18.05.2019 yildagi PQ-4321-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish sohasidagi islohotlarning asosiy yoʻnalishlarini izchil amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4022-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2019 — 2021-yillarda “Universal Mobile Systems” MCHJni rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5187-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 07/21/5187/0686-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot tizimini rivojlantirish doirasida idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish boʻyicha qarorlar buyurtmachini majburiy tarzda belgilash, shuningdek, axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini yaratish va keyinchalik qoʻllab-quvvatlashda moliyalashtirish manbalarini aniq koʻrsatgan holda qabul qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot tizimi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etish, ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, elektron hamkorligini taʼminlash uchun idoraviy va idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va faoliyat yuritish qismida — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda axborot tizimlarini nazorat qilish va axborot xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish qismida — Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy axborot tizimlari va axborot resurslarini ishlab chiqish, takomillashtirish hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash, elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini rivojlantirish qismida — vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan taʼminlanadi.
(3-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) operatorga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xaridlarning texnik topshiriqlarini faqat Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM bilan kelishgan holda amalga oshirish huquqi beriladi;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat organlariga “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish doirasida oʻz maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish va qurish taqiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Agentlikka xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan investitsiyalar masalalari boʻyicha xorijiy kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar oʻtkazish va hamkorlik qilish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) operator 2022-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik bilan kelishilgan holda harakatdagi uyali aloqa baza stansiyalarini qurish (oʻrnatish) boʻyicha qurilish-montaj ishlarini parallel ravishda loyihalashtirish bilan birga amalga oshirish, shuningdek, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni foydalanishga qabul qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalar olish dalolatnomalarini parallel ravishda rasmiylashtirgan holda harakatdagi uyali aloqa xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali summasidan qatʼi nazar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olish uchun shartnomalar, shu jumladan import shartnomalari tuzishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 18-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4321-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 07/19/4321/3148-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 07/21/5187/0686-son; 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son; 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)