Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilariga har tomonlama qulay sharoitlar yaratish, salomatliklarini muhofaza qilish hamda maʼnaviy va jismoniy sogʻlom avlodni kamol toptirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 33-son, 679-modda) 3-bandidagi va 7-bandning uchinchi xatboshisidagi “2019/2020 oʻquv yilidan boshlab” soʻzlari “2024/2025 oʻquv yilidan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-iyun,
509-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/509/3316-son)