Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2058-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 20-noyabrdagi 108-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2058, 2009-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 582-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining hisoboti uch nusxada tuziladi (Moliya vazirligi, sugʻurtalovchini tugatish toʻgʻrisidagi Moliya vazirligining arizasi yoʻllangan sud va sugʻurtalovchi uchun bittadan), sugʻurtalovchi muvaqqat maʼmuriyatining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi, sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi. Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati hisobotining varaqlari raqamlangan va tikilgan boʻlishi lozim.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-iyun,
76-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2019-y., 10/19/2058-1/3353-son)