25.06.2019 yildagi 525-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini faollashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, zamonaviy yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish, yangi ish oʻrinlari yaratish va shu asosida Bekobod shahri aholisining daromadlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Toshkent viloyati Bekobod shahrining qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini qoʻshish hisobiga “Angren” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda “Angren” EIZ deb ataladi) hududini kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 23-maydagi PF-5728-son Farmoni bilan zarurat boʻlganda “Angren” erkin iqtisodiy zonasiga kiradigan hudud va uning chegaralari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan oʻzgartirilishi mumkinligi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi tomonidan “Angren” EIZ hududida amalga oshirish uchun umumiy qiymati 24,5 mln AQSh dollarilik istiqbolli investitsiya loyihalari ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda “Angren” EIZning birlashtirilayotgan hududining bosh rejasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli investitsiya loyihalarini “Angren” EIZning birlashtirilayotgan hududida joylashtirish yuzasidan ularning hujjatlari Toshkent viloyatidagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2020-2021-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda yangidan qoʻshilayotgan hududda “Angren” EIZning muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar unga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi “Angren” EIZ hududida joylashtirish nazarda tutilgan istiqbolli investitsiya loyihalarining belgilangan tartibda biznes-rejalari kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini va texnik-iqtisodiy asoslanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-apreldagi PQ-4436-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Angren” erkin iqtisodiy zonasiga kiradigan hududlar roʻyxatiga ilovaga* muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzoqov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
525-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 09/19/525/3340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)