07.06.2019 yildagi 472-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldIni olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatda psixologiya sohasida pedagog kadrlarni tayyorlash hamda amaliyotchi psixologlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid bir qator ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda maktabgacha taʼlim tizimida 2 503 nafar, xalq taʼlimi tizimida 14 272 nafar pedagog-psixolog kadrlar faoliyat olib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning 10 ta oliy taʼlim muassasasida “Psixologiya”, 19 ta oliy taʼlim muassasasida “Pedagogika va psixologiya” taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha 5 717 nafar talaba tahsil olmoqda. Ushbu sohada qabul kvotalari keskin oshirildi, xususan 2018/2019 oʻquv yilining oʻzida 2 665 nafar talaba oʻqishga qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yildan boshlab profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillarining taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash tizimi yoʻlga qoʻyilib, 5 696 ta umumiy oʻrta taʼlim muassasasida profilaktika inspektorlari, 5 328 ta umumiy oʻrta taʼlim muassasasida esa mahalla vakillarining xonalari tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib borilayotgan ishlar koʻlamiga qaramasdan sohada zudlik bilan bartaraf etilishi talab etiladigan qator muammolar saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, taʼlim tizimining barcha bosqichlarida yoshlarning psixologik holati diagnostikasiga ixtisoslashgan psixolog kadrlar hamda tashkilotlar mavjud boʻlsada, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni amalga oshiradigan yagona tuzilmaning mavjud emasligi psixologik xizmatlar faoliyati samaradorligining past darajada qolishiga taʼsir koʻrsatmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, taʼlim muassasalarida profilaktika inspektorlari va mahalla vakillarining xizmat xonalari tashkil etilgan boʻlsada, ularning taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorligi yoʻnalishlari hamda faoliyati samaradorligini baholash mexanizmlari belgilab berilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, aholiga psixologik xizmat koʻrsatish yetarlicha yoʻlga qoʻyilmaganligi oqibatida jamiyatda ijtimoiy-psixologik, jumladan, oilaviy muammolar (ajrimlar, oiladagi nizolar, ota-ona va farzand munosabatlari, qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh, erta tugʻruq), “ommaviy madaniyat”ning salbiy taʼsirlariga tobelik, oʻz joniga qasd qilish holatlari davom etmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, oliy taʼlim tizimida psixologiya sohasida tayyorlanayotgan amaliyotchi psixolog kadrlarning bilimlari umumiy boʻlib qolib, tor soha mutaxassislarini tayyorlash amaliyoti yoʻlga qoʻyilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, psixologiya sohasida magistratura va doktoranturaga qabul soni past darajada boʻlganligi oqibatida, milliy psixologiya maktabini shakllantirishda oqsoqlik sezilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, psixolog kadrlarning moliyaviy ragʻbatlantirilishi, aholiga psixologik xizmat koʻrsatuvchi markazlar faoliyatining qoniqarsiz ahvolda ekanligi ularga tajribali psixolog kadrlarni jalb qilish imkoniyatini bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga, ayniqsa yoshlarga sifatli psixologik xizmat koʻrsatish, psixologik xizmat faoliyatini boshqarishni muvofiqlashtirish, taʼlim muassasalari bilan profilaktika inspektorlari va jamoat vakillari oʻrtasidagi hamkorlikni sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarish, psixologiya maktabini rivojlantirish hamda oliy taʼlimda tor ixtisosliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish, psixologik markazlar tashkil etishni yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi huzuridagi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish markazini taʼlimning barcha bosqichlarida psixologik xizmat koʻrsatuvchi tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda boshqarishni amalga oshiradigan Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat koʻrsatish respublika markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) etib qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlimning barcha bosqichlarida psixologik xizmat koʻrsatuvchi tuzilmalar uchun muloqot maydoni sifatida faoliyat yuritish, tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda ish olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola ruhiyatida salbiy oʻzgarishlarga sabab boʻladigan omillarni aniqlash uchun ishonch telefoni va “call-center” tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarida psixologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillari uchun yoshlar psixologiyasiga oid qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar psixologiyasiga oid koʻrgazmali materiallarni tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazida qoʻshimcha 2 ta boshqaruv xodimi shtat birliklarini ajratish yoʻli bilan aholiga psixologiya xizmatlari markazlari orqali maslahatlar berib borishni taʼminlaydigan aholiga psixologik xizmatlar koʻrsatish boʻlimi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi ikki oy muddatda tashkil etilayotgan boʻlim va shuʼbalarni jamiyatdagi ijtimoiy-psixologik va oilaviy muammolar bilan ishlash tajribasiga ega hamda oʻzlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini yuqori kasbiy darajada taʼminlay oladigan malakali kadrlar bilan toʻldirsin, shuningdek ularni zarur moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini tashkillashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasida psixologik xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, vazirlik va idoralar rahbarlari chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya oʻquv-ilmiy markazi faoliyatini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin va bir oy muddatda oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda xususiy amaliyot olib borayotgan psixologlar faoliyatini rivojlantirish, ularning huquq va majburiyatlarini aniq belgilash, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida hayotda oʻz oldiga maqsad qoʻyib yashash, muvaffaqiyatga erishgan ijobiy shaxslar va obrazlar toʻgʻrisida koʻproq maʼlumot berishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish uchun media-reja ishlab chiqsin va media-reja doirasida tegishli telekoʻrsatuvlar, media mahsulotlarni yaratishni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tajribadan kelib chiqib, oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga ijtimoiy psixologiya, yoshlar psixologiyasi, psixologik xizmat faoliyatini boshqarish, oilaviy konsultatsiya va kouching kabi bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning chekka hududlarida amaliyotchi psixologlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab psixologiya taʼlim yoʻnalishi boʻyicha talabalarni davlat granti asosida maqsadli qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichida psixologiya boʻyicha mutaxassisliklar kvotalarini keskin oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarida psixologiya taʼlim yoʻnalishlarining oʻquv rejalarida malakaviy amaliyot davomiyligini 8 haftadan 15 haftaga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash rejasini tasdiqlasin va ijrosini taʼminlash chorasini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi hisobidan psixologiya sohasi kadrlarini xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bir oy muddatda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari yuqori sinf oʻquvchilari uchun oila psixologiyasi va etikasi boʻyicha maxsus kurs tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin, tasdiqlasin hamda uning ijrosi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi respublikada psixologlar ilmiy maktabini kengaytirish maqsadida kelgusi yillarda tayanch doktorantura va doktoranturaga ajratiladigan kvotalar sonini 30 foizga oshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda taʼlim muassasalariga biriktirilgan profilaktika inspektorlarining vazifalari va ular faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Majidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 7-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
472-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 472-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida psixologik xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddat

Masʼul

I. Psixologik xizmat koʻrsatish ishlarini tartibga solish va tizimlashtirish

1.

Uzluksiz taʼlim tizimida psixologik xizmatlarning uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash uchun “Psixologik xizmat” konsepsiyasini yaratish.

1. Malakali mutaxassislardan iborat boʻlgan ishchi guruh shakllantirish.

2. Uzluksiz taʼlim tizimida psixologik xizmat koʻrsatish faoliyatini tizimlashtirishga qaratilgan “Psixologik xizmat” konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil

15-iyun

2019-yil

15-iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi

2.

Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar
va oliy taʼlim muassasalari psixolog xodimlarining tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomalarini qayta koʻrib chiqish.

1. Psixologik xizmat xodimlarining tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish.

2. Tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomalariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. Xususan:

bola ruhiyatidagi salbiy oʻzgarishlarni tezda aniqlash;

bola ruhiyatidagi salbiy oʻzgarishlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarini amalga oshirish;

tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda ish olib borish va boshqalar.

2019-yil

15-iyun

2019-yil

25-iyun

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi

3.

Taʼlimning barcha bosqichlarida psixologik xizmat xodimlari uchun metodik qoʻllanmalar ishlab chiqish.

1. Malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh shakllantirish.


2.
Psixologik xizmat xodimlari uchun metodik qoʻllanmalar ishlab chiqish, tasdiqlash va foydalanish uchun taʼlim muassasalariga yetkazish choralarini koʻrish

2019-yil

15-iyun

2019-yil

1-avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi

II. Oliy taʼlim muassasalarida psixologiya sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini qayta koʻrib chiqish va tor yoʻnalishlar va mutaxassisliklar joriy etish

4.

“Pedagogika va psixologiya” va “Psixologiya” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida yangi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni joriy etish.

“Pedagogika va psixologiya” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi kesimida “Amaliy psixologiya”, “Yoshlar psixologiyasi” taʼlim yoʻnalishlarini;

“Psixologiya” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi negizida “Psixologik xizmat faoliyatini boshqarish”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Klinik psixologiya”, “Yuridik psixologiya” taʼlim yoʻnalishlarini;

“Pedagogika va psixologiya” magistratura mutaxassisligi kesimida “Tashkiliy psixologiya va kouching texnologiyasi”, “Taʼlim va boshqaruvda kognitiv psixologiya”, “Rivojlanish psixologiyasi va pedagogikasi” mutaxassisliklarini;

“Psixologiya” magistratura mutaxassisligi kesimida “Pozitiv psixologiya: oilaviy konsultatsiya va kouching”, “Ijtimoiy psixologiya
va ijtimoiy amaliyot”, “Yuridik rivojlanish psixologiyasi va shaxsga yoʻnaltirilgan konsultatsiya” mutaxassisliklarini tashkil etish;

Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik
va idoralar

5.

Psixologlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida psixologiya sohasi boʻyicha qayta tayyorlash kursalarini tashkil etish.

1. Qayta tayyorlash kurslarining oʻquv dasturlari va oʻquv rejalarini ishlab chiqish.

2. Qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

3. Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida psixologiya boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish yuzasidan tashkiliy ishlarni bajarish.

2019-yil

1-iyul

2019-yil

1-avgust

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab

Xalq taʼlimi vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralar

III. Taʼlim muassasalarida profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillarining faoliyatini tashkil etish

6.

Taʼlim muassasalarida profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillari tomonidan olib boriladigan asosiy faoliyat turlari va amalga oshiriladigan vazifalar, ular faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilovchi idoraviy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh shakllantirish.

2. Taʼlim muassasalarida profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillari tomonidan olib boriladigan asosiy faoliyat turlari va amalga oshiriladigan vazifalar, ular faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilovchi idoraviy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bunda,

profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillarining vazifalari va vakolatlarini aniq belgilab berish;

profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillari tomonidan yuritiladigan hujjatlar nomenklaturasini tasdiqlash;

profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillarining taʼlim muassasalarida faoliyat yuritish tartibi;

taʼlim muassasalarida oʻquvchilar va ularning ota-onalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan profilaktik tadbirlarni tashkil etish;

taʼlim muassasalarida taʼlim sifati, tarbiya jarayoni, ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan holatlarga yoʻl qoʻymaslik va ular uchun ajratilgan xonalarni taʼlim muassasasi imkoniyatidan kelib chiqib optimizatsiya qilish;

taʼlim muassasalarida profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari nazarda tutish.

2019-yil
15-iyun

2019-yil
10-iyul

Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

7.

Yoshlar, oʻquvchilar va ularning ota-onalari bilan ishlaydigan profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillarining psixologiya sohasidagi bilim va koʻnikmalarini doimiy oshirib borish.

1. Profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillari uchun
yosh davrlari psixologiyasi, deviant xulq-atvor psixologiyasi, profilaktikasi va korreksiyasi asoslari, ijobiy psixologiya, konfliktologiya va mediatsiya sohalarida malaka oshirish boʻyicha trening kurslarini tashkil etish.

2. Psixologiya sohasidagi tajribali amaliyotchi psixologlar, mutaxassislar va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda trening kurslarini tashkil etish.

3. Profilaktika inspektorlari, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha ishlovchi m�sʼul xodimlar va jamoatchilik vakillari sifatida faoliyat yurituvchi kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimidagi oʻquv dasturlarini ilgʻor xalqaro tajribalar asosida qayta koʻrib chiqish va yangilash.

2019-yil

15-iyun

2019-yil

10-iyul

2019 yil

1-avgust

Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy
va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi,

Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi

8.

Profilaktika inspektorlari, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha ishlovchi masʼul xodimlar
va jamoatchilik vakillari uchun yoshlar, oʻquvchilar
va ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan ishlash boʻyicha axborotnomalar va metodik qoʻllanmalar ishlab chiqish.

1. Malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh shakllantirish va takliflar ishlab chiqish.

2. Xalqaro tajribalarni oʻrgangan holda yoshlar, oʻquvchilar va ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan ishlash boʻyicha axborotnomalar va metodik qoʻllanmalar yaratish hamda tarqatish.

2019-yil

15-iyun

2019-yil

10-iyul

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura,

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi,

Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi

9.

Bolalar va kattalar ruhiyatidagi oʻzgarishlarni tezda aniqlash, bunga olib kelgan sabablarni bartaraf etishga koʻmaklashish maqsadida psixolog mutaxassislarini tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari huzurida “Psixologik xizmat koʻrsatish laboratoriyalari”ni tashkil etish.

1. “Psixologik xizmat koʻrsatish laboratoriyalari”ning faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi ijrochilarning qoʻshma qarori loyihasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2. Psixologiya boʻyicha kadr tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari huzurida “Psixologik xizmat koʻrsatish laboratoriyalari”ni tashkil etish hamda ularga oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari hisobid�n haq toʻlash hisobiga professor-oʻqituvchilari, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarini mutaxassis sifatida jalb etish, shuningdek talabalarning malakaviy amaliyotini “Psixologik xizmat koʻrsatish laboratoriyalari”da tashkil etish.

2019-yil
15-iyun

2019-yil
iyuldan

boshlab muntazam

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

IV. Bola ruhiyatidagi salbiy oʻzgarishlarni aniqlash, uning sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlari

10.

Taʼlim muassasalaridagi psixologik xizmat koʻrsatish xonalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish.

1. Taʼlim muassasasidagi psixologik xizmat koʻrsatish xonalari va ularning jihozlanishiga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish.


2. Taʼlim muassasalarida psixologik xizmat koʻrsatish xonalarini tashkil etish.

3. Taʼlim muassasalaridagi psixologik xizmat koʻrsatish xonalarini bosqichma-bosqich jihozlash boʻyicha choralar koʻrish

2019-yil
15-iyun

2019-yil
1-avgust

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy
va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

11.

Psixolog mutaxassislar, boʻlajak psixolog talabalar uchun oʻquv va metodik adabiyotlar yaratilishini tashkil etish

1. Oliy taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlari bazasidagi psixologiyaga oid oʻquv adabiyotlarning tillar kesimidagi tahlilini va inventarizatsiyasini oʻtkazish orqali mavjud oʻquv adabiyotlari bazasini shakllantirish.

2. Psixologiyaga oid xorijiy tillardagi oʻquv adabiyotlarni mualliflik huquqini saqlagan holda oʻzbek tiliga tarjima qilish va fanlar boʻyicha oʻquv-uslubiy majmualar yaratish.

3. Respublikamizdagi yetakchi psixolog olimlardan iborat mualliflar guruhini shakllantirish va xorijiy metodikalardan foydalanilgan holda milliylik va mentalitetni inobatga olib, oʻzbek tilida yangi oʻquv va metodik adabiyotlar yaratilishini tashkil etish.

2019-yil

15-iyun

2019-yil

1-sentabr

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼ�im vazirligi,

Xalq taʼlim vazirligi,

Maktabgacha taʼlim vazirligi tegishliligi boʻyicha boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda

12.

Ommaviy axborot vositalarida bolalar
va oʻsmirlarning ruhiyatiga destruktiv taʼsir qiluvchi media mahsulotlari (kino, klip, multfilm, reklama va hokazo) chiqarilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish.

1. Manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2. Ommaviy axborot vositalarida bolalar va oʻsmirlarning ruhiyatiga destruktiv taʼsir qiluvchi media mahsulotlari chiqarilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish choralarini koʻrish.

3. Jurnalistika sohasi boʻyicha kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida shaxs psixologiyasiga destruktiv taʼsir etuvchi axborotlar toʻgʻrisida tushunchalarni beruvchi maxsus kurslarni tashkil etish.

2019-yil
15-iyun


2019-yil
1-iyul

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab

Respublika maʼnaviyat
va maʼrifat markazi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

13.

Voyaga yetmaganlar orasida psixologik salomatlikni keng targʻib etishga va psixik salomatlik bilim va koʻnikmalarini yoshlar va kattalarda shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy, amaliy, ilmiy va fundamental loyihalar taʼsis etish.

1. Innovatsion rivojlantirish vazirligi huzuridagi grantlarni berish komissiyasi tomonidan tanlov eʼlon qilish.

2. Tanlov gʻoliblarining loyihalarini moliyalashtirish.

3. Loyihalarning samaradorligini nazorat qilib borish.

Alohida

reja asosida

Innovatsion rivojlantirish vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi,

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi

14.

“Psixologik salomatlik yoʻlida Oʻzbekiston” shiori ostida milliy targʻibot kompaniyasini amalga oshirish.

1. Manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh shakllantirish.

2. Oʻzbekistonda davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan samarali amalga oshirilgan milliy va xalqaro dasturlar, ijtimoiy loyihalarning ilgʻor tajribalarini oʻrganib, milliy targʻibot kampaniyasini amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish va hamkorlikda tasdiqlash.

3. “Psixologik salomatlik yoʻlida Oʻzbekiston” shiori ostida milliy targʻibot kampaniyasini amalga oshirish boʻyicha metodik qoʻllanmalar, targʻibot kataloglari, flayerlar, brashyuralar, koʻrgazmali, audio va video materiallar, televizion dasturlar, ijtimoiy reklamalar (roliklar), internet saytlari va bloglarni yaratish.

4. Bola ruhiyatidagi salbiy oʻzgarishlarni tezda aniqlab, bunga olib kelgan sabablarni bartaraf etish, mazkur masalada ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning rolini oshirish, shuningdek, har bir shaxsning umumiy va oilaviy psixologik salomatlik boʻyicha bilim va koʻnikmalarini shakllantirish, ishlab chiqarish korxonalari, davlat idoralari, nodavlat va jamoat tashkilotlarida, ayniqsa, mahalla, oila va taʼlim muassasalarida “Psixologik salomatlik yoʻlida Oʻzbekiston” shiori ostida milliy targʻibot kampaniyasini amalga oshirilishini nazarda tutgan holda kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

5. Yoshlar oʻrtasida hayotda oʻz oldiga maqsad qoʻyib yashash, muvaffaqiyatga erishgan ijobiy shaxslar va obrazlar toʻgʻrisida koʻproq maʼlumot berishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish uchun media-reja ishlab chiqish va ushbu rejaga muvofiq telekoʻrsatuvlar, media mahsulotlarni yaratish.

2019-yil

15-iyun

2019-yil

15-iyun

Yil davomida

Yil davomida




Yil davomida

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 09/19/472/3253-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)