Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2025 23.04.2019 yildagi PQ-4298-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2025
Hujjat 30.11.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-165-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimiz azaldan oʻlkamizni bosqinchilardan himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va daxlsizligi uchun kurashgan qahramonlarini eʼzozlab kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, front ortida ogʻir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli sinovlarda oʻzligini yoʻqotmagan, imoni butun ajdodlarimizga mehr-oqibat koʻrsatish tom maʼnoda milliy anʼanaga aylandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu beshafqat urushda qatnashgan 1,5 milliondan ortiq oʻzbekistonliklarning yarim milliondan ziyodi halok boʻlganini xalqimiz hech qachon yodidan chiqarmaydi. Front hududlaridan Oʻzbekistonga koʻchirilgan bir millionga yaqin oila va bolalarni qabul qilib, oxirgi bir burda nonini ular bilan baham koʻrgan xalqimiz oʻzining naqadar oliyjanobligini, mehr-muruvvatini, yuksak maʼnaviyatini yaqqol namoyon etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga davlatimiz tomonidan mukofotlar topshirish, moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish qutlugʻ anʼanaga aylandi. Ikkinchi jahon urushi va front ortida mehnat qilgan faxriylarga, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fashizm ustidan qozonilgan gʻalabada xalqimizning ham mardonavor va salmoqli hissasi unutilmas haqiqatdir. 9-may — Xotira va Qadrlash kuni Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor boʻlishga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda 9-may — Xotira va Qadrlash kuni, umumxalq bayramini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashishga hissa qoʻshgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, barcha faxriylarga hurmat koʻrsatish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 9-may — Xotira va Qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 9-may — Xotira va Qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishchi guruh (A. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “Ajdodlarni xotirlash — muqaddas qadriyat”, “Eʼtibor va gʻamxoʻrlik — insoniy burch” shiorlari ostida Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlasin va joylarda 9-may — Xotira va Qadrlash kuni, umumxalq bayramiga (keyingi oʻrinlarda Bayram deb ataladi) bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishga amaliy yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, harbiy qismlar vakillarini biriktirib, ushbu toifadagi shaxslarni qutlash maqsadida ularning yashash joyiga rahbarlarning tashrifini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy xoʻjaliklarini taʼmirlash, obodonlashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayramga tayyorgarlik koʻrish davomida Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari koʻrsatgan matonat, mardlik va jasoratning ahamiyatini keng aholi, ayniqsa, yoshlar orasida tushuntirish, targʻib va tashviq qilish boʻyicha madaniy-maʼrifiy va vatanparvarlik yoʻnalishidagi tadbirlar oʻtkazilishini tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotini tantanali ravishda topshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish, ularni parvarish qilish maqsadida tibbiy bilimlarga ega xodimlarni (shartnoma asosida) biriktirgan holda doimiy ravishda patronaj xizmatini tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushiga Oʻzbekistondan ketib gʻalabaga oʻzining beqiyos hissasini qoʻshgan va urush qahramoni boʻlgan faxriylar nomlarini abadiylashtirish maqsadida oʻzlari tugʻilib oʻsgan koʻchalarga ularning nomlarini berish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining istaklari asosida ularni respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborilishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi belgilangan joylarda Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi harbiy texnika namoyishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushiga aloqador arxivdan olingan foto va hujjatlar koʻrgazmasini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshgan, Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir faxriy, har bir kishi xotirasi abadiylashtirilishini, ularga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar, shaharlar va tumanlarda Bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi, jumladan, urush yillarining qoʻshiq va kuylari, dasturxon tuzash va tegishli sharoitlar yaratish bilan bogʻliq tadbirlarni tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchalar va maydonlar Bayramga bagʻishlangan plakatlar va stendlar bilan bezatilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki oʻtkaziladigan Bayram tadbirlari hamda mamlakatimizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari vakillarining Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan asosiy marosimlarga temir yoʻl yoki avtomobil transportida kelib-ketishi, mehmonxonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishi bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek, zarur hollarda tegishli kiyim-kechaklar bilan taʼminlanishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — mahalliy budjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toshkent shahrida 2019-yil 9-may soat 21.00 da Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan bayram salyutini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tantanali tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni, ushbu qaror ijrosini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni keng yoritish, shuningdek, mavzuga oid telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlab efirga uzatish, maqolalar eʼlon qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 23-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4298-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4298-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-may — Xotira va Qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar

Ijro muddati

Masʼul tashkilotlar

I. Tashkiliy-amaliy tadbirlar

1.

Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tashkiliy qoʻmitalarini tuzish

25-aprel

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

2.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining toʻliq roʻyxatini shakllantirish, ularga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida vazirliklar, idoralar va harbiy qismlarni biriktirish

25-aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

3.

Toshkent shahrida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda barcha shahar va tumanlarda “Ajdodlarni xotirlash — muqaddas qadriyat”, “Eʼtibor va gʻamxoʻrlik — insoniy burch” shiorlari ostida madaniy-maʼnaviy tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish

25-aprel —
10-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xavfsizligi davlat xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi

4.

Toshkent shahridagi Xotira maydonida joylashgan “Motamsaro ona” monumenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi “Motamsaro ona” monumentlari poyiga gul qoʻyish marosimlarini tashkil etish

7 — 9-may

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

5.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari, harbiy okrug, qism va muassasalar, mudofaa ishlari boʻyicha hududiy boshqarmalar va boʻlimlar, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi rahbarlarining Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylarini qutlash maqsadida ularning xonadonlariga shaxsan tashrifini tashkil etish

1 — 30-may

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi

6.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ishtirokida Xotira va Qadrlash kunini nishonlash boʻyicha asosiy bayram tadbirlarini oʻtkazish joyini aniqlash.

Asosiy bayram tadbirlarida qatnashadigan respublikamizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi urush va mehnat faxriylarining (har bir hududdan 20 — 50 kishi) roʻyxatini shakllantirish hamda ularning temir yoʻl yoki avtomobil transportida Toshkent shahriga kelib-ketish, mehmonxonalarga joylashish, ovqatlanish, madaniy hordiq chiqarishlari hamda zarur hollarda tegishli kiyim-kechaklar bilan taʼminlanishini tashkil etish

25-aprel

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

7.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 9-may — Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida taniqli fan arboblari, ijodkorlar, yozuvchilar, jurnalistlar, madaniyat, sanʼat xodimlari va sportchilar, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolaridan iborat targʻibot-tashviqot va ijodiy guruhlarni tuzish

25-aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi

8.

9-may — Xotira va Qadrlash kuni arafasida Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi, Qurolli Kuchlar tarixi davlat muzeyi hamda viloyatlardagi muzeylarga talabalar va oʻquvchilar, harbiylarning oila aʼzolari tashriflarini keng tashkil etish

1 9-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

9.

Taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari 9-may — Xotira va Qadrlash kuni arafasida harbiy qismlarga tashrifini uyushtirish va u yerda harbiy-vatanparvarlik oʻyinlarini tashkil etish

1 9-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

10.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida belgilangan joylarda Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi harbiy texnikalar namoyishini oʻtkazish

7 — 9-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

11.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarni respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborishni tashkil etish

yil davomida

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi

12.

Ikkinchi jahon urushiga Oʻzbekistondan ketib gʻalabaga oʻzining beqiyos hissasini qoʻshgan va urush qahramoni boʻlib qaytgan faxriylar nomlarini abadiylashtirish maqsadida oʻzlari tugʻilib oʻsgan koʻchalarga ularning nomlarini berish yuzasidan har bir hudud kesimida roʻyxatlarni shakllantirish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish

3-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

II. Madaniy-maʼnaviy tadbirlar

13.

Toshkent fotosuratlar uyida “Xotira muqaddasdir” nomli arxiv foto va hujjatlar koʻrgazmasini tashkil etish

2019-yil

6 — 11-may

“Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi

14.

Arxivlarda saqlanayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hujjatlari, ularning jang maydonlaridan yozgan maktublari asosida maxsus roliklar tayyorlash va ularni respublika telekanallarida namoyish etish

2019-yil

1 — 9-may

“Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi

15.

Urush va mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari haqida ocherk va maqolalar tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish. Ularni viloyatlar boʻyicha maxsus kitob-toʻplamlar tarzida chop etish

aprel — iyun

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, respublika ommaviy axborot vositalari

16.

Oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, umumtaʼlim maktablarida urush va mehnat faxriylari ishtirokida “Mardlik, burch va sadoqat” harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi filmlar va lavhalar namoyish etiladigan darslarni tashkil etish va oʻtkazish

aprel-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi

17.

Yoshlar tashkilotlarida urush qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan turkum uchrashuvlar oʻtkazish

25-aprel —

10-may

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

18.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi tuzilmalarning harbiy orkestrlari, ashula va raqs ansambllarining, Madaniyat vazirligi tasarrufidagi orkestrlar va badiiy jamoalarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi madaniyat maskanlari, xiyobonlarda “Eʼtibor va gʻamxoʻrlik — insoniy burch” nomli konsert dasturlari namoyishini tashkil etish

25-aprel — 10-may

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi

19.

Vafot etgan urush va mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining qabrlarini obodonlashtirish

aprel-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

20.

Ikkinchi jahon urushi haqiqatan ham insoniyat tarixidagi eng dahshatli va qonli qirgʻin boʻlgani, unda xalqimiz koʻrsatgan mardlik va olijanoblik, el-yurtimizning buyuk Gʻalabaga qoʻshgan ulkan hissasini har tomonlama ochib berish, tarixiy dalillarni kelajak avlod uchun saqlab qolish maqsadida bu yoʻnalishda davlat muzeyini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish

1-iyul

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, Moliya vazirligi

21.

Toshkent shahri, viloyatlar, shahar va tuman markazlarida urush va mehnat faxriylarining bevosita ishtirokida Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarni tashkil etish.

Ularda, jumladan, Ikkinchi jahon urushi yillaridagi muhitni ifoda etuvchi musiqa
va qoʻshiqlar ijrosi, teatrlashtirilgan kompozitsiyalar namoyishi va shu bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni uyushtirish

25-aprel —

10-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi

22.

Xotira va Qadrlash kunining maʼno-mohiyatini ochib beruvchi hamda Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etish, keksalarni eʼzozlash odamiylikning eng oliy mezoni ekanligini aks ettiruvchi videoroliklar tayyorlash va namoyish etish

25-aprel —

10-may

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Mudofaa vazirligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

23.

Oʻzbekiston milliy teleradiokanallarida telekanallari hamda nodavlat telekanallarda “Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan hujjatli va badiiy filmlarni efirga uzatish, maxsus koʻrsatuvlar va tok-shoular tashkil etish

25-aprel —

15-may

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi

24.

9-may — Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yoritish

25-aprel —

10-may

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi, respublika OAV

25.

Umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida “Ajdodlarni xotirlash — muqaddas qadriyat” mavzusida insholar tanlovlarini tashkil etish

aprel-may

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi

26.

9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga SMS tabriklar joʻnatish

9-may

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

III. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari oilalarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish yoʻnalishidagi tadbirlar

27.

Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari oilalari aʼzolarini imtiyozli ravishda harbiy gospital va boshqa tibbiyot muassasalarida davolash va dori vositalari bilan bepul taʼminlash

25-aprel —

10-may

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

28.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va uning oqibatida nogiron boʻlgan shaxslarning har biriga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish, ularni parvarish qilish maqsadida tibbiy bilimlarga ega ijtimoiy xodim (shartnoma asosida) biriktirgan holda doimiy ravishda (24 soat) patronaj xizmatini tashkil etish.

Patronaj xizmati Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etiladi. Patronaj xizmati jalb etilganlarning mehnatiga haq toʻlash mablagʻlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.

may oyidan boshlab muntazam

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi

29.

Yolgʻiz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy xoʻjaliklarini taʼmirlash, obodonlashtirish

25-aprel —

10-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

30.

Yoshlar, mahallalar faollari va kasaba uyushmalari vakillari tomonidan Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oilalariga tashrif buyurish, ularga maqsadli moddiy-maʼnaviy yordam koʻrsatish

25-aprel —

15-may

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

31.

Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti nogironlari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida sogʻligʻini yoʻqotgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga maqsadli yordam koʻrsatish, ularni protezlar, nogironlar aravachalari va boshqa zarur tibbiy asbob-anjomlar bilan taʼminlash

25-aprel —

15-may

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi

32.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotini tantanali ravishda topshirish

9-mayga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4298-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-may — Xotira va Qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ishchi guruh rahbari

V.V. Mahmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

T.A. Xudaybergenov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

Q.Q. Quranboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi

A.A. Abduxakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

T.K. Narbayeva

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

P.R. Bobojonov

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

B.N. Qurbonov

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri

A.H. Kuldashev

Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari

B.B. Ashrafxonov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

I.U. Madjidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

Sh.X. Shermatov

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

B.S. Sayfullayev

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari

R. Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni

Sh.T. Shakirov

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining oʻrinbosari

Sh.T. Axmedov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi devonining shuʼba mudiri

A.Sh. Mirzaraximov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

M.Z. Isayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh konsultanti

K.I. Allamjonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi

Q.M. Rafikov

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

A.J. Xadjayev

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi

A.K Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

R.S. Niyazov

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi

A.K. Qodirov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

Sh. Jalilov

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi

Sh.S. Javlonov

“Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi

S.S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

R. Abdullayev

Oʻzbekict?n kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

S. Hakimov

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi

I. Mirzaaliyev

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi

S.Gʻ. Ashurov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi, Ishchi guruh kotibi