Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING BAʼZI QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR, QOʻShIMChALAR KIRITISh VA BAʼZI QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
“Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida” va “Aksionerlik jamiyatlari va aksionerlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
b) Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”dagi (2-ilova):
14-band “xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalarini sotib olish uchun xususiylashtirish investitsiya fondlariga berilgan davlat zayomi mablagʻlari bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandining “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son)
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qaroriga 7-ilova;
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-avgustdagi 439-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 42-modda) qarori.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 7-fevral,
68-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-yil, 2-son, 4-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 11-12-son, 97-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son)