23.05.2019 yildagi PQ-4331-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish, mahalliy tovarlar va xizmatlar eksporti hajmlarini oshirish, xorijiy mamlakatlardan turistik oqimni jalb qilish, respublikaning transport-tranzit imkoniyatlarini kengaytirish masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralararo muvofiqlashtirish va hamkorlik tizimini samarali tashkil etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning (keyingi oʻrinlarda — hukumatlararo komissiyalar) Oʻzbekistonga oid qismlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qismidagi faoliyatning asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hukumatlararo komissiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo hamkorligini rivojlantirish, mahalliy eksportyorlar uchun xorijiy mamlakatlarda qulay savdo rejimlarini shakllantirish, shu jumladan savdo toʻsiqlarini olib tashlash va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnik, turistik va madaniy-gumanitar sohalarda hamda boshqa ustuvor yoʻnalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyatda mahalliy ishtirokchilar tomonidan amalga oshirilayotgan tashqi savdo va investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish va qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va yuqori darajadagi tashriflar chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha masʼul vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining kompleks masalalarini hal qilish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
immigratsiya, shu jumladan mehnat migratsiyasi boʻyicha muammoli masalalarni hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik holatini tahlil qilish hamda ikki tomonlama shartnomalar va bitimlarning bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni samarali yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy bazani shakllantirish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomonidan hukumatlararo komissiyalar hamraislari darajasi boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiyalar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yakuniy bayonnomalar va qabul qilinayotgan “yoʻl xaritalari”ni amalga oshirishning borishi toʻgʻrisida taqdim etiladigan maʼlumotlarni umumlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiyalar, hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari hamraislari va aʼzolari faoliyatining natijadorligi va samaradorligini, shuningdek, ular tomonidan tasdiqlangan ish rejalarining bajarilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari hamraislari va aʼzolari faoliyatini tasdiqlangan samaradorlik va natijadorlik mezonlari boʻyicha baholash natijalari asosida ularni moddiy ragʻbatlantirish va intizomiy choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tomon bilan tadbirlarni oʻtkazish muddatlari, xorijiy delegatsiyalar tarkibini, chora-tadbirlar ssenariylari, kun tartibi loyihalarini, yigʻilish bayonlari va imzoga tayyorlangan ikki tomonlama hujjatlarning ishlab chiqilishi va kelishilishini taʼminlash, shuningdek, tashkiliy-bayonnoma tusidagi barcha masalalarni hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlarining kun tartiblarini, yakuniy bayonnomalar, ish tarkibi va jadvallarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, ilmiy-texnik, turistik va madaniy-gumanitar hamkorligi qismidagi, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy muassasalaridagi hukumatlararo komissiyalar yigʻilishlari doirasidagi savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari hamraisiga yigʻilishlarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan materiallar toʻplamini (axborot maʼlumotnomalari, suhbatlar va chiqishlarga tezislar loyihalarini va boshqalarni) kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari kotibiyati funksiyalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadigan har yilgi hukumatlararo komissiyalar yigʻilishlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha ish rejalari amalga oshirilishining borishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari aʼzolarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy choralar koʻrish boʻyicha takliflar bilan birga hukumatlararo komissiyalar yigʻilishlari yakunlari yuzasidan erishilgan kelishuvlar ijrosi holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda siyosiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlik boʻyicha hisobotlarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning investitsiyalar, ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish, shuningdek, hukumatlararo komissiyalar yigʻilishlari doirasida mahalliy tovarlar va xizmatlar nomenklaturasi va eksport hajmlarini kengaytirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiyalarning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, transport-logistika, sanoat-texnologik va texnik hamkorlik qismidagi yigʻilishlari kun tartibi va tarkibi boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari aʼzolarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy choralar koʻrish boʻyicha takliflar bilan birga hukumatlararo komissiyalar yigʻilishlari yakunlari yuzasidan erishilgan kelishuvlar ijrosi holati toʻgʻrisida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, sanoat-texnologik va texnik hamkorlik boʻyicha hisobotlarni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish va umumlashtirish uchun Tashqi ishlar vazirligiga joʻnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiyalar yigʻilishlari doirasida xorijiy hamkor-mamlakatlar bilan ikki tomonlama biznes-forumlarni majburiy tarzda oʻtkazish masalalarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hukumatlararo komissiyalar yigʻilishlari davomida imzolash uchun qatʼiy savdo-investitsiyaviy kelishuvlar va shartnomalar roʻyxatini ishlab chiqishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar yigʻilishlarining samaradorligini oshirish va natijadorligini taʼminlash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda xorijiy hamkor-mamlakatlar bilan (aloqador vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan shartnomalar va kelishuvlar asosida) hukumatlararo komissiyalar yigʻilishlari oʻtkazilishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar va asoslarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiyalarning yakuniy bayonnomalariga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari va ustuvorliklarini ilgari surishga yoʻnaltirilgan aniq takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq investitsiyaviy loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirish boʻyicha bitimlar va kelishuvlarni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va hukumatlararo komissiyalar yigʻilishlari doirasida imzolashga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy muassasalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlariga xorijiy muassasa boʻlgan mamlakatda yigʻilishlar oʻtkazilishida, ular yakunlari boʻyicha aniq kelishuvlarga erishishda, shuningdek, ularning monitoringi va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash borasida amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiyalar kun tartibi va yakuniy bayonnomalariga kiritish uchun aniq takliflar ishlab chiqish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari va ustuvorliklarini ilgari surishga yoʻnaltirilgan kelishuvlar va savdo-investitsiyaviy shartnomalarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy muassasa tomonidan amalga oshirilgan ishlar va xorijiy hamkorlardan kelib tushgan maʼlumotlar tahlili asosida, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish holati toʻgʻrisida har chorakda hisobotlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq loyihalar, dasturlar va kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tashrif buyuriladigan davlatlar bilan amaliy hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashrif buyuriladigan mamlakat iqtisodiy konyunkturasi va bozorlarining rivojlanish dinamikasini tahlil qilish orqali eksportni ilgari surish, investitsiyalarni jalb qilish va turizmni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy vazifalarni hal etish maqsadida davlatlararo hamkorlik munosabatlarini, shu jumladan tashrif buyuriladigan mamlakatning ishbilarmon doiralari bilan uzviy aloqalarni oʻrnatish va salohiyatli hamkorlarning aloqa bazasini kengaytirish orqali mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning eksport, investitsiyaviy va turistik salohiyati haqidagi maʼlumotlarni tarqatish, shuningdek, mamlakatning ijobiy imijini va uning xalqaro reytinglardagi oʻrnini mustahkamlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi — hukumatlararo komissiyalar yigʻilishlari yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar va “yoʻl xaritalarida” koʻrsatilgan tadbirlarning toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini tashkil qilish va nazoratini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xalqaro hamkorlik boʻlimiga qoʻshimcha 3 ta shtat birligi kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari raislari va rais oʻrinbosarlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik hamkorlik masalalari boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari tarkibiga majburiy tartibda Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimlari kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-iyuldan hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari hamraislari va aʼzolariga nisbatan, ular faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlaridan kelib chiqqan holda, ularning lavozim maoshining 50 foizigacha boʻlgan miqdorda moddiy ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholashning asosiy mezonlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy hukumatlar bilan mavjud masalalarni hal qilishga yoʻnaltirilgan kelishuvlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davrida oʻtkazilgan “biznes forumlar” doirasida jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davrida oʻtkazilgan “biznes forumlar” doirasida tuzilgan eksport kontraktlari hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va yuqori darajadagi tashriflar chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha kompleks masalalarning hal qilinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiyalar yigʻilishlarini oʻtkazish jadvalini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir mamlakat bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, respublikaning manfaatlari va tashqi iqtisodiy ustuvorliklarini ilgari surish, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish, eksportni va turistik salohiyatni ilgari surish boʻyicha aniq kelishuvlar va bitimlar imzolash masalasini koʻrib chiqishga qaratilgan amaliy takliflar va chora-tadbirlarni belgilagan holda hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari batafsil ish rejalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiyalar kesimida baholash mezonlarining boshlangʻich qiymatlarini nazarda tutgan holda hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari hamraislari va aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirish va javobgarligini oshirish maqsadida ularning faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini baholagan holda ular ish rejalari bajarilishining borishini har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi bilan xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning oʻzbek qismlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-3470-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 23-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4331-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4331-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari raislari va rais oʻrinbosarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Oʻzbekistonga oid qismi raisi

Oʻzbekistonga oid qismi raisi oʻrinbosari

1.

Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha qoʻshma komissiya

Bosh vazir

A.N. Aripov

B. Asadov — Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
B. Xodjayev — iqtisodiyot va sanoat vaziri

I. Neʼmatov — tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiya

S. Niyazxodjayev — Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
S. Bekenov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

I. Neʼmatov — tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

E. Shaismatov — Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
B. Xodjayev — iqtisodiyot va sanoat vaziri

I. Neʼmatov — tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻmita

B. Saidov — Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

S.Umurzoqov — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Germaniya-Oʻzbekiston
ishbilarmonlik kengashi

N. Kasimov — Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

R. Gulyamov — iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

K. Rashidov — Oʻzbekiston Respublikasining Qirgʻiziston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
S. Saifnazarov — iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari

I. Neʼmatov — tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

2.

Oʻzbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari

A.J. Ramatov

B. Abdullayev — Oʻzbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
Sh. Vafayev — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

A. Kuchkarov — Oʻzbekiston Respublikasining Turkmaniston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
L. Kudratov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

I. Neʼmatov — tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Gruziya oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

Sh. Fayziyev — Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
S. Bekenov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

I. Neʼmatov — tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi oʻrtasida iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

lavozim boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
B. Abidov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

3.

Savdo va sanoat boʻyicha Oʻzbekiston-Britaniya Kengashi SSOʻBK

Bosh vazir oʻrinbosari
E.M. Ganiyev

A. Shayxov — Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

S. Umurzoqov investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi

J. Vaxabov — Oʻzbekiston Respublikasining AQSHdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

L. Kudratov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

“Oʻzbekiston-YEI” hamkorlik qoʻmitasi

D. Xakimov — Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqidagi vakolatxonasi rahbari

B. Abidov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma qoʻmita

V. Fen — Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

L. Kudratov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

J. Ganiyev — Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
A. Abdualiyev — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

S. Rustambayev — Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

S.Umurzoqov — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Yaponiya va Yaponiya-Oʻzbekiston qoʻmitasi

G. Fazilov — Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

L. Kudratov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

A. Agzamxodjayev — Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
S. Bekenov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Ummon Sultonligi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

A. Abduxalimov — Oʻzbekiston Respublikasining Ummon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

Sh. Vafayev — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

N. Yusupov — Oʻzbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

S. Bekenov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

I. Neʼmatov — tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

Oʻzbekiston Respublikasi va Tailand Qirolligi oʻrtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

Bosh vazir oʻrinbosari

A.A. Abduxakimov

A. Aliyev — Oʻzbekiston Respublikasining Tailand Qirolligidagi bosh konsuli

S. Bekenov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Malayziya
oʻrtasida qoʻshma savdo qoʻmitasi

R. Usmanov — Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

S. Bekenov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Finlyandiya Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

lavozim boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
B. Abidov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

5.

Oʻzbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha hukumatlararo komissiya

Bosh vazir oʻrinbosari

J.A. Qoʻchqorov

O. Usmanov — Oʻzbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

S. Bekenov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Qirolligi oʻrtasida savdo, iqtisodiyot, fan va texnologiyalar, madaniyat, sport va yoshlar sohasida kelishuvni nazorat qilish boʻyicha hukumatlararo komissiya

U. Maksudov — Oʻzbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

Sh. Vafayev — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Quvayt Davlati oʻrtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

B. Aʼloyev — Oʻzbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

Sh. Vafayev — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Qatar Davlati oʻrtasida savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

B. Aʼloyev — Oʻzbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

Sh. Vafayev — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

F. Arziyev — Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

A. Ikramov — Savdo-sanoat palatasi raisi

I. Neʼmatov tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

Bosh vazir maslahatchisi

A.S. Sultanov

Sh. Fayziyev — Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

S. Bekenov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

I. Neʼmatov — tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Ukraina oʻrtasida har tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

lavozim boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

A. Abdualiyev — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

I. Neʼmatov — tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

Oʻzbekiston Respublikasi va Avstriya Respublikasi oʻrtasida hukumatlararo komissiya

Investitsiyalar
va tashqi savdo vaziri

S.U. Umurzoqov

Sh. Asadov — Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
B. Abidov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Chexiya Respublikasi oʻrtasida iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

N. Kasimov — Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

J. Aripov — iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Isroil Davlati oʻrtasida savdo-iqtisodiy, investitsiya va ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

S. Rustamov — Oʻzbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

A. Nazarov — innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

lavozim boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
B. Abidov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiya

Sh. Asadov — Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
S. Bekenov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Bolgariya oʻrtasida iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

A. Agzamxodjayev — Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

B. Abidov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Indoneziya Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

U. Rozukulov — Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

S. Bekenov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Slovakiya Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha idoralararo komissiya

Sh. Asadov — Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
L. Kudratov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Ruminiya oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

Sh. Asadov — Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
B. Abidov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Shveysariya oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

N. Kasimov — Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

B. Abidov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Savdo, iqtisodiyot va sanoat hamkorligi va eksport kreditlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida Oʻzbekiston-Italiya hukumatlararo ishchi guruhi

O. Akbarov — Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

S. Bekenov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

B. Ibragimov — Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

Sh. Vafayev — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

8.

Oʻzbekiston Respublikasi va Bangladesh Xalq Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

Qishloq xoʻjaligi vaziri
J.A. Xodjayev

F. Arziyev — Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

L. Kudratov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

U. Rozukulov — Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

S. Bekenov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

F. Sidikov — Oʻzbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

B. Abidov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

9.

Oʻzbekiston va YEI oʻrtasida hamkorlik kengashi

Tashqi ishlar vaziri

A.X. Kamilov

Xakimov D. — Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqidagi vakolatxonasi rahbari

B. Abidov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

10.

Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

Iqtisodiyot va sanoat vaziri

B.A. Xodjayev

B. Asadov — Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
S. Bekenov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

I. Neʼmatov — tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Armaniston Respublikasi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

B. Asadov — Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
S. Bekenov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

I. Neʼmatov — tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha hukumatlararo komissiya

lavozim boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

L. Kudratov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

I. Neʼmatov — tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

B. Babayev — Oʻzbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

S. Bekenov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

11.

Moliyaviy va texnik hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Germaniya hukumatlararo muzokaralari

Iqtisodiyot
va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari

R.A. Gulyamov

N. Kasimov — Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

L. Kudratov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida savdo va investitsiyalar boʻyicha hukumatlararo ishchi guruh

N. Kasimov — Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

L. Kudratov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

D. Axatov — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

12.

Oʻzbekiston Respublikasi, Afgʻoniston Islom Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasida savdo va infratuzilma loyihalari boʻyicha uch tomonlama komissiya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili

I.R. Irgashev

Ya. Shadmanov — Oʻzbekiston Respublikasining Afgʻoniston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

I. Maxkamov — transport vazirining birinchi oʻrinbosari

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi va Afgʻoniston Islom Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya

Ya. Shadmanov — Oʻzbekiston Respublikasining Afgʻoniston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

B. Abidov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

lavozim boʻyicha — tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Komissiyaning Oʻzbekistonga oid qismi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki ularning oʻrnini bosadigan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4331-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning (keyingi oʻrinlarda — HAK ) Oʻzbekistonga oid qismi faoliyatining huquqiy asoslari, vazifa va funksiyalarini, HAK majlislarini tayyorlash va oʻtkazish, shuningdek, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va ularning yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlar monitoringini olib borish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. HAK ikki tomonlama oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnik, sayyohlik va madaniy-gumanitar hamkorlik, shuningdek, oʻzaro munosabatlarning boshqa sohalarini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. HAKning Oʻzbekistonga oid qismi maslahat organi boʻlib, HAKda Oʻzbekiston Respublikasini ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. HAKning Oʻzbekistonga oid qismi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom, qonunchilikning boshqa hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari va xalqaro huquq meʼyorlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. HAKning Oʻzbekistonga oid qismi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rahbarligi ostida amalga oshiradi hamda manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. HAKning Oʻzbekistonga oid qismi vazifalari, funksiyalari va vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. HAKning Oʻzbekistonga oid qismi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnik, turistik va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, oʻzaro aloqalarning boshqa sohalarini rivojlantirish boʻyicha davlatlararo va hukumatlararo kelishuvlar, oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakuni boʻyicha imzolangan amaliy tadbirlar rejalarini (“Yoʻl xaritalarini”) oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirish monitoringini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnik, turistik va madaniy-gumanitar sohalarida, shuningdek, ikki tomonlama oʻzaro munosabatlarning boshqa ustuvor yoʻnalishlarida hamkorlikning joriy holatini tahlil qilish va uni yanada kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish, Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning ishbilarmon doiralari hamkorligini yoʻlga qoʻyish va kengaytirish uchun qulay sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlari mahsulotlari va xizmatlarini tashqi bozorlarga barqaror va uzoq muddatli eksport yetkazib berishni tashkil qilish hisobiga xorijiy taraf bilan kelishgan holda oʻzaro tovar almashuv nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish boʻyicha choralar ishlab chiqish va qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport va tranzit, xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistika infratuzilmasini rivojlantirish sohasida kelishilgan siyosatni olib borish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini tashish va tranziti uchun preferensiya rejimlarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti va infratuzilmasining asosiy tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha ustuvor dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari va ilgʻor texnologiyalar, grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik koʻmaklashish vosita larini jalb qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga sayyohlar oqimini jalb qilishga, milliy sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish boʻyicha qoʻshma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda yetakchi xorijiy sayyohlik kompaniyalarning ishtirok etishiga, shuningdek, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi xorijiy tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan eng avvalo milliy taʼlim tizimiga ilgʻor amaliyot va standartlarni joriy qilish, oʻquv jarayoni usullarini takomillashtirish, qoʻshma tadqiqot dasturlari va ishlanmalarini oʻtkazishga yoʻnaltirilgan hamkorlikni oʻrnatish va kengaytirish boʻyicha amaliy choralarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes-forumlar, ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalarni tashkillashtirish va oʻtkazish, xorijiy mamlakatlarda Oʻzbekiston madaniyati kunlari va Oʻzbekistonda xorijiy mamlakatlar kunlarini oʻtkazishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatlarni oʻzaro hisobga olish, konstruktiv muloqot va xalqaro huquq meʼyorlari asosida Markaziy Osiyo mintaqasida transchegaraviy ochiq suv oqimlaridan oqilona va adolatli foydalanish, shuningdek, ekologik barqarorlikni taʼminlash masalalarini hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini takomillashtirishda koʻmaklashish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va boshqa ikki tomonlama, shu jumladan oliy va yuqori darajada oʻtkazilgan tashriflar jarayonida erishilgan kelishuvlari hamda HAK majlislarida qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini monitoring qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Koʻrsatilgan vazifalarni bajarish uchun HAKning Oʻzbekistonga oid qismi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnik, sayyohlik va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlariga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda, oʻzaro foydali va uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatishga tayyor boʻlgan chet ellik kontragentlarni aniqlashda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan aniq loyiha va dasturlar boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi, taraflar oʻz shartnomaviy vazifalarini bajarishiga yordam beradi, yuzaga keladigan muammoli masalalarni hal qilishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi chet el kompaniyalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar tuzish orqali Oʻzbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlari mahsulotlari va xizmatlarining tashqi bozorlarga barqaror va uzoq muddatli eksport yetkazib berilishini tashkillashtirishga har tomonlama koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy kompaniya va tashkilotlarning xalqaro pudrat, servis va boshqa, shu jumladan sanoat va infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish, davlat xaridlari doirasida tovar va xizmatlarni yetkazib berish boʻyicha bitimlarida, shuningdek, xorijiy mamlakatlar kompaniyalarining ochiq tenderlarida ishtirok etishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tranzit salohiyatini mustahkamlash, uni xalqaro transport-kommunikatsiya tarmoqlariga integratsiya qilish, tashqi savdo yuklarini eksport qilish uchun mavjud transport yoʻnalishlari samaradorligini oshirish va yangilaridan foydalanish, ularni tashishda imtiyozlar va preferensiyalar taqdim qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning tashkilotlari va kompaniyalarini Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya jarayonlarida, xususan iqtisodiyot va infratuzilmaning asosiy tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha ustuvor dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga jalb qilish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida hamkorlikda ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlar, butlovchi va ehtiyot qismlar koʻrinishidagi sanoat mahsulotlarini xorijiy ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlari uchun eksport yetkazib berishni taʼminlagan holda xorijiy mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari bilan mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish doirasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ustuvor ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar, imtiyozli kreditlar, texnik koʻmaklashish vositalarini jalb qilish boʻyicha chora koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining madaniy-tarixiy va sayyohlik salohiyatini ommalashtirish, shuningdek, xorijiy mamlakatlarni milliy sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish va mamlakatning sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga jalb qilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot va taʼlim qoʻshma dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, ilgʻor texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish yoʻli bilan yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari, ilmiy markazlar va yuqori texnologiyali kompaniyalari bilan uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va kengaytirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining transchegaraviy daryolar suv-energiya resurslaridan samarali foydalanishi yuzasidan, shuningdek, qoʻshni davlatlar hududidagi suv-xoʻjalik obyektlariga xizmat koʻrsatish, taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish, ularning xavfsiz va uzluksiz ishlashini taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havoni ifloslantiruvchi moddalar chiqishini cheklash va ularning transchegaraviy taʼsirini pasaytirish, ekologik jihatdan asoslangan texnologiyalar, ishlab chiqarish va isteʼmol usullarini ishlab chiqish va qoʻllashga qaratilgan uzoq muddatli loyiha va dasturlarni ishlab chiqishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, boshqa ikki tomonlama kelishuvlari loyihalarini ishlab chiqish, ularni xorijiy hamkorlar bilan kelishish va tuzish boʻyicha choralar koʻradi, shuningdek, ulardan kelib chiqadigan oʻzaro majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAK majlislarida qabul qilinadigan, HAKning Oʻzbekistonga oid qismiga taalluqli boʻlgan bayon qarorlarining bajarilishini monitoring qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari, tashkilotlari, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining HAK xorijiy qismlari bilan murojaatlarni koʻrib chiqishda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida HAK majlislarini tayyorlash va oʻtkazishni tashkillashtiradi, ularni chaqirish bilan bogʻliq tashkiliy-texnik, moddiy-moliyaviy va boshqa masalalarning butun kompleksini hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va yuqori darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha kompleks masalalarni hal qiladi hamda masʼul vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes-forumlar, ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalar, xorijiy mamlakatlarda Oʻzbekiston madaniyati kunlari va Oʻzbekistonda xorijiy mamlakatlar kunlarini oʻtkazishni tashkillashtirishda koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama kelishuvlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlariga muvofiq HAKning Oʻzbekistonga oid qismiga boshqa vazifa va funksiyalar yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. HAKning Oʻzbekistonga oid qismi quyidagi vakolatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari boʻyicha zarur qarorlar qabul qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAKning xorijiy qismlari bilan kelishilgan holda HAK doirasida doimiy va vaqtincha qoʻshma kichik komissiyalar va idoralararo ishchi guruhlarni tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, xorijdagi muassasalaridan zarur axborot-tahlil va maʼlumotnoma materiallari, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va boshqa maʼlumotlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlari rahbarlari va ekspertlari ishtirokida majlislar chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda yoki HAKning xorijiy qismlari koʻmagida xorijiy mamlakatlarning hukumat va nohukumat tashkilotlariga ikki tomonlama hamkorlik va HAK faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalar boʻyicha murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvining organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarini hamkorlik, kelishuvlar, HAK tomonidan qabul qilinadigan bayonnoma qarorlari loyihalarini ishlab chiqishga jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. HAKning Oʻzbekistonga oid qismi faoliyatini tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. HAKning Oʻzbekistonga oid qismi rais, uch nafar oʻrinbosar, kotibiyat, ishchi organ va HAKning Oʻzbekistonga oid qismi aʼzolaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. HAKning Oʻzbekistonga oid qismi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlari rahbarlari va masʼul shaxslari orasidan shakllantiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari rahbarlari HAKning Oʻzbekistonga oid qismi raislarining oʻrinbosarlari hisoblanadi va ularning samarali ishlashi hamda kelishuvlar, shu jumladan HAK majlislari yakunlari boʻyicha, oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi uchun shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. HAKning Oʻzbekistonga oid qismi tarkiblari Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarining joriy holati, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnik, sayyohlik va madaniy-gumanitar hamkorlik xususiyati va koʻlami, muhokamaga kiritiladigan kun tartibidagi masalalar mazmuni, shuningdek, HAKning xorijiy qismlari tarkibidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. HAKning Oʻzbekistonga oid qismi raislari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAKning Oʻzbekistonga oid qismi aʼzolari va Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda HAK majlislarini oʻtkazishga puxta va mazmunli tayyorgarlikni taʼminlagan holda HAK majlislarini tashkillashtirish masalalarining butun kompleksini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAK majlislarini, zarur hollarda esa majlislar orasidagi davrda HAK raisdoshlari bilan uchrashuvlarni oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAK majlislari yakunlari boʻyicha qabul qilingan majlis bayoni qarorlarini imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAKning samarali ishlashini tashkillashtirish boʻyicha boshqa choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAKning Oʻzbekistonga oid qismi raislari yoʻqligida koʻrsatilgan vazifalarni ularning oʻrinbosarlari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. HAKning Oʻzbekistonga oid qismi aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sherik davlatning salohiyati va imkoniyatlarini tahlil qilish asosida hamda u bilan tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy hamkorlik darajasini hisobga olgan holda HAK majlislarining kun tartibi va yakuniy bayonnomaga kiritish uchun ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha asoslangan takliflar oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el tarafi bilan ikki tomonlama muzokaralar va uchrashuvlar oʻtkazadi, oʻz vakolati doirasida kelishuvlar va boshqa hujjatlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAKning Oʻzbekistonga oid qismi raislari va kotibiyatiga erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish boʻyicha aniq takliflar bilan birga oʻzining HAK majlislaridagi ishtiroki natijalari toʻgʻrisida batafsil hisobotlarni taqdim qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda kamida bir marta HAKning Oʻzbekistonga oid qismi kotibiyatini kelishuvlar hamda HAK majlislari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish jarayoni haqida axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAK ishida samarali ishtirok etish yuzasidan boshqa choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. HAKning Oʻzbekistonga oid qismi kotibiyati funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi amalga oshiradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAK majlislarini har tomonlama va sifatli tayyorlash boʻyicha ishlarning butun kompleksi muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlariga HAK faoliyati doirasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi, kelib tushgan takliflarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, ular asosida kun tartibi loyihasini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAKning xorijiy qismlari tarkibidagi oʻzgarishlarni monitoring qiladi va HAKning Oʻzbekistonga oid qismi raislarini bu haqida oʻz vaqtida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlari vakillari HAK ishiga jalb qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAKning bayonnoma qarorlari loyihalarini tayyorlash hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan kelishish, majlis yakunlari boʻyicha ularni qabul qilishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAK majlislari yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar va bayonnoma qarorlarining amalga oshirilishi ustidan monitoringini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAKning samarali ishlashini tashkil qilish boʻyicha boshqa choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari (bundan buyon — Ishchi organ deb yuritiladi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan HAK vazifalarini amalga oshirishda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy taraf bilan xorijiy delegatsiya tarkibi, tadbirlar ssenariysi, kun tartibi loyihalari, majlis bayonnomasi va imzolash uchun rejalashtirilayotgan ikki tomonlama hujjatlarni ishlab chiqish va kelishish, shuningdek, barcha tashkiliy-protokol masalalarni hal qilishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va yuqori darajadagi tashriflar hamda HAK majlislari yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi monitoringini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. HAK majlislariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. HAK majlislariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish tartibi ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. HAK majlislari, qoidaga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarining tashabbus takliflari, shuningdek, xorijiy taraf bilan kelishuvlarni hisobga olgan holda 1-fevralga qadar shakllantiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan HAK majlislarini oʻtkazish boʻyicha yillik jadval asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. HAK majlisi oʻtkazilishidan kamida toʻqson kun avval HAKning Oʻzbekistonga oid qismi raislari majlisga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha asosiy vazifalarni taqsimlash uchun HAKning Oʻzbekistonga oid qismi aʼzolari ishtirokida majlis oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan majlis Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlariga HAKning rejalashtirilayotgan majlisiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha aniq topshiriqlarni nazarda tutuvchi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bayonnomaga muvofiq Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlari quyidagilar boʻyicha takliflarni tayyorlash maqsadida oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni ishlab chiqishga kirishadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalar, ikki tomonlama kelishuvlar va tashqi iqtisodiy bitimlarni tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama hamkorlik, shu jumladan oliy va yuqori darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning muammoli jihatlarini hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama hamkorlikning “yoʻl xaritasi”, majlis kun tartibi va bayonnomasi bandlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAKning Oʻzbekistonga oid qismi tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAK majlisi davomida muhokama qilish uchun zarur boshqa masalalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa daxldor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlari majlis bayonnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq hujjatlar toʻplamini taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tashqi ishlar vazirligi HAKning rejalashtirilayotgan majlisidan kamida oltmish kun avval xorijiy taraf bilan tadbir oʻtkazilishining aniq muddatlari, HAK majlisining kun tartibi, majlis doirasida imzolanishi rejalashtirilayotgan ikki tomonlama hujjatlar roʻyxatini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tashqi ishlar vazirligi HAKning Oʻzbekistonga oid qismi raisi bilan kelishilgan holda xorijiy tomon tasdiqnomasi olingan sanadan eʼtiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xorijiy taraf bilan majlisni oʻtkazishning kelishilgan muddatlari, kun tartibi loyihasi, shuningdek, majlis doirasida imzolanadigan ikki tomonlama hujjatlar roʻyxati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga HAK majlisini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli roziligi berilgan sanadan eʼtiboran ikki kundan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasining barcha daxldor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlariga HAKning kelgusi majlisi toʻgʻrisidagi xabarnomani hamda nutqlar matni, muzokaralar uchun materiallar, imzolanishi rejalashtirilayotgan ikki tomonlama hujjatlarning loyihalari, shuningdek, majlis bayonnomasi loyihasi va HAKning Oʻzbekistonga oid qismi tarkibi yuzasidan takliflarni taqdim qilish toʻgʻrisida soʻrov yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlari HAK majlisidan kamida yigirma besh kun avval Tashqi ishlar vazirligiga majlis bayonnomasi loyihasi va HAKni oʻtkazish ssenariysini tayyorlash uchun zarur hujjatlar toʻplami hamda muzokaralar boʻyicha materiallarni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tashqi ishlar vazirligi HAKning Oʻzbekistonga oid qismi raisi bilan kelishilgan holda majlisdan kamida yigirma kun avval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga HAKning yakuniy kun tartibi, oʻtkazish ssenariysi va HAKning Oʻzbekistonga oid qismi tarkibini kiritadi. HAK majlisining bayonnomasi loyihasi bir vaqtning oʻzida xorijiy tarafga ham yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi HAK majlisdan kamida oʻtkazish masalasini koʻrib chiqadi va maʼqul boʻlgan taqdirda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tegishli taklif kiritilgan sanadan eʼtiboran besh kun ichida Tashqi ishlar vazirligini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli roziligini olgan kundan eʼtiboran ikki kun ichida HAKning rejalashtirilayotgan majlisi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tashqi ishlar vazirligi kelishuvga qarab, biroq HAK majlisidan kamida oʻn kun avval Vazirlar Mahkamasiga HAK majlisini oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyish loyihasini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi HAK majlisi oʻtkazilishidan kamida yetti kun avval HAK majlisini oʻtkazish haqida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritilgan farmoyishni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi HAK majlisi yakunlangandan soʻng bir kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga HAK majlisi yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni va bayonnomani kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ayrim istisno holatlarda HAK majlisini oʻtkazish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki xorijiy taraf tomonidan koʻtarilgan taqdirda ushbu bobda koʻrsatib oʻtilgan muddatlar oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. HAK majlislarida erishilgan kelishuvlar, shuningdek, ularning yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarni ijrosining monitoringi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi HAK majlisi yakunlari toʻgʻrisidagi axborot va bayonnoma kiritilgandan soʻng uch kundan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa daxldor davlat va xoʻjalik boshqaruvining organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlariga har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan erishilgan kelishuvlar hamda ularning yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlar ijrosining borishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qilishni topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. HAKning Oʻzbekistonga oid qismi ishchi organlari xorijiy taraf tomonidan HAK majlislari yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar hamda qabul qilingan qarorlar ijrosining borishini doimiy monitoring qiladi va har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan kiritilgan hisobot maʼlumotlarini va ikki tomonlama hamkorlikning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammoli jihatlarini bartaraf qilish boʻyicha takliflarni Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tashqi ishlar vazirligi har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan keyinchalik axborot olingan sanadan eʼtiboran besh kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, agar HAKning Oʻzbekistonga oid qismi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosari boʻlsa — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot berish uchun HAKning Oʻzbekistonga oid qismi raisiga umumlashtirilgan hisobot maʼlumotlarini taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. HAKning Oʻzbekistonga oid qismi raislari va ularning oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni lozim darajada bajarish hamda HAKning Oʻzbekistonga oid qismi ishining natijadorligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ningmajlislariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar*

1-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari takliflari hamda xorijiy tomon bilan kelishuvlarni hisobga olgan holda shakllantiriladigan HAK majlislarini oʻtkazish yillik jadvalini tasdiqlash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda)

1-fevralgacha

2-bosqich

HAK oʻzbek qismlari raisi

HAK majlisini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrigarlik koʻrish boʻyicha vazifalarni taqsimlash uchun oʻzbek qismlari aʼzolari ishtirokida majlis oʻtkazish. Yakuni boʻyicha majlis bayonnomasini qabul qilish.

HAK majlisidan kamida 90 kun avval

3-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa aloqador davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar

Majlis bayonnomasiga muvofiq, quyidagilar boʻyicha takliflar tayyorlash yuzasidan aloqador tashkilot faoliyatiga tegishli masalalarni koʻrib chiqish:

xalqaro shartnomalar, ikki tomonlama kelishuvlar va tashqi iqtisodiy bitimlarni tuzish;

ikki tomonlama hamkorlikning muammoli jihatlarini hal etish;

ikki tomonlama hamkorlikning “yoʻl xaritasi”, kun tartibi va majlis bayonnomasining bandlari;

HAK oʻzbek qismlari tarkibi;

HAK majlisi davomida muhokama qilinishi zarur boʻlgan boshqa masalalar.

Tashqi ishlar vazirligiga ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq materiallar paketini taqdim etish.

Majlis bayonnomasida koʻrsatilgan muddatlarda

4-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi

Xorijiy tomon bilan tadbirlarni oʻtkazishning aniq muddatlari, HAK majlislari kun tartibi, majlis doirasida imzolanishi rejalashtirilgan ikki tomonlama hujjatlar roʻyxatini ishlab chiqishni boshlash.

HAK majlisidan kamida 60 kun avval

5-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi

HAK oʻzbek qismi raisi bilan kelishilgan holda HAK majlisini oʻtkazish boʻyicha xorijiy tomon bilan kelishilgan majlis oʻtkazish muddatlari, kun tartibi loyihasi, shuningdek, majlis doirasida imzolanadigan ikki tomonlama hujjatlar roʻyxati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

xorijiy tomonning tasdiqnomasi olingan sanadan boshlab 3 kun ichida

6-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va boshqa aloqador davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga nutqlar matnlariga, muzokaralar materiallariga takliflarni, imzolanishi rejalashtirilayotgan ikki tomonlama hujjatlar loyihalarini, shuningdek, majlis bayonnomasi va HAK oʻzbek qismi tarkibiga takliflarni berish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuborish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli roziligi olingan sanadan boshlab 2 kun ichida

7-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa aloqador davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar

Tashqi ishlar vazirligiga majlis bayonnomasi loyihasini va oʻtkazish ssenariysini tayyorlash uchun zarur boʻlgan hujjatlar paketini, shuningdek, muzokaralarga tegishli materiallarni joʻnatish.

HAK majlisidan kamida 25 kun avval

8-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga HAK majlisiningyakuniy kun tartibi, oʻtkazish ssenariysi va HAK oʻzbek qismi tarkibini kiritish. Bir vaqtning oʻzining oʻzida HAK majlisi bayonnomasi loyihasini xorijiy tomonga joʻnatish.

HAK majlisidan kamida 20 kun avval

9-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga HAK majlisi oʻtkazish toʻgʻrisidagi axborotni kiritish.

HAK majlisidan kamida 20 kun avval

PrezidentAdministratsiyasi

HAK majlisini oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani kelishish.

rozilik berilishiga qarab

10-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda, HAK majlisi oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyish loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

rozilik berilishiga qarab, HAK majlisidan kamida 10 kun avval

11-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

HAK majlisini oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyishni qabul qilish.

HAK majlisidan kamida 7 kun avval

12-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga HAK majlisi yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni va majlis bayonnomasini kiritish.

HAK majlisi oʻtkazilganidan keyin 1 kun ichida

13-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa aloqador davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va respublikadagi boshqa tashkilotlarga erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi toʻgʻrisidaTashqi ishlar vazirligiga axborot taqdim etishni topshirish.

axborot kiritilganidan keyin 3 kun ichida

14-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa aloqador davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar hamda diplomatik vakolatxonalar

HAK majlisi davomida erishilgan kelishuvlarni hamda ularning yakuni boʻyicha qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishning borishi toʻgʻrisida hisobot axborotini Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etish.

har chorakda, biroq hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan

15-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi

HAK majlisi davomida erishilgan kelishuvlarni hamda ularning yakuni boʻyicha qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishning borishi toʻgʻrisida umumlashtirilgan hisobot axborotni HAK oʻzbek qismi raisiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

har chorakda, biroq hisobot oyidan keyingi oyning 15 -sanasidan kechiktirmasdan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Alohida hollarda, ushbu sxemada koʻrsatilgan muddatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki xorijiy tomonning HAK majlisini oʻtkazish masalasidagi tashabbusiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumatlararo komissiya majlislariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish munosabati bilan shakllantiriladigan hujjatlar hamda axborot-tahliliy materiallar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa aloqador davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida axborot-tahliliy materiallar koʻrinishidagi quyidagi axborotni umumlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, zarur hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va hamkor mamlakatning oʻtgan yil yakunlari boʻyicha rivojlanish makroiqtisodiy koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va hamkor mamlakatning sanoat, qishloq xoʻjaligi, xizmatlar sohasidagi yetakchi tarmoqlari, ularning YAIM tarkibidagi ulushi, eksport-import operatsiyalari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining hamkor mamlakat bilan tashqi savdosi dinamikasining tahlili, ularning asosiy tashqi savdo hamkorlarining batafsil yoritilgan eksport/import nomenklaturasini ilova qilgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkor mamlakatning Oʻzbekiston Respublikasi bilan hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirayotgan yetakchi tashkilotlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakat davlat tuzilmalari, banklari, tashkilotlarining respublikamiz davlat organlari, banklari va tashkilotlari bilan iqtisodiyot tarmoqlarining ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha hamkorligi toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tuzilmalari bilan moliyaviy-texnik va gumanitar yordam masalalari boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik boʻyicha axborot va takliflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkor mamlakatning Oʻzbekiston Respublikasi hududida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirayotgan qoʻshma korxonalari, kompaniyalar vakolatxonalari va boshqa tijoriy tuzilmalari faoliyati toʻgʻrisida axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatdagi mavjud transport yoʻllaridan respublikamizning eksport-import operatsiyalari uchun foydalanish toʻgʻrisidagi axborot (dengiz portlarining yuk bilan bandligi, tranzit yoʻlaklar, temir yoʻl va boshqa transport turlaridan foydalanish, transmilliy yoʻllar boʻyicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishda mamlakatlarning ishtiroki toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik va xususiy tadbirkorlik sohasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalar va tashqi iqtisodiy bitimlarning loyihalari hamda ularni imzolashning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiya majlislari doirasidagi muzokaralar uchun savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnik va investitsiyaviy hamkorlik boʻyicha materiallar, qoʻyiladigan masalalar va takliflar, shuningdek, taqdimot materiallari va asosiy maʼruzachilarning nutqlari matnlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkor mamlakat tomonidan qoʻyilishi mumkin boʻlgan masalalar va ular boʻyicha oʻzbek tomonining asoslangan pozitsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha “yoʻl xaritalari”ga kiritilgan erishilgan kelishuvlar va imzolangan shartnomalar ijrosining borishi toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy delegatsiyaning taxminiy tarkibi va majlisni oʻtkazish ssenariysi boʻyicha takliflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo komissiya majlislari kun tartibi loyihasi va bayonnomasiga takliflar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashqi ishlar vazirligi ushbu ilovaning 1-bandida koʻrsatilgan materiallar bilan bir qatorda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, zarur hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga quyidagi axborot-tahliliy materiallarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarixiy va mamlakatshunoslik maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi siyosatning, shu jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan asosiy yoʻnalishlari, muhim hamkorlar bilan oʻzaro munosabat, xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etish va ulardagi pozitsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatik va tarixiy-madaniy aloqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama munosabatlarning mavjud huquqiy-shartnomaviy bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlamentlararo aloqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama va koʻp tomonlama siyosiy va harbiy hamkorlikning rivojlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4331-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik hamkorlik masalalari boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda, uning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va olgʻa surish, chet el investitsiyalari va ilgʻor texnologiyalarini, imtiyozli kreditlar, grantlar va texnik koʻmaklashish vositalarini jalb qilish, mahalliy tovar va xizmatlar eksporti hajmlarini oshirish, ikki tomonlama tovar almashinuvi turlarini kengaytirish, chet ellardan sayyohlar oqimini jalb qilish, shuningdek, respublikaning transport-tranzit salohiyatini oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi oʻrinlarda — masʼul tashkilotlar) bilan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari oʻrtasidagi idoralararo muvofiqlashtirish va hamkorlik (keyingi oʻrinlarda — idoralararo hamkorlik) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Idoralararo hamkorlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari (keyingi oʻrinlarda — xorijdagi muassasalar), mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa masʼul tashkilotlar orasida birgalikdagi samarali va tezkor ishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportni jadallashtirish, avvalo toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini jalb qilish, Oʻzbekiston Respublikasiga sayyohlar oqimini kengaytirish hamda mamlakatning transport va tranzit salohiyatini rivojlantirish sohasida xorijdagi muassasalarning faoliyatini faollashtirish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul tashkilotlar tomonidan chet ellardagi muassasalarning axborot-maʼlumot taʼminotini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportni jadallashtirish, investitsiyalarni jalb qilish, transport va tranzit salohiyatini rivojlantirish va sayyohlar oqimini kengaytirish borasida tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining murojaatlari, soʻrovlari va loyiha takliflarining masʼul tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va samarali koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tovar va xizmatlarning tashqi bozorlarga chiqarishning taʼsirchan mexanizmini yaratishga qaratilgan chet el investitsiyalarini jalb qilish va eksportni jadallashtirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini maksimal darajada jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Idoralararo hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda uning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5400-son Farmonining 1-ilovasiga asosan tasdiqlangan Sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Idoralararo hamkorlikda masʼul tashkilotlarning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yoʻnalishini amalga oshirish va taʼminlashga javob beruvchi davlat organlari tizimida markaziy boʻgʻin hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Idoralararo hamkorlikda quyidagilar Tashqi ishlar vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat strategiyasi boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va tashqi iqtisodiy yoʻnalishni amalga oshirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga tegishli vazirliklar, muassasalar, mahalliy ijro hokimiyati organlarining yagona tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning samarali amalga oshirilishiga toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va bartaraf qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportni jadallashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va turizmni rivojlantirish uchun qulay tashqi sharoitlarni yaratish boʻyicha siyosiy-diplomatik choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirishda, Oʻzbekistonga chet el investitsiyalarini jalb qilish va sayyohlar oqimini kuchaytirishda amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijdagi muassasalar, masʼul tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlaridan keluvchi xalqaro iqtisodiy vaziyat, xorijiy mamlakatlarning bozor konyunkturasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish, uning asosida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha tashqi iqtisodiy manfaatlarni ilgari surish boʻyicha takliflar toʻplamini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda amalga oshirilayotgan katta miqyosdagi islohotlar va oʻzgarishlar, respublikaning eksport, investitsiya va turistik salohiyati toʻgʻrisida xolis maʼlumotlarni keng tarqatish, shuningdek, dunyo reytinglarida Oʻzbekistonning mavqeyini yaxshilash borasida takliflarni ishlab chiqish va mamlakatning ijobiy imijini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish borasida xorijdagi muassasalarning faoliyatini takomillashtirish, xorijdagi muassasalar diplomatik xodimlarining tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha ishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashqi savdo sohasida strategiyani shakllantirish va yagona siyosatni amalga oshirish hamda chet el investitsiyalarini, kredit va moliyaviy-texnik koʻmaklashish vositalarini jalb qilishni muvofiqlashtirishda masʼul organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining idoralararo hamkorlikdagi asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari, kreditlar, shuningdek, moliyaviy-texnikaviy koʻmaklashish vositalarini jalb qilish strategiyasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya salohiyatini rivojlantirish, qulay investitsion muhitni shakllantirish, mamlakatning ishonchli investitsion sherik sifatidagi imijini mustahkamlash va uning investitsion jozibadorligini oshirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy sheriklar bilan investitsion hamkorlik yoʻnalishlarini rivojlantirish va diversifikatsiyalash chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari va takliflarining yagona bazasini shakllantirish, chet ellik sarmoyadorlarni, shuningdek kredit va moliyaviy-texnik koʻmaklashish vositalarini izlab topish va jalb qilishda yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar bilan hukumatlararo komissiya yigʻilishlari doirasida tuzish maqsadida qatʼiy savdo-investitsiya bitimlari va shartnomalarining roʻyxati ustida ishlashni muvofiqlashtirish va ishlab chiqish (tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdimot va axborot-maʼlumot materiallari bilan birgalikda sifatli ishlab chiqilgan investitsiya takliflari va loyihalarning pasportlarini Tashqi ishlar vazirligiga va xorijdagi muassasalarga taqdim qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariga chet ellik investorlarni qidirish, ular bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni oʻrnatish, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha loyiha takliflari va boshqa kerakli materiallarni tayyorlashda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor mintaqaviy va tarmoq yoʻnalishlari boʻyicha respublikaning tashqi savdo faoliyati strategiyasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish, tarif va notarif toʻsiqlarni bartaraf qilish, transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qilinadigan tovarlar (ish, xizmatlar)ning hajmini oshirish, turlarining xilma-xilligi va geografiyasini kengaytirish boʻyicha vazifalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellarda eksportchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ishbilarmon sheriklarni qidirishda, shartnomalar tuzishda, tender (tanlov) savdolarida, yarmarka, biznes-forumlarda va boshqa tadbirlarda yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligiga va xorijdagi muassasalarga eksport qilinadigan tovarlar (ish, xizmatlar)ning roʻyxatini ularning chet el valyutasidagi narxi, texnik koʻrsatkichlari va mintaqalar kesimida tavsiflarini koʻrsatgan holda taqdim qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dunyo bozorlari boʻyicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot turlari va nomenklaturasini tizimli asosda tahlil qilish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport qilinadigan tovar va xizmatlari yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Turizmni rivojlantirish boʻyicha davlat qoʻmitasi turizm sohasida, mamlakatning turistik salohiyatini tubdan oshirish va turizmga iqtisodiyotning strategik sohasi maqomini berish siyosatini amalga oshirishni taʼminlovchi organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Idoralararo hamkorlikda Turizmni rivojlantirish boʻyicha davlat qoʻmitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turindustriyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, shuningdek, ustuvor chet el bozorlarida turistik xizmatlarni ilgari surish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik infratuzilmani rivojlantirish, milliy turistik brendni va turistik mahsulotlarni ilgari surish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik bozorlarni kengaytirish va diversifikatsiya qilish, turistik yarmarkalarda qatnashishda va sheriklik aloqalarini oʻrnatishda milliy turoperatorlarga yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning tegishli infratuzilmasini rivojlantirish va ilgari surish boʻyicha qoʻshma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda yetakchi chet ellik turistik kompaniyalarning ishtirokini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligiga va xorijdagi muassasalarga mamlakat hududlari kesimida turistik salohiyat toʻgʻrisidagi taqdimotlarni tashkil qilish maqsadida sifatli axborot (foto va video) materiallarini taqdim qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xorijdagi muassasalar oʻzlari joylashgan davlatda yoki xalqaro tashkilotda Oʻzbekiston Respublikasini ifodalovchi davlat organlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Idoralararo hamkorlikda xorijdagi muassasalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
borgan davlatdagi iqtisodiy konyunkturani, iqtisodiyot tarmoqlari va bozorlar rivojlanishining dinamikasi va tendensiyalarini tahlil qilish hamda eksportni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va turizmni avj oldirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy vazifalarni hal qilish uchun samarali davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishbilarmon doiralar bilan yaqin munosabatlar oʻrnatish va salohiyatli sheriklarning manzil maʼlumotlari bazasini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan aniq loyihalar, dasturlar va kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha oʻzaro amaliy hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning eksport, investitsion va turistik salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tarqatish, shuningdek, mamlakatning ijobiy imiji va dunyo reytinglaridagi mavqeyini mustahkamlash chora-tadbirlarni koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning ustuvor sohalarini rivojlantirishdagi ehtiyojlardan kelib chiqqan holda investitsiyalarni jalb qilish, tovarlar (ish, xizmatlar) eksportini jadallashtirish, turizmni rivojlantirish sohasida taklif va loyihalarni, ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohalar kesimida eksport, investitsiya va turistik salohiyatni rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy sheriklar tashabbusi bilan boshlangan loyihalar va takliflar, talablar bilan ishlash holati toʻgʻrisida Tashqi ishlar vazirligini vaqti-vaqti bilan xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy sheriklar bilan aloqalar oʻrnatish, ular bilan aniq bitimlar tuzish orqali idoralararo hamkorlikni amalga oshirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari Tashqi ishlar vazirligi soʻrovi bilan kerakli maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari talab qilingan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim qilmagan taqdirda, Tashqi ishlar vazirligi masʼul rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash masalasini kiritishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Masʼul tashkilotlar idoralararo hamkorlik davomida oʻz vakolatini belgilab beruvchi qonun hujjatlarida zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xorijiy sheriklar bilan loyiha va takliflarni ishlab chiqish hamda kelishish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va boshqa masʼul tashkilotlar oʻz vakolati doirasida Savdo-sanoat palatasi va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa subyektlari bilan birgalikda chet ellik sheriklar bilan amalga oshirish maqsadida takliflar va loyihalarni ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqilgan takliflar va loyihalar Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi. Mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hollarda esa keyinchalik Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilish orqali ular xorijiy sheriklar bilan ishlab chiqilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijdagi muassasalarga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar quyidagi holatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy muassasalar bilan hamkorlikni amalga oshiradi, shuningdek, chet ellik sheriklar bilan puxta ishlab chiqish maqsadida oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqilgan taklif va loyihalarni ularga yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va boshqa erishilgan kelishuvlar, ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha “Yoʻl xaritalari” doirasida loyiha/takliflarning amalga oshirilishida yoki ishlab chiqilishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va yuqori darajadagi rasmiy aloqalar, shuningdek, hukumatlararo komissiya (qoʻmita va kengashlar) yigʻilishlari natijalari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tashqi ishlar vazirligiga, mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hollarda esa, xorijdagi muassasalarga yuboriladigan taklif va loyihalarga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalarni jalb qilish sohasida — mintaqalar kesimida sohaning investitsiya, shu jumladan turistik salohiyatiga bagʻishlangan taqdimot (video va/yoki slaydlar), tarqatma materiallar (flayer, buklet va broshyuralar) va boshqa axborot-maʼlumot materiallarini (mavjud infratuzilma, loyihani amalga oshirish shartlari va boshqalar toʻgʻrisida maʼlumot) ilova qilgan holda sifatli ishlab chiqilgan investitsiya takliflari va loyihalarning pasportlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va xizmatlarning (turizm sohasini oʻz ichiga olgan holda) eksportini ilgari surish sohasida — chet el valyutasidagi narxini, texnik koʻrsatkichlari va xususiyatlarini, sifat sertifikatini koʻrsatish bilan birgalikda taqdimot (video va/yoki slaydlar), tarqatma materiallar (flayer, buklet va broshyuralar) va mintaqalar kesimida tarmoqning eksport, shu jumladan turistik salohiyatini namoyish qiluvchi boshqa axborot-maʼlumot materiallari ilova qilingan holda ishlab chiqariladigan/koʻrsatiladigan va eksportga yuboriladigan tovar va xizmatlar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takliflar va loyihalar hamda ularga ilova qilinadigan materiallar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari uchun — rus tilida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa mamlakatlar uchun — ingliz tilida, yoki zarur hollarda boshqa tillarda tayyorlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Taklif va loyihalar mazkur Nizomning 18-bandida koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda, Tashqi ishlar vazirligi, mazkur Nizomning 17-bandida bilan nazarda tutilgan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda esa xorijdagi muassasalar, ish tartibida ularning kamchiligini toʻldirish imkoniyati boʻlmaganda, ularni bartaraf qilish uchun tashabbuskorlariga qaytarishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tashqi ishlar vazirligi masʼul tashkilotlardan taklif va loyihalar kelgan paytdan eʼtiboran, qoidaga koʻra, uch kunlik muddatda (diplomatik pochtani joʻnatish imkoniyatini hisobga olgan holda) ularni xorijiy muassasalarga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xorijiy muassasalar ushbu taklif va loyihalarni olgach, zudlik bilan ularni xorijiy sheriklar bilan puxta ishlab chiqishga kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xorijiy muassasalar, tashabbus bilan berilgan taklif va loyihalarni hamda respublikaning masʼul tashkilotlari tomonidan taklif qilingan loyihalarni xorijiy sheriklar bilan ishlab chiqish holati toʻgʻrisida Tashqi ishlar vazirligiga har oy axborot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashabbuskorlar Tashqi ishlar vazirligi talabi, mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hollarda esa xorijiy muassasalarning talabiga binoan chet ellik sheriklar bilan taklif va loyihalarni ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumot va materiallarni taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizomning 22-bandida koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarning xorijiy muassasalardan kelib tushishiga qarab, Tashqi ishlar vazirligi muntazam ravishda, ammo har chorakda kamida bir marta Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va boshqa masʼul tashkilotlarni taklif va loyihalarni koʻrib chiqish holati toʻgʻrisida ular boʻyicha kelishuvlarga erishilguniga qadar xabardor qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Xorijiy muassasalar tomonidan tashabbus koʻrsatilgan soʻrovlar, taklif va loyihalarni ishlab chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Chet ellik sheriklardan xorijiy muassasalarga kelib tushgan soʻrovlar, takliflar va loyihalar, qoidaga koʻra, uch kunlik muddatda (diplomatik pochtani joʻnatish imkoniyatini hisobga olgan holda) Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi, mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hollarda esa, bir kunlik muddatda hammabop aloqa vositalari (elektron pochta, faks va boshqalar) orqali bir vaqtning oʻzida Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tashqi ishlar vazirligi xorijiy muassasalardan yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan xalqaro tashkilotlar va chet davlatlarning vakolatxonalaridan kelgan soʻrovlar, taklif va loyihalarni ular kelib tushgan vaqtdan eʼtiboran uch kun muddat ichida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va boshqa masʼul tashkilotlarning vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va boshqa masʼul tashkilotlar, mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hollarda esa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchrashuv va muzokaralarni tashkil etish, maʼlumot va materiallarni olish bilan bogʻliq soʻrovlarni — uch kunlik muddatda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar, moliyaviy-texnik koʻmaklashish vositalarini jalb qilish, tovar va xizmatlarning eksportini nazarda tutgan taklif va loyihalarni — yetti kunlik muddatda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taklif va loyihalarda koʻproq davrda koʻrib chiqilishini talab qiladigan masalalar mavjud boʻlgan taqdirda, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va boshqa masʼul tashkilotlar uch kunlik muddatda bu haqda Tashqi ishlar vazirligini, mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hollarda esa, xorijdagi muassasalarni keyinchalik xorijiy sheriklarga maʼlumot berish uchun xabardor qiladi va bu haqda Tashqi ishlar vazirligiga axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va boshqa masʼul tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik sheriklar tomonidan tashabbus koʻrsatilgan soʻrovlar, taklif va loyihalarning ishlab chiqilishi holati, shuningdek, keyinchalik ularni amalga oshirish jarayoni haqidagi maʼlumotlarni Tashqi ishlar vazirligiga har oy kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif va loyihalarni mustaqil ravishda chet ellik sheriklar bilan ishlab chiqadi yoki zarur hollarda Tashqi ishlar vazirligidan yordam soʻrashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi har oy Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasiga, Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuraturasiga investitsiya loyihalarining amalga oshirilish jarayoni toʻgʻrisida umumlashtirilgan axborotni kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Xorijiy muassasalar faoliyatining axborot taʼminoti va mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini ilgari surishda ularga koʻmaklashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa masʼul tashkilotlar har chorakda xorijiy muassasalarni mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq taqdimot materiallari (video va/yoki slaydlar), tijorat takliflari va boshqa axborot-maʼlumot materiallari bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi quyidagilarning yagona elektron maʼlumotlar bazasiga kirish imkoniyatini taqdim etish orqali Tashqi ishlar vazirligi va xorijiy muassasalar bilan elektron shaklda hamkorlikni taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot nomi, narxi, yetkazib berish shartlari, sifat sertifikatining mavjudligi, oʻrami, markasi va boshqalarni nazarda tutgan milliy ishlab chiqaruvchilarning eksport qilinadigan tovar va xizmatlarning elektron bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha nomi, loyiha narxi, investitsiya taklifi va pasportining mavjudligi, tashkilotning gektarda koʻrsatilgan hududi (agar mavjud boʻlsa), infratuzilmaning mavjudligi va boshqalarni koʻzda tutuvchi investitsiya takliflari va loyihalarining elektron bazasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Masʼul tashkilotlar Tashqi ishlar vazirligining soʻroviga binoan mahalliy tovar va xizmatlarning eksportini ilgari surishda, investitsiya va turistlar oqimini jalb qilishda yordam koʻrsatish maqsadida xorijiy muassasalarga yuqori malakali mutaxassislarni qisqa muddatli xizmat safariga yuborish boʻyicha takliflarini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tashqi ishlar vazirligi har yili 1-fevralga qadar masʼul tashkilotlarning takliflari asosida xorijiy muassasalar ehtiyojiga qarab qisqa muddatli xizmat safarlari rejasini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Masʼul tashkilotlar mutaxassislarining xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlar har yili budjetdan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan ajratmalar yoki mazkur tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Masʼul tashkilotlarning rahbarlari va vakolatli shaxslari mazkur Nizomga muvofiq ularning zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 07/19/4331/3176-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)