Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining
buyrugʻi
“Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi magistraturasiga kirish test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2812-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3930-son “Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 4-iyuldagi 01-215-son “Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi magistraturasiga kirish test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2812, 2016-yil 14-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 28-son, 345-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-may,
01-263-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi
qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Biznes va boshqaruv respublika
oliy maktabi direktori R. ABDURAUPOV
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi
qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Biznes va boshqaruv respublika
oliy maktabi direktori R. ABDURAUPOV
2019-yil 29-may
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2019-y., 10/19/2812-1/3291-son)