Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Kredit byurolari va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar oʻrtasida kredit axboroti almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 20-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2330-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 17-iyundagi 12/9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3645, 07.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 14-yanvardagi 1/1-son qarori (roʻyxat raqami 2330, 2012-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 90-modda) bilan tasdiqlangan Kredit byurolari va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar oʻrtasida kredit axboroti almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandidagi “Kredit byurolarining texnik va dasturiy vositalariga axborot xavfsizligi va muhofazasini taʼminlash boʻyicha qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2318, 2012-yil 23-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 3-4-son, 35-modda)” degan soʻzlar “Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3042, 2018-yil 25-iyul)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-iyun,
13/6-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 10/19/2330-1/3314-son)