Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli “Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga aylantirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 11-fevral,
74-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1 va 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-sentabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi toʻgʻrisida nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 9-son, 35-modda):
4-band birinchi gapdan keyin quyidagi mazmundagi gap bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va ijtimoiy taʼminot mahalliy organlari huzurida tegishli hududiy boʻlinmalari va boʻlimlari boʻlgan Pensiya jamgʻarmasi tashkil etiladi”;
7-bandning “b” kichik bandidagi toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badallar va ajratmalar toʻplanishi va jamlanishini amalga oshiradi; pensiyalar va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar belgilangan miqdorlarda toʻlanishiga sarflanadigan xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlaydi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-sentabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Hududiy ijtimoiy taʼminot boshqarmasi toʻgʻrisida Namunaviy nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 9-son, 35-modda):
7-bandning yettinchi xatboshidagi “ushbu masalalarda Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi apparati bilan oʻzaro hamkorlik qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8-bandning “b” kichik bandidagi uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badallar va ajratmalar toʻplanishi va jamlanishini amalga oshiradi; pensiyalar va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar belgilangan miqdorlarda toʻlanishiga sarflanadigan xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlaydi”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-sentabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Tuman, shahar ijtimoiy taʼminot boʻlimi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 9-son, 35-modda) yettinchi bandning beshinchi xatboshidagi “taʼminlashda Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining mahalliy organlari bilan hamkorlik qilish” soʻzlari “va taʼminlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6—10-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 38-f-son farmoyishining 4-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 38-f-son farmoyishiga ilovada:
1-banddagi “Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin, “ijtimoiy taʼminot organlarini chetlab oʻtib” soʻzlari esa chiqarib tashlansin;
2-banddagi “tuman (shahar) ijtimoiy sugʻurta boʻlimlari” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddan “va ijtimoiy sugʻurta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13—15-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 2-son, 5-modda, Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y.,5-son, 20-modda; 7-son, 36-modda)