1-ILOVA
| T/r | Tadbirlar | Ijro muddati | Masʼul tashkilotlar |
| I. Tashkiliy-amaliy tadbirlar | |||
| 1. | Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tashkiliy qoʻmitalarini tuzish | 25-aprel | Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti |
| 2. | Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining toʻliq roʻyxatini shakllantirish, ularga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida vazirliklar, idoralar va harbiy qismlarni biriktirish | 25-aprel | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti |
| 3. | Toshkent shahrida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda barcha shahar va tumanlarda “Ajdodlarni xotirlash — muqaddas qadriyat”, “Eʼtibor va gʻamxoʻrlik — insoniy burch” shiorlari ostida madaniy-maʼnaviy tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish | 25-aprel — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xavfsizligi davlat xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi |
| 4. | Toshkent shahridagi Xotira maydonida joylashgan “Motamsaro ona” monumenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi “Motamsaro ona” monumentlari poyiga gul qoʻyish marosimlarini tashkil etish | 7 — 9-may | Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
| 5. | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari, harbiy okrug, qism va muassasalar, mudofaa ishlari boʻyicha hududiy boshqarmalar va boʻlimlar, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi rahbarlarining Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylarini qutlash maqsadida ularning xonadonlariga shaxsan tashrifini tashkil etish | 1 — 30-may | Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi |
| 6. | Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ishtirokida Xotira va Qadrlash kunini nishonlash boʻyicha asosiy bayram tadbirlarini oʻtkazish joyini aniqlash. Asosiy bayram tadbirlarida qatnashadigan respublikamizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi urush va mehnat faxriylarining (har bir hududdan 20 — 50 kishi) roʻyxatini shakllantirish hamda ularning temir yoʻl yoki avtomobil transportida Toshkent shahriga kelib-ketish, mehmonxonalarga joylashish, ovqatlanish, madaniy hordiq chiqarishlari hamda zarur hollarda tegishli kiyim-kechaklar bilan taʼminlanishini tashkil etish | 25-aprel | Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
| 7. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 9-may — Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida taniqli fan arboblari, ijodkorlar, yozuvchilar, jurnalistlar, madaniyat, sanʼat xodimlari va sportchilar, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolaridan iborat targʻibot-tashviqot va ijodiy guruhlarni tuzish | 25-aprel | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi |
| 8. | 9-may — Xotira va Qadrlash kuni arafasida Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi, Qurolli Kuchlar tarixi davlat muzeyi hamda viloyatlardagi muzeylarga talabalar va oʻquvchilar, harbiylarning oila aʼzolari tashriflarini keng tashkil etish | 1 — 9-may | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 9. | Taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari 9-may — Xotira va Qadrlash kuni arafasida harbiy qismlarga tashrifini uyushtirish va u yerda harbiy-vatanparvarlik oʻyinlarini tashkil etish | 1 — 9-may | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
| 10. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida belgilangan joylarda Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi harbiy texnikalar namoyishini oʻtkazish | 7 — 9-may | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
| 11. | Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarni respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborishni tashkil etish | yil davomida | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi |
| 12. | Ikkinchi jahon urushiga Oʻzbekistondan ketib gʻalabaga oʻzining beqiyos hissasini qoʻshgan va urush qahramoni boʻlib qaytgan faxriylar nomlarini abadiylashtirish maqsadida oʻzlari tugʻilib oʻsgan koʻchalarga ularning nomlarini berish yuzasidan har bir hudud kesimida roʻyxatlarni shakllantirish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish | 3-may | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti |
| II. Madaniy-maʼnaviy tadbirlar | |||
| 13. | Toshkent fotosuratlar uyida “Xotira muqaddasdir” nomli arxiv foto va hujjatlar koʻrgazmasini tashkil etish | 2019-yil 6 — 11-may | “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi |
| 14. | Arxivlarda saqlanayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hujjatlari, ularning jang maydonlaridan yozgan maktublari asosida maxsus roliklar tayyorlash va ularni respublika telekanallarida namoyish etish | 2019-yil 1 — 9-may | “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi |
| 15. | Urush va mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari haqida ocherk va maqolalar tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish. Ularni viloyatlar boʻyicha maxsus kitob-toʻplamlar tarzida chop etish | aprel — iyun | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, respublika ommaviy axborot vositalari |
| 16. | Oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, umumtaʼlim maktablarida urush va mehnat faxriylari ishtirokida “Mardlik, burch va sadoqat” harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi filmlar va lavhalar namoyish etiladigan darslarni tashkil etish va oʻtkazish | aprel-may | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi |
| 17. | Yoshlar tashkilotlarida urush qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan turkum uchrashuvlar oʻtkazish | 25-aprel — 10-may | Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
| 18. | Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi tuzilmalarning harbiy orkestrlari, ashula va raqs ansambllarining, Madaniyat vazirligi tasarrufidagi orkestrlar va badiiy jamoalarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi madaniyat maskanlari, xiyobonlarda “Eʼtibor va gʻamxoʻrlik — insoniy burch” nomli konsert dasturlari namoyishini tashkil etish | 25-aprel — 10-may | Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi |
| 19. | Vafot etgan urush va mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining qabrlarini obodonlashtirish | aprel-may | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
| 20. | Ikkinchi jahon urushi haqiqatan ham insoniyat tarixidagi eng dahshatli va qonli qirgʻin boʻlgani, unda xalqimiz koʻrsatgan mardlik va oliyjanoblik, el-yurtimizning buyuk Gʻalabaga qoʻshgan ulkan hissasini har tomonlama ochib berish, tarixiy dalillarni kelajak avlod uchun saqlab qolish maqsadida bu yoʻnalishda davlat muzeyini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish | 1-iyul | Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, Moliya vazirligi |
| 21. | Toshkent shahri, viloyatlar, shahar va tuman markazlarida urush va mehnat faxriylarining bevosita ishtirokida Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarni tashkil etish. Ularda, jumladan, Ikkinchi jahon urushi yillaridagi muhitni ifoda etuvchi musiqa | 25-aprel — 10-may | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi |
| 22. | Xotira va Qadrlash kunining maʼno-mohiyatini ochib beruvchi hamda Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etish, keksalarni eʼzozlash odamiylikning eng oliy mezoni ekanligini aks ettiruvchi videoroliklar tayyorlash va namoyish etish | 25-aprel — 10-may | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Mudofaa vazirligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi |
| 23. | Oʻzbekiston milliy teleradiokanallarida telekanallari hamda nodavlat telekanallarda “Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan hujjatli va badiiy filmlarni efirga uzatish, maxsus koʻrsatuvlar va tok-shoular tashkil etish | 25-aprel — 15-may | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi |
| 24. | 9-may — Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yoritish | 25-aprel — 10-may | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi, respublika OAV |
| 25. | Umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida “Ajdodlarni xotirlash — muqaddas qadriyat” mavzusida insholar tanlovlarini tashkil etish | aprel-may | Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi |
| 26. | 9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga SMS tabriklar joʻnatish | 9-may | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| III. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari oilalarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish yoʻnalishidagi tadbirlar | |||
| 27. | Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari oilalari aʼzolarini imtiyozli ravishda harbiy gospital va boshqa tibbiyot muassasalarida davolash va dori vositalari bilan bepul taʼminlash | 25-aprel — 10-may | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlatt xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
| 28. | Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish, ularni parvarish qilish maqsadida tibbiy bilimlarga ega ijtimoiy xodim (shartnoma asosida) biriktirgan holda doimiy ravishda (24 soat) patronaj xizmatini tashkil etish. Patronaj xizmati Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etiladi. Patronaj xizmati jalb etilganlarning mehnatiga haq toʻlash mablagʻlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi. | may oyidan boshlab muntazam | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi |
| 29. | Yolgʻiz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy xoʻjaliklarini taʼmirlash, obodonlashtirish | 25-aprel — 10-may | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
| 30. | Yoshlar, mahallalar faollari va kasaba uyushmalari vakillari tomonidan Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oilalariga tashrif buyurish, ularga maqsadli moddiy-maʼnaviy yordam koʻrsatish | 25-aprel — 15-may | Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
| 31. | Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti nogironlari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida sogʻligʻini yoʻqotgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga maqsadli yordam koʻrsatish, ularni protezlar, nogironlar aravachalari va boshqa zarur tibbiy asbob-anjomlar bilan taʼminlash | 25-aprel — 15-may | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi |
| 32. | Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotini tantanali ravishda topshirish | 9-mayga qadar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi |
2-ILOVA
|
A.N. Aripov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ishchi guruh rahbari |
|
V.V. Mahmudov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
|
T.A. Xudaybergenov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi |
|
Q.Q. Quranboyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi |
|
A.A. Abduxakimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari |
|
T.K. Narbayeva |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi |
|
P.R. Bobojonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri |
|
B.N. Qurbonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri |
|
A.H. Kuldashev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
B.B. Ashrafxonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari |
|
I.U. Madjidov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
Sh.X. Shermatov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri |
|
B.S. Sayfullayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari |
|
R. Mirzayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni |
|
Sh.T. Shakirov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining oʻrinbosari |
|
Sh.T. Axmedov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi devonining shuʼba mudiri |
|
A.Sh. Mirzaraximov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri |
|
M.Z. Isayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh konsultanti |
|
K.I. Allamjonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi |
|
Q.M. Rafikov |
— |
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi |
|
A.J. Xadjayev |
— |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi |
|
A.K Koʻchimov |
— |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
|
R.S. Niyazov |
— |
Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi |
|
A.K. Qodirov |
— |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
|
Sh. Jalilov |
— |
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi |
|
Sh.S. Javlonov |
— |
“Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi |
|
S.S. Saidov |
— |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
|
R. Abdullayev |
— |
Oʻzbekict?n kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi |
|
S. Hakimov |
— |
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi |
|
I. Mirzaaliyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi |
|
S.Gʻ. Ashurov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi, Ishchi guruh kotibi |