Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 22-yanvar,
28-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Narkotik moddalarni nazorat qilish axborot-tahlil markazini tashkil etish hamda narkotik moddalarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashuvchi huquqni muhofaza qilish organlari boʻlinmalarini mustahkamlash toʻgʻrisida” 1996-yil 7-noyabrdagi 382-son qarorining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 16-iyundagi 255-son qarori 5-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshidan “havo transporti sohasidagi faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji mablagʻlarining bir qismi, shuningdek” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-martdagi 77-son qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi toʻgʻrisida nizom (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 14-modda) 4-bandining uchinchi xatboshi va 5-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi 128-son qarori bilan tasdiqlangan Muqobil xizmatni tashkil etish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining uni oʻtashi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 22-modda):
oʻn birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining hisob (budjetdan tashqari) raqamiga” soʻzlari “respublika budjetiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-maydagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan Asillik darajasi toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandidan (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 42-modda) “Asillik darajasini belgilash palatasi hisob raqamiga toʻlanadi, keyinchalik” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Koʻmir tannarxini pasaytirish va koʻmir sanoatini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 7-avgustdagi 345-son qarorining 5-bandida:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 4-bandining ikkinchi xatboshidan (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 17-modda) “havo transporti sohasidagi faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji mablagʻlarining bir qismi, shuningdek” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 2-martdagi 101-son qarorining 3-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 21-modda):
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 3-4-son, 24-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda; 2017-y., 36-son, 957-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/948/0351-son; 22.04.2019-y., 09/19/337/2997-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 05.10.2024-y., 09/24/631/0779-son)