1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.05.00 Mehmonxona xoʻjaligi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmonxona xoʻjaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-yanvardagi PQ-4095-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.U. Aqqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 27-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
433-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 433-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratish tartibi haqidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom yangi mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini (keyingi oʻrinlarda mehmonxonalar deb ataladi) qurib, 2019-yil 5-yanvardan boshlab 2022-yil 1-yanvarga qadar foydalanishga topshirgan tadbirkorlik subyektiga (keyingi oʻrinlarda investor deb ataladi) ushbu mehmonxonani qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan (keyingi oʻrinlarda Davlat budjeti deb ataladi) mablagʻ ajratish, shuningdek, 2019-yil 5-yanvardan boshlab taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish boʻyicha franchayzing toʻgʻrisida shartnoma tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) qisman moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma — tashkilotlar uchun dunyoning taniqli va nufuzli top-50 mehmonxona brendlaridan yoki top-5 mehmonxona tarmoqlaridan foydalanish boʻyicha tuzilgan shartnoma;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — investorlarga mehmonxona qurish va uni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investorlarga yangi qurilgan mehmonxonasi 3 yulduzli toifaga va 50 ta xonadan kam boʻlmagan xonalar fondiga ega yoki 4 yulduzli toifaga va 100 ta xonadan kam boʻlmagan xonalar fondiga ega boʻlganda subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yangi qurilgan mehmonxona 2022-yil 1-yanvarga qadar foydalanishga topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlarga subsidiya ajratish 2019-yil 5-yanvardan boshlab, qoʻshimcha ravishda yangi tashkil etilayotgan mehmonxonalarning xonalari fondi 50 mingtaga yetguniga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) har chorak yakuni bilan qoʻshimcha ravishda yangi tashkil etilayotgan mehmonxonaning xonalari hisobini yuritadi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkilotlar dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish boʻyicha franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab, uch yil mobaynida har yili bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qisman moliyalashtiriladi (keyingi oʻrinlarda qisman moliyalashtirish deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda franchayzing toʻgʻrisidagi shartnomalar 2019-yil 5-yanvardan soʻng kuchga kirgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarni qisman moliyalashtirishning umumiy hajmi koʻpi bilan 10 million AQSh dollari ekvivalentiga teng boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investorlar subsidiya olishi va tashkilotlar qisman moliyalashtirilishi uchun hujjatlarni topshirish sanasiga quyidagi talablarga javob berishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yigʻimlar boʻyicha qarzi boʻlmagan;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investorlarni subsidiyalash va tashkilotlarni qisman moliyalashtirish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Investorlarga subsidiya ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Investorlarga subsidiya 1 marotaba ajratilib, uning miqdori kelgusi yil uchun Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash jarayonida ushbu miqdorni har yili indeksatsiya qilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 million soʻmni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million soʻmni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Investorlar subsidiya ajratilishi uchun Qoʻmitaga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda subsidiya olish toʻgʻrisida ariza (keyingi oʻrinlarda ariza deb ataladi) bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmonxona shartnoma asosida boshqa yuridik shaxsga ishonchli boshqaruvga berilgan hollarda — investor va ishonchli boshqaruvchi oʻrtasida belgilangan tartibda tuzilgan mol-mulkni ishonchli boshqarish toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan arizachiga, mehmonxona ishonchli boshqaruvga berilgan hollarda — ishonchli boshqaruvchiga taqdim etilgan 3 yoki 4 yulduzli mehmonxona toifasi koʻrsatilgan muvofiqlik sertifikatining nusxasi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirma.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq taqdim etilishi belgilangan muvofiqlik sertifikatini investor yoki ishonchli boshqaruvchi tomonidan olinishida ushbu jarayonga xizmatlar sohasidagi xorijiy “Katta toʻrtlik” kompaniyalarini jalb etish (keyingi oʻrinlarda xorijiy kompaniya deb ataladi) sertifikatlashtirishning majburiy sharti hisoblanadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy kompaniya yoki uning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasini jalb etish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlar sertifikatlashtirish shartnomasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy kompaniya yoki uning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi tashkilotning tanloviga asosan Qoʻmita tomonidan jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoʻmita ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kunida uning mazkur Nizomda belgilangan talablarga mosligini oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Arizani oʻrganib chiqishda qoʻshimcha oʻrganishlar oʻtkazish talab etilsa, Qoʻmita ariza beruvchini yozma shaklda yoki elektron axborot tizimi orqali xabardor qiladi hamda arizani oʻrganib chiqishni qoʻshimcha 10 ish kuniga uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoʻmita arizani oʻrganib chiqib, bir ish kunida subsidiya berish yoki subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va ushbu qaror nusxasini ariza beruvchiga qaror qabul qilingan kuni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchiga subsidiya berish toʻgʻrisidagi qarorda subsidiya miqdori, davri, mehmonxona nomi, yulduz toifasi va xonalar fondi, joylashgan joyi (pochta manzili) va uning kadastr raqami, subsidiya olayotgan investor -yuridik shaxs nomi va STIR raqami, tijorat bankidagi hisobraqami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror nusxasi qaror qabul qilingan kundan boshlab, bir ish kunida Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Moliya vazirligi deb ataladi) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchiga subsidiya berish rad etilgan taqdirda, subsidiya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar aniq koʻrsatib oʻtilgan subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror arizachiga ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi qarorni olgan kundan boshlab, koʻpi bilan ikki oy davomida koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etishi va ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, Qoʻmitaga takroran ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tashkilotlarni qisman moliyalashtirish franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma “Brand Finance” kompaniyasining (ushbu kompaniya oʻz faoliyatini yakunlagan taqdirda Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tomonidan boshqa reyting agentligi tanlanadi) top-50 reytingiga yoki top-5 mehmonxona tarmoqlariga kiruvchi (hujjatlarni topshirishdan avval uch yil davomida kamida bir marotaba kirgan boʻlishi lozim) hamda Kengash tomonidan shakllantiriladigan roʻyxat asosida mehmonxonalar bilan tuzilganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Brand Finance” kompaniyasining top-50 reytingiga yoki top-5 mehmonxona tarmoqlariga kiruvchi mehmonxona bilan franchayzing toʻgʻrisida shartnoma tuzilgandan soʻng ushbu mehmonxona top-50 reyting yoki top-5 mehmonxona tarmoqlari roʻyxatidan chiqarilgan taqdirda, franchayzing shartnoma oʻz kuchini yoʻqotmagan boʻlsa ham, top-50 reyting yoki top-5 mehmonxona tarmoqlari roʻyxatidan chiqarilgani eʼlon qilingan yildan keyingi yil uchun qisman moliyalashtirish davom ettirilishi toʻxtatiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tashkilotlar qisman moliyalashtirilishi uchun Qoʻmitaga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha qisman moliyalashtirish uchun ariza (keyingi oʻrinlarda franchayzing boʻyicha ariza deb ataladi) bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Franchayzing boʻyicha arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining — yuridik shaxs boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va STIR raqami va tijorat bankidagi hisobraqami rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
franchayzing toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan taqdim etilgan 3 yoki 4 yulduzli mehmonxona toifasi koʻrsatilgan muvofiqlik sertifikatining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qoʻmita franchayzing boʻyicha ariza kelib tushgan kundan boshlab, oʻn ish kuni ichida uning mazkur Nizomda belgilangan talablarga mosligini oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Arizani oʻrganib chiqishda qoʻshimcha oʻrganishlar oʻtkazish talab etilsa, Qoʻmita ariza beruvchini yozma shaklda yoki elektron axborot tizimi orqali xabardor qiladi hamda arizani oʻrganib chiqishni qoʻshimcha 10 ish kuniga uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qoʻmita franchayzing boʻyicha arizani oʻrganib chiqib, bir ish kunida qisman moliyalashtirish yoki qisman moliyalashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va ushbu qaror nusxasini franchayzing boʻyicha ariza beruvchiga qaror qabul qilingan kuni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisman moliyalashtirish toʻgʻrisidagi qarorda moliyalashtirish miqdori, davri, mehmonxona nomi, franchayzing toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq xorijiy mehmonxona brendi nomi, yulduz toifasi va xonalar fondi, joylashgan joyi (pochta manzili) va moliyalashtirilayotgan tashkilot — yuridik shaxs nomi va STIR raqami, tijorat bankdagi hisobraqami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror nusxasi qaror qabul qilingan kundan boshlab, bir ish kunida Moliya vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qisman moliyalashtirish rad etilgan taqdirda, qisman moliyalashtirishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar aniq koʻrsatib oʻtilgan qisman moliyalashtirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror franchayzing boʻyicha ariza beruvchiga ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Franchayzing boʻyicha ariza beruvchi qarorni olgan kundan boshlab, koʻpi bilan ikki oy davomida koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etishi va ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, Qoʻmitaga takroran ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yangi asoslar boʻyicha qisman moliyalashtirishni rad etish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizomning 25-bandi 2-xatboshisida koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin taqdim qilingan franchayzing boʻyicha ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat budjetidan subsidiya ajratish va qisman moliyalashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Investorlarga foydalanishga topshirilgan mehmonxonalar uchun qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash hamda taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish boʻyicha franchayzing shartnomasini qisman toʻlash uchun mablagʻlar 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha mablagʻlari va 2020-2021-yillarda esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Investorlarga subsidiya ajratish yoki tashkilotlarga franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha qisman moliyalashtirish uchun Qoʻmita Moliya vazirligiga investor va tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ajratilayotgan mablagʻlar hisob-kitobi aks ettirilgan buyurtmanomani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Moliya vazirligi Qoʻmita tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomani uch ish kunida koʻrib chiqadi va tegishli mablagʻlarni Qoʻmitaning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda investorlarga subsidiya ajratish yoki tashkilotlarga franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha qisman moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi tomonidan Qoʻmitaga belgilangan tartibda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mablagʻlar kelib tushganidan soʻng ularni Qoʻmita besh ish kunida investor va tashkilotlarning ularga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklardagi hisobraqamlariga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Moliyaviy yil yakuni bilan mazkur shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida foydalanilmay qolgan budjet mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Respublika budjetiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Subsidiya berish yoki qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratilgan tashkilotlar roʻyxati (reyestri) Qoʻmitaning veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar va qoʻshimcha ravishda tashkil etilayotgan xonalar soni toʻgʻrisidagi maʼlumot har oy yakuni boʻyicha yangilanib boriladi hamda yillar va tashkilotlar kesimida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Subsidiya olish yoki franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha qisman moliyalashtirilishi maqsadida taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning toʻgʻriligiga tegishli investorlar va tashkilotlar masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qoʻmita subsidiya berish hamda qisman moliyalashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish, Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning investorlar va tashkilotlarga yetkazilishi yuzasidan masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlarning ajratilishi va investorlarga yetkazilishini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. 3 yoki 4 yulduzli toifaga ega boʻlgan mehmonxona uchun subsidiya ajratilgan davrdan boshlab 5 yildan kam boʻlmagan muddatda mehmonxonaning kamida ushbu toifaga egaligi mehmonxona ishonchli boshqaruvga berilganligidan qatʼiy nazar, investor tomonidan taʼminlanishi lozim, aks holda ajratilgan subsidiya Davlat budjetiga qaytariladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish boʻyicha tuzilgan shartnomalarining amal qilinishi ustidan monitoring Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilingan vaqtdan boshlab Davlat budjetidan qisman moliyalashtirish toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ ajratish tartibi haqidagi Nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlarga Davlat budjeti hisobidan subsidiya ajratish va tashkilotlarni qisman moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
Investor/tashkilot
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni tayyorlash va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga subsidiya olish toʻgʻrisida yoki/va franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha qisman moliyalashtirish uchun ariza bilan murojaat etish.
Arizachining xohishiga koʻra
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Arizani oʻrganib chiqish.
10 ish kunida, qoʻshimcha oʻrganishni talab etgan holatlarda — 20 ish kunida
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Subsidiya berish yoki rad etish/Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qisman moliyalashtirish yoki moliyalashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va arizachiga yuborish.
1 ish kunida
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Subsidiya berish yoki rad etish/Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qisman moliyalashtirish yoki moliyalashtirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini Moliya vazirligiga taqdim etish.
1 ish kunida
Investor/tashkilot
Subsidiya berishni rad etish/Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qisman moliyalashtirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni olganda, qarorda koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga takroran ariza bilan murojaat qilish.
2 oydan koʻp emas
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Ariza takroran taqdim etilganda, uni qayta koʻrib chiqish.
5 ish kunida
Moliya vazirligi
Buyurtmanomani koʻrib chiqish va tegishli mablagʻlarni Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining shaxsiy gʻazna hisobvaraqalariga oʻtkazish.
3 ish kunida
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Investor/tashkilotning tijorat banklaridagi hisobraqamlariga mablagʻlarni oʻtkazib berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ ajratish tartibi haqidagi Nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ ajratish tartibi haqidagi Nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga
Franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha qisman moliyalashtirish uchun ARIZA
__________________________________________________________________________manzilda joylashgan
(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino nomeri)
mehmonxona Oʻzbekiston Respu�likasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha qisman moliyalashtirilishini soʻrayman.
Franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha jalb etilgan mehmonxona brendi nomi va shartnoma raqami, sanasi: ___________________________________________________________________________________________
Mehmonxona xonalarning soni: _________________________________________________________________
Sertifikat olingan sana va raqami: ______________________________________________________________
Korxonaning joylashgan joyi (pochta manzili): ____________________________________________________