22.05.2019 yildagi 424-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilarni avtobusda tashish xavfsizligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda respublikada yoʻl harakati barcha ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan kompleks tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi, bunda yoʻl-transport hodisalari sonini qisqartirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakatning turistik tarmogʻi rivojlanayotgan bir sharoitda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tartibini, ayniqsa yoʻllarda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan takomillashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan bir qancha muammolar kuzatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash konsepsiyasiga muvofiq, yoʻlovchilar xavfsizligi talablari toʻlaqonli ijro etilishini taʼminlash, avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashishda yoʻl-transport hodisalariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tungi vaqtlarda viloyatlararo, shaharlararo, xalqaro va turistik yoʻnalishlar (keyingi oʻrinlarda yoʻnalishlar deb ataladi) boʻyicha avtobuslarda yoʻlovchilarni, shuningdek, bolalar guruhlarini, umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari oʻquvchilarini tashish faqat maxsus jihozlangan xizmat avtomobillaridan foydalangan holda ichki ishlar organlari hamrohligida amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslarga ichki ishlar organlarining hamrohlik qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati boʻlinmalari va turizm xavfsizligini taʼminlash boʻlinmalari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibida yoki shartnomalar tuzilgan holda pulli asosda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari hamrohlik qiladigan avtobuslar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati xodimlari tomonidan tegishli dalolatnoma tuzilgan holda bevosita qatnov yoʻliga chiqishdan oldin texnik holati yuzasidan majburiy tekshirishdan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnov yoʻllari boʻyicha avtobuslarda yoʻlovchilarni tashishga litsenziya bitimlarida litsenziatning avtobuslarni haydovchining toliqqanligini nazorat qilish qurilmalari bilan taʼminlash majburiyati nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
smenalar oʻrtasidagi dam olish 12 soatdan kamni tashkil etgan avtobuslar haydovchilarining safarga chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish muddati 15 yildan ortiq boʻlgan avtobuslarda yoʻlovchilarni tashishga litsenziya kartochkalari berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar guruhlari, umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari oʻquvchilarini soat 22.00 dan soat 05.00 gacha (noyabr — fevral oylarida soat 21.00 dan soat 06.00 gacha) qatnov yoʻllari boʻyicha tashishda avtobuslarning ichki ishlar organlari hamrohligisiz harakatlanishi taqiqlanadi, bolalarni temir yoʻl vokzallari, aeroportlargacha va orqaga tashish, shuningdek, yoʻllarda turib qolishda eng yaqin tunash joyigacha tashish bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq avtobuslarda ekskursiya qiluvchi, turistik va boshqa guruhlarni tashish ichki ishlar organlari hamrohligida kolonna tarkibida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xayriya maqsadlarida tashkil etilgan aholining ijtimoiy zaif toifalari vakillari sirasiga kiradigan ekskursiya qiluvchi, turistik va boshqa guruhlarni tashishni bajaruvchi avtobuslarga hamrohlik qilish toʻlov toʻlanmasdan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha avtotransport vositalariga alohida guruhlar va toifalarni tashishga hamrohlik qilish bepul asosda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvardan boshlab foydalanish muddati 15 yildan ortiq boʻlgan avtobuslarda yoʻlovchilarni tashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga avtobuslar haydovchilarini tungi vaqtlarda ishlashga oʻqitishning maxsus kurslarini tashkil etish, shuningdek, haydovchilarning mehnati va dam olish rejimiga rioya qilish ustidan nazorat qilish mexanizmini joriy etish toʻgʻrisida takliflar kiritsin, ushbu sohada qoida buzilishlari uchun javobgarlik choralarini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda zaruratga koʻra haydovchining toliqqanligini nazorat qilish qurilmalarini tanlashda yoʻlovchilarni tashuvchilarga koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Energetika vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda 2020 — 2035-yillar davrida xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yoʻllarining tashqi yoritilishi dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda turistik yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslar harakatining qatnov yoʻllari sxemalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga saqlanadigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning ekskursiya qiluvchi, turistik va respublika hududi boʻylab boshqa safarlar vaqtida bolalar, umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari oʻquvchilari, aholining ijtimoiy zaif toifalari vakillarini tashiydigan xizmat avtotransport vositalari, avtobuslarga hamrohlik qilish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlari har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda avtotransport vositalariga hamrohlik qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning amaldagi tartibini va ularga tariflarni qayta koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda avtotransport vositalariga hamrohlik qilish boʻyicha yoʻl harakati xavfsizligi hududiy boʻlinmalari xodimlarining qoʻshimcha shtat birliklarini belgilangan tartibda joriy etish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilarni qatnov yoʻllari boʻyicha tashish uchun koʻp oʻrinli yoʻlovchilarni tashiydigan avtobuslarni maqsadli sotib olish uchun xalqaro kredit tashkilotlari va xorijiy banklarning imtiyozli kreditlarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslarni sotib olishda kreditlar sotib olinadigan avtobuslarning toʻliq qiymati miqdoridagi garov bilan taʼminlagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida kredit berish va lizingning cheklangan stavkalarini belgilash toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda) 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-martdagi 111-F-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 22-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
424-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-maydagi 424-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida guruhlar va shaxslar toifalarini tashishga hamrohlik qilish bepul asosda amalga oshiriladigan avtotransport vositalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hamrohlik qilish qoʻriqlash tadbirlari doirasida amalga oshiriladigan maxsus maqsadli avtotransport vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari bilan tasdiqlangan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning rasmiy davlat delegatsiyalari boshliqlari va rahbarlariga, Oʻzbekiston Respublikasida rasmiy tashrif bilan boʻladigan davlat, siyosiy va jamoat arboblariga va boshqa shaxslarga, xalqaro konferensiyalar, festivallar, yigʻilishlar va boshqa ommaviy tadbirlar ishtirokchilariga xizmat koʻrsatadigan transport vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq maxsus yuklarni tashiydigan avtotransport vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishda harbiy kolonnalar, avtotransport vositalari va maxsus texnika.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bolalar guruhlarini yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlariga va orqaga tashkiliy tashiydigan avtobuslar kolonnalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-maydagi 424-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qaroriga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-ilovaning 19-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Turistik-ekskursiya qilish yoʻnalishlarda ishlashda avtobuslarning haydovchilari turistik yoʻnalishga xizmat koʻrsatiladigan qatnov yoʻli sxemasiga ega boʻlishlari kerak”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 13-bandda quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tungi vaqtlarda viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar, turistik yoʻnalishning qatnov yoʻli sxemalari boʻyicha harakatlanayotgan avtobuslarga hamrohlik qilishni tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati boʻlinmalarini yoki xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalarini xabardor qilish tashuvchi tomonidan joʻnab ketishdan kamida 12 soat oldin amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 40-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi — oltinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bolalar, umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari oʻquvchilarining ekskursiya qilish, turistik-ekskursiya qilish safarlarini tashkil etish uchun taʼlim muassasasi maʼmuriyati (tashkilotchi) joʻnab ketish sanasini, yoʻnalishni va joʻnab ketuvchilar sonini koʻrsatgan holda tegishli ravishda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga yoki oʻrta maxsus taʼlim boshqarmasiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar, umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari oʻquvchilarining ekskursiya qilish, turistik va boshqa guruhlari joʻnab ketishi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish, qoidaga koʻra, joʻnab ketish sanasigacha 3 sutkadan kechikmay qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joʻnab ketish uchun tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi yoki oʻrta maxsus taʼlim boshqarmasining ruxsatnomasi olingandan keyin taʼlim muassasasi maʼmuriyati (tashkilotchi) tashuvchi bilan shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasasi maʼmuriyati (tashkilotchi) tashuvchi bilan shartnoma tuzilganidan keyin joʻnab ketish sanasigacha uch ish kunidan kechikmay harakatlanish sanasi va qatnov yoʻlini, shuningdek, barcha yoʻlovchilar roʻyxatini, avtobuslar toʻgʻrisidagi (mansubliligi, markasi, davlat roʻyxatdan oʻtkazish raqami belgisi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda hamrohlikni tashkil etish uchun buyurtmanomani Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati tomonidan boriladigan qatnov yoʻlida ob-havo yoki yoʻl sharoitlarining nomuvofiqligi, shu jumladan, borish punktiga harakatlanishda cheklanishlar mavjudligi, shuningdek, transport vositalari va haydovchilar malakasining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga nomuvofiqligi holatlarida hamrohlik qilish rad etilishi haqida qaror qabul qilinishi mumkin”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 09/19/424/3170-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.08.2023-y., 09/23/406/0625-son)