hamda samaradorligi ustidan nazoratni amalga oshiradi. | davlat dasturlari va hududiy dasturlar amalga oshirilishining toʻliqligi hamda samaradorligi ustidan nazoratni amalga oshiradi. |
211-modda. Hisob palatasining davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi funksiyalari | 211-modda. Hisob palatasining davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi funksiyalari |
Hisob palatasi davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida: | Hisob palatasi davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida: |
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi; | davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi; |
davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan davlat xaridlarining samaradorligi va qonuniyligining auditini oʻtkazadi; | davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan davlat xaridlarining samaradorligi va qonuniyligining auditini oʻtkazadi; |
davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmlari, tartib-taomillari hamda usullarining samaradorligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan takliflarni tayyorlaydi. | davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmlari, tartib-taomillari hamda usullarining samaradorligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan takliflarni tayyorlaydi. |
212-modda. Hisob palatasining budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasidagi funksiyalari | 212-modda. Hisob palatasining budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasidagi funksiyalari |
Hisob palatasi budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida: | Hisob palatasi budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida: |
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, davlat moliyaviy nazorat organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan oʻz rasmiy veb-saytlariga budjet jarayonining ochiqligini taʼminlaydigan axborotning joylashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; | birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, davlat moliyaviy nazorat organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan oʻz rasmiy veb-saytlariga budjet jarayonining ochiqligini taʼminlaydigan axborotning joylashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; |
qonunchilik hujjatlarida belgilangan budjet jarayonining ochiqligini taʼminlaydigan axborotni joylashtirish muddatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. | qonunchilik hujjatlarida belgilangan budjet jarayonining ochiqligini taʼminlaydigan axborotni joylashtirish muddatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. |
22-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarga mablagʻlar tushumlarining toʻliqligini, shuningdek yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini oʻrganish hamda nazorat qilish sohasidagi funksiyalari | 22-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarga mablagʻlar tushumlarining toʻliqligini, shuningdek yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini oʻrganish hamda nazorat qilish sohasidagi funksiyalari |
Hisob palatasi budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarga mablagʻlar tushumlarining toʻliqligini, shuningdek yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini oʻrganish hamda nazorat qilish sohasida: | Hisob palatasi budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarga mablagʻlar tushumlarining toʻliqligini, shuningdek yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini oʻrganish hamda nazorat qilish sohasida: |
soliq va bojxona toʻlovlari yigʻilishi darajasining soliq turlari hamda hududlar kesimidagi tizimli tahlilini oʻtkazadi, uning tarmoqlar va hududlar kesimlarida pasayishiga taʼsir koʻrsatgan sabab-oqibat omillarini aniqlaydi; | soliq va bojxona toʻlovlari yigʻilishi darajasining soliq turlari hamda hududlar kesimidagi tizimli tahlilini oʻtkazadi, uning tarmoqlar va hududlar kesimlarida pasayishiga taʼsir koʻrsatgan sabab-oqibat omillarini aniqlaydi; |
Davlat budjetining, davlat maqsadli jamgʻarmalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar budjetlarining shakllantirilishini nazorat qiladi hamda uning monitoringini yuritadi; | Davlat budjetining, davlat maqsadli jamgʻarmalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar budjetlarining shakllantirilishini nazorat qiladi hamda uning monitoringini yuritadi; |
soliq solish obyektlari va soliq solinadigan baza qamrab olinishining toʻliqligi, manzilli yoʻnalishlar hamda nazorat dasturlarining shakllantirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan soliq va boshqa davlat organlarining maʼlumotlar bazasini tahlil etish hamda monitoring qilish asosida nazoratni amalga oshiradi; | soliq solish obyektlari va soliq solinadigan baza qamrab olinishining toʻliqligi, manzilli yoʻnalishlar hamda nazorat dasturlarining shakllantirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan soliq va boshqa davlat organlarining maʼlumotlar bazasini tahlil etish hamda monitoring qilish asosida nazoratni amalga oshiradi; |
davlat mol-mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish hamda ijaraga berishdan olinadigan mablagʻlarning budjet tizimi budjetlariga tushumlari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan tahlil oʻtkazadi va nazoratni amalga oshiradi; | davlat mol-mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish hamda ijaraga berishdan olinadigan mablagʻlarning budjet tizimi budjetlariga tushumlari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan tahlil oʻtkazadi va nazoratni amalga oshiradi; |
mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini dividendlarning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi nuqtai nazaridan nazorat qiladi. | mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini dividendlarning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi nuqtai nazaridan nazorat qiladi. |
yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishi ustidan monitoring oʻtkazadi va nazorat qiladi. | yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishi ustidan monitoring oʻtkazadi va nazorat qiladi. |
23-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini aniqlash hamda safarbar qilish sohasidagi funksiyalari | 23-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini aniqlash hamda safarbar qilish sohasidagi funksiyalari |
Hisob palatasi budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini aniqlash hamda safarbar qilish sohasida: | Hisob palatasi budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini aniqlash hamda safarbar qilish sohasida: |
davlat organlari hamda oʻzga tashkilotlar soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash uchun foydalanadigan maʼlumotlar bazasining ishonchliligini baholaydi; | davlat organlari hamda oʻzga tashkilotlar soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash uchun foydalanadigan maʼlumotlar bazasining ishonchliligini baholaydi; |
iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari faoliyatining budjet tizimi budjetlariga qoʻshimcha tushumlar zaxiralarini aniqlashga yoʻnaltirilgan tahlilini amalga oshiradi; | iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari faoliyatining budjet tizimi budjetlariga qoʻshimcha tushumlar zaxiralarini aniqlashga yoʻnaltirilgan tahlilini amalga oshiradi; |
soliq solish tizimini, soliq va bojxona maʼmuriyatchiligini tahlil qilish hamda baholash asosida budjet tizimi budjetlari daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini aniqlash hamda ularning safarbar etilishini taʼminlash choralarini koʻradi; | soliq solish tizimini, soliq va bojxona maʼmuriyatchiligini tahlil qilish hamda baholash asosida budjet tizimi budjetlari daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini aniqlash hamda ularning safarbar etilishini taʼminlash choralarini koʻradi; |
daromadlar prognozini sifatli shakllantirish va bajarish, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning toʻliq yigʻilishini hamda soliq toʻlovchilar toʻliq hisobga olinishini taʼminlashda moliya va davlat soliq organlarining masʼuliyatini oshirish hamda ularga har tomonlama koʻmaklashish choralarini koʻradi. | daromadlar prognozini sifatli shakllantirish va bajarish, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning toʻliq yigʻilishini hamda soliq toʻlovchilar toʻliq hisobga olinishini taʼminlashda moliya va davlat soliq organlarining masʼuliyatini oshirish hamda ularga har tomonlama koʻmaklashish choralarini koʻradi. |
24-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan oʻtkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash sohasidagi funksiyalari | 24-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan oʻtkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash sohasidagi funksiyalari |
Hisob palatasi budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan oʻtkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash sohasida: | Hisob palatasi budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan oʻtkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash sohasida: |
Davlat budjetining, davlat maqsadli jamgʻarmalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar budjetlarining xarajatlar qismi ijro etilishi yuzasidan monitoring yuritadi; | Davlat budjetining, davlat maqsadli jamgʻarmalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar budjetlarining xarajatlar qismi ijro etilishi yuzasidan monitoring yuritadi; |
budjet mablagʻlaridan, davlat maqsadli jamgʻarmalarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mablagʻlaridan maqsadli, oqilona hamda samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; | budjet mablagʻlaridan, davlat maqsadli jamgʻarmalarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mablagʻlaridan maqsadli, oqilona hamda samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; |
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi missiyalari va vakolatxonalari tomonidan chet el valyutasidagi mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qiladi; | Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi missiyalari va vakolatxonalari tomonidan chet el valyutasidagi mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qiladi; |
Davlat budjetining ijro etilishi va budjet tizimi budjetlarining barcha darajalarida davlat mablagʻlarining sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda davlat xarajatlarini qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash choralarini koʻradi; | Davlat budjetining ijro etilishi va budjet tizimi budjetlarining barcha darajalarida davlat mablagʻlarining sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda davlat xarajatlarini qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash choralarini koʻradi; |
moliya organlari, shu jumladan gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilishga doir vazifalarning bajarilishi samaradorligini tahlil qiladi; | moliya organlari, shu jumladan gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilishga doir vazifalarning bajarilishi samaradorligini tahlil qiladi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlar shakllantirilishining qonuniyligi, ularning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlar shakllantirilishining qonuniyligi, ularning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; |
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan va baholashdan oʻtkazadi, ular yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosalar taqdim etadi. | Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan va baholashdan oʻtkazadi, ular yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosalar taqdim etadi; Davlat budjetining hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlar yuzasidan tezkor xulosani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. |
25-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning maqsadga muvofiqligi, asosliligi hamda samaradorligini baholash sohasidagi funksiyalari | 25-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning maqsadga muvofiqligi, asosliligi hamda samaradorligini baholash sohasidagi funksiyalari |
Hisob palatasi budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning maqsadga muvofiqligi, asosliligi hamda samaradorligini baholash sohasida: | Hisob palatasi budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning maqsadga muvofiqligi, asosliligi hamda samaradorligini baholash sohasida: |
budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning shakllantirilishi yuzasidan monitoring oʻtkazadi hamda nazorat qiladi; | budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning shakllantirilishi yuzasidan monitoring oʻtkazadi hamda nazorat qiladi; |
budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning toʻliq hamda samarali bajarilishi ustidan nazorat qiladi; | budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning toʻliq hamda samarali bajarilishi ustidan nazorat qiladi; |
davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshirilgan va yakunlangan loyihalarni auditdan oʻtkazadi, audit natijalari haqidagi axborotni har chorak oxirida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi. | davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshirilgan va yakunlangan loyihalarni auditdan oʻtkazadi, audit natijalari haqidagi axborotni har chorak oxirida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi. |
26-modda. Hisob palatasining soliq, bojxona va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda oʻrganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish sohasidagi funksiyalari | 26-modda. Hisob palatasining soliq, bojxona va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda oʻrganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish sohasidagi funksiyalari |
Hisob palatasi soliq, bojxona va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda oʻrganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish sohasida: | Hisob palatasi soliq, bojxona va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda oʻrganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish sohasida: |
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonida aniqlanadigan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining turlarini hisobga oladi va tasniflaydi; | zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonida aniqlanadigan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining turlarini hisobga oladi va tasniflaydi; |
nazorat tadbirlari natijalarini, shuningdek budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishini, bunga olib kelayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tahlil qiladi, budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi; | nazorat tadbirlari natijalarini, shuningdek budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishini, bunga olib kelayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tahlil qiladi, budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi; |
soliq va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishini, bunga olib kelayotgan sabablar hamda shart-sharoitlarni tahlil qiladi, mazkur qonunchilikni takomillashtirish, soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish, shuningdek soliq stavkalarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi; | soliq va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishini, bunga olib kelayotgan sabablar hamda shart-sharoitlarni tahlil qiladi, mazkur qonunchilikni takomillashtirish, soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish, shuningdek soliq stavkalarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi; |
budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik normalari amalga oshirilishining monitoringini oʻtkazadi va budjet jarayonidagi chetga chiqishlarni aniqlaydi; | budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik normalari amalga oshirilishining monitoringini oʻtkazadi va budjet jarayonidagi chetga chiqishlarni aniqlaydi; |
budjet jarayonining va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikning xalqaro normalar hamda standartlarga muvofiqligini oʻrganadi; | budjet jarayonining va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikning xalqaro normalar hamda standartlarga muvofiqligini oʻrganadi; |
yashirin iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladigan omillarni tahlil qiladi, ularni bartaraf etish mexanizmlarini joriy etishga doir takliflarni tayyorlaydi va kiritadi. | yashirin iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladigan omillarni tahlil qiladi, ularni bartaraf etish mexanizmlarini joriy etishga doir takliflarni tayyorlaydi va kiritadi. |
27-modda. Hisob palatasining Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari oʻrtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar boʻyicha majburiyatlari chegaralanishining toʻgʻriligini baholash, ularning oʻzini oʻzi moliyaviy jihatdan yetarlicha taʼminlashiga doir takliflar ishlab chiqish sohasidagi funksiyalari | 27-modda. Hisob palatasining Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari oʻrtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar boʻyicha majburiyatlari chegaralanishining toʻgʻriligini baholash, ularning oʻzini oʻzi moliyaviy jihatdan yetarlicha taʼminlashiga doir takliflar ishlab chiqish sohasidagi funksiyalari |
Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari oʻrtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar boʻyicha majburiyatlari chegaralanishining toʻgʻriligini baholash, ularning oʻzini oʻzi moliyaviy jihatdan yetarlicha taʼminlashiga doir takliflar ishlab chiqish sohasida: | Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari oʻrtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar boʻyicha majburiyatlari chegaralanishining toʻgʻriligini baholash, ularning oʻzini oʻzi moliyaviy jihatdan yetarlicha taʼminlashiga doir takliflar ishlab chiqish sohasida: |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining shakllantirilishi va ijro etilishini, ularning mutanosibligini tahlil qiladi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi; | Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining shakllantirilishi va ijro etilishini, ularning mutanosibligini tahlil qiladi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi; |
yuqori turuvchi va quyi turuvchi budjetlar oʻrtasidagi belgilangan umumdavlat soliqlari ajratmalari normativlarining, budjetlararo ajratiladigan transfertlarning asosliligini oʻrganadi; | yuqori turuvchi va quyi turuvchi budjetlar oʻrtasidagi belgilangan umumdavlat soliqlari ajratmalari normativlarining, budjetlararo ajratiladigan transfertlarning asosliligini oʻrganadi; |
yuqori turuvchi va quyi turuvchi budjetlar oʻrtasidagi xarajatlar boʻyicha majburiyatlarning chegaralanishi toʻgʻriligini baholaydi; | yuqori turuvchi va quyi turuvchi budjetlar oʻrtasidagi xarajatlar boʻyicha majburiyatlarning chegaralanishi toʻgʻriligini baholaydi; |
mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hal etishdan kelib chiqqan holda barcha darajadagi budjetlar oʻrtasidagi moliyaviy resurslar nisbatini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi. | mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hal etishdan kelib chiqqan holda barcha darajadagi budjetlar oʻrtasidagi moliyaviy resurslar nisbatini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi. |
28-modda. Hisob palatasining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari ijrosi ustidan nazoratni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi funksiyalari | 28-modda. Hisob palatasining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari ijrosi ustidan nazoratni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi funksiyalari |
Hisob palatasi oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ijrosi ustidan nazoratni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish sohasida: | Hisob palatasi oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ijrosi ustidan nazoratni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish sohasida: |
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijrosi ustidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan doimiy nazoratni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi va ularning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi; | Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijrosi ustidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan doimiy nazoratni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi va ularning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarida belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish toʻgʻrisidagi takliflar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosalar kiritadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarida belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish toʻgʻrisidagi takliflar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosalar kiritadi. |
29-modda. Hisob palatasining Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, Oʻzbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan oʻtkazish sohasidagi funksiyalari | 29-modda. Hisob palatasining Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, Oʻzbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan oʻtkazish sohasidagi funksiyalari |
Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, Oʻzbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan oʻtkazish sohasida: | Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, Oʻzbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan oʻtkazish sohasida: |
milliy valyutani mustahkamlash, uning xarid qobiliyatini oshirish, pul massasini va pul agregatlarini maqbullashtirish hamda bankdan tashqari pul aylanmasini qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlarni tahlil qiladi va baholaydi; | milliy valyutani mustahkamlash, uning xarid qobiliyatini oshirish, pul massasini va pul agregatlarini maqbullashtirish hamda bankdan tashqari pul aylanmasini qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlarni tahlil qiladi va baholaydi; |
bank tizimining moliyaviy barqarorligini oʻrganadi va tahlil qiladi; | bank tizimining moliyaviy barqarorligini oʻrganadi va tahlil qiladi; |
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining va toʻlov balansining holatini tahlil qiladi; | Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining va toʻlov balansining holatini tahlil qiladi; |
ichki valyuta bozorida valyutaga boʻlgan talab va taklifni oʻrganadi, milliy valyutaning ayirboshlanishi holati ustidan nazoratni amalga oshiradi; | ichki valyuta bozorida valyutaga boʻlgan talab va taklifni oʻrganadi, milliy valyutaning ayirboshlanishi holati ustidan nazoratni amalga oshiradi; |
davlat tomonidan xorijdan mablagʻ jalb qilish hajmlarini va maqsadga muvofiqligini baholashni, chet el kreditlari hamda grantlari mablagʻlaridan samarali va oqilona foydalanilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida olingan tashqi kreditlarga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; | davlat tomonidan xorijdan mablagʻ jalb qilish hajmlarini va maqsadga muvofiqligini baholashni, chet el kreditlari hamda grantlari mablagʻlaridan samarali va oqilona foydalanilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida olingan tashqi kreditlarga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; |
oltin-valyuta zaxiralarining qayta tiklanishi va ularga doir operatsiyalar ustidan nazoratni amalga oshiradi, tashqi aktivlarni boshqarish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qiladi, ularni xorijiy banklarga samarali joylashtirish va qayta joylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, oltin-valyuta zaxiralari, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalar ustidan nazoratni taʼminlaydi; | oltin-valyuta zaxiralarining qayta tiklanishi va ularga doir operatsiyalar ustidan nazoratni amalga oshiradi, tashqi aktivlarni boshqarish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qiladi, ularni xorijiy banklarga samarali joylashtirish va qayta joylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, oltin-valyuta zaxiralari, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalar ustidan nazoratni taʼminlaydi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u tomonidan vakolat berilgan organlar taraflarning biri sifatida qatnashayotgan oltin-valyuta zaxiralari bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha barcha qarorlarni kelishib oladi; | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u tomonidan vakolat berilgan organlar taraflarning biri sifatida qatnashayotgan oltin-valyuta zaxiralari bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha barcha qarorlarni kelishib oladi; |
valyuta, eksport va import operatsiyalari oʻtkazilishining qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi; | valyuta, eksport va import operatsiyalari oʻtkazilishining qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi; |
davlat qarzini samarali boshqarish boʻyicha monitoring oʻtkazadi, ularga oʻz vaqtida va toʻliq xizmat koʻrsatilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. | davlat qarzini samarali boshqarish boʻyicha monitoring oʻtkazadi, ularga oʻz vaqtida va toʻliq xizmat koʻrsatilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. |
291-modda. Hisob palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, shuningdek uning samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish sohasidagi funksiyalari Hisob palatasi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ishtiroki ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, shuningdek uning samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish sohasida: korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, shuningdek uning samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralarning amalga oshirilishi ustidan monitoring oʻtkazadi va nazorat qiladi hamda ularning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi; korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini oʻz vaqtida joriy etishga va uning samarali faoliyat koʻrsatishiga monelik qilayotgan omillarni aniqlaydi, shuningdek ularni tizimli ravishda tahlil qiladi. | |
5-bob. Hisob palatasining vakolatlari, nazorat shakllari va turlari | 5-bob. Hisob palatasining vakolatlari, nazorat shakllari va turlari |
30-modda. Hisob palatasining vakolatlari | 30-modda. Hisob palatasining vakolatlari |
Hisob palatasi: | Hisob palatasi: |
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa davlat organlaridan hamda oʻzga tashkilotlardan oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha materiallar, maʼlumotlar va tushuntirishlarni soʻrab oladi; | respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa davlat organlaridan hamda oʻzga tashkilotlardan oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha materiallar, maʼlumotlar va tushuntirishlarni soʻrab oladi; |
oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun real vaqt rejimida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan banklarning maʼlumotlar bazasidan foydalanadi; | oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun real vaqt rejimida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan banklarning maʼlumotlar bazasidan foydalanadi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan davlat mablagʻlarining bank hisobvaraqlaridagi hamda yagona gʻazna hisobvaragʻidagi harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrab oladi; | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan davlat mablagʻlarining bank hisobvaraqlaridagi hamda yagona gʻazna hisobvaragʻidagi harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrab oladi; |
davlat organlarini va ularning vakillarini, nodavlat auditorlik xizmatlarini va ayrim mutaxassislarni nazorat oʻtkazish uchun oʻz vakolatlari doirasida jalb etadi; | davlat organlarini va ularning vakillarini, nodavlat auditorlik xizmatlarini va ayrim mutaxassislarni nazorat oʻtkazish uchun oʻz vakolatlari doirasida jalb etadi; |
Davlat budjeti daromadlari prognozining toʻgʻriligini baholash, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning toʻliq yigʻilishini va soliq solish obyektlarining toʻliq hisobga olinishini taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan nazoratga moliya, soliq organlarining hamda boshqa davlat organlarining xodimlarini jalb etadi; | Davlat budjeti daromadlari prognozining toʻgʻriligini baholash, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning toʻliq yigʻilishini va soliq solish obyektlarining toʻliq hisobga olinishini taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan nazoratga moliya, soliq organlarining hamda boshqa davlat organlarining xodimlarini jalb etadi; |
oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida dastlabki va yakuniy nazoratni amalga oshiradi; | oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida dastlabki va yakuniy nazoratni amalga oshiradi; |
siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablagʻlarning kelib tushishi hamda bu mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; | siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablagʻlarning kelib tushishi hamda bu mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; |
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya, shuningdek Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari boʻyicha tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga xulosa taqdim etadi; | Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya, shuningdek Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari boʻyicha tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga xulosa taqdim etadi; |
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning tashqi auditini va uni baholashni amalga oshiradi; | Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning tashqi auditini va uni baholashni amalga oshiradi; Davlat budjetining hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlar yuzasidan tezkor xulosa tayyorlaydi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning qonuniy shakllantirilganligi, maqsadli hamda samarali sarflanganligi ustidan nazoratni amalga oshiradi; | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning qonuniy shakllantirilganligi, maqsadli hamda samarali sarflanganligi ustidan nazoratni amalga oshiradi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, shuningdek belgilangan tartibda tashkil qilingan boshqa jamgʻarmalar mablagʻlarining shakllantirilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; | Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, shuningdek belgilangan tartibda tashkil qilingan boshqa jamgʻarmalar mablagʻlarining shakllantirilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalarining moliya-xoʻjalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalarining moliya-xoʻjalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; |
nazorat natijalari boʻyicha koʻrsatmalar, taqdimnomalar, tahliliy maʼlumotlar va xulosalar kiritadi; | nazorat natijalari boʻyicha koʻrsatmalar, taqdimnomalar, tahliliy maʼlumotlar va xulosalar kiritadi; |
nazorat oʻtkazish davrida jinoyat alomatlarini koʻrsatuvchi maʼlumotlar, shu jumladan korrupsiyaga doir huquqbuzarliklar alomatlari aniqlangan taqdirda, tegishli materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi; | nazorat oʻtkazish davrida jinoyat alomatlarini koʻrsatuvchi maʼlumotlar, shu jumladan korrupsiyaga doir huquqbuzarliklar alomatlari aniqlangan taqdirda, tegishli materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi; |
nazorat natijalari boʻyicha davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi; | nazorat natijalari boʻyicha davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ijro etilmaganligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida ijro etilmaganligi, shu jumladan ularning ijro etilishi jarayoni toʻgʻrisidagi axborot qonunchilikda belgilangan tartibda “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali toʻliq, haqqoniy tarzda va oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimining joriy etilishiga hamda samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritadi; | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ijro etilmaganligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida ijro etilmaganligi, shu jumladan ularning ijro etilishi jarayoni toʻgʻrisidagi axborot qonunchilikda belgilangan tartibda “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali toʻliq, haqqoniy tarzda va oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi, uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritadi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan hamkorlikni, shu jumladan budjet tashkilotlari, budjetdan mablagʻ oluvchilar, boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarni birgalikda nazorat qilishni rejalashtirish va amalga oshirish masalalari boʻyicha hamkorlikni tashkil etadi; | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan hamkorlikni, shu jumladan budjet tashkilotlari, budjetdan mablagʻ oluvchilar, boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarni birgalikda nazorat qilishni rejalashtirish va amalga oshirish masalalari boʻyicha hamkorlikni tashkil etadi; |
Hisob palatasi bilan oldindan kelishib olinishi lozim boʻlgan barcha masalalar boʻyicha xulosa beradi; | Hisob palatasi bilan oldindan kelishib olinishi lozim boʻlgan barcha masalalar boʻyicha xulosa beradi; |
budjet va smeta-shtat intizomini budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibini, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda, shuningdek Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlikda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortadi; | budjet va smeta-shtat intizomini budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibini, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda, shuningdek Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlikda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortadi; |
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat boji toʻlamasdan sudga murojaat qilishga haqli; | Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat boji toʻlamasdan sudga murojaat qilishga haqli; |
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi; | oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi; |
qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritishga haqli. | qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritishga haqli. |
31-modda. Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazoratning shakllari va turlari | 31-modda. Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazoratning shakllari va turlari |
Hisob palatasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida dastlabki hamda yakuniy nazorat tarzida taftish, tekshirish (shu jumladan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikning avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibida tekshirish) va oʻrganish shaklida nazorat tadbirlarini amalga oshiradi. | Hisob palatasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida dastlabki hamda yakuniy nazorat tarzida taftish, tekshirish (shu jumladan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikning avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibida tekshirish) va oʻrganish shaklida nazorat tadbirlarini amalga oshiradi. |
Taftish nazorat tadbiri bilan qamrab olingan davrda nazorat obyekti tomonidan amalga oshirilgan barcha moliya-xoʻjalik operatsiyalarining qonuniyligi va asosliligini, ularning buxgalteriya hisobotlarida hamda moliyaviy hisobotlarda haqqoniy tarzda va toʻgʻri aks ettirilishini hujjatlar asosida aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. | Taftish nazorat tadbiri bilan qamrab olingan davrda nazorat obyekti tomonidan amalga oshirilgan barcha moliya-xoʻjalik operatsiyalarining qonuniyligi va asosliligini, ularning buxgalteriya hisobotlarida hamda moliyaviy hisobotlarda haqqoniy tarzda va toʻgʻri aks ettirilishini hujjatlar asosida aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. |
Tekshirish nazorat obyektining muayyan davrdagi ayrim harakatlarini (operatsiyalarini) yoki faoliyatining muayyan yoʻnalishini nazorat qilish maqsadida oʻtkaziladi. | Tekshirish nazorat obyektining muayyan davrdagi ayrim harakatlarini (operatsiyalarini) yoki faoliyatining muayyan yoʻnalishini nazorat qilish maqsadida oʻtkaziladi. |
Tekshirish kameral va sayyor turlarga boʻlinadi. | Tekshirish kameral va sayyor turlarga boʻlinadi. |
Kameral tekshirish, qoida tariqasida, Hisob palatasi joylashgan yerda, Hisob palatasida mavjud boʻlgan yoki Hisob palatasining soʻroviga koʻra taqdim etilgan maʼlumotlarga va hujjatlarga asosan oʻtkaziladi. | Kameral tekshirish, qoida tariqasida, Hisob palatasi joylashgan yerda, Hisob palatasida mavjud boʻlgan yoki Hisob palatasining soʻroviga koʻra taqdim etilgan maʼlumotlarga va hujjatlarga asosan oʻtkaziladi. |
Sayyor tekshirish nazorat obyekti joylashgan yerda oʻtkaziladi. | Sayyor tekshirish nazorat obyekti joylashgan yerda oʻtkaziladi. |
Oʻrganish nazorat obyektining muayyan sohasini hamda faoliyatini statistik, moliyaviy va boshqa maʼlumotlar asosida tahlil qilish hamda baholash maqsadida amalga oshiriladi. | Oʻrganish nazorat obyektining muayyan sohasini hamda faoliyatini statistik, moliyaviy va boshqa maʼlumotlar asosida tahlil qilish hamda baholash maqsadida amalga oshiriladi. |
Hisob palatasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida koʻrsatmalar va taqdimnomalar qabul qiladi, shuningdek tahliliy maʼlumotlar hamda xulosalar tayyorlaydi. | Hisob palatasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida koʻrsatmalar va taqdimnomalar qabul qiladi, shuningdek tahliliy maʼlumotlar hamda xulosalar tayyorlaydi. |
32-modda. Koʻrsatma | 32-modda. Koʻrsatma |
Yakuniy nazorat jarayonida nazorat obyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatida va boshqa faoliyatida davlatga zarar keltirayotgan hamda shu sababli kechiktirmasdan barham berish talab etiladigan buzilishlar, shuningdek yakuniy nazorat natijalari boʻyicha, shu jumladan davlat organlari va oʻzga tashkilotlarning soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish uchun foydalaniladigan maʼlumotlar bazasining haqqoniyligini tekshirishdagi buzilishlar aniqlanganda Hisob palatasi nazorat obyektlarining yoki yuqori tashkilotning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish, davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hamda qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini koʻrish uchun koʻrsatma yuborishga haqli. | Yakuniy nazorat jarayonida nazorat obyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatida va boshqa faoliyatida davlatga zarar keltirayotgan hamda shu sababli kechiktirmasdan barham berish talab etiladigan buzilishlar, shuningdek yakuniy nazorat natijalari boʻyicha, shu jumladan davlat organlari va oʻzga tashkilotlarning soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish uchun foydalaniladigan maʼlumotlar bazasining haqqoniyligini tekshirishdagi buzilishlar aniqlanganda Hisob palatasi nazorat obyektlarining yoki yuqori tashkilotning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish, davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hamda qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini koʻrish uchun koʻrsatma yuborishga haqli. |
Hisob palatasining koʻrsatmasi Hisob palatasi raisi tomonidan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan qabul qilinadi. | Hisob palatasining koʻrsatmasi Hisob palatasi raisi tomonidan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan qabul qilinadi. |
Hisob palatasining koʻrsatmasi aniqlangan kamchiliklar va qonunchilikning buzilishlari toʻgʻrisidagi hamda ularni bartaraf etish, shuningdek bunday buzilishlarning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrish haqidagi talablarni oʻz ichiga olishi kerak. | Hisob palatasining koʻrsatmasi aniqlangan kamchiliklar va qonunchilikning buzilishlari toʻgʻrisidagi hamda ularni bartaraf etish, shuningdek bunday buzilishlarning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrish haqidagi talablarni oʻz ichiga olishi kerak. |
Hisob palatasining koʻrsatmasi unda koʻrsatilgan muddatda yoki, agar muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, u nazorat obyektiga kiritilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida bajarilishi kerak. Koʻrsatmani bajarish muddati Hisob palatasi raisining qarori bilan yana shu muddatga, lekin bir martadan oshmagan holda uzaytirilishi mumkin. Koʻrsatmaning bajarilishi natijalari boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida Hisob palatasi nazorat obyekti rahbari yoki uning yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan yozma shaklda xabardor qilinadi. | Hisob palatasining koʻrsatmasi unda koʻrsatilgan muddatda yoki, agar muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, u nazorat obyektiga kiritilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida bajarilishi kerak. Koʻrsatmani bajarish muddati Hisob palatasi raisining qarori bilan yana shu muddatga, lekin bir martadan oshmagan holda uzaytirilishi mumkin. Koʻrsatmaning bajarilishi natijalari boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida Hisob palatasi nazorat obyekti rahbari yoki uning yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan yozma shaklda xabardor qilinadi. |
33-modda. Taqdimnoma | 33-modda. Taqdimnoma |
Yakuniy nazorat jarayonida Davlat budjeti daromadlarining tasdiqlangan prognozi bajarilmaganligi va budjetga toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligi kamaymaganligi aniqlangan taqdirda Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga hududiy moliya organlarining, davlat soliq va bojxona xizmati organlarining rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqli. | Yakuniy nazorat jarayonida Davlat budjeti daromadlarining tasdiqlangan prognozi bajarilmaganligi va budjetga toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligi kamaymaganligi aniqlangan taqdirda Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga hududiy moliya organlarining, davlat soliq va bojxona xizmati organlarining rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqli. |
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ijro etilmaganligi uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari sifatli tarzda hamda oʻz vaqtida ijro etilmaganligi, shu jumladan ularning ijrosi toʻgʻrisidagi axborot qonunchilikda belgilangan tartibda “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali toʻliq, haqqoniy tarzda va oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimining joriy etilishiga va samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi keyingi nazorat jarayonida aniqlangan taqdirda, Hisob palatasi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga ularning xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqli. | Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ijro etilmaganligi uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari sifatli tarzda hamda oʻz vaqtida ijro etilmaganligi, shu jumladan ularning ijrosi toʻgʻrisidagi axborot qonunchilikda belgilangan tartibda “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali toʻliq, haqqoniy tarzda va oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun, Hisob palatasi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga ularning xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqli. |
Hisob palatasining taqdimnomasi Hisob palatasi raisi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan qabul qilinadi. | Hisob palatasining taqdimnomasi Hisob palatasi raisi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan qabul qilinadi. |
Hisob palatasining taqdimnomasi aniqlangan kamchiliklar haqidagi axborotni va intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalasini koʻrib chiqish, shuningdek bunday kamchiliklarning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi talabni oʻz ichiga olishi kerak. | Hisob palatasining taqdimnomasi aniqlangan kamchiliklar haqidagi axborotni va intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalasini koʻrib chiqish, shuningdek bunday kamchiliklarning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi talabni oʻz ichiga olishi kerak. |
Hisob palatasining taqdimnomasi kiritilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay bajarilishi kerak. | Hisob palatasining taqdimnomasi kiritilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay bajarilishi kerak. |
Taqdimnomaning bajarilishi natijalari boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar haqida Hisob palatasi yozma shaklda xabardor qilinadi. | Taqdimnomaning bajarilishi natijalari boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar haqida Hisob palatasi yozma shaklda xabardor qilinadi. |
34-modda. Tahliliy maʼlumot | 34-modda. Tahliliy maʼlumot |
Hisob palatasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining soʻrovlari boʻyicha oʻtkazilgan nazorat natijalari yuzasidan, shuningdek nazorat obyektining muayyan sohasini va faoliyatini oʻrganish natijalari yuzasidan tahliliy maʼlumot tayyorlanadi. | Hisob palatasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining soʻrovlari boʻyicha oʻtkazilgan nazorat natijalari yuzasidan, shuningdek nazorat obyektining muayyan sohasini va faoliyatini oʻrganish natijalari yuzasidan tahliliy maʼlumot tayyorlanadi. |
Tahliliy maʼlumot Hisob palatasi raisi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi. | Tahliliy maʼlumot Hisob palatasi raisi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi. |
Tahliliy maʼlumotda oʻtkazilgan oʻrganish yoki tahlil toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotlar, aniqlangan muammolar, mavjud toʻsiqlar va kamchiliklarning qisqacha tavsifi, shuningdek ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar koʻrsatilishi kerak. | Tahliliy maʼlumotda oʻtkazilgan oʻrganish yoki tahlil toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotlar, aniqlangan muammolar, mavjud toʻsiqlar va kamchiliklarning qisqacha tavsifi, shuningdek ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar koʻrsatilishi kerak. |
35-modda. Xulosa | 35-modda. Xulosa |
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ekspertizadan oʻtkazish va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiyani tahlil qilish, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish natijalari, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning tashqi auditi hamda uni baholash natijalari, Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini koʻrib chiqish natijalari, siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablagʻlarning kelib tushishi hamda bu mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat natijalari yuzasidan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda Hisob palatasi tomonidan xulosa tayyorlanadi. | Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ekspertizadan oʻtkazish va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiyani tahlil qilish, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish natijalari, Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning tashqi auditi hamda uni baholash natijalari, Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini koʻrib chiqish natijalari, siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablagʻlarning kelib tushishi hamda bu mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat natijalari yuzasidan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda Hisob palatasi tomonidan xulosa tayyorlanadi. |
Xulosa Hisob palatasi raisi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi. | Xulosa Hisob palatasi raisi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi. |
351-modda. Tezkor xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari ijrosining choraklik hisobotlarini Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi va boshqa elektron manbalardan olingan statistik, moliyaviy hamda boshqa maʼlumotlarni oʻrganish asosida Hisob palatasi tezkor xulosa tayyorlaydi. | |
36-modda. Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish | 36-modda. Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish |
Hisob palatasining koʻrsatmalari va taqdimnomalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslikda, maʼlumotlar bazasidan hamda axborotdan foydalanish imkoniyatini bermaslikda, bila turib notoʻgʻri axborotni taqdim etganlikda namoyon boʻladigan tarzda Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, shuningdek Hisob palatasining faoliyatiga aralashganlik va uning mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning hamda funksiyalarning qonuniy ravishda ijro etilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida biror-bir shaklda taʼsir koʻrsatganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi. | Hisob palatasining koʻrsatmalari va taqdimnomalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslikda, maʼlumotlar bazasidan hamda axborotdan foydalanish imkoniyatini bermaslikda, bila turib notoʻgʻri axborotni taqdim etganlikda namoyon boʻladigan tarzda Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, shuningdek Hisob palatasining faoliyatiga aralashganlik va uning mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning hamda funksiyalarning qonuniy ravishda ijro etilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida biror-bir shaklda taʼsir koʻrsatganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi. |
6-bob. Hisob palatasining faoliyatini tashkil etish | 6-bob. Hisob palatasining faoliyatini tashkil etish |
37-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamenti | 37-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamenti |
Hisob palatasining faoliyati masalalari, Hisob palatasi mansabdor shaxslari oʻrtasida majburiyatlarning ichki taqsimlanishi, ishlarni yuritish tartibi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilanadi. | Hisob palatasining faoliyati masalalari, Hisob palatasi mansabdor shaxslari oʻrtasida majburiyatlarning ichki taqsimlanishi, ishlarni yuritish tartibi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilanadi. |
38-modda. Hisob palatasining ishini rejalashtirish | 38-modda. Hisob palatasining ishini rejalashtirish |
Hisob palatasi oʻz faoliyatini Hisob palatasi vakolatlariga kiruvchi masalalar ustidan taʼsirchan tizimli nazoratni taʼminlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan nazorat ishlarining yillik dasturi asosida tashkil etadi. Nazorat ishlarining yillik dasturi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. | Hisob palatasi oʻz faoliyatini Hisob palatasi vakolatlariga kiruvchi masalalar ustidan taʼsirchan tizimli nazoratni taʼminlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan nazorat ishlarining yillik dasturi asosida tashkil etadi. Nazorat ishlarining yillik dasturi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining soʻrovlari asosida oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari Hisob palatasi nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritilishi shart. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining soʻrovlari asosida oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari Hisob palatasi nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritilishi shart. |
Hisob palatasi nazorat ishlarining yillik dasturi ijrosini tashkil etish Hisob palatasining farmoyishi asosida amalga oshiriladi, bunda Hisob palatasining mansabdor shaxslari orasidan har bir nazorat tadbirini tashkil etish uchun masʼullar tayinlanadi. | Hisob palatasi nazorat ishlarining yillik dasturi ijrosini tashkil etish Hisob palatasining farmoyishi asosida amalga oshiriladi, bunda Hisob palatasining mansabdor shaxslari orasidan har bir nazorat tadbirini tashkil etish uchun masʼullar tayinlanadi. |
Nazorat tadbirlari faqat nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritilgan nazorat obyektlarida amalga oshiriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining soʻrovlariga asosan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari, kameral nazorat va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno. | Nazorat tadbirlari faqat nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritilgan nazorat obyektlarida amalga oshiriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining soʻrovlariga asosan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari, kameral nazorat va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno. |
39-modda. Hisob palatasining standartlari | 39-modda. Hisob palatasining standartlari |
Hisob palatasining standartlari Hisob palatasi faoliyatini tashkil etish standartlaridan, shuningdek Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi audit va moliyaviy nazorat standartlaridan iboratdir. | Hisob palatasining standartlari Hisob palatasi faoliyatini tashkil etish standartlaridan, shuningdek Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi audit va moliyaviy nazorat standartlaridan iboratdir. |
Hisob palatasi faoliyatini tashkil etish standartlari, shuningdek Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi audit va moliyaviy nazorat standartlari Hisob palatasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi. | Hisob palatasi faoliyatini tashkil etish standartlari, shuningdek Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi audit va moliyaviy nazorat standartlari Hisob palatasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi. |
Hisob palatasi faoliyatini tashkil etish standartlari Hisob palatasida uslubiy taʼminlashni, ishlarni rejalashtirishni, hisobotlar tayyorlashni, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni hamda Hisob palatasining boshqa ichki faoliyat turlarini tashkil etish va amalga oshirish xususiyatlari, qoidalari hamda tartib-taomillarini belgilaydi. | Hisob palatasi faoliyatini tashkil etish standartlari Hisob palatasida uslubiy taʼminlashni, ishlarni rejalashtirishni, hisobotlar tayyorlashni, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni hamda Hisob palatasining boshqa ichki faoliyat turlarini tashkil etish va amalga oshirish xususiyatlari, qoidalari hamda tartib-taomillarini belgilaydi. |
Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi audit va moliyaviy nazorat standartlari nazorat faoliyatining umumiy talablari, xususiyatlari, qoidalari hamda tartib-taomillarini belgilaydi. | Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi audit va moliyaviy nazorat standartlari nazorat faoliyatining umumiy talablari, xususiyatlari, qoidalari hamda tartib-taomillarini belgilaydi. |
7-bob. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish | 7-bob. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish |
40-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini huquqiy jihatdan himoya qilish kafolatlari | 40-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini huquqiy jihatdan himoya qilish kafolatlari |
Hisob palatasining mansabdor shaxslari davlat himoyasida boʻladi. | Hisob palatasining mansabdor shaxslari davlat himoyasida boʻladi. |
Hisob palatasining mansabdor shaxslari oʻz majburiyatlarini bajarish chogʻida faqat bevosita yoki toʻgʻridan-toʻgʻri rahbarga boʻysunadi. | Hisob palatasining mansabdor shaxslari oʻz majburiyatlarini bajarish chogʻida faqat bevosita yoki toʻgʻridan-toʻgʻri rahbarga boʻysunadi. |
Bevosita qonun bilan vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim Hisob palatasi mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga aralashish, shuningdek Hisob palatasining mansabdor shaxslarini Hisob palatasi zimmasiga qonun bilan yuklatilmagan vazifalarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas. | Bevosita qonun bilan vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim Hisob palatasi mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga aralashish, shuningdek Hisob palatasining mansabdor shaxslarini Hisob palatasi zimmasiga qonun bilan yuklatilmagan vazifalarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas. |
41-modda. Hisob palatasi mansabdor shaxslarining daxlsizligi kafolatlari | 41-modda. Hisob palatasi mansabdor shaxslarining daxlsizligi kafolatlari |
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin. | Hisob palatasining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin. |
Hisob palatasining mansabdor shaxslarini maʼmuriy javobgarlikka tortish masalasi Hisob palatasining raisi tomonidan hal etiladi. | Hisob palatasining mansabdor shaxslarini maʼmuriy javobgarlikka tortish masalasi Hisob palatasining raisi tomonidan hal etiladi. |
42-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini moddiy va ijtimoiy jihatdan taʼminlash | 42-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini moddiy va ijtimoiy jihatdan taʼminlash |
Hisob palatasining raisi maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy xizmat va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisiga, Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosariga, Hisob palatasi raisining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosariga, Hisob palatasining masʼul xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi. | Hisob palatasining raisi maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy xizmat va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisiga, Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosariga, Hisob palatasi raisining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosariga, Hisob palatasining masʼul xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi. |
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga lavozim maoshiga nisbatan alohida mehnat sharoitlari va uzoq muddatli uzluksiz ish staji uchun qonunchilikda belgilangan tartibda hamda miqdorlarda koeffitsiyentlar qoʻllanilgan holda har oylik ustamalar toʻlanadi. | Hisob palatasining mansabdor shaxslariga lavozim maoshiga nisbatan alohida mehnat sharoitlari va uzoq muddatli uzluksiz ish staji uchun qonunchilikda belgilangan tartibda hamda miqdorlarda koeffitsiyentlar qoʻllanilgan holda har oylik ustamalar toʻlanadi. |
Hisob palatasining mansabdor shaxslari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddatli xizmatlari, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun ustama va qoʻshimcha toʻlovlar saqlanib qoladi. | Hisob palatasining mansabdor shaxslari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddatli xizmatlari, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun ustama va qoʻshimcha toʻlovlar saqlanib qoladi. |
Hisob palatasining mansabdor shaxslari avvalgi ish joyi boʻyicha xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlardan, moddiy va ijtimoiy himoya choralaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida amalda boʻlgan mehnat sharoitlarini hisobga olgan hamda lavozim maoshi va boshqa toʻlovlar miqdori saqlangan holda foydalanadi. | Hisob palatasining mansabdor shaxslari avvalgi ish joyi boʻyicha xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlardan, moddiy va ijtimoiy himoya choralaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida amalda boʻlgan mehnat sharoitlarini hisobga olgan hamda lavozim maoshi va boshqa toʻlovlar miqdori saqlangan holda foydalanadi. |
Hisob palatasida ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni berish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi. | Hisob palatasida ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni berish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi. |
Hisob palatasida ishlash davrida harbiy va maxsus unvonlarni berish avvalgi ish joyi boʻyicha nazarda tutilgan tartibda tegishli harbiy va maxsus unvonlarni berish uchun zarur boʻlgan muddatlar oʻtgandan soʻng amalga oshiriladi. | Hisob palatasida ishlash davrida harbiy va maxsus unvonlarni berish avvalgi ish joyi boʻyicha nazarda tutilgan tartibda tegishli harbiy va maxsus unvonlarni berish uchun zarur boʻlgan muddatlar oʻtgandan soʻng amalga oshiriladi. |
Mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi, majburiyatlarini namunali bajarganligi, shuningdek boshqa alohida xizmatlari uchun Hisob palatasining mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin. | Mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi, majburiyatlarini namunali bajarganligi, shuningdek boshqa alohida xizmatlari uchun Hisob palatasining mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin. |
43-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini uy-joy bilan taʼminlash | 43-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini uy-joy bilan taʼminlash |
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga uy-joy ijarasi uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi. | Hisob palatasining mansabdor shaxslariga uy-joy ijarasi uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi. |
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga imtiyozli uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda uy-joy olish huquqi beriladi. | Hisob palatasining mansabdor shaxslariga imtiyozli uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda uy-joy olish huquqi beriladi. |
44-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini ish bilan taʼminlash kafolatlari | 44-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini ish bilan taʼminlash kafolatlari |
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga ularning mehnat faoliyati tugaganidan soʻng, ular Hisob palatasiga qabul qilinguniga qadar egallagan avvalgi ishi (lavozimi), u mavjud boʻlmagan taqdirda esa, unga teng boʻlgan boshqa ish (lavozim) ularning davlat organlaridagi va boshqa tashkilotlardagi mutaxassisligi hisobga olingan holda beriladi, bundan mansabdor shaxsning malakasi yetishmasligi yoki sogʻligi holati tufayli bajariladigan ishga noloyiqligi yoxud mansabdor shaxsning oʻz mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun mehnat faoliyati tugatilgan hollar mustasno. | Hisob palatasining mansabdor shaxslariga ularning mehnat faoliyati tugaganidan soʻng, ular Hisob palatasiga qabul qilinguniga qadar egallagan avvalgi ishi (lavozimi), u mavjud boʻlmagan taqdirda esa, unga teng boʻlgan boshqa ish (lavozim) ularning davlat organlaridagi va boshqa tashkilotlardagi mutaxassisligi hisobga olingan holda beriladi, bundan mansabdor shaxsning malakasi yetishmasligi yoki sogʻligi holati tufayli bajariladigan ishga noloyiqligi yoxud mansabdor shaxsning oʻz mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun mehnat faoliyati tugatilgan hollar mustasno. |
8-bob. Yakunlovchi qoidalar | 8-bob. Yakunlovchi qoidalar |
45-modda. Hisob palatasining moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti | 45-modda. Hisob palatasining moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti |
Hisob palatasi faoliyatining moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. | Hisob palatasi faoliyatining moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. |
Hisob palatasida budjetdan tashqari jamgʻarma tashkil etiladi, undan foydalanish tartibi qonunchilikda belgilanadi. | Hisob palatasida budjetdan tashqari jamgʻarma tashkil etiladi, undan foydalanish tartibi qonunchilikda belgilanadi. |
46-modda. Xalqaro hamkorlik | 46-modda. Xalqaro hamkorlik |
Hisob palatasining chet davlatlarning tashqi audit va moliyaviy nazorat organlari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning vakolatxonalari bilan hamkorligi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. | Hisob palatasining chet davlatlarning tashqi audit va moliyaviy nazorat organlari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning vakolatxonalari bilan hamkorligi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. |
47-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik | 47-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik |
Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. | Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. |
48-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash | 48-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash |
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin. | Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin. |
49-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish | 49-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: |
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; | hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; |
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. | respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. |
50-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi | 50-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi |
Ushbu Qonun 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi. | Ushbu Qonun 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2019-yil 1-iyul, | 2019-yil 1-iyul, |
OʻRQ-546-son | OʻRQ-546-son |