Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
buyrugʻi
Chet tili boʻyicha malaka imtihonida ishtirok etish qiymatining cheklangan darajasini belgilash tarifini tasdiqlash haQida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami № 3167]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasb malakasini tasdiqlash faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Chet tili boʻyicha malaka imtihonida ishtirok etish qiymatining cheklangan darajasini belgilash tarifi Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim barobari miqdorida tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 3-iyun,
№ 23-2019-B-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
2019-yil 3-iyun
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2019-yil 3-iyun
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/3167/3270-son)