Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli “Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida Pensiya jamgʻarmasi tuzilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 11-fevral,
74-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 26-fevraldagi 85-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida kichik korxonalar toʻgʻrisida nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 2-son, 3-modda) 28-bandi ikkinchi xatboshidagi “davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga va pensiya jamgʻarmasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqida” 1992-yil 6-apreldagi 170-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 4-son, 13-modda) ikkinchi bandidagi “Pensiya fondi, ijtimoiy sugʻurta” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-sentabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi toʻgʻrisida nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 9-son, 35-modda):
4-band birinchi gapdan keyin quyidagi mazmundagi gap bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va ijtimoiy taʼminot mahalliy organlari huzurida tegishli hududiy boʻlinmalari va boʻlimlari boʻlgan Pensiya jamgʻarmasi tashkil etiladi”;
7-bandning “b” kichik bandidagi toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badallar va ajratmalar toʻplanishi va jamlanishini amalga oshiradi; pensiyalar va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar belgilangan miqdorlarda toʻlanishiga sarflanadigan xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlaydi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-sentabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Hududiy ijtimoiy taʼminot boshqarmasi toʻgʻrisida Namunaviy nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 9-son, 35-modda):
7-bandning yettinchi xatboshidagi “ushbu masalalarda Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi apparati bilan oʻzaro hamkorlik qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8-bandning “b” kichik bandidagi uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badallar va ajratmalar toʻplanishi va jamlanishini amalga oshiradi; pensiyalar va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar belgilangan miqdorlarda toʻlanishiga sarflanadigan xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlaydi”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-sentabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Tuman, shahar ijtimoiy taʼminot boʻlimi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 9-son, 35-modda) yettinchi bandning beshinchi xatboshidagi “taʼminlashda Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining mahalliy organlari bilan hamkorlik qilish” soʻzlari “va taʼminlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-fevraldagi 48-son qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni ish beruvchilar tomonidan toʻlash qoidalarida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 2-son, 7-modda):
4-banddagi “tuman (shahar) ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi boʻlimi vakilining” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
28-bandning ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga”, “Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi” soʻzlari tegishlicha “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasiga”, “Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini roʻyobga chiqarish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1994-yil 11-maydagi 249-son qarorida va unga ilovalarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi va Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga koʻrsatmalar tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi va Pensiya jamgʻarmasiga koʻrsatmalar deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-iyundagi 317-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan pensiyalarni boshqa davlatlarga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 6-son, 32-modda):
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya .jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-iyundagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandida va Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 6-son, 33-modda) “Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 21-iyuldagi 378-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi vrachlik faoliyati (xususiy vrachlik faoliyati) toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 7-son, 37-modda) “Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 38-f-son farmoyishining 4-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 38-f-son farmoyishiga ilovada:
1-banddagi “Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin, “ijtimoiy taʼminot organlarini chetlab oʻtib” soʻzlari esa chiqarib tashlansin;
2-banddagi “tuman (shahar) ijtimoiy sugʻurta boʻlimlari” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddan “va ijtimoiy sugʻurta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarorining 4-bandi ikkinchi xatboshidagi “Ijtimoiy sugʻurta, jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi advokatlik birlashmalarida advokatlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 15-iyuldagi 250-son qarorining 1-bandidagi “ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin,
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy-kommunal xizmatlarning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashiga bosqichma-bosqich oʻtish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1996-yil 30-iyuldagi 271-son qaroriga 5-ilovaning 1-bandi “b” kichik bandidagi “ijtimoiy sugʻurta fondiga” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 2-son, 5-modda, Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y.,5-son, 20-modda; 7-son, 36-modda)