Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
qarori
“Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2659-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bakalavriati va magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-may,
01-02/13-27-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 15-maydagi 01-02/13-27-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 4-fevraldagi 01-02/3-07-son “Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2659, 2015-yil 5-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 9-son, 107-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 4-iyuldagi 01-02/13-55-son “Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2659-1, 2016-yil 7-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 27-son, 332-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 12-iyundagi 01-02/3-44-son “Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi oltinchi xatboshisiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2659-2, 2018-yil 12-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/2659-2/1351-son).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2019-y., 10/19/2659-3/3166-son)