29.05.2019 yildagi 442-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyatining Namangan shahrida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyatining Namangan shahrida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, jumladan, axborot texnologiya markazi hamda innovatsion texnoparklarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Namangan viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Karbonam” MChJga tegishli Namangan shahar A.Xoʻjayev koʻchasi, 38-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) belgilangan tartibda Namangan viloyati hokimligiga davlat mulki sifatida operativ boshqaruvga bepul berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzneftmahsulot” AJ bir oy muddatda obyektning qoldiq (balans) qiymati boʻyicha berilishini, Namangan viloyati hokimligi esa qabul qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Namangan viloyati hokimligi “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda Namangan shahridagi “Karbonam” MChJga tegishli kommunikatsiya tarmoqlari mavjud boʻlgan yer uchastkasini ajratish, jamiyat xodimlarining ish joylarini saqlab qolgan holda mavjud ishlab chiqarish texnologik uskunalarini demontaj qilib koʻchirib oʻtkazish va investorlarni jalb qilgan holda ishlab chiqarishni tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Namangan viloyati hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining obyekt negizida eng ilgʻor xorijiy tajribalar namunasida “IT park” majmuasini (keyingi oʻrinlarda majmua deb ataladi) tashkil etish hamda mazkur majmuada zamonaviy axborot dasturlarini yaratish uchun innovatsion texnologiyalar asosida ishlaydigan “IT school” axborot texnologiyalari markazini joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar “IT school” axborot texnologiyalari markazining asosiy faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulot va xizmatlarni, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarish, ularni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surishga qulay shart-sharoitlar yaratish va koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnologiyali mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish zanjirining uzluksizligini taʼminlash maqsadida ilmiy, taʼlim, ishlab chiqarish tashkilotlarining integratsiyalashuviga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy dasturchilar mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportini amalga oshirishga koʻmaklashish, milliy dasturiy mahsulotlarning ishlab chiquvchilar va ularning mahsulotlari toʻgʻrisidagi axborotning yagona elektron bankini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi kompaniyalar va ularning mutaxassislari ishtirokida kurslar, treninglar va master klasslarni, shuningdek, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan va malakali mutaxassislar sinfini shakllantirish uchun ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Namangan viloyati hokimligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “IT school” axborot texnologiyalari markazining nizomini belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Neft-gaz tarmogʻi tashkilotlarining aktivlaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-avgustdagi 685-son qaroriga 1-ilovadan 151-band chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
442-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 09/19/442/3211-son)