21.06.2019 yildagi PQ-4363-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarning rivojlantirilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha uzluksiz ravishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida 150 ta kichik sanoat zonalari tashkil qilingan boʻlib, ularning hududida har yili jami 1,7 trln soʻmdan ortiq qiymatdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmiga ega boʻlgan 1 691 ta kichik korxona faoliyat yuritadi va 27 mingdan ziyod ish oʻrinlari yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, ularning ishtirokchilari uchun faoliyat yuritish sharoitlarini sifat jihatidan yaxshilash va mahsulotlarni sotishga koʻmaklashish, investitsiyalar jalb qilinishini faollashtirish, avvalambor foydalanilmayotgan, faoliyat yuritmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida tashkil qilinayotgan importbop mahsulotlarni chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarning joriy etilishini jadallashtirish, ushbu asosda yangi turgʻun ish joylari tashkil etilishini taʼminlash va aholi daromadini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida davlat muassasasi shaklidagi kichik sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalarni (keyingi oʻrinlarda — direksiyalar) har bir kichik sanoat zonasiga direksiyalarning masʼul xodimlarini biriktirgan holda tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda yangi tashkil qilinayotgan direksiyalarning roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5621-son Farmoni bilan kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga quyidagi huquqlar berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mablagʻlari hisobiga qurilgan binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)ga mulk huquqini belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlashni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirgan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan kundan boshlab kamida 3 yil muddat oʻtgandan keyin, binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)ni xususiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajargan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davridan boshlab kamida 5 yil muddat oʻtgandan keyin, oʻzlariga berilgan binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)ni xususiylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kichik sanoat zonalari faqatgina transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi mavjud yoki oʻtkazish oson boʻlgan faoliyat yuritmayotgan korxonalar negizida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh yer maydonlarida tashkil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer uchastkalarini berish, kichik sanoat zonalari hududida amalga oshirish uchun investitsiya loyihalarini tanlash va joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar tuman (shahar) hokimining yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi alohida qarorini qabul qilmagan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining maʼmuriy kengashlari (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy kengashlar) bayonnomalari shaklida rasmiylashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kichik sanoat zonasi ishtirokchisi tomonidan investitsiya loyihasini kichik sanoat zonasida joylashtirilgan kundan eʼtiboran uch oy mobaynida amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmaganligi, shuningdek obyektdan shartnomada koʻrsatilgan maqsadga nomuvofiq foydalanilganligi shartnomaning bir tomonlama tartibda bekor qilinishiga asos boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kichik sanoat zonasi ishtirokchisi tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish obyektiv sabablarga koʻra shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda yakunlanmagan boʻlsa yoki oxirgi 6 oy mobaynida ishlab chiqarish faoliyati amalga oshirilmagan boʻlsa, maʼmuriy kengash unga loyiha amalga oshirilishini tezlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlagan holda qoʻshimcha muddat taqdim etilishi yoxud shartnoma bekor qilinishi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)ni xususiylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mablagʻlari hisobiga rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlash ishlari olib borilgan binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)da, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan kundan boshlab kamida 3 yil muddat oʻtgandan keyin — rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlash ishlarining xarajatlari chegirib tashlangan holda belgilangan tartibda aniqlanadigan baholash qiymati boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajargan taqdirda (ishtirokchining shaxsiy mablagʻlari hisobiga rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlash ishlari olib bormagan holda), biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan kundan boshlab kamida 5 yil muddat oʻtgandan keyin — besh yil mobaynida teng ulushlarda toʻlovlarni kiritish huquqi berilgan holda belgilangan tartibda aniqlanadigan baholash qiymati boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maʼmuriy kengashlar va direksiyalar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning barcha hududlaridagi kichik sanoat zonalarini inventarizatsiya qilish va ularning faoliyatini oʻrganish hamda natijasi boʻyicha ularning har biri keyinchalik faoliyat yuritishi maqsadga muvofiqligi haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalari ishtirokchilari bilan tuzilgan binolar va inshootlarning ijarasi toʻgʻrisidagi shartnomalarni, zarur hollarda, belgilangan tartibda foydalanilmayotgan va maqsadga nomuvofiq foydalanilayotgan binolar va inshootlarni qaytarish chora-tadbirlarini koʻrgan holda yoki qoʻshimcha loyihalarni joylashtirish hisobiga ulardan oqilona foydalanish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqqan holda qayta koʻrib chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddatlarda investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi boshlanishini taʼminlamagan kichik sanoat zonalari ishtirokchilari bilan investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimlarning bekor qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishning qisqa muddatlarda foydalanishga topshirilishini koʻzda tutgan holda orqada qolayotgan loyihalar boʻyicha tarmoq jadvallarining ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi orqada qolayotgan tumanlar va shaharlarda hududning salohiyati, raqobatdagi ustuvor yoʻnalishlari, tabiiy va mehnat resurslaridan kelib chiqib, ularning ixtisoslashuvini belgilagan holda yangi kichik sanoat zonalarini tashkil qilish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda yangi tashkil qilinayotgan kichik sanoat zonalari hududlarida talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan holda hududlar kesimida transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron va internet nashrlarini jalb qilgan holda mamlakatning kichik sanoat zonalari, investitsiya kiritishning afzalliklari va yaratilayotgan imtiyozli sharoitlar, kichik sanoat zonalari hududlaridagi mavjud boʻlgan infratuzilma, taklif qilinayotgan xizmatlar, shuningdek amalga oshirilishi tavsiya etilayotgan investitsiya loyihalari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarning doimiy asosda nashr etilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy kengashlar kotibining kichik sanoat zonalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishga oid funksiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direksiyalar direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish maʼmuriy kengashlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalarining arxitektura-rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan yer uchastkalarini tanlash va ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobiga loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda taʼminlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direksiyalar kichik sanoat zonalari hududlarining arxitektura-rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachilar boʻlib qatnashishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kichik sanoat zonalari direksiyalari 2022-yil 1-iyulga qadar yer soligʻi va mol-mulk soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda kichik sanoat zonalari hududlarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini monitoring qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobiga kichik sanoat zonalarining boʻlinish chegarasigacha zaruriy tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmasining kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini joylashtirishga oid ishlab chiqilgan loyihalarga binoan qurilishini va modernizatsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorovga — ushbu qaror bilan qoʻyilgan vazifalarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash doirasida vazirlik va idoralar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayevga — maʼmuriy kengashlar tomonidan kichik sanoat zonalari hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirishga investitsiya talabnomalarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi hamda ular boʻyicha qarorlar qabul qilinishi, shuningdek kichik sanoat zonalarining salohiyatidan samarali foydalanilishi, loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi va joriy etilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanovga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga — qurilishning oʻz vaqtida tugatilishi, modernizatsiya va kichik sanoat zonalari ishtirokchilarini tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmaga ulanishi, ularning obyektlari real ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlanishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisida yangilangan nizom loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 21-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4363-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2019-y., 07/19/4363/3317-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 13.06.2022-y., 06/22/153/0518-son; 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)