28.06.2019 yildagi 541-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.07.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” (2-qoʻshimcha moliyalashtirish)” loyihasi doirasida Yevropa investitsiya banki mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash uchun qoʻshimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish, energiya samaradorligini oshirishni taʼminlash hamda energiyani tejaydigan asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 9-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa investitsiya banki (keyingi oʻrinlarda YEYIB deb ataladi) oʻrtasida Jahon banki kreditlari ishtirokidagi “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) doirasida amalga oshirilayotgan energiya samaradorligini oshirish boʻyicha subloyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun 100,0 mln yevro miqdoridagi kreditni va 2,0 mln yevrogacha texnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb etishga moliyaviy kontrakt imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YEYIB mablagʻlarini jalb qilish davri 48 oy (2019 — 2022-yillar) etib belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” (2-qoʻshimcha moliyalashtirish)” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 2-oktabrdagi 785-son qarorida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (Jahon banki)ning 200 mln AQSh dollari miqdoridagi qarzini sanoat korxonalari tomonidan energiya samaradorligini oshirishni va energiyani tejaydigan asbob-uskunalar va texnologiyalar joriy etilishini jadallashtirish boʻyicha subloyihalarni moliyalashtirish uchun jalb etish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YEYIBning 100,0 mln yevro miqdoridagi kredit mablagʻlari sanoat korxonalarining energiya jihatidan samarali asbob-uskunalarni xarid qilish va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB, “Hamkorbank” ATB, “Asia Alliance Bank” ATB va “Mikrokreditbank” ATB tijorati banklariga (keyingi oʻrinlarda ishtirok etuvchi tijorat banklari deb ataladi) revolver kredit liniyasi (“B” komponenti — “Ishtirok etuvchi tijorat banklari uchun kredit liniyasi”) shaklida qayta moliyalashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar YEYIB bilan boshqacha tarzda kelishilmagan boʻlsa, YEYIB krediti hisobiga bitta tashkilotga — subqarz oluvchiga sanoat korxonalariga beriladigan kreditning maksimal summasi 10 mln AQSh dollariga teng boʻlgan summadan, sanoatning bitta tarmogʻida sanoat korxonalariga beriladigan kreditlarning maksimal summasi — 30 mln AQSh dollariga teng boʻlgan summadan ortiq boʻlishi mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻmaklashishning 2 mln yevrogacha miqdorda ajratiladigan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 25-iyuldagi 211-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Jahon banki loyihasini muvofiqlashtirish guruhi faoliyatini moliyalashtirish yoʻli bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi texnik koʻmaklashish loyihasini (“A” komponenti — “Energiya samaradorligi sohasidagi salohiyatni oshirish va loyihani boshqarish)” loyihasini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlashga, loyihani amalga oshirishni umumiy muvofiqlashtirish va monitoring olib borish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha mablagʻlaridan kreditlar olgan korxonalar — subqarz oluvchilar tomonidan qoplanadigan mablagʻlar ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan mablagʻlar qoldigʻi doirasida revolver asosida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha qaytarish hisobga olingan holda sanoat korxonalarining energiya jihatidan samarali asbob-uskunalarni xarid qilish va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish doirasida Yevropa investitsiya banki kreditini jalb qilish jadvali 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevropa investitsiya banki kreditini qaytarish va “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish doirasida foiz toʻlovlarining indikativ prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirok etuvchi tijorat banklari ijro etuvchi organlar hisoblanadi va YEYIBning qayta moliyalashtiriladigan kreditidan ular tomonidan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javob beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirok etuvchi tijorat banklari YEYIBning qayta moliyalashtiriladigan krediti hisobiga energiya jihatidan samarali investitsiya subloyihalarini moliyalashtirish uchun qaytarish, toʻlov va muddatlilik shartlarida oʻz nomidan kreditlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subloyihalarning moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlaridan kelib chiqib ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan loyiha doirasida 10 yilgacha muddatli xorijiy valyutadagi kreditlar ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YEYIB kreditini qaytarish, shuningdek, foizlarni toʻlash va u boʻyicha boshqa xarajatlar ishtirok etuvchi tijorat banklarining mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va YEYIB banki bilan kelishgan holda, zarurat boʻlganda, loyihani amalga oshirish doirasida ishtirok etuvchi tijorat banklari faoliyati samaradorligini tahlil qilish yakunlari boʻyicha ularning tarkibini qayta koʻrib chiqishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan YEYIBning kreditini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan YEYIB oʻrtasidagi moliyaviy kontrakt, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va ishtirok etuvchi tijorat banklari oʻrtasida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda kreditlarni berish, moliyalashtiriladigan subloyihalarni baholash va tanlash mezonlari tartibini, shuningdek, loyiha amalga oshirilishi hisobga olingan holda subloyihalar amalga oshirilishini moliyaviy boshqarish, xaridlar, monitoring va baholash tartibotlarini belgilaydigan tegishli qoʻllanmani YEYIB bilan kelishishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish davlat qoʻmitasi loyiha talablariga muvofiq subloyihalar va sub qarz oluvchi korxonalarning atrof muhitga taʼsiri toʻgʻrisidagi bayonotlari davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini, shuningdek, atrof muhitga taʼsir yuzasidan subloyihalarning toifaviyligini aniqlashni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 28-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
541-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2019-y., 09/19/541/3347-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)