Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Qarori
SAMARQAND VILOYATIDAGI PAYARIQ AHOLI PUNKTINI TUMANGA BOʻYSUNUVChI ShAHARLAR TURKUMIGA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati qaror qiladi:
1. Samarqand viloyati Hokimining iltimosi qondirilib, Payariq tumanining maʼmuriy markazi — Payariq aholi punkti tumanga boʻysunuvchi shaharlar turkumiga kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1994-yil 20-sentabr,
2007-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 310-modda)